24-modda. Gidrotexnika inshootlarini tekshirish
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida (O‘RQ-865-son) · Sana: 30.08.2023 · Amalda
Foydalanuvchi tashkilotlarning, loyiha va pudrat tashkilotlarining gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, tiklash yoki konservatsiyalash boʻyicha faoliyati gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash normalari va qoidalariga rioya etilishi maqsadida vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi.
Gidrotexnika inshootlarini tekshirish chogʻida foydalanuvchi tashkilotlar, loyiha va pudrat tashkilotlari tekshiruvchilarga barcha zarur hujjatlarni taqdim etishi, ularning gidrotexnika inshootlari joylashgan hududga moneliksiz kirishini taʼminlashi shart.
