Baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-281-son)
18.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish, tabiiy va sunʼiy suv havzalaridan oqilona foydalanish, baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, tabiiy va sunʼiy suv havzalarini elektron onlayn auksion orqali shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan holda realizatsiya qilish tartibini joriy etish maqsadida:
1. Belgilansinki, 2023-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagilar tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:
davlatga tegishli tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) — baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;
tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari — suv boʻyida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (oʻtov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
Bunda, mazkur bandda belgilangan talablar ijara shartnomalarining amal qilish muddati tugamagan tabiiy va sunʼiy suv havzalariga (suv omborlariga) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-fevraldagi “Aydar-arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-son qarori bilan boshqaruvi takomillashtirilgan Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi “Orol artemiya sanoati” davlat muassasasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan Orol dengizining 227 ming gektar suv osti yer maydonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) ikki hafta muddatda unga tanho foydalanishga berilgan reproduktiv ahamiyati past va doimiy ixtiofaunaga ega boʻlmagan tabiiy suv havzalarini 1-ilovaga muvofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga ulardan samarali foydalanish uchun topshirsin.
3. Quyidagilar:
2023-2024-yillarda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan oʻrmon fondi yerlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
2023-2024-yillarda baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan suv omborlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga 2-3-ilovalarda belgilangan hududlarda baliq yetishtirish, ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini barpo qilish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini lotlarga boʻlgan holda elektron onlayn auksion orqali savdolarga chiqarib borishni tashkil etsin.
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini ommalashtirish va sayyohlar oqimini yoʻlga qoʻyish maqsadida yangi ishga tushirilgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlar, internet sahifalariga joylashtirsin va turoperatorlarga yetkazsin.
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibini tasdiqlasin. Bunda:
Uyushmaga tanho foydalanishga berilgan tabiiy suv havzalarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizini Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga, 40 foizini Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga, 10 foizini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga;
Uyushmaga tanho foydalanishga berilgan sunʼiy suv havzalarini (suv omborlari) ijaraga berishdan tushgan mablagʻlarning 90 foizini Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga, 10 foizini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga;
baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash maqsadlaridan boshqa maqsadlarda tabiiy suv havzalari ijaraga berilganda, ijaradan tushgan mablagʻlarning 90 foizini Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga, 10 foizini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yoʻnaltirish nazarda tutilsin.
