Avstriya Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasini ochish toʻgʻrisida (101-son)
28.02.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Avstriya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 25-martdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Avstriya Respublikasining Vena shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtatlar jadvaliga muvofiq elchixonani xodimlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi uchun Tashqi ishlar vazirligining talabnomalariga koʻra moddiy-texnika resurslari, jihozlar, asbob-uskunalarni belgilangan tartibda ajratsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 28-fevral,
101-son
