Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (399-son)
19.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning muomalasini tartibga solish sohasida mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.
Shu bilan birga, yangi giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilishi ularning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq holatlar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Giyohvandlik vositalari hamda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasining oldini olish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazishda nazoratni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi taqiqlangan “LSD”, “α-PVP” hamda “Katinonlar” guruhiga kiruvchi sintetik giyohvandlik vositalarini amaliyotda qoʻllash yuzasidan aniqliklar kiritish;
“Tapentadol” giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosi hamda isteʼmolining oldini olish maqsadida uni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxatiga qoʻshish;
kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasi bilan bogʻliq nazoratni yanada kuchaytirish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi rasmiylashtiruvini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning TIF TN kodlarini joriy etish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-avgust,
399-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 399-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 4-ilovada:
62-pozitsiyaning “Naimenovaniye narkoticheskogo sredstva” ustuni “Katinon (1-alfa-aminopropiofenon)” soʻzlaridan keyin “, katinoni i ix proizvodnie*” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
73-pozitsiyaning “Naimenovaniye narkoticheskogo sredstva” ustuni “(LSD, LSD-25)” soʻzlaridan keyin “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
97-pozitsiyasining “Naimenovaniye narkoticheskogo sredstva” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4-metilmetkatinon (4-MMS, mefedron) (RS)-2-(metilamino)-1-(4-metilfenil) propan-1-on*”;
139-pozitsiyaning “Naimenovaniye narkoticheskogo sredstva” ustuni “α-PVP (a-pirrolidinovalerofenon)” soʻzlaridan keyin “*” belgisi bilan toʻldirilsin;
b) 4-ilovaning izoh qismida:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“rasteniya ili ix chasti, soderjashiye kakoye-libo sredstvo, vklyuchennoye v etot spisok, i podlejashiye tem je meram kontrolya, chto i sredstvo”;
beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“izomeri i gomologi (yesli takovie opredelenno ne isklyucheni) narkoticheskix sredstv, perechislennix v dannom spiske, v tex sluchayax, kogda sushestvovaniye takix izomerov i gomologov vozmojno v ramkax dannogo ximicheskogo oboznacheniya”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dlya vsex jidkostey i rastvorov, soderjashix odno narkoticheskoye sredstvo, perechislennoye v nastoyashem spiske, ix kolichestvo opredelyayetsya massoy suxogo ostatka posle visushivaniya do postoyannoy massi pri temperature +70 ... +110 gradusov Selsiya”;
oʻn ikkinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn uchinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 5-ilova quyidagi mazmundagi 54-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 54. Tapentadol 3-[1R, 2R)-3-(dimetilamino)-1-etil-2-metilpropil] fenol 3004900002 0,5 0,5 — 5,0 5,0 ”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida” 2019-yil 27-sentabrdagi 818-son qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar
ROʻYXATI