6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi Kadastr agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar tabiiy (koʻllar) va sunʼiy (suv omborlari) suv havzalarini xatlovdan oʻtkazib, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Quyidagilarga:
Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan Uyushma faoliyatining joriy xarajatlarini moliyalashtirish hamda xodimlarga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishga;
Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan baliqchilik sohasida seminar va treninglarni tashkil etish, Uyushma xodimlarining xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va ularni moddiy ragʻbatlantirishga ruxsat berilsin.
8. Quyidagilar:
2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda baliq yetishtirishning prognoz parametrlari 4-ilovaga muvofiq;
2024-yilda sunʼiy suv havzalarini intensivlashtirish boʻyicha prognoz parametrlar 5-ilovaga muvofiq;
2024-yilda aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha prognoz parametrlar 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Suv xoʻjaligi vazirligi “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida baliqchilik loyihalarini amalga oshirish maqsadida, baliqchilik bilan shugʻullanuvchi oilalarni suv bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
10. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 18-avgust,
PQ-281-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga topshiriladigan tabiiy suv havzalari
ROʻYXATI
T/r Tuman nomi Tabiiy suv havzasi nomi Maydoni (gektar) Respublika boʻyicha jami: 186 ta 6 898 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Amudaryo “Say” koʻli 81,8 2. Amudaryo “Otojanboy-1” koʻli 31 3. Amudaryo “Otojonboy-2” koʻli 29,3 4. Amudaryo “Agrokoʻl” koʻli 7,48 5. Amudaryo “Tuzdok” koʻli 8,3 6. Amudaryo “Sharsapa” koʻli 8,2 7. Beruniy “Zarib qara” koʻli 5,3 8. Beruniy “Akcham” koʻli 23,1 9. Beruniy “Choʻtir” koʻli 3,6 10. Beruniy “8-kontur” koʻli 0 11. Beruniy “17-kontur” koʻli 1 12. Beruniy “80,82-kontur” koʻli 3,1 13. Boʻzatov “Palush-Shaudir” koʻli 0 14. Boʻzatov “Kutankoʻl” koʻli 52,2 15. Kegeyli “Qora-oy” koʻli 3,2 16. Kegeyli “Aktuba” koʻli 55,6 17. Kegeyli “Beksik” koʻli 4,1 18. Kegeyli “Kokshiyel” koʻli 13,5 19. Qoraoʻzak “Aeroport” koʻli 0 20. Qoraoʻzak “Bugejeyli” koʻli 0 21. Qoraoʻzak “Sarikoʻl” koʻli 13,6 22. Qoraoʻzak “Yernazar terek ashshikoʻl” koʻli 26,6 23. Qoraoʻzak “Iyshan-oy” koʻli 29,8 24. Qoraoʻzak “Bes” koʻli 6,3 25. Qoraoʻzak “Oraz Ataliq” koʻli 22,2 26. Qoʻngʻirot “Maral-Mashin ketken-Baltaketken, Sashka” koʻli 299 27. Qoʻngʻirot “Koptin” koʻli 68 28. Qonlikoʻl “Yesbergen” koʻli 0 29. Moʻynoq “Karamush” koʻli 220,1 30. Moʻynoq “Zakir” koʻli 330 31. Moʻynoq “Atay say” koʻli 150 32. Moʻynoq “Shatik 2, Ashshikoʻl 3, Kendirli” koʻli 149 33. Moʻynoq “Jaungir” koʻli 29,4 34. Moʻynoq “Kishi Jonsiz” koʻli 0 35. Moʻynoq “Qara mulla” koʻli 0 36. Moʻynoq “Qizil kema” koʻli 1,78 37. Moʻynoq “Arqa maqpal” koʻli 35,4 38. Moʻynoq “Uzinqayir” koʻli 5 39. Moʻynoq “Arka Abbaz-Karamush” koʻli 50,6 40. Moʻynoq “Kirmizi-Katinketken” koʻli 20,1 41. Moʻynoq “Kishi ashshi” koʻli 45,6 42. Moʻynoq “Orda” koʻli 51,2 43. Moʻynoq “Aqshoki” koʻli 56,4 44. Moʻynoq “Akpetkey sistemasi Ashshikoʻl” koʻli 103,1 45. Moʻynoq “Kuat-irza” koʻli 62,1 46. Moʻynoq “Kishi Maqpal” koʻli 69,2 47. Nukus “Kudiyar” koʻli 8,4 48. Nukus “Gunjili” koʻli 9,4 49. Taxiatosh “Nayman” koʻli 19,2 50. Taxiatosh “Azatlik” koʻli 2,5 51. Taxtakoʻpir “Kosmolla” koʻli 151,9 52. Taxtakoʻpir “Jangʻansha” koʻli 145 53. Taxtakoʻpir “Shoʻr” koʻli 39,1 54. Taxtakoʻpir “Kostobe” koʻli 91,4 55. Taxtakoʻpir “Aksaga” koʻli 92,4 56. Taxtakoʻpir “Dauran kos” koʻli 24,6 57. Taxtakoʻpir “Korjik” koʻli 73,3 58. Taxtakoʻpir “Yeshki