1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlar uchun aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida (665-son)
11.03.1999
TUShUNTIRISh XATI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-martda 665-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan tovarlar uchun 1999-yilda aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida kelib tushayotgan soʻrovlar munosabati bilan Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi quyidagilarni tushuntiradi:
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 541-son “1999-yildagi Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Davlat budjetining prognozi toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi stavkalari (8-2-son ilova) belgilangan. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi “Importni tariflar asosida tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 80-son qarori bilan tasdiqlangan aksiz soligʻi stavkalari (2-son ilova) qoʻllanilmaydi.
