Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisini chaqirish toʻgʻrisida (3357-IV-son)
13.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 65-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylangan Sh.M. Mirziyoyevning oʻz lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan qoʻshma majlisi 2023-yil 14-iyul kuni soat 11:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati binosining katta majlislar zalida chaqirilsin.
2. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-iyul,
3357-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 13-iyul,
KQ-538-IV-son