olgen” koʻli 24,1 59. Taxtakoʻpir “Atakoʻl” koʻli 84,1 60. Taxtakoʻpir “Dushshibas” koʻli 65,9 61. Taxtakoʻpir “Shoyinbek” koʻli 92,4 62. Taxtakoʻpir “Janaqazgʻan 3” koʻli 78,5 63. Taxtakoʻpir “Kozden barmas” koʻli 53 64. Taxtakoʻpir “Qoʻskoʻl” koʻli 49,3 65. Taxtakoʻpir “Aybek” koʻli 62,5 66. Toʻrtkoʻl “Kuksu Lotok yab Kontur” koʻli 10 67. Toʻrtkoʻl “Aydinkoʻl” koʻli 10,1 68. Toʻrtkoʻl “Shorkoʻl” koʻli 16,9 69. Toʻrtkoʻl “Arab” koʻli 6,6 70. Toʻrtkoʻl “Krepost 1” koʻli 18,8 71. Toʻrtkoʻl “Eryozqalʼa” koʻli 6,8 72. Toʻrtkoʻl “Lotokyab kuksu” koʻli 15 73. Toʻrtkoʻl “Kaka” koʻli 20,5 74. Toʻrtkoʻl “Koʻkcha shimoli” koʻli 15,7 75. Toʻrtkoʻl “Vodoyem Toʻrtkoʻl” koʻli 19,5 76. Toʻrtkoʻl “Bozor qalʼa” koʻli 9,9 77. Toʻrtkoʻl “Qumboskan” koʻli 25 78. Toʻrtkoʻl “Suk” koʻli 85,6 79. Toʻrtkoʻl “Oʻrdak” koʻli 19,2 80. Toʻrtkoʻl “Kukcha-janubiy” koʻli 37 81. Toʻrtkoʻl “Koʻkcha gʻarbiy” koʻli 12,3 82. Toʻrtkoʻl “Nap” koʻli 47 83. Toʻrtkoʻl “Qodir” koʻli 12,5 84. Toʻrtkoʻl “Odina bobo” koʻli 9,46 85. Toʻrtkoʻl “Qizilqum” koʻli 4,5 86. Xoʻjayli “Tuba 1” koʻli 17,6 87. Xoʻjayli “Tuba 2” koʻli 9,6 88. Xoʻjayli “Teren say” koʻli 5,4 89. Xoʻjayli “Xojeli kontur” koʻli 2,8 90. Shumanay “2878-a-son kontur” koʻli 1,4 91. Shumanay “306-kontur” koʻli 8,1 92. Shumanay “Reimbek ketken” koʻli 3,2 93. Shumanay “2555-2587 kontur” koʻli 9 94. Shumanay “2133-sonli kontur” koʻli 2,5 95. Ellikqalʼa “Koʻkcha-1” koʻli 30,5 96. Ellikqalʼa “Nuxr” koʻli 6,4 97. Ellikqalʼa “Quvtobe” koʻli 98 98. Ellikqalʼa “Qirq qiz” koʻli 45 99. Ellikqalʼa “Baymurat” koʻli 15,2 100. Ellikqalʼa “Qilchinoq 1-boʻlim” koʻli 3,2 101. Ellikqalʼa “1704 kontur” koʻli 9 102. Ellikqalʼa “Chakan-1” koʻli 22,5 103. Ellikqalʼa “Chakan-2” koʻli 14 104. Ellikqalʼa “Shayton” koʻli 6,8 105. Ellikqalʼa “Ziyoviddin” koʻli 25,7 106. Ellikqalʼa “Boʻston” koʻli 69,4 107. Ellikqalʼa “Shoʻr” koʻli 24,7 108. Ellikqalʼa “Qushburun” koʻli 28 109. Ellikqalʼa “Appaq” koʻli 42,7 110. Ellikqalʼa “Sori xoʻja” koʻli 11,9 111. Ellikqalʼa “Uysalang” koʻli 44,41 112. Ellikqalʼa “Sarabiy” koʻli 30,2 113. Ellikqalʼa “441 kontur” koʻli 2,1 114. Ellikqalʼa “301 kontur” koʻli 2,8 115. Ellikqalʼa “Jingan” koʻli 3,9 116. Ellikqalʼa “Chalang” koʻli 1,6 117. Ellikqalʼa “Dasha” koʻli 30,8 118. Ellikqalʼa “Uysalang-2” koʻli 50,4 119. Ellikqalʼa “Baqbergen” koʻli 68 120. Ellikqalʼa “Dumanqalʼa” koʻli 27,5 120. Jami 4 519 Qashqadaryo viloyati 1. Mirishkor “Alan koʻl 1 kontur” koʻli 70 2. Mirishkor “Alan koʻl 2 kontur” koʻli 30 3. Kitob “Saparchasoy” koʻli 15,6 4. Kitob “Shoʻrobsoy” suv obori 5 5. Yakkabogʻ “Qizilsuv” suv ombori 60,4 6. Yakkabogʻ “Yangiqoʻrgʻon” suv ombori 53 7. Yakkabogʻ “Qorabogʻ” suv ombori 80 8. Yakkabogʻ “Nugʻayli” suv ombori 58 9. Shahrisabz “Toshloqsoy” suv ombori 6,5 9. Jami 378,5 Samarqand viloyati 1. Payariq “Shoʻrkoʻl” koʻli 16 1. Jami 16 Surxondaryo viloyati 1. Boysun “Konbeshbuloq” koʻli 41 2. Jarqoʻrgʻon “Kattaqum” koʻli 9,78 3. Termiz “Asfalt beton zavodi” koʻli 37,6 4. Termiz “Sapayev” koʻli 12,2 4. Jami 100,6 Toshkent viloyati 1. Parkent “Xoʻjakoʻl” koʻli 17,4 2. Bekobod nomsiz koʻl 45,9 3. Bekobod “Qoʻsh” koʻli 60,3 4. Bekobod “Yangi” koʻli 51,3 5. Bekobod nomsiz koʻl 35,4 6. Bekobod nomsiz koʻl 72,9 7. Bekobod nomsiz koʻl 2,4 8. Bekobod nomsiz koʻl 3,7 9. Bekobod nomsiz koʻl 1,15 10. Bekobod nomsiz koʻl 35,4 10. Jami 325,9 Xorazm viloyati 1. Bogʻot “Zey” koʻli 15 2. Bogʻot “Oʻrmonchi” koʻli 5,9 3. Bogʻot “Xoʻjalik” koʻli 4,6 4. Qoʻshkoʻpir “Duzlakkoʻl” koʻli 58,4 5. Qoʻshkoʻpir “A. Qurbonov hududidagi 1220, 1221 kontur” koʻli 20,4 6. Qoʻshkoʻpir “Toshkent hududidagi 356k kontur, 1-uchastka” koʻli 14,5 7. Qoʻshkoʻpir “Toshkent