Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida (PQ-241-son)
27.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Koʻp millatli xalqimiz shu kunlarda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik sanasini baland ruh va koʻtarinki kayfiyat bilan nishonlash uchun qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.
Aynan 1991-yil 31-avgust kuni xalqimiz oʻz Vatani, taqdiri va kelajagiga oʻzi egalik qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Dunyo xaritasida Oʻzbekiston Respublikasi — yangi suveren va mustaqil davlat paydo boʻldi.
Oʻtgan tarixan qisqa vaqt davomida elimizning fidokorona mehnati va qatʼiyati bilan milliy oʻzligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va anʼanalarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari oʻzgarib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida oʻzining munosib oʻrniga ega boʻldi.
Mustaqil taraqqiyot yoʻlidagi keng koʻlamli islohotlarimizni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bugungi kunda yurtimizda millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilmoqda.
Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xususan yangilangan Konstitutsiyamizning qabul qilinishi el-yurtimiz Yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va tadbirkorlikka keng yoʻl ochish, yangi ish oʻrinlari yaratish, kambagʻallikni qisqartirish hamda aholining turmush farovonligini oshirish, tibbiy xizmatlar va taʼlim sifatini jahon standartlariga moslashtirish, shahar va qishloqlarimizni obod qilish, yurtimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish yoʻlida erishayotgan natijalarimiz tobora yaqqol namoyon boʻlmoqda, ularni har bir yurtdoshimiz oʻz hayotida sezmoqda, his etmoqda.
Dunyodagi murakkab siyosiy-iqtisodiy vaziyatga qaramasdan, boshlagan islohotlarimizni izchil davom ettirib, yangi bosqichga olib chiqishda biz uchun barcha yutuqlarimiz omili, kuch-gʻayrat, gʻurur va ilhom manbai boʻlib xizmat qilayotgan Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz ikki yilligini Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shonu shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasi (A. Aripov):
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramining (keyingi oʻrinlarda — Mustaqillik bayrami) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda nishonlanishini taʼminlasin;
barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, “uch avlod uchrashuvi” tadbirlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari, gastronomik festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, taniqli sportchilardan iborat targʻibot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini taʼminlasin;
belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini oʻz yigʻilishlarida muntazam ravishda eshitib borsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga yuqori professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, bastakor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
4. Joylarda Mustaqillik bayramini yurtdoshlarimizning talab va istaklari asosida, bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, taʼlim va mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
soʻnggi yillarda respublikamiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni aniq misollar asosida keng yoritish;
“Har bir kun — bu imkoniyat, har bir kun — bu kelajak uchun poydevor” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini ochib berish;
sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarga alohida eʼtibor qaratish;
mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
Vatanimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati boʻlgan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy jangovar qudratini oshirish va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, “Xalq va armiya — bir tanu bir jondir!” tamoyilini roʻyobga chiqarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targʻib etish;
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda eʼtibor va koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish.
5. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin hamda mazkur konsert tomoshasini yuksak gʻoyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda “Ona diyor ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulugʻ, eng aziz” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etuvchi eng yaxshi qoʻshiq va musiqa asarlari tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin;
mazkur tanlovlarning gʻolib va sovrindorlarini Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilish va tantanali ravishda taqdirlash choralarini koʻrsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan;
Toshkent shahrida — Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-iyul,
PQ-241-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining
TARKIBI
1. A.N. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi 2. O.K. Abdurahmonov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari 3. X.M. Sultonov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi 4. Q.Q. Quronboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi 5. Z.B. Mahkamova — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari 6. Sh.B. Umurzakov — Toshkent shahar hokimi v.b., Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari 7. O.A. Nazarbekov — madaniyat vaziri 8. Sh.D. Kudbiyev — iqtisodiyot va moliya vaziri 9. B.O. Saidov — tashqi ishlar vaziri 10. B.N. Kurbanov — mudofaa vaziri 11. P.R. Bobojonov — ichki ishlar vaziri 12. A.H. Qoʻldoshev — favqulodda vaziyatlar vaziri 13. R.M. Joʻrayev — Milliy gvardiya qoʻmondoni 14. I.Y. Abdurahmonov — oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri 15. X.U. Umarova — maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri 16. A.Sh. Inoyatov — sogʻliqni saqlash vaziri 17. Sh.X. Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri 18. A.I. Ikramov — yoshlar siyosati va sport vaziri 19. B.A. Musayev — kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri 20. N.B. Sayfullayev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shoʻba mudiri 21. Q.M. Rafiqov — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi 22. S. Turdiyev — Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi 23. B.S. Yuldashev — Fanlar akademiyasi prezidenti 24. A.A. Xodjayev — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori 25. R.J. Qurbonov — Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi 26. F.F. Abduholiqov — Kinematografiya agentligi bosh direktori 27. A.Z. Saʼdullayev — Yoshlar ishlari agentligi direktori 28. A.J. Xodjayev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi 29. A. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori 30. A.V. Nuridinov — Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi 31. M.M. Hojimatov — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari 32. S.S. Saidov — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi 33. R.A. Abdullayev — Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi 34. Sh. Qudratxoʻja — Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi 35. X. Salimov — Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisining oʻrinbosari 36. Lavozimiga koʻra — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari 37. N. Xalbutayev — Vazirlar Mahkamasining departamenti mudiri v.b., Respublika komissiyasi kotibi
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-son qaroriga 2-ILOVA
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari
DASTURI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Moliyalashtirish manbai Masʼul ijrochilar I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar 1. Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga (keyingi oʻrinlarda — Mustaqillik bayrami) bagʻishlangan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish. 1. Bayram tadbirining ssenariysi va dasturini tayyorlash. 2023-yil 5-avgust Respublika budjeti,Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2. Bayram tadbiriga tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borish. 2023-yil iyul-avgust 3. Bayram tadbirini yuqori saviyada oʻtkazish. 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish. 1. Hududiy komissiyalar tarkibini shakllantirish. 2023-yil 5-avgustga qadar - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Bayramni yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 3. Chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash. 2023-yil sentyabr 3. Markaziy koʻchalar, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bogʻlari va mahallalar hududini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan tasviriy targʻibot vositalari va boshqa bezaklar asosida badiiy bezatish. 1. Hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2023-yil avgust Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi 2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish. Reja asosida 4. Tuman va shaharlardagi koʻchalarda joylashgan LED ekranlarda “Istiqloling muborak, jonajon Oʻzbekistonim!” mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish. 1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED ekranlar roʻyxatini shakllantirish. 2023-yil avgust-sentyabr Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlikl�ri, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi 2. Mavzuga oid ijtimoiy roliklarni tayyorlash. 3. Ijtimoiy roliklarni LED ekranlar orqali keng namoyish etish. 5. Mustaqillik bayrami munosabati bilan hududlarda arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil etish. 1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyxatini shakllantirish. 2023-yil avgust-sentyabr - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Bozorlarda 40 kunlik oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish. 6. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, “Saxovat” uylarida yashayotganlar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularni har tomonlama eʼzozlash tadbirlarini amalga oshirish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2023-yil avgust Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi 2. Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2023-yil avgust-sentyabr 7. Madaniyat vazirligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash. 1. Madaniyat vazirligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplash. Bunda, ustamalar, moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va boshqa toʻlovlar madaniyat vazirining buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi. 2023-yil 1-avgustdan boshlab, joriy yil davomida Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2. Ushbu maqsadlar uchun, istisno tariqasida, Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning foydalanilmagan qismini Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltirib borish. 8. Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga “Mustaqillik bayramingiz muborak boʻlsin!” matnli SMS-tabriklar joʻnatish. Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS-tabriklar joʻnatish boʻyicha tashkiliy choralar koʻrish. 2023-yil 1-sentabr - Raqamli texnologiyalar vazirligi II. Ommaviy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari 9. Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan xalq saylini oʻtkazish. Bunda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar huzuridagi badiiy jamoalarning ishtirokini taʼminlash. 1. Xalq saylining dasturini ishlab chiqish. 