Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (3362-IV-son)
18.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 297-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1021-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisida”gi 3343-IV-sonli Qarorini tasdiqlash haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 18-iyul,
3362-IV-son