hududidagi 356k kontur, 2-uchastka” koʻli 14,7 8. Qoʻshkoʻpir “Uzun suv” koʻli 71,8 9. Qoʻshkoʻpir “I. Ibragimov hududidagi 151k kontur” koʻli 92 10. Qoʻshkoʻpir “Shoʻrkoʻl” koʻli 47,3 11. Qoʻshkoʻpir “Toshkent hududidagi 356k kontur, 3-uchastka” koʻli 20,1 12. Qoʻshkoʻpir “Oxunboboyev hududidagi 310 kontur” koʻli 3,6 13. Qoʻshkoʻpir Bakmad koʻli 79,7 14. Qoʻshkoʻpir “Chegara” koʻli 40,7 15. Shovot “Boʻston” koʻli 94,8 16. Tuproqqalʼa “Ot botgan” koʻli 78,3 17. Tuproqqalʼa “Aeroport” koʻli 18,1 18. Tuproqqalʼa “Chegara” koʻli 39,4 19. Tuproqqalʼa “Koʻk damba -1” koʻli 26,1 20. Tuproqqalʼa “Ot botgan” koʻli 76,5 21. Tuproqqalʼa “Sarimoy” koʻli 43,9 22. Tuproqqalʼa “Koʻk damba” koʻli 15,2 23. Tuproqqalʼa nomsiz koʻl 28 24. Tuproqqalʼa “Uch oʻchoq” koʻli 4,4 25. Tuproqqalʼa nomsiz koʻl 12 26. Tuproqqalʼa “Daryo osti” koʻli 5,9 27. Tuproqqalʼa “Chegara” koʻli 18,1 28. Hazorasp “Shoʻrkoʻl-1” koʻli 41 29. Hazorasp “Dunuk” koʻli 74,14 30. Hazorasp “Uzun” koʻli 61,1 31. Hazorasp “Ovshar-2” koʻli 6,8 32. Hazorasp “Sanoat”koʻli 7,1 33. Hazorasp “Muxomon” koʻli 1,5 34. Hazorasp “Dunuk koʻl 10” koʻli 87,2 35. Hazorasp “Ovshar-1” koʻli 5,4 36. Hazorasp “Shoʻrkoʻl-2” koʻli 6,8 37. Hazorasp “Protok” koʻli 33,2 38. Xiva “Karp” koʻli 65,9 39. Xiva “Irdimizon” koʻli 28,2 40. Xiva “Koʻrk” koʻli 64,6 41. Xiva nomsiz koʻl 70,2 42. Yangiariq “Shoʻrkoʻl” koʻli 55,5 42. Jami 1 558
Izoh: mazkur roʻyxatga “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga 2-ILOVA
2023-2024-yillarda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan oʻrmon fondi yerlari
ROʻYXATI
T/r Daryo nomi Hududlar nomi Tuman (shahar) Oʻrmon xoʻjaligi nomi 1. Sirdaryo Fargʻona viloyati Dangʻara tumani Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi 2. Toshkent viloyati Bekobod tumani Bekobod davlat oʻrmon xoʻjaligi 3. Bekobod tumani Dalvarzin davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 4. Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Qolgansir davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 5. Guliston tumani Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 6. Amudaryo Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Qorakoʻl davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 7. Romitan tumani Qizilqum davlat ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaligi 8. Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi 9. Xorazm davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligi 11. Amudaryo tumani Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi 12. Surxondaryo Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani Surxondaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 13. Uzun tumani Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi 14. Qashqadaryo Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Kitob davlat oʻrmon xoʻjaligi 15. Zarafshon Navoiy viloyati Karmana tumani Navoiy davlat oʻrmon xoʻjaligi 16. Xatirchi tumani Xatirchi davlat oʻrmon xoʻjaligi 17. Samarqand viloyati Jomboy tumani Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi 18. Jomboy davlat oʻrmon xoʻjaligi 19. Chirchiq Toshkent viloyati Qibray tumani Saksonota davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi 20. Yangiyoʻl tumani Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi 21. Quyi Chirchiq tumani Quyi Chirchiq davlat ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaligi 22. Ohangaron Toshkent viloyati Piskent tumani Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga 3-ILOVA
2023-2024-yillarda baliqni sanoat usulda yetishtirish, ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari tashkil etiladigan suv omborlari
ROʻYXATI