2023-yil sentyabr Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari Toshkent shahar hoki?ligi, Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi 2. Xalq saylini yuqori saviyada oʻtkazish. 3. Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini taʼminlash. 10. Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida: Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari respublika tanlovi; “Isteʼdodlar kamalagi” imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlar koʻrik-tanlovi; Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovini oʻtkazish. 1. Reja-grafik asosida tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish. 2023-yil avgust oyidan boshlab joriy yil davomida Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari Madaniyat vazirligi 2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 11. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yilligiga bagʻishlangan eng yaxshi qoʻshiq va musiqa asarlari tanlovini oʻtkazish. 1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2023-yil avgust Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlar uchun respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi 2. Tanlovga taqdim etilgan asarlarni saralash. 3. Gʻoliblarni aniqlash va ularni tantanali ravishda taqdirlash, mazkur tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 12. Mustaqillik bayrami munosabati bilan: Toshkent shahrida “Gastro-bazaar” xalqaro gastronomik festivali; Fargʻona viloyatida “Xalqaro kulolchilik va hunarmandchilik” forumi va koʻrgazmasi; Toshkent shahrida “Tandir fest 2023” pishirilgan goʻsht festivali; Toshkent viloyatida “Soʻqoq kabobi” gastronomik festivali; Qashqadaryo viloyatida “Yoshlar turizmi” II qurultoyi; Fargʻona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida “Anor hosili” festivali; Moʻynoqda “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomik festivalini tashkil etish va oʻtkazish. 1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish. 2023-yil avgust oyidan boshlab joriy yil davomida Mahalliy budjet va mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm qoʻmitasi 2. Reja-grafiklar asosida tadbirlarni tashkil etish. 3. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 13. “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovini oʻtkazish. 1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va taqdim etilgan asarlarni saralash. 2023-yil iyul-avgust “Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2. Gʻoliblarni taqdirlash marosimini oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2023-yil avgust 14. Hududlardagi madaniyat va istirohat bogʻlarida xalq sayillari va ommaviy bayram tomoshalarini uyushtirish. 1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2023-yil avgust Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi 2. Rejaga muvofiq madaniy tadbirlarni amalga oshirish. 2023-yil avgust-sentyabr 3. Tadbirlarga dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sanʼatkorlar, estrada xonandalari va baxshilarni keng jalb etish. 15. Keyingi yillarda Moʻynoq tumanida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, aholi turmush tarzidagi ijobiy oʻzgarishlarni oʻzida aks ettirgan “Yangi Moʻynoq” kitob albomi taqdimotini oʻtkazish. 1. Kitob albom taqdimoti dasturi va ssenariysini tayyorlash. 2023-yil avgust Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar hokimligi 2. Toshkent, Nukus shaharlari va Moʻynoq tumanida kitob taqdimotini oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 16. Hududlarda mustaqillik bayramiga bagʻishlangan “Maʼnaviyat festivali”ni oʻtkazish. Barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, “uch avlod” uchrashuvlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblaridan iborat targʻibot guruhlarini tashkil etish hamda ular faoliyat olib borishini taʼminlash. 1. Festivalni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2023-yil avgust oyidan alohida reja asosida Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Targʻibot guruhlarini shakllantirish. 3. Festival doirasida “Yoshlar kamolotiga mening hissam!” mavzuida har bir hududga “Kitob karvoni” tashkil etish. 4. Festivalni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 17. Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan “Ona diyor ranglar jilosida” rasmlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2023-yil avgust “Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Koʻrik-tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 18. Mustaqillik bayrami munosabati bilan eng yaxshi nasriy, sheʼriy va badiiy publitsistik asarlar respublika tanlovini oʻtkazish. 1. Tanlov shartlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. 2023-yil iyul Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2. Tanlovga taqdim etilgan asarlarni saralash. 2023-yil avgust 3. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash va matbuotda keng yoritish. 19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan madaniy tadbirlar uyushtirish. 1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish. 2023-yil avgust Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi 2. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalaridakeng yoritish. 20. “Kitob aksiyasi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr qilingan badiiy adabiyotlarni begʻaraz yetkazib berish. 1. “Kitob aksiyasi” tadbirlarini tashkil qilish rejasini ishlab chiqish. 2023-yil avgust-sentyabr Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Hududlarga yetkazib beriladigan kitoblar roʻyxatini shakllantirish. 3. Tadbirlarni bayramona ruhda oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 21. Quyidagilarni: davlat va jamoat tashkilotlarida “Maʼrifat soati”ni; taʼlim tashkilotlarida “Mustaqillik darslari”ni uyushtirish. 