BMT Inson huquqlari kengashining Terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ragʻbatlantirish va himoya qilish boʻyicha maxsus maʼruzachisining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari yuzasidan tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi haqida (3266-IV-son)
06.06.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
BMT Inson huquqlari kengashining Terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ragʻbatