“182-modda. Radioaloqaning konfidensialligi
“Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-858-son) · Sana: 02.08.2023 · Amalda
Boshqa shaxs uchun moʻljallangan radioxabar qabul qilingan taqdirda uni qayd qilish, uning mazmunini va mavjudligi faktini oshkor etish, tarqatish yoki oʻzgartirish taqiqlanadi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Konfidensial axborotni va (yoki) davlat sirlari mavjud boʻlgan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasida sertifikatlashtirilgan axborotni kriptografik himoya qilish vositalaridan foydalanmagan holda radioaloqa kanallari orqali uzatish taqiqlanadi.
Radiochastota organlari tomonidan amalga oshiriladigan radiochastota spektri monitoringi radioaloqaning konfidensialligini buzish hisoblanmaydi”;
15) 19-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-avgust,
OʻRQ-858-son