1. Maʼruzalar matni, taqdimot va roliklarni tayyorlash. 2023-yil avgust-sentyabr - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2. Tadbirlarni belgilangan muddatlarda tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 22. “Najot — taʼlimda, najot — tarbiyada, najot — bilimda” gʻoyasi asosidagi “Maʼrifat kuni” loyihasini amalga oshirish. Bunda, taniqli yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlarning ijodiy suhbatlari, bahru bayt aytishuvlar, otaxon va onaxonlarning tavallud kunlari munosabati bilan “Siz tugʻilgan kun” aksiyalari, maqom va folklor qoʻshiqlari, musiqalar, amaliy sanʼat namunalari, xalq oʻyinlari, milliy liboslar koʻrgazmalarini oʻtkazish. 1. Loyiha doirasida oʻtkaziladigan aksiya va tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2023-yil sentyabr Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yozuvchilar uyushmasi 2. Loyihani amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 3. Ijtimoiy tarmoqlarda xeshteglar va fleshmoblar oʻtkazish. 23. Toshkent shahridagi Markaziy koʻrgazmalar zalida taniqli rassomlarning sanʼat asarlari koʻrgazmasini tashkil qilish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2023-yil sentyabr - Badiiy akademiya 2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 24. Respublikamiz boʻylab “Milliy kino oyligi”ni oʻtkazish. 1. “Milliy kino oyligi”ning dasturini ishlab chiqish va tegishli tashkiliy tayyorgarliklarni amalga oshirish. 2023-yil sentyabr Kinematografiya agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, boshqa manbalar Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. “Milliy kino oyligi”ni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 25. Davlat teatrlarida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish orqali eng sara spektakllar namoyishi va teatr ijodkorlari bilan tomoshabinlar oʻrtasida jonli muloqotlar tashkil etish. 1. “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2023-yil 1-sentabr - Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Spektakllar namoyishiga aholi, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish choralarini belgilash. 3. “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 26. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning rivojlanish istiqbollari mavzularida turkum koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish. 1. Mustaqillik mavzusiga bagʻishlangan koʻrsatuv, eshittirish va materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 2023-yil iyul — sentyabr Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2. Teleradiokanallarda 2023-yil 1-sentabr kuni “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida mustaqillik telemarafonini oʻtkazish. 27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi xiyobonlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi harbiy orkestrlar tomonidan konsert dasturlarini tashkil etish. 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2023-yil avgust-sentyabr Vazirliklar va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi 2. Konsert dasturlarini oʻtkazish. 28. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi elchixonalari, konsulliklarida bayramga bagʻishlangan madaniy tadbirlar oʻtkazish. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2023-yil sentyabr-oktyabr Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi 29. Mamlakatimizning chet davlatlardagi elchixonalarida hamda oʻzbekistonlik talabalar taʼlim oladigan oliy taʼlim tashkilotlarida “Mustaqillik kuni” tadbirlarini uyushtirish. 1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-dasturlarini ishlab chiqish. 2023-yil avgust Ijrochi tashkilotlarmablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi 2. Reja-dasturlar asosida tadbirlarni tashkil etish. 30. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligiga bagʻishlangan umumxalq marafonini oʻtkazish. 1. Marafonni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish. 2023-yil avgust-sentyabr Ijrochi tashkilotlar mablagʻlari Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi 2. Marafonda aholining barcha q�tlamlari vakillarining ishtirokini taʼminlash. 3. Marafonni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. 31. Mustaqillik tengdoshi boʻlgan isteʼdodli va intiluvchanyoshlar haqida “Yangi Oʻzbekiston va men” mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib etish. 1. Isteʼdodli va intiluvchan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. 2023-yil avgust-sentyabr - Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi 2. Ularning erishayotgan yutuq va natijalari haqida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. 32. Yoshlar oʻrtasida velomarafon tashkil qilish. 1. Velomarafonni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish. 2023-yil avgust Ijrochi tashkilotlarmablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 2. Velomarafon oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash. 3. Velomarafonni yuqori saviyada oʻtkazish. 33. Mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar oʻrtasida kurash, yugurish, futbol, voleybol sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish. 1. Musobaqalarni oʻtkazish reja-jadvallarini ishlab chiqish. 2023-yil sentyabr — dekabr - Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish. 3. Musobaqalarni oʻtkazish va gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish. 34. Hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish. 1. Ochiq muloqotlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish. 2023-yil avgust-sentyabr - Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Jadval asosida ochiq muloqotlarni oʻtkazish va ularda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash.