T/r Xalqaro patentlanmagan nomi Jinoiy harakatni tasniflashda koʻp miqdor koʻrsatkichlari (grammdan yuqori) TIFTN kod 1. 19-norandrostenediol 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 2. 19-norandrostenedion (est-4-yen-3,17-dion) 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 3. 1-testosteron (17beta-gidroksi-5alfa-androst-1-yen-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 4. 2,4-dinitrofenol (2,4-DNP) 2 2908990000 3004900002 3004900008 5. 4-gidroksitestosteron (4,17beta-digidroksiandrost-4-yen-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 6. GW 1516 (2-[2-metil-4-[[4-metil-2-[4-(triftormetil)fenil]-1,3-tiazol-5-il]metil sulfanil] fenoksi] sirka kislotasi) va kimyoviy strukturasi yoki biologik taʼsiri oʻxshash boʻlgan boshqa substansiyalar 5 2942000000 3004900002 3004900008 7. Androstanolon 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 8. Androstenediol 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 9. Androstenedion 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 10. Benaktizin (amizil) (2-dietilamin efir benzil kislotasi gidroxloridi) 2 2922197000 3004900002 3004900008 11. Benzobarbital (1-benzoil-5-etil-5-fenilbarbiturat kislotasi) 10 2933540000 3004900002 3004900008 12. Bolazin (3,3'-(gidrazin-1,2-diiliden)bis(2-metilandrostan-17-ol)) 10 2928009000 3004900002 3004900008 13. Bolasteron 10 2937290000 3004390001 3004390008 14. Boldenon 10 2937290000 3004390001 3004390008 15. Boldion (androst-1,4-diyen-3,17-dion) 10 2914290000 2937290000 3004900002 3004900008 3004390001 3004390008 16. Geksobarbital (5-(1-siklogeksen-1-il)-1,5-dimetil-2,4,6(1H, 3H, 5H)-pirimidintrion) 1 2933540000 3004900002 3004900008 17. Gestrinon 10 2937290000 3004390001 3004390008 18. Danazol ((17alfa)-pregn-2,4-diyen-20-ino2,3-d-izoksazol-17-ol) 20 2937900000 3004390001 3004390008 19. Degidroxlormetiltestosteron (4-xloro-17beta-gidroksi-17alfa-metilandrost-1,4-diyen-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 20. Dezoksimetiltestosteron (17alfa-metil-5alfa-androst-2-yen-17beta-ol) 10 2937290000 3004390001 3004390008 21. Drostanolon 10 2937290000 3004390001 3004390008 22. Zaleplon* 0,5 2933599500 3004900002 3004900008 23. Zeranol (7,14,16-trigidroksi-3-metil-3,4,5,6,7,8,9,10,11,12-dekagidro-1H-benzo[s] [1]oksatsiklotetradetsin-1-on) 10 2932209000 3004900002 3004900008 24. Kalusteron 10 2937290000 3004390001 3004390008 25. Klostebol 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 26. Levomepromazin ((K)-2-metoksi-N,K,beta-trimetil-10H-fenotiazin-10-propanamin) 2 2934309000 3004900002 3004900008 27. Mebolazin (3,3'-(gidrazin-1,2-diiliden)bis(2,17-dimetilandrostan-17-ol)) 10 2937290000 3004390001 3004390008 28. Mezabolon (17-((1-metoksitsiklogeksil)oksi) androst-1-yen-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 29. Mepitiostan (17-metil-17-((1-metoksitsiklopentil)oksi)-2,3-epitioadrostan) 10 2937290000 3004390001 3004390008 30. Mestanolon 10 2937290000 2937500000 3004390001 3004390008 31. Mesterolon (1alfa-metilandrostanodon) 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 32. Metandiyenon (metandrostenolon) (17beta-gidroksi-17alfa-metilandrost-1,4-diyen-3-on) 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 33. Metandriol 10 2937290000 3004390001 3004390008 34. Metasteron (2alfa, 17alfa-dimetil-5alfa-androstan-3-on-17beta-ol) 10 2937290000 3004390001 3004390008 35. Metenolon 10 2937290000 3004390001 3004390008 36. Metil-1-testosteron (17beta-gidroksi-17alfa-metil-5alfa-androst-1-yen-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 37. Metildiyenolon (17beta-gidroksi-17alfa-metilestr-4,9-diyen-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 38. Metilnortestosteron (17beta-gidroksi-17alfa-metilestr-4-yen-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 39. Metiltestosteron 10 2937290000 40. Metiltriyenolon (17beta-gidroksi-17alfa-metilestr-4,9,11-triyen-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 41. Metilepitiostanol (17-metil-2,3-epitioandrostan-17-ol) 10 2937290000 3004390001 3004390008 42. Miboleron 10 2937290000 3004390001 3004390008 43. Nandrolon 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 44. Norboleton 10 2937290000 3004390001 3004390008 45. Norklostebol 10 2937290000 3004390001 3004390008 46. Noretandrolon 10 2937290000 3004390001 3004390008 47. Oksabolon 10 2937290000 3004390001 3004390008 48. Oksandrolon 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 49. Oksimesteron 10 2937290000 3004390001 3004390008 50. Oksimetolon 10 2937290000 3004390001 3004390008 