2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-260-son)
03.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda uzumchilik va vinochilik sohasini kelgusida yanada barqaror rivojlantirish, yangi istiqbolli sanoatbop uzum navlarini koʻpaytirish va yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bazasi bilan taʼminlashni mustahkamlash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, uzum va vinochilik mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish maqsadida:
1. Respublikada 2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilikni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida quyidagilar:
2023-2024-yillarda yangi uzumzorlarni barpo qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
respublika hududlarida uzum koʻchatlarini tayyorlash boʻyicha tashkil qilinadigan “in-vitro” laboratoriyalari 2-ilovaga muvofiq;
2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sanoatini kompleks rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar hamda maqsadli va prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari boshchiligida loyiha ofislari tashkil qilinsin.
2. Respublikada uzumchilikni rivojlantirish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Kengashga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
respublika hududlari va tumanlarini uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish hamda uzumzorlarni barpo qilish uchun eng maqbul maydonlarni belgilash yuzasidan qarorlar qabul qilish;
uzum yetishtirish boʻyicha xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyatlaridan kelib chiqib, uzumchilikni milliy madaniyat sifatida rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
uzumni yirik maydonlarda, klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish orqali sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, uzumni saqlash, saralash va qayta ishlashni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
aholi xonadonlari va tomorqa yer uchastkalarida uzumchilik sohasini keng rivojlantirish, yangi tashabbuskorlarni aniqlash hamda ularning manzilli dasturini tasdiqlash;
mahalliy uzum navlarining milliy brendlarini yaratish va yangi bozorlarga chiqish orqali eksportni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlash;
ilmiy asoslangan holda uzum yetishtirish, uning yangi hosildor, danaksiz navlarini yaratish maqsadida uzumchilik ilmiy maktabini rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.
3. 2023-2024-yillarda Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa, Asaka, Buloqboshi, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Romitan, Shofirkon, Vobkent, Baxmal, Zomin, Gʻallaorol, Forish, Yangiobod, Shahrisabz, Kitob, Dehqonobod, Gʻuzor, Yakkabogʻ, Xatirchi, Nurota, Yangiqoʻrgʻon, Chust, Chortoq, Kosonsoy, Bulungʻur, Urgut, Jomboy, Qoʻshrabot, Oltinsoy, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Sardoba, Xovos, Sirdaryo, Bekobod, Parkent, Yangiyoʻl, Zangiota, Ohangaron, Toshkent, Qibray, Oʻrta Chirchiq, Oltiariq, Beshariq, Fargʻona, Yangibozor, Bogʻot, Hazorasp tumanlari va Quvasoy shahri hokimliklari “Oltiariq tajribasi” asosida har biri 2 — 2,5 ming gektar yer maydonlarida uzum plantatsiyalari tashkil etsin.
Bunda, Kengash Fargʻona vodiysida uzum va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda dehqonchilik tajribasiga ega oilalarga mazkur bandda nazarda tutilgan tumanlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun yer ajratish, amaliy va moddiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlasin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023 — 2026-yillarda uzumchilikni rivojlantirish, klaster va kooperatsiya usulida uzum mahsuloti yetishtirish hamda qayta ishlash yoʻnalishlariga investorlar va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan 100 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablagʻlarini yoʻnaltirsin.
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi faoliyatini rivojlantirishga ajratilgan 5 mln AQSH dollari hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligini rivojlantirishga ajratilgan 3 mln AQSH dollari, jami 8 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
6. 2023-yil 1-avgustdan boshlab uzum mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tizimi joriy etilsin:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirishga ajratiladigan mablagʻlari hisobidan yangi uzumzorlarni barpo qilish, koʻchat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.
Bunda, Jamgʻarma mablagʻlari “Qishloq qurilish bank” ATBga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs sifatida joylashtiriladi hamda loyiha tashabbuskorlariga 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 2 foizdan koʻp boʻlmagan marja bilan tijorat krediti ajratiladi;
b) Agentlik tadbirkorlik subyektlariga uzum plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, yangi tokzorlarni barpo etish va boshqa xizmatlarni koʻrsatadi. Bunda:
“tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida amalga oshiriladigan loyihalar uchun talab etiladigan mablagʻlar Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
yangi uzumzorlarni 1 gektardan 10 gektargacha boʻlgan maydonlarda barpo qilish boʻyicha loyihalar Agentlik tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtiriladi, yirik uzumchilik plantatsiyasi shaklidagi loyihalar “Qishloq qurilish bank” ATB kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
Agentlik hamda “Qishloq qurilish bank” ATB tomonidan mablagʻlar Markaziy bankning asosiy stavkasida tijorat banklariga resurs sifatida joylashtiriladi;
v) Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish loyihalariga kompensatsiya va kafilliklar beriladi.
7. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
ikki oy muddatda Fransiya Respublikasi Bordo xalqaro vinochilik tashkiloti “Interco Nouvelle-Aquitaine” bilan uzumchilik va vinochilikni Oʻzbekistonda rivojlantirish boʻyicha xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etish hamda sohani rivojlantirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etsin hamda 2024-yil 1-martga qadar uzumchilik va vinochilik sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xorijiy davlatlardan keltirilgan sovuqqa chidamli, urugʻsiz, hosildorligi yuqori 34 xildagi uzum navlarini “in-vitro” laboratoriyalarida respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitiga moslashtirish boʻyicha sinov-tajribalarini tashkil qilsin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar Qiziriq tumanida Akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining uzum koʻchatchiligi tajriba xoʻjaligini tashkil etsin.
Vazirlar Mahkamasi tajriba xoʻjaligi uchun 200 ga yer maydonini ajratsin.
9. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
joriy yilda “Made in Uzbekistan” brendi ostida xorijiy davlatlarda milliy vino savdo uylarini ochish hamda vino mahsulotlari eksportini targʻib qilish;
Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa importyor davlatlar bilan muzokaralarni olib borib, eksport qilinadigan uzum va vinochilik mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarining qulay va tezlashtirilgan tartibini joriy etish choralarini koʻrsin.
