18-modda. Tugatishga doir ish yuritishni qoʻzgʻatishning nochor qarzdorga keltiradigan oqibati
Bankrotlik toʻgʻrisida (1054-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Xoʻjalik yuritish subyekti bankrot boʻlgan deb eʼlon qilingan paytdan boshlab qarzdorning oʻz mulkini tasarrufidan chiqarishi, boshqalarga berishi va majburiyatlarini uzishi taʼqiqlanadi, hisob-kitob schyoti boʻyicha operatsiyalar oʻtkazishi, dividendlar, soliqlar toʻlashi va toʻlovlarni amalga oshirish toʻxtatib turiladi.
Nochor qarzdorning qarzga doir barcha majburiyatlarining muddatlari oʻtib ketgan hisoblanadi, unga nisbatan yangi talablar bilan chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nochor qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha penya va foiz qoʻshib yozish toʻxtatiladi. Nochor qarzdorning mulkidan qarzni undirish borasidagi barcha cheklashlar bekor qilinadi. Xoʻjalik sudida nochor qarzdor ishtirokida koʻrilayotgan mulkiy nizolar, agar ular yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarorlari qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, toʻxtatiladi.
Shu paytdan eʼtiboran qarzdor oldiga qoʻyiladigan mulkiy yoki moliyaviy tusdagi barcha talablar faqat tugatishga doir ishni yuritish chegarasidagina qoʻyilishi mumkin.