51. Orto-xlorbenzilidenmalonodinitril 2 2926909800 3004900002 3004900008 52. Ostarin ((2S)-3-(4-sianofenoksi)-N-[4-siano-3-(triftormetil)fenil]-2-gidroksi-2-metilpropanamid) va kimyoviy strukturasi yoki biologik taʼsiri oʻxshash boʻlgan boshqa substansiyalar 2,5 2926909800 3004900002 3004900008 53. Mast qiluvchi qalampir (kava-kava) va uning tarkibiga kiruvchi moddalar 10 1211908609 2932209000 3004900002 3004900008 54. Prasteron (3-gidroksiandrost-5-yen-17-on) 10 2937230000 3004390001 3004390008 55. Pregabalin* 10 2922498500 3004900002 3004900008 56. Propetandrol ((17-gidroksi-17-etil-19-norandrost-4-yen-3-il)propionat) 10 2937290000 3004390001 3004390008 57. Propilgeksedrin 2 2921301000 3004900002 3004900008 58. Prostanozol ([3,2-s]pirazol-5alfa-etioalloxolan-17beta-tetragidropiranol) 10 2937290000 3004390001 3004390008 59. Roksibolon (11,17-digidroksi-17-metil-3-oksoandrosta-1,4-diyen-2-karbon kislotasi) 10 2937290000 3004390001 3004390008 60. Sibutramin, shuningdek, oʻxshash psixoaktiv taʼsirga ega boʻlgan uning strukturaviy analoglari 0,5 2921490000 3004900002 3004900008 61. Spora (ergotamin shtammning spora shoxchalari, ergotoksin shtammning spora shoxchalari) 100 1211908609 2939610000 3004900002 3004900008 62. Stanozolol 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 63. Stenbolon 10 2937290000 3004390001 3004390008 64. Tetragidrogestrinon (18alfa-gomo-pregn-4,9,11-triyen-17beta-ol-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 65. Tiomesteron (S,S'-(17-gidroksi-17-metil-3-oksoandrost-4-yen-1,7-diil)dietantioat) 10 2937290000 3004390001 3004390008 66. Trenbolon 10 2937290000 3004390001 3004390008 67. Tropikamid* 1 2933399800 3004900002 3004900008 68. Fluoksimesteron 2,5 2937290000 3004390001 3004390008 69. Formebolon 10 2937290000 3004390001 3004390008 70. Furazabol (17beta-gidroksi-17alfa-metil-5alfa-androstano[2,3-s]-furazan) 10 2937290000 3004390001 3004390008 71. Xinbolon (kvinobolon) 10 2937290000 3004390001 3004390008 72. Xloroform 1500 2903130000 73. Siklopentolat* 1 2922197000 3004900002 3004900008 74. Enestebol (4,17-digidroksi-17-metilandrosta-1,4-diyen-3-on) 10 2937290000 3004390001 3004390008 75. Epitiostanol (2,3-epitioandrostan-17-ol) 10 2937290000 76. Ergotal (Spora alkaloidlarining fosfat aralashmasi) 1 2939620000 3004900002 3004900008 77. Etilxlorid (xloretil) 300 2903110000 3004900002 3004900008 78. Etilestrenol (19-nor-17alfa-pregn-4-yen-17-ol) va kimyoviy strukturasi yoki biologik tasiri oʻxshash boʻlgan boshqa substansiyalar 10 2937230000 3004390001 3004390008 79. Gabapentin* (1-(Aminometil) siklogeksansirka kislotasi) 10 2922498500 3004900002 3004900008
* Chakana realizatsiya (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshiriladi.
Izoh.
Bundan tashqari, quyidagilar kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga kiradi:
a) ushbu roʻyxatda keltirilgan moddalarning mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan barcha holatdagi tuzlari;
ushbu roʻyxatda keltirilgan moddalarning mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan barcha holatdagi izomerlari;
ushbu roʻyxatda keltirilgan moddalarning oddiy va murakkab efirlari.
Bunday tuzlar, izomerlar va efirlar uchun jinoiy harakatni tasniflash uchun koʻp miqdor koʻrsatkichlari xuddi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga qoʻllaniladigan koʻrsatkichlarga mos ravishda belgilanadi;
b) tarkibida ushbu kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatida keltirilgan moddalardan birortasi mavjud boʻlgan barcha dori shakllari, aralashmalar va eritmalar, bunda dori shakli, aralashma va eritmalar uchun koʻp miqdor kuchli taʼsir qiluvchi moddaning koʻp miqdori kabi aniqlanadi, dori shakli, aralashmasi va eritma uchun eng koʻp miqdori taʼsir qiluvchi modda hisob-kitob qilinmasdan umumiy miqdordan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ushbu roʻyxatni qoʻllash uchun tovarlarning nomiga amal qilish zarur, vositalarning TIF TN kodlari foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida berilgan”.