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi xorijiy milliy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda mahalliy korxonalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini joriy qilish choralarini koʻrsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga asosan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining vazifa va funksiyalari 5-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralarga oʻtkazilgan holda tugatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining:
isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan etil spirti sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalari ulardagi barcha jihozlari bilan birgalikda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga;
Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasining barcha huquq va majburiyatlari, gʻaznachilik hisobvaraqlaridagi 218 mlrd soʻm qoldiq mablagʻlari hamda 2023-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga berilgan qarz (kredit) hisobidan qaytadigan mablagʻlar (resurslar) bilan birgalikda Agentlikka oʻtkazilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari taqsimlanadi.
14. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ikki oy muddatda qoʻshimcha vazifa va funksiyalarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
16. Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
17. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda Agentlik huzuridagi Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, kompensatsiyalar, kafilliklar va qarz (kredit) mablagʻlarini berish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari mazkur qaror bilan belgilangan “yoʻl xaritasi” va prognoz koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
21. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-avgust,
PQ-260-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga 1-ILOVA
2023-2024-yillarda yangi uzumzorlarni barpo qilishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar nomi Uzumzor barpo etiladigan maydon, gektar shundan 2023-yil 2024-yil jami shundan shpaler usulida voish usulida jami shundan shpaler usulida voish usulida xoʻraki kish-mishbop sanoatbop xoʻraki kish-mishbop sanoatbop JAMI 187 614 86 575 45 084 30 578 10 912 58 228 8 989 101 040 57 856 28 202 14 982 62 981 19 637 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 5 000 2 000 933 448 619 2 010 3 000 1 888 694 417 2 753 2. Andijon viloyati 10 000 5 200 5 200 5 199 4 800 1 524 1 872 1 404 4 501 3. Buxoro viloyati 20 000 9 942 2 486 3 480 3 977 7 457 2 486 10 058 2 514 2 870 4 673 7 543 2 514 4. Jizzax viloyati 18 600 5 695 3 185 1 544 966 5 695 12 905 6 524 4 502 1 879 9 305 5. Qashqadaryo viloyati 15 000 6 866 2 488 4 093 284 2 228 239 8 134 5 019 2 919 196 4 225 299 6. Navoiy viloyati 7 000 3 261 1 136 1 415 710 4 261 3 739 1 104 2 155 480 3 739 7. Namangan viloyati 15 000 4 299 1 985 780 1 534 4 079 220 10 701 5 833 3 128 1 740 10 275 227 8. Samarqand viloyati 20 000 14 416 568 12 342 1 506 2 447 5 584 382 4 898 304 1 875 9. Surxondaryo viloyati 15 015 7 210 5 434 1 776 5 258 1 954 7 805 6 786 384 634 6 747 1 056 10. Sirdaryo viloyati 12 000 5 130 5 130 5 130 6 870 5 340 1 530 6 870 11. Toshkent viloyati 20 000 10 260 5 130 4 104 1 026 10 260 9 740 4 870 3 896 974 4 740 12. Fargʻona viloyati 20 000 8 261 8 090 170 170 4 090 11 739 11 170 570 408 15 540 13. Xorazm viloyati 10 000 4 035 3 318 596 121 4 034 5 965 4 900 884 181
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga 2-ILOVA
Respublika hududlarida uzum koʻchatlarini tayyorlash boʻyicha tashkil qilinadigan “in-vitro” laboratoriyalari
ROʻYXATI
T/r Joylashgan manzil Loyiha tashabbuskori Loyiha qiymati, (mlrd soʻm) Koʻchatxona, ga Ishga tushish muddati, (kun, oy, yil) Yillik ishlab chiqarish quvvati, koʻchat soni (ming dona) issiq-xona ochiq maydon Jami: 586,6 14,1 26,5 30 493 1. Nukus tumani “Agro firma Chempion” MCHJ 1,5 0,1 0,5 30.05.2024-y 1 120 2. Andijon tumani Don va dukkakli ilmiy tadqiqot instituti 2,0 0,1 15,0 01.12.2023-y 2 000 3. Buxoro tumani “Buxoro Varnet” MCHJ 30,0 3,0 01.11.2024-y 3 000 4. Gʻallaorol tumani “Agro In vitro” MCHJ 100,0 2,0 25.11.2023-y 5 033 5. Qarshi tumani Mahmud Mirzayev nomidagi BUVITI 10,0 2,0 01.12.2024-y 1 000 6. Karmana tumani Mahmud Mirzayev nomidagi BUVITI 10,0 2 10.11.2024-y 1 000 7. Uychi tumani Mahmud Mirzayev nomidagi BUVITI 400,0 0,3 2 15.09.2023-y 1 000 8. Urgut tumani “FRESN FRUITS” fermer xoʻjaligi 35,2 6 15 01.12.2024-y 1 200 9. Oltinsoy tumani “Yangi turmush” fermer xoʻjaligi 5,0 0,5 01.05.2024-y 1 140 10. Parkent tumani “Norcholtol” fermer xoʻjaligi 21,0 2 5 15.09.2024-y 7 000 11. Fargʻona tumani “Agrosifat Logistik” MCHJ 3,7 3 01.02.2024-y 2 000 12. Urganch tumani “BENE FRUITS” MCHJ 1,7 0,3 0,5 15.09.2023-y 5 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga 3-ILOVA
2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sanoatini kompleks rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rTadbir nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatlariMasʼullar1.2023 — 2026-yillarda yangi plantatsiyalar yaratish orqali uzumning texnik (vino) navlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish.1. Iqtisodiy samarasiz, kam hosilli, yaroqsiz uzumzorlarni aniqlash maqsadida texnik uzum navlarining mavjud maydonlarini har yili inventarizatsiya qilish.har yili 20-yanvardaQishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari2. Inventarizatsiya natijasidan kelib chiqib hududlarning iqlim va tuproq sharoitini inobatga olib, uzumning texnik navlarini joylashtirish rejasini ishlab chiqish.har yili fevral oyida3. Ochiq elektron auksionda yangi uzum plantatsiyalarini yaratish uchun yerlarni joylashtirish.2023 — 2025 yy.4. Qayta ishlash korxonalari uchun zarur boʻlgan navlar asosida uzumzorning texnik navlarini yetkazishni tashkil etish.2023 — 2025 yy.5. Texnik resurslar va koʻchatlarni yetkazib berishda tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam berish.2023 — 2025 yy.6. Uzumzorni barpo etish boʻyicha monitoringni tashkil etish.bahor va kuz oylarida2.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tizimida isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini joriy etish.1. Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha tegishli hujjatlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazish.bir oy muddatdaAlkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligini tugatish komissiyasi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi2. Axborot tizimini joriy etish choralarini koʻrish.2023-yil dekabr3. Axborot tizimini soliq organlariga va Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot tizimiga integratsiya qilish.2024-yil yanvar3.Isteʼmol va texnik etil spirti tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoring va nazorat qilish imkoniyatiga ega geoaxborot tizimini joriy etish.1. Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha tegishli hujjatlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazish.bir oy muddatdaAlkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligini tugatish komissiyasi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Axborot tizimini joriy etish choralarini koʻrish.2023-yil dekabr4.Uzum mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish.1. Tadbirkorlik subyektlariga uzum plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, yangi tokzorlarni barpo etish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish.DoimiyQishloq xoʻjaligi vazirligi,Agrosanoatni rivojlantirish agentligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Respublikada parvarishlanayotgan uzumning yangi sanoatbop navlarini ekishni Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tavsiyasi asosida amalga oshirish.Doimiy3. Mahalliy sharoitda “in-vitro” laboratoriyasida koʻchatlarini yetishtirish uchun aylanma mablagʻlar boʻyicha buyurtmalarni qabul qilish.Tadbirkorlar soʻroviga koʻra4. “Tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida loyihalarni amalga oshirish.2023 — 2025 yy.5. Buyurtma asosida xarajatlarni Jamgʻarma hisobidan moliyalashtirish.Buyurtma kelib tushgan kundan bir oy muddatda6. Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasining barcha huquq va majburiyatlari, gʻaznachilik hisobvaraqlaridagi barcha qoldiq mablagʻlarni 2023-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga berilgan qarz (kredit) hisobidan qaytadigan mablagʻlar (resurslar) bilan birgalikda Agentlikka oʻtkazish.Bir hafta muddatda5.Mahalliy sharoitda “in-vitro” laboratoriyasida koʻchatlarini yetishtirishni moliyaviy-qoʻllab quvvatlash.1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan loyiha paketini shakllantirish.Talab va hisob-kitoblarga asosanQishloq xoʻjaligi vazirligi,tijorat banklari,tadbirkorlik subyektlari2. Loyiha hujjatini moliyalashtirish uchun tijorat bankiga taqdim etish.3. Loyihani moliyalashtirish (aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 3 yil muddatga 5 milliard soʻmgacha).4. Import qilinadigan dunyoga taniqli vinobop uzum navlarini “in-vitro” usulida yetishtirish va koʻchatchilik xoʻjaliklarida koʻpaytirish.5. Import qilingan virusdan xoli boʻlgan sogʻlom uzum materiallarini himoyalangan joylarda ekish va parvarishlash boʻyicha doimiy monitoring yuritish;6. Chet eldan “in-vitro” laboratoriyasida tayyorlangan materiallarni himoyalangan holda (probirkada) olib kelish yuzasidan rasmiylashtiriladigan hujjatlarni soddalashtirish va rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.7.Uzumning yangi navlarini sinovdan oʻtkazish, shuningdek, sovuqqa, kasalliklarga va virusga chidamli xorijiy va mahalliy koʻchatlar ishlab chiqarish uchun pitomniklar tashkil etishga 3 mln AQSH dollari ajratish.1. Uzumning yuqori hosilli, sovuqqa, qurgʻoqchilikka, kasallik va zararkunandalarga, shoʻrga chidamli navlarini tanlash va yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha dasturni tasdiqlash.2023-yil oktabrQishloq xoʻjaligi vazirligi2. Ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan loyihalarni shakllantirish.har yili fevralgacha3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan loyihalar boʻyicha xulosa berish.har yili martgacha4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan loyihalarni moliyalashtirish uchun taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza berish.har yili aprelgacha5. Loyihalarni bosqichma-bosqich moliyalashtirish.6. “In-vitro” laboratoriyasi sharoitida yaratilgan koʻchatlar-ildizpoyalarni mahalliy sharoitga moslashtirish uchun zamonaviy issiqxonalarni yaratish.Ariza berilgan kundan bir oy davomida moliyalashtirish bilan7. Texnik uzum koʻchatlarini sertifikatlash.2023-2024 yy.8. Eksportbop uzum navlari sinovlarini oʻtkazish, istiqbolli navlarni saralash va amaliyotga tatbiq qilish maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan jalb etilgan grant mablagʻlari hisobidan uch yilga teng taqsimot qilgan holda grant mablagʻlari ajratilishini taʼminlash.2023 — 2026 yy.8.Bogʻdorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining uzum koʻchatchiligi tajriba xoʻjaligini tashkil etish.1. Navoiy viloyati hokimligi tomonidan Qiziltepa tumanidan tajriba xoʻjaligi uchun 200 ga yer maydonini tanlash va ajratish.2023-yil sentabrQishloq xoʻjaligi vazirligi,Navoiy viloyati hokimligi,Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti2. Tajriba uchastkasini tashkil etish xarajatlarini hisob-kitob qilish.2023-yil oktabr3. Loyihani moliyalashtirish.2023-yil davomida4. Tajriba xoʻjaligini tashkil etib, Fransiya va boshqa davlatlarning texnik uzum navlari koʻchatlarini olib kelish va tajribalarni oʻtkazish choralarini koʻrish.2024 — 2026-yillar10.Mahalliy vino xom ashyosini sifatli saqlash va qayta ishlashni xalqaro standart talablariga moslashtirish maqsadida vino mahsulotlari uchun eman bochkalari va poʻlat sisternalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.1. Investitsiya loyihalarining manzillar roʻyxatini shakllantirish.2023-yil sentabrInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi2. Xom ashyo (eman daraxti va poʻlat materiallari) bilan taʼminlashda vino mahsulotlari ishlab chiqaruvqi korxonalarga yordam berish.2023-2024 yy.3. Loyihalarni amalga oshirishni boshlash va ishga tushirish.Tarmoq jadvaliga asosan11.Malakali vinochilik mutaxassislarini tayyorlash tizimini yaratish.1. Jomboy tumani agrotexnologiya kolleji negizida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda qisqa muddatli oʻquv dasturlarini yaratish.2023-yil sentabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi2. Ikki tomonlama taʼlim tizimini joriy etish. Bunda, Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutida uzumchilik va vinochilik yoʻnalishi boʻyicha “dual taʼlim” tizimini joriy etish.2023-2024 oʻquv yillarida3. Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutida uzumchilik va vinochilik yoʻnalishi boʻyicha 3 va 4-bosqich talabalari hamda anʼanaviy ravishda uzumchilik va vinochilik bilan shugʻullanadigan ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarga oliy taʼlim muassasalari budjetdan tashqari hamda uzumchilik va vinochilik bilan shugʻullanadigan korxonalar mablagʻlari hisobidan amaliyot oʻtashga yuborish.2023 — 2025 oʻquv yillarida4. Mazkur taʼlim muassasalarida 2023 — 2024 oʻquv yilidan boshlab mutaxassis va talabalarni kamida bitta xorijiy tilga (fransuz, italyan) tayyorlash va malakasini oshirish dasturini qabul qilish.2023-yil avgust — sentabr5. Fransiya, Gruziya va boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari va mutaxassislarini jalb qilgan holda universitetlarda uzumchilik va vinochilik boʻyicha magistratura mutaxassisligini ochish.2023 — 2026 oʻquv yillarida6. Oliy taʼlim muassasalari va texnikumlarda uzumchilik va vinochilik yoʻnalishidagi mutaxassislarni tayyorlash uchun Fransiya, Gruziya va boshqa mamlakatlardan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarni budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga jalb qilish choralarini koʻrish.2023 — 2026 oʻquv yillarida7. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirishda Toshkent davlat agrar universitetida “Uzumchilik va vinochilik” magistratura mutaxassisligi boʻyicha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini belgilash.2023 — 2026 oʻquv yillarida12.Buxoro, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida, shuningdek, ixtisoslashgan hududlarda gastroenoturizmni rivojlantirish.1. Yuqori sifatli oʻzbek milliy vino brendlarini turoperatorlar orasida keng targʻib qilish va yangi turizm yoʻnalishlariga kiritish choralarini koʻrish.2023-yil davomidaBuxoro, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Turizm qoʻmitasi2. Tegishli infratuzilmaga ega hududlarda enoturizm yoʻnalishi boʻyicha faoliyat olib boradigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash.2023-yil sentabr3. Hududlarda enoturizm yoʻnalishi boʻyicha xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda umumiy ovqatlanish shoxobchalarini (vino tatib koʻrish bilan) tashkil etish boʻyicha faoliyatni yoʻlga qoʻyish.2023-2024-yillar4. Uzumchilik va vinochilik muzeylarini yertoʻlalarda tashkil qilish va ularni soha korxonalaridagi mavjud uzumchilik va vinochilikka tegishli qadimiy asbob-anjomlar, uskunalar bilan toʻldirish.2023-yil dekabr5. Ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini olib borish.Doimiy13.Samarqand va Parkent tumanlarida kichik sanoatbop uzum plantatsiyasiga ega tadbirkorlik subyektlarida kamida 2 ta “HoReCa” (mehmonxona-restoran-kafe) tizimini joriy etish.1. Kichik sanoatbop uzum plantatsiyasiga ega tadbirkorlik subyektlarini aniqlash.2023-yil avgustSamarqand viloyati hokimligi,Toshkent viloyat hokimligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,tashabbuskorlar2. Tadbirkorlik subyektlari bilan birga loyiha hujjatini ishlab chiqish.2023-yil sentabr3. “HoReCa” tizimini joriy qilishga xorijiy mutaxassislarni jalb etish.2023-yil oktabr4. “HoReCa” tizimini tashkil etish boʻyicha loyiha hujjatini Agentlikka taqdim etish.2023-yil noyabr5. Jamgʻarma hisobidan loyihani moliyalashtirish chorasini koʻrish.2023-yil dekabr6. Loyihani ishga tushirish.2024-yil dekabr14.“VINE Uzbekistan” brendi ostida Rossiya, Xitoy va Qozogʻistonda vino mahsulotlari eksportini rivojlantirish.1. Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish uchun potensial tashqi bozorlarda chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish.2023-yil dekabrInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi2. Qozogʻiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda milliy vino savdo uylarini ochish.2023-2024 yy.3. Xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda soha korxonalari ishtirokini taʼminlash.har yili4. Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Janubiy Koreya Respublikasi va boshqa importyor davlatlar bilan muzokaralarni olib borish.2023-2024 yy.5. Eksport qilinadigan uzum va vinochilik mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarining qulay va tezlashtirilgan tartibini joriy etish.2023-yil dekabr15.2023-2024-yillarda vinochilik mahsulotlari eksportida foydalaniladigan 20 ta yangi zamonaviy vagon-sisternalarni sotib olish va mavjudlarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrish.1. 20 ta yangi zamonaviy vagon-sisternalarni sotib olish boʻyicha loyiha hujjatini tayyorlash.2023-yil sentabr“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi2. Vagon-sisternalarni sotib olishga tender savdolarini oʻtkazish.2023-2024-yil avgust — oktabr3. Mavjud vagon-sisternalarni taʼmirlashning loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash.2023-2024-yil avgust oylari4. Loyihani moliyalashtirish.Belgilangan muddatda5. Eksportni qoʻllab-quvvatlash maqsadida vinochilik mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan maxsus sisterna-vagonlarni talabga koʻra ijaraga berishda, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn shartnoma tuzish choralarini tashkil etish.Belgilangan muddatda16.Uzumchilik sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.1. Ilgʻor xorijiy mamlakatlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Chili, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.DoimiyQishloq xoʻjaligi vazirligi,Turizm qoʻmitasi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi2. Xalqaro vino festivalini oʻtkazish, jumladan 2023-yil sentabr oyida Toshkent viloyati Parkent tumanida ilk festivalni oʻtkazish.har yili oktabrga qadar3. “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida respublikada ishlab chiqarilgan vinochilik mahsulotlari stendini tashkil qilish.belgilangan muddatda4. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari koʻmagida xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida respublikada ishlab chiqarilgan vinochilik mahsulotlari namoyishini tashkil qilish.belgilangan muddatda17.Kam quvvatli va tabiiy vino ichimliklariga jamoatchilikning qiziqishini oshirish.1. Ichimliklarni targʻib qilish dasturini ishlab chiqish.2023-yil sentabrSogʻliqni saqlash vazirligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi2. Dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2023-yil oktabr18.“Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish loyihasi” doirasidagi jami 8 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirsin.1. Texnik iqtisodiy asosga oʻzgartirish kiritish.Bunda, mablagʻlar sanoatbop, xoʻraki, kishmishbop uzum navlarining ilmiy asosda onalik bogʻlari va plantatsiyalarini yaratishga, oʻsimliklar skriningini amalga oshirishga, laboratoriyalarni tashkil etish, qurish va jihozlashga hamda sertifikatsiyalash tizimini joriy etishga, hududlarda mobil laboratoriyalarni joriy etishga, avtoxton va introduksiyalangan uzum navlarini kolleksiyalashga, xorijiy va mahalliy yarmarka, festivallarni oʻtkazish va qatnashishga, sohaga xalqaro standart talablarini joriy etishga, mutaxassis xodimlarni xorijda malakasini oshirish hamda xalqaro va mahalliy ekspert, konsultant va kompaniyalarni jalb etishga, “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etishga va boshqa tadbirlarni oʻtkazishga yoʻnaltirish.2023-yil sentabrQishloq xoʻjaligi vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi2. Loyiha TIA sini Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga taqdim etish.2023-yil sentabr3. Loyihalarni ishlab chiqish.2023-yil oktabr — noyabr4. Loyiha boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish va moliyalashtirishni boshlash.2023 — 2026-yil davomida19.Tok plantatsiyalarining reyestri va tashabbuskorlarga uzum yetishtirish uchun qulay boʻlgan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiq elektron bazasini yaratish.1. Tok plantatsiyalarini inventarizatsiya qilish va reyestrni shakllantirish.2023-yil sentabrQishloq xoʻjaligi vazirligi2. Uzum yetishtirish uchun qulay boʻlgan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiq bazasini shakllantirish.2023-yil noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga 4-ILOVA
Respublikada uzumchilikni rivojlantirish Kengashi
TARKIBI
Izoh:
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kengash ishchi organi ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga 5-ILOVA
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining vazifa va funksiyalari oʻtkazilayotgan vazirlik va idoralar
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga:
uzumchilik va vinochilik sohasida davlat siyosatini yuritish hamda sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
“uchlik tizim”, yaʼni sanoatbop yangi uzum navlari, plantatsiyalarni kengaytirish hamda vinochilikni rivojlantirishga, shuningdek, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish va kompleks modernizatsiyalashga koʻmaklashish;
xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoq yetakchi ishlab chiqaruvchilari vakillari bilan hamkorlik qilish orqali vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
oʻzbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan mahsulotlar sifatini aniqlash yuzasidan tegishli vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish;
mahalliy vino tayyorlovchilarning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash;
vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativlar va texnologik normalarni joriy etishda koʻmaklashish;
har chorakda mahsulotlar sifatini tahlil qilish maqsadida vinochilik mahsulotlari degustatsiyasini tashkil qilish;
vinochilik sohasida innovatsion loyihalarni joriy etishda koʻmaklashish.
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga:
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda davlat siyosatini yuritish, shuningdek, sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatni litsenziyalash.
3. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga:
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishi hamda saqlanish sifatini, shu jumladan, ularni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan xom ashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarining monitoringini zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etish va rivojlantirish orqali olib borish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarni joriy etish va ularga rioya etilishiga koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5200-son qarorining 2 va 14-bandlari hamda 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-noyabrdagi “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-10-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga tegishli 20 ta urugʻlik don tayyorlash sexlarini ushbu korxonalarning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligini (ular boʻyicha hisoblangan penyalar, shuningdek, obyektni oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) obyektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga tekinga berish va toʻliq modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qaroriga 1, 2 va 2a-ilovalarning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar Oʻlchov birligi Jami* Shu jumladan: XTU** imtiyozli krediti XTU krediti XTTB*** qarzi Oʻzbekiston Respublikasi ulushi Tashabbuskorlar 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll. ekv. 659 334 219 000 100 000 181 000 124 334 35 000 2. Jami kapital qoʻyilmalar summasi ming AQSH doll. ekv. 584 439 219 000 100 000 181 000 49 439 35 000 shu jumladan: 2.1. Mahsulot va xizmatlar ming AQSH doll. ekv. 299 298 219 000 80 298 2.2. Ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari kredit liniyalari ming AQSH doll. ekv. 235 000 19 453 180 547 35 000 2.3. Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 50 141 250 452 49 439 3. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSH doll. ekv. 74 895 74 895 4. Yangi qishloq xoʻjalik texnologiyalarni joriy etiladigan yer maydoni 12 ming ta fermer xoʻjaliklari jami 35 ming gektar maydonda, shu jumladan: intensiv bogʻlar — 5 ming gektar, issiqxonalar — 100 gektar 5. Qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini takomillashtirish 40 ming tonna quvvatga ega muzlatkichli omborxonalar, 60 ming tonna meva-sabzavotlarni qayta ishlash, hududlarda agrologistik komplekslarni barpo etish 6. Iqtisodiy ichki foyda meʼyori 26,3% 7. Yangi ish oʻrinlari 16 ming ta 8. Qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish Yangi tadqiqot va ishlanmalar 50 foizga ortadi, 10 ming gektarda agrotexnologik xaritalari yangilanadi
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalari asosida belgilanadi.
