29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida (O‘RQ-860-son) · Sana: 08.08.2023 · Amalda
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-avgust,
OʻRQ-860-son
“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ILOVA
Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash boʻyicha
CHEKLIST
Yoʻnalishlar Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar Javob Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omil mavjud boʻlgan norma va uning asoslanishi Normalarning barqarorligi va huquqiy jihatdan muvofiqligi bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar soʻzlarning notoʻgʻri qoʻllanilishi bor yoʻq noaniq va asossiz havolalarning qoʻllanilishi bor yoʻq normativ-huquqiy hujjatlarda qarama-qarshiliklarning mavjudligi bor yoʻq Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar diskretsion vakolatlarning kengligi bor yoʻq vakolatlarning noaniqligi bor yoʻq davlat organlarining bir-birini takrorlovchi vakolatlari va vazifalari mavjudligi bor yoʻq davlat organi tomonidan oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi bor yoʻq vazifani yoki topshiriqni bajarish uchun ijrochida zarur boʻlgan vakolatlar va resurslarning mavjud emasligi bor yoʻq oʻz vaqtida tartibga solinmaslik bor yoʻq manfaatlar toʻqnashuvi bor yoʻq afzalliklarning asossiz ravishda belgilanishi bor yoʻq normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda kechiktirish bor yoʻq huquq va majburiyatlarning nomutanosibligi bor yoʻq Maʼmuriy tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki toʻliq emasligi bor yoʻq belgilangan qoidalardagi istisnolarning asossiz ravishda qoʻllanilishi bor yoʻq ortiqcha va asossiz talablar belgilanishi bor yoʻq vaqt chegaralarining noaniqligi bor yoʻq toʻlovlar miqdorlarining noaniqligi bor yoʻq sanksiyalarning nomutanosibligi bor yoʻq davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar sarflanishining aniq va shaffof tartib-taomillari mavjud emasligi bor yoʻq soliqlar va yigʻimlarni hisoblash hamda undirish tartib-taomillarining murakkabligi yoki noaniqligi bor yoʻq davlat korxonalari hamda oʻz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi bor yoʻq huquq va imtiyozlar beruvchi hamda maʼmuriy tartib-taomillarni belgilaydigan tanlov (auksion) tartib-taomillaridan boʻyin tovlash imkoniyatini beruvchi normalarning mavjudligi bor yoʻq tadbirlarni amalga oshirish usullarining murakkabligi va ularni moliyalashtirish manbalarining noaniqligi bor yoʻq Nazorat-tekshirish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar tekshirish va taftish oʻtkazish tartibining mavjud emasligi bor yoʻq shikoyat qilish tartibining mavjud emasligi bor yoʻq shaffoflikni va jamoatchilik nazoratini taʼminlashdagi boʻshliqlar bor yoʻq moliyaviy va boshqa sanksiyalarni qoʻllash hamda undirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarda aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi bor yoʻq davlat organlarining faoliyati ustidan nazorat qilish shakllari va turlarining mavjud emasligi bor yoʻq
