1-modda. Bankrotlik tushunchasi va uning alomatlari
Bankrotlik toʻgʻrisida (1054-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Xoʻjalik yuritish subyektining bankrot boʻlishi deyilganda qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari fondlarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi.
Kreditorlarning talablarini bajarish muddati boshlangan kundan eʼtiboran xoʻjalik yuritish subyekti uch oy mobaynida ularni bajarolmayotganligi yoki bajarishga qodir emasligining muqarrarligi sababli uning joriy toʻlovlari toʻxtatib qoʻyilishi xoʻjalik yuritish subyekti bankrot boʻlishining tashqi alomati hisoblanadi.
Bankrotlik fakti xoʻjalik sudi tomonidan eʼtirof etilganidan yoki xoʻjalik yuritish subyekti ixtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning oʻzi bankrot boʻlganligini rasman eʼlon qilinganidan keyin, hamda ushbu qaror korxonalarning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli organ (bundan buyon — vakolatli organ) tomonidan tasdiqlangach xoʻjalik yuritish subyekti bankrot boʻlgan hisoblanadi.
