22-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida (O‘RQ-865-son) · Sana: 30.08.2023 · Amalda
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasi:
gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, shuningdek konservatsiyalash, tugatish davrida — foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan;
gidrotexnika inshootlarini foydalanishga topshirishda — buyurtmachi tashkilotlar tomonidan tuziladi.
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasini tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Foydalanuvchi tashkilotlar va buyurtmachi tashkilotlar gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyasini maxsus vakolatli davlat organiga davlat ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasining maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi gidrotexnika inshootlarini davlat kadastriga kiritish hamda ularni foydalanishga topshirishga yoki ularni foydalanishdan chiqarishga, rekonstruksiya qilishga, kapital taʼmirlashga, tiklashga yoki konservatsiyalashga ruxsatnoma olish uchun asos boʻladi.
