Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (588-5-son)
07.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-avgust roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 588-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Mehnat vazirligi tomonidan 1998-yil 30-noyabrda 2-271/04-son va 1235/04-1-son bilan tasdiqlangan Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 588, 1999-yil 7-yanvar) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-iyul,
60-1-2023/B-son
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 60-1-2023/B-son buyrugʻiga ILOVA
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan sabablarga (asoslarga) koʻra mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.”.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi, texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining oʻzgarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin (qonunchilik hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiya tayinlanadi.”.
3. 6-banddagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga ish qidirayotgan shaxs sifatida murojaat qilsalar, markaz” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga ish qidirayotgan shaxs sifatida murojaat qilsalar, ushbu boʻlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 7-banddagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markazi” va “aholi bandligiga koʻmaklashish markazida” degan soʻzlar tegishli ravishda “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi” hamda “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 8-banddagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markazi” va “Moliya vazirligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi” hamda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 9-banddagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markazi” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markazida” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Mehnat kodeksi 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida” degan soʻzlar “Mehnat kodeksi 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 15-banddagi “Moliya vazirligi” va “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” hamda “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 16, 19 va 20-bandlardagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 21-banddagi “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari”, “bandlik bosh boshqarmalariga” va “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari”, “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalariga” hamda “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 1 — 3-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarning 1 — 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
M.Oʻ. 4-shakl _______________tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi 202___yil “___”______________ __________-son Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ________ tuman (shahar) boʻlimiga TAQDIMNOMA ___________________________________________________________ (Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi nomi) Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 49-moddasiga asosan va Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (roʻyxat raqami 588, 1999-yil 7 yanvar) qoʻllagan holda, ____ yil “____”_____________ da tugʻilgan_____________________________________________ ______________________________________________________________________________________ni (ishsizning F.I.O.) _________________________________________________________________________________________ (pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari) muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdim etadi. __________________________________________ 20___ yil “___” _______da (ishsizning F.I.O.) ______________________________________________________________________________________ (ishdan boʻshatilish sababi koʻrsatiladi) ishdan boʻshatilgan va 20__ yil “___” ________________ dan ishsiz deb eʼtirof etilgan. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi _______________ ___________________ (imzo) (F.I.O.) ”.
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
“Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning 20___ yil ______ oy yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni TAQQOSLASh DALOLATNOMASI T/r Qaysi oy uchun Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqarolar soni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻ miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga mablagʻ oʻtkazilganligi haqida toʻlov topshiriqnomasi № sana Jami: X X X Dalolatnoma 20___ yil “___” ____________da tuzildi. _________________________tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ________________tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi Bosh hisobchi _____________ Bosh hisobchi _____________ (imzo) (imzo) M.Oʻ. M.Oʻ. ”.
