Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (3250-1-son)
25.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3250-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash haqida”gi hamda 2021-yil 12-avgustdagi 513-son “Oʻzbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3250, 2020-yil 26-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 10/20/3250/1012-son) bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Notarial palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-iyul,
10-mh-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D. AShUROV
2023-yil 17-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-iyuldagi 10-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2 va 18-bandlardagi “Huquqiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish” degan soʻzlar “Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Huquqiy xizmatlar boʻlimining” degan soʻzlar “notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar boʻlimining (shoʻbasining)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.15-band “Notarial palataning hududiy boshqarmasi” degan soʻzlardan keyin “tomonidan” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
4. 16-bandning ikkinchi xatboshisidagi “uch” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Malaka komissiyasi yigʻilishida notariusning qatnashmasligi yigʻilish oʻtkazishni qoldirish yoki kun tartibidagi unga tegishli masalani koʻrib chiqmaslik uchun asos boʻlib hisoblanmaydi.”.
6. 26-bandda:
oltinchi xatboshidagi “imzoning” degan soʻz “notarius imzosining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“notarial harakatni notarius oʻrniga boshqa shaxs imzolashi, shuningdek notarial harakatni amalga oshirishda bitim tarafi (taraflari) yoki notarial harakatni rasmiylashtirishda tegishli shaxs oʻrniga boshqa shaxslarning ishtirok etishi va tegishli hujjatni imzolashiga yoʻl qoʻyilganligi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“notarial harakatni amalga oshirishda vakolati boʻlmagan jismoniy shaxsning yoki vakolati boʻlmagan yuridik shaxs vakilining ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilganligi;
amalga oshirilgan notarial harakat “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida roʻyxatga olinmaganligi.”.
7. Quyidagi mazmundagi 271-band bilan toʻldirilsin:
“271. Notarius litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan davrda ushbu notarius tomonidan sodir etilgan boshqa qoidabuzarlik uchun malaka komissiyasi tomonidan yangi qaror qabul qilinadi. Bunda, qoidabuzarlik uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish boʻyicha qoʻllanilgan yangi muddat dastlabki muddat oʻtishi boshlangan kundan boshlab hisoblanadi.”.
8. 34-band “Oliy malaka komissiyasiga” degan soʻzlardan keyin “apellatsiya berish” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
9. Ilovada:
jadvalning “T/r” qatoridagi “Qoidabuzarliklar hollari” degan soʻzlar “Qoidabuzarliklar hollari*” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyaning “Qoidabuzarliklar hollari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarial harakatni amalga oshirish noqonuniy ravishda rad etilganligi yoki notarial harakatni amalga oshirishdan, shuningdek taqiqni yechish yoki notarial harakatlardan nusxa berishdan bosh tortilganligi”;
8-pozitsiyaning “Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1 oy (agar 1 oyda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar)”;
20-pozitsiyaning “Qoidabuzarliklar hollari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarial harakatlar boʻyicha toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi, huquqiy va texnik tusdagi haq) notoʻgʻri undirilganligi yoki toʻlovlardan noqonuniy ravishda ozod qilinganligi yoxud toʻlovning imtiyozli toʻlanishini asoslantiruvchi hujjatlarning nusxasi olib qolinmaganligi yoki “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan maʼlumotnoma olib biriktirilmaganligi”;
23 va 24-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 23. Notarial harakatni rasmiylashtirishda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilishi lozim boʻlgan holatlar tekshirilmaganligi yoki notoʻgʻri tekshirilganligi 1 oy** 24. Notarius oʻz faoliyat koʻrsatish hududida manzili oʻzgarganligi boʻyicha adliya organiga xabarnoma bermaganligi 15 kun ”;
27-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 27. Notariusda fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi mavjud boʻlmaganda 15 kun (agar 15 kunda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar) ”;
30-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 30. Notariusning ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shugʻullanganligi 1 oy (agar 1 oyda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar) ”;
quyidagi mazmundagi 35 — 43-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“ 35. Notarial tasdiqlangan hujjatga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritish yoki uning aniq arifmetik xatolarini tuzatish belgilangan tartibda amalga oshirilmaganligi 15 kun 36. Notarial harakatni amalga oshirish turiga rioya etilmaganligi 1 oy 37. Notarial harakatlar asosida vujudga keladigan koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlarni Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga kiritish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga yuborilmaganligi, qonunchilik hujjatlarida yuborilishi belgilanmagan hollar bundan mustasno 15 kun 38. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari (roʻyxat raqami 2020, 2009-yil 19-oktabr) talablariga rioya etilmaganligi 1 oy 39. Qonunchilik hujjatlarida bajarilishiga toʻgʻridan toʻgʻri cheklov mavjud boʻlgan notarial harakat amalga oshirilganligi 6 oy 40. Notarius tomonidan notarial idora xodimi yoki boshqa shaxsning notarial harakat uchun qonunchilik hujjatlarida belgilanganidan tashqari moddiy manfaat koʻrishiga yoʻl qoʻyilganligi 4 oy 41. Ish vaqti davomida uzrli sabablarsiz ish joyida boʻlmaganligi 15 kun 42. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyilganligi 3 oy 43. Notarial faoliyatni tashkil etishga oid minimal talablarning bittasi yoki bir nechtasi bajarilmaganligi 15 kun (agar 15 kunda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar ”;
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh:
* mazkur qoidabuzarlik hollaridan tashqari boshqa qoidabuzarliklar sodir etilganlik uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati malaka komissiyasi tomonidan qoidabuzarlikning ogʻir-yengilligiga qarab belgilanadi. Bunda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishning eng kam muddati oʻn besh kundan kam, eng koʻp muddati olti oydan koʻp boʻlmasligi lozim.
** notarial harakatni rasmiylashtirishda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilishi lozim boʻlgan holatlar tekshirilmaganligi yoki notoʻgʻri tekshirilganligi natijasida kelib chiqadigan oqibat uchun ushbu Nizomda boshqacha chora nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