** XTU — Xalqaro taraqqiyot uyushmasi.
*** XTTB — Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlaridan foydalanish
SXEMASI
ming AQSH dollar Komponentlar nomi Jami XTTB qarzi summasi XTU krediti summasi XTU imtiyozli krediti summasi Qarzning qaytarilishi: Davlat budjetidan Loyiha ishtirokchilari tomonidan 1 — komponent: “Qishloq xoʻjaligida hosildorlikni oshirish dasturlarini qoʻllab quvvatlash” 164 298 0 15 298 149 000 84 000 51 % 80 298 49 % shu jumladan: 1.1. Amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar 68 248 0 0 68 248 54 250 79 % 13 998 21 % 1.2. Urugʻ va koʻchat yetishtirish 37 000 0 15 298 21 702 7 700 21 % 29 300 79 % 1.3. Tabiiy resurslarni boshqarishni yaxshilash 14 050 0 0 14 050 12 050 86 % 2 000 14 % 1.4. Texnologiyalarni joriy etishda fermerlarni qoʻllab-quvvatlash 45 000 0 0 45 000 10 000 22 % 35 000 78 % 2 — komponent: “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qiymat zanjiriga investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash” 200 000 180 548 19 452 0 0 0 % 200 000 100 % shu jumladan: 2.1. Meva-sabzavotchilik tarmogʻida fermerlar kooperativlari va kooperatsiyalari uchun kredit 50 000 30 548 19 452 0 0 0 % 50 000 100 % 2.2. Samarali hamkorlik uchun kredit 150 000 150 000 0 0 0 0 % 150 000 100 % 3 — komponent: “Savdo va marketingga koʻmaklashish” 126 000 0 65 000 61 000 31 000 25 % 95 000 75 % shu jumladan: 3.1. Agrologistika markazlarini qurish 95 000 0 65 000 30 000 0 0 % 95 000 100 % 3.2. Oʻsimliklar himoyasini va karantinini kuchaytirish 5 000 0 0 5 000 5 000 100 % 0 0 % 3.3. Bozor axborot tizimini takomillashtirish. 26 000 0 0 26 000 26 000 100 % 0 0 % 4 — komponent: “Loyihani boshqarish” 9 000 0 0 9 000 9 000 100 % 0 0 Qarz boʻyicha bir martalik toʻlov komissiyasi 702 452 250 0 0 0 % 528 75 % 174 25 % 0 0 % JAMI 500 000 181 000 100 000 219 000 124 174 25 % 375 826 75 %
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga 2a-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbir nomi Kredit summasi (ming doll.) Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar I. Qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi va ilmiy tadqiqot institutlarini transformatsiyasi (Masʼullar: qishloq xoʻjaligi vaziri — A. Voitov, nvestitsiyalar, sanoat va savdo vaziri — L. Qudratov) 1.1. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy tadqiqot institutlari faoliyatini tubdan isloh etish 1. Jahon standartlariga koʻra yetakchi davlatlarning ilmiy markazlari va institutlari andozasida milliy qishloq xoʻjaligi manfaatlariga asoslangan Qishloq xoʻjaligi ITIlarini muvofiqlashtirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish. Bunda, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi quyidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini Markazga joylashtirish: 1. Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti; 2. Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti; 3. Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti; 4. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti; 5. Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti; 6. Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti; 7. Qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti; 8. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti oziq-ovqat taʼminoti sohasi ilmiy-tadqiqot instituti; 9. Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti; 10. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti; 11. Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti; 12. Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi. Yuqoridagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va yer maydonlari tegishliligi boʻyicha mazkur ilmiy-tadqiqot institutlarining tajriba va ishlab chiqarish bazasiga aylantiriladi. Biotexnologiya, intensiv meva-sabzavotchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, suv tejovchi texnologiyalar, agromarketing boʻyicha Markazning boʻlimlarini tashkil etish. Shuningdek, Markazda quyidagilar tashkil etilishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish: 1. Qishloq xoʻjaligining barcha sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan zamonaviy yuqori texnologiyali laboratoriya; 2. Yoʻnalishlar boʻyicha demonstratsiya maydonchalari (yopiq va ochiq usulda); 3. Xorijiy va mahalliy oʻsimliklar florasi milliy genbanki; 4. Norticulture markazi; 5. Strategik tahlil markazi. 50 000 1. Xorijiy konsultantlar, ekspertlar va kompaniyalarni jalb etgan holda Markazni tashkil etish choralarini koʻrish. Bunda: Markazni tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; binoning maketi, dizayni va loyihalash ishlarini amalga oshirish; zaruriy infratuzilma, xususan gaz, elektr energiyasi, suv bilan taʼminlash hamda internet uchun optik liniyali aloqa kanallariga ulanish; qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini rejalashtirish. 2023-yil fevral-mart Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 3. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan agroxizmatlar milliy markazi” hamda Markazda oʻquv ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtishlarini tashkil etish. 2023-yil oktabrdan boshlab doimiy ravishda 4. Markazga xorijiy, jumladan Xitoy, Isroil, Turkiya, Germaniya, Gollandiya, Umon sultonligi, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH kabi davlatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislarini jalb etish. 5. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi xorijiy yetakchi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda megaloyihalarni olib borishni tashkil etish. 6. Markaz hududida xorijiy davlatlarning yetakchi ilmiy va innovatsion markazlarining boʻlinmalarini tashkil etish. 2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda 1.2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 4 ta markaz va agrosanoat majmuiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish 2. Respublika urugʻchilikni rivojlantirish markazi, “Qishloq xoʻjaligida standartlashtirish markazi” DUK, Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi, Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi va agrosanoat majmuiga kiruvchi boshqa ixtisoslashgan tashkilotlarning (“Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK, “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi) faoliyatini modernizatsiya qilish. 20 000 1. Har bir tizim tashkilotlari faoliyatini batafsil oʻrganib chiqib, ularni modernizatsiya qilish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish. 2. Mazkur tizim tashkilotlarining faoliyati aloqadorligiga koʻra ITIlar bilan uzviy bogʻliq holda faoliyatini qayta koʻrib chiqish. 3. Tizim tashkilotlarining faoliyatini “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qamrab olgan agroxizmatlar markazi” orqali amalga oshirish choralarini koʻrish. 2023-yil mart Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), manfaatdor vazirlik va idoralar 1.3. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan Respublika agroxizmatlar milliy markazi va hududiy agroxizmatlar markazini tashkil etish 3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroinnovatsiya” DUK hamda Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻoʻza urugʻchiligi” markazi negizida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan agroxizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Agroxizmatlar milliy markazi”ni tashkil etish. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash: qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalar tizimi strategiyasini amalga oshirish; hududiy agroxizmatlar markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish; ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari oʻrtasida integratsiyani taʼminlash; yangi ilmiy va innovatsion yutuqlarni tarqatish; yagona milliy tarmoq va maʼlumotlar bazasini shakllantirish; sohaga zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislarni jalb qilish va davriy ravishda ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash; hududiy agroxizmat markazlarining oʻzaro uzviy aloqalarini rivojlantirish; xalqaro sifat standartlarini hududiy agroxizmat markazlarida joriy qilish. 11 500 1. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini qamrab olgan agroxizmatlar milliy markazi” strategiyasini ishlab chiqish. 2023-yil oktabr Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan agroxizmatlar tizimi milliy resurs markazini modernizatsiya qilish. 2024-yil may 4. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda agroxizmatlar markazlarini tashkil etish, xususiy biznes va ilmiy-tadqiqot muassasalarini jalb etgan holda demonstratsiya maydonlarini, zamonaviy laboratoriya, IT texnologiya, zaruriy inshoot va infratuzilmalarni yaratish hamda “ekstenshn” faoliyatni yoʻlga qoʻyish. Agroxizmatlar markazlarida seleksiya, urugʻchilik, fitosanitariya, tuproq, suv tahlili va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish, in-vitro, IT boʻyicha statsionar va koʻchma laboratoriyalarni qamrab olgan idoralararo hududiy yuqori texnologiyali laboratoriyani tashkil etish. Ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda agrosanoat majmuiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, hamda viloyatlardagi agroxizmatlar markazlari orqali samarali tashkil etish, zarur infratuzilma va texnologiyalar bilan taʼminlash, xususan ilmiy tadqiqot institutlari stansiyalari faoliyatini takomillashtirish. Shuningdek, 6 ta ixtisoslashgan tashkilotlar: 1. Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi; 2. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi; 3. “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasi; 4. Viloyat agrokimyoviy tahlil markazlari; 5. “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK; 6. Oʻsimliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmalarining sifatli agroxizmatlarni koʻrsatish ishlarini takomillashtirish va yangi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi agroxizmatlar markazlari imkoniyatlaridan foydalangan holda faoliyatini yoʻlga qoʻyish, zaruriy texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash. Agroxizmatlar markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish. Bunda Agrosanoat majmuidagi vazirlik va idoralarning hududiy boʻlimlari mutaxassislari hamda tijorat banklarini markazga joylashtirish. 39 000 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari takliflari asosida hududiy agroxizmatlar markazlarini joylashtirish uchun mavjud kollej (texnikum) binolarini aniqlash va ajratish choralarini koʻrish. Bunda: Binoning maketi, dizayni va loyihalash ishlarini amalga oshirish; optik liniyali aloqa kanallariga ulanishni taʼminlash; Agroxizmatlar markazlarini gaz, elektr energiyasi va suv bilan taʼminlash choralarini koʻrish; 2023-yil iyun Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va taʼmirlash ishlarini boshlash. 2024-yil mart 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan agroxizmat markazlarida xizmat turlarini kengaytirish maqsadida xususiy biznes vakillarini jalb etish. 2024-yil iyun 3. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 2024-yil iyul 4. Zaruriy jihozlarni (avtomashina, kompyuter, ofis jihozlari va boshqalar) sotib olish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish. 5. Agroxizmatlar markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari reyestri va preyskurantlarni shakllantirish. 6. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya xizmatlarini tashkil etish maqsadida markazning texnika parkini tashkil etish. 2024-yil avgust 7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish maqsadida “daladan isteʼmolgacha” tamoyili asosida xalqaro standartlarni keng joriy etilishida koʻmaklashish. 2024-yil sentabr 8. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga on-layn va call centre orqali agroxizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tavsiyalarini oʻzida qamrab olgan mobil platformalarni yaratish. 9. Yetakchi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsish va rivojlanish holatlari, zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanishi, ozuqa elementlariga talabini sunʼiy yoʻldoshlarning (Sentinel, Aist va bosh.) spektr tahlillari xizmatlarini yoʻlga qoʻyish. 10. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish va yangi yer maydonlarini oʻzlashtirishni tahlil qilish boʻyicha yagona platformasini shakllantirish hamda sunʼiy intellekt (Artificial Intelligence) tizimini joriy etish. 11. Qishloq xoʻjaligi sohasida uchuvchisiz uchish vositalari yordamida xizmat koʻrsatish tizimini agroxizmat markazlari orqali yoʻlga qoʻyish. 2024-yil oktabr 5. Agroxizmatlar markazlari uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, ularni doimiy malakasini oshirish orqali kadrlar salohiyatini mustahkamlash. 6 500 1. Sohadagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining Agroxizmat markazlarida amaliyot oʻtashlarini tashkil etish. 2024-yil yanvardan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2. Agroxizmat markazlariga yangi xizmat turlarini keng joriy etish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etish. Doimiy 3. Agroxizmatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning xorijiy mamlakatlarda malakasini muntazam ravishda oshirishini taʼminlash. 4. Agroxizmatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan va jalb etilgan xodimlarni baholash mexanizmini ishlab chiqish va KPI tizimini keng joriy etish. 5. Agroxizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda oʻquv va amaliy seminar hamda treninglarni tashkil etish hamda Training of Trainers (TOT) dasturlarini yoʻlga qoʻyish. 6. Xususiy biznes vakillarini keng jalb etgan holda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarining ilmiy va innovatsion ishlanmalarini joriy etish hamda tijoratlashtirishni agroxizmat markazlari orqali amalga oshirish. 6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini rivojlantirish, Elita urugʻchilik xoʻjaliklarini tubdan isloh qilish. 13 000 1. “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi”ning viloyat tuzilmalarini shakllantirish va modernizatsiyalash hamda yangi tuzilmalar tasarrufida hududlarga zarur boʻlgan urugʻlik materiallarini saqlash boʻyicha zamonaviy omborxona tashkil etish. 2023-yil yanvar — dekabr Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Shukurov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari 2. “Elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJlarni urugʻlarni saralash, kalibrovka qilish, dorilash, qadoqlash, saqlash boʻyicha infratuzilmalarini rivojlantirish hamda moddiy-texnika salohiyatini kuchaytirish. II. Kredit liniya (Masʼullar: Markaziy bank raisi oʻrinbosari — A. Kamalov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov) 7. 