13-modda. Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida (O‘RQ-860-son) · Sana: 08.08.2023 · Amalda
Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
diskretsion vakolatlarning kengligi;
vakolatlarning noaniqligi;
davlat organlarining bir-birini takrorlovchi vakolatlari va vazifalari mavjudligi;
davlat organi tomonidan oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi;
vazifani yoki topshiriqni bajarish uchun ijrochida zarur boʻlgan vakolatlar va resurslarning mavjud emasligi;
oʻz vaqtida tartibga solinmaslik;
manfaatlar toʻqnashuvi;
afzalliklarning asossiz ravishda belgilanishi;
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda kechiktirish;
huquq va majburiyatlarning nomutanosibligi.