T/r Suv ombori nomi Hududlar nomi Tuman (shahar) Balansda saqlovchi 1. “Andijon” suv ombori Andijon viloyati Xonobod tumani “Oʻzbekgidroenergo” AJ 2. “Toʻpalang” suv ombori Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 3. “Ohangaron” suv ombori Toshkent viloyati Ohangaron tumani 4. “Zomin” suv ombori Jizzax viloyati Zomin tumani Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi 5. “Qamashi” suv ombori Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi 6. “Chimqoʻrgʻon” suv ombori Qamashi tumani 7. “Pachkamar” suv ombori Gʻuzor tumani 8. “Chortoq” suv ombori Namangan viloyati Chortoq tumani Namangan viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi 9. “Xojikent” suv ombori Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Chorvoq GESlar kaskadi” DUK 10. “Gʻazalkent” suv ombori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga 4-ILOVA
2024-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda baliq yetishtirishning
PROGNOZ PARAMETRLARI
tonna T/r Hududlar nomi Jami baliq ovlash Shundan: sunʼiy suv havzalarida tabiiy suv havzalari va suv omborlarda qafas (sadok) moslamasida intensiv suv havzalarida Yopiq suv aylanma tizimi (UZV)da yarim intensiv intensiv kichik suv havzalari aholi xonadonlari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 45 000 2 430 2 000 29 850 9 500 820 400 2. Andijon viloyati 80 000 3 050 63 800 12 000 700 450 3. Buxoro viloyati 40 000 100 1 500 120 17 250 19 410 770 850 4. Jizzax viloyati 90 000 2 500 13 000 2 500 67 000 3 600 650 750 5. Qashqadaryo viloyati 40 000 300 1 550 2 300 24 000 9 870 1 080 900 6. Navoiy viloyati 45 000 1 050 7 500 3 000 20 500 10 050 1 300 1 600 7. Namangan viloyati 90 000 6 140 710 1 515 72 700 6 040 1 100 1 795 8. Samarqand viloyati 40 000 210 1 050 920 23 000 10 768 2 266 1 786 9. Surxondaryo viloyati 35 000 362 735 1 050 12 680 17 640 791 1 742 10. Sirdaryo viloyati 110 000 20 750 150 83 000 5 100 700 300 11. Toshkent viloyati 90 000 6 200 300 1 640 71 000 6 670 1 300 2 890 12. Fargʻona viloyati 95 000 3 000 1 215 2 175 79 000 8 252 1 100 258 13. Xorazm viloyati 100 000 6 500 1 150 80 81 000 10 000 1 000 270 Jami 900 000 52 592 30 860 15 300 644 780 128 900 13 577 13 991
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga 5-ILOVA
2024-yilda sunʼiy suv havzalarini intensivlashtirish boʻyicha
PROGNOZ PARAMETRLAR
T/r Hududlar nomi Intensivlashtirish maydoni (gektar) baliq yetishtirish hajmi (tonna) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 700 25 500 2. Andijon viloyati 3 400 51 000 3. Buxoro viloyati 740 11 100 4. Jizzax viloyati 3 800 57 000 5. Qashqadaryo viloyati 1 000 15 000 6. Navoiy viloyati 700 10 500 7. Namangan viloyati 4 200 63 000 8. Samarqand viloyati 1 000 15 000 9. Surxondaryo viloyati 500 22 500 10. Sirdaryo viloyati 5 000 52 500 11. Toshkent viloyati 4 000 52 500 12. Fargʻona viloyati 4 500 67 500 13. Xorazm viloyati 4 700 70 500 Jami 35 240 513 600
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-281-son qaroriga 6-ILOVA
2024-yilda aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha
PROGNOZ PARAMETRLAR
T/r Hududlar nomi Aholi xonadonlarida baliq yetishtirish aholi soni (nafar) baliq yetishtirish hajmi (tonna) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 500 650 2. Andijon viloyati 600 750 3. Buxoro viloyati 500 650 4. Jizzax viloyati 490 630 5. Qashqadaryo viloyati 540 600 6. Navoiy viloyati 1 100 1 300 7. Namangan viloyati 940 1 210 8. Samarqand viloyati 1 030 1 200 9. Surxondaryo viloyati 400 500 10. Sirdaryo viloyati 600 750 11. Toshkent viloyati 800 950 12. Fargʻona viloyati 900 1 050 13. Xorazm viloyati 600 750 Jami 9 000 10 900