2.1. Subkomponent. Meva-sabzavotchilik tarmogʻida fermerlar kooperatsiyalari uchun kredit. 2.2. Subkomponent. Samarali hamkorlik va klasterlar uchun kredit. Kredit liniyasi faqat meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi kooperatsiyalar va samarali hamkorlik, shuningdek, klasterlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, mablagʻlar toʻliq (100 foiz) quyidagi yoʻnalishlar uchun ajratiladi: 1. Intensiv bogʻ va tokzorlar yaratish; 2. Mahsulotni qayta ishlash, qadoqlash, saqlash, tashish; 3. Energiya tejaydigan sugʻorish tizimlarini, zamonaviy issiqxonalardan tashqari ochiq maydonlarda suv tejovchi, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish. 200 000 1. Meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi kooperatsiyalar va klasterlar orasidan tashabbuskorlarni aniqlash. 2. Jahon banki talablariga javob beradigan hamda iqtisodiy samaradorligi asoslangan eng maqbul loyihalarni tanlab olish. 3. Loyihalarni amalga oshirish uchun zarur yer maydonlarini belgilab, ajratish. 4. Jahon banki talablariga asosan tashabbuskorlarning sub-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish; 5. Tijorat banklari tomonidan maʼqullangan sub-loyihalar hujjatlarini Agrosanoat agentligiga taqdim etish. 6. Jahon banki talablariga asosan sub-loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish va moliyalashtirish. 7. Loyihalarni amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish. 2023-yil fevraldan boshlab doimiy Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xaydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari, Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov) III. Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo etish (Masʼullar: Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. Xaitov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov) 8. Yangi mexanizm asosida intensiv bogʻ va tokzorlarni qurish hamda aholi uchun qoʻshimcha iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida). 15 000 1. Yer maydonlarni aniqlash va ajratish. 2023-yil mart-aprel Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Mamadaminov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov), Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi (Karimov), “Agroservis operator” DUK (Shukurov) 2. Tumanlarda tashabbuskor fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlarning dastlabki roʻyxatini shakllantirish. 3. Xalqaro konsultantlarni jalb etgan holda ekin maydoni va turini tanlash hamda loyihalarni ishlab chiqish. 2023-yil may-iyun 4. Ishlab chiqilgan loyihalar asosida pudratchi tashkilotlarni jalb qilish uchun tender eʼlon qilish. 2023-yil iyul 5. Intensiv bogʻ va tokzor barpo etish uchun pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma imzolash. 2023-yil sentabr 6. Loyiha tashabbuskorlarini aniqlash va investitsiyaviy shartnoma imzolash. 2023-yil oktabr 7. Intensiv bogʻlarni barpo etishni boshlash. 2023-yil oktabr-noyabr IV. Agrologistika komplekslarini tashkil etish (Masʼullar: iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari — I. Norqulov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov) 9. Hududlarda kichik agrologistika markazlarini tashkil etish (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida). 115 000 1. Yer maydonlarini aniqlash va ajratish. 2023-yil fevral Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Mamadaminov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov), Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi (Karimov), “Agroservis operator” DUK (Shukurov) 2. Barpo etiladigan agrologistika komplekslari hujjatlarini ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb etish. 2023-yil mart-aprel 3. Agrologistika komplekslarini qurish va zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan taʼminlash boʻyicha texnik iqtisodiy asos (TIA) va tender hujjatlarini ishlab chiqish. 2023-yil may 4. Qurilish montaj ishlarini amalga oshirish hamda ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarni oʻrnatish boʻyicha pudratchini aniqlash va shartnoma imzolash, moliyalashtirishni ochish. 2023-yil Iyun — avgust 5. Agrologistika komplekslari qurilish ishlarini amalga oshirish. 2023-yil Sentabr — dekabr V. Bozor axborot tizimini takomillashtirish (Masʼullar: Raqamli texnologiyalar vazirligi — J. Maxsudov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov) 10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi bozor axborot tizimini takomillashtirish, shu jumladan, lekin cheklanmagan xolda: yer resurslarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uchun agro-integratsiyalashgan tizimlarni yaratish; suv resurslarini boshqarishning axborot tizimini yaratish; yer resurslarini monitoring qilish maqsadida zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalari (dron), ofis jihozlari (kompyuter, avtomashina, maxsus kiyim va boshqalar) va uskunalarni yetkazib berish. 20 000 1. Yer va suv resurslarini boshqarishning integratsiyalashgan va axborot tizimlarini rivojlantirishga maqsadida xorijiy va mahalliy ekspertlar va IT konsalting kompaniyalarini jalb qilish; 2023-yil fevral-mart Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Yuldashev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov), “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DUK (Alimov) 2. “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DUK bazasini modernizatsiya qilish; 2023-yil aprel-may 3. Uskunalar va uchuvchisiz uchish qurilmalari yetkazib berish boʻyicha yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish. 2023-yil sentabr-oktabr 11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, funksional tizimlar va boʻlimlarning ish faoliyatini takomillashtirish, bunda: vazirlikni transformatsiya va modernizatsiya qilish; vazirlik va tizim tashkilotlari mutaxassislarini xorijiy va mahalliy konsultantlarni jalb qilgan holda malaka va koʻnikmalarini oshirish; vazirlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; vazirlik faoliyatini raqamlashtirish va IT tizimlarini tatbiq etish. 6 000 1. Qishloq xoʻjaligi vazirligining tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini transformatsiya va modernizatsiya qilish va takomillashtirish, shuningdek, turli sohalarga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish maqsadida mahalliy va xorijiy maslahatchilar, konsalting kompaniyalarini jalb qilish. 2022-yil yanvar oyidan boshlab doimiy Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Voitov), Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (Shukurov), 2. Qishloq xoʻjaligi vazirligining tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida turli treninglar, seminarlar, oʻquv kurslari oʻtkazish, shuningdek, xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida rivojlangan mamlakatlarda malaka va koʻnikmalarini oshirish. 3. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda keng yoritib borish. ”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼmuriy binolaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-26-son farmoyishiga 1-ilovaning izoh qismidagi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“**”Oʻzdonmahsulot” AK belgilangan tartibda tugatilgunga qadar boshqa binoga koʻchiriladi. Bunda, bino-inshootlar ularning baholangan qiymatiga jamiyatning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligini kamaytirish hisobiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida tekinga oʻtkaziladi”.
