“Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 297-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1021-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”) (3359-IV-son)
17.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 20-iyunda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1021-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 297-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 17-iyul,
3359-IV-son
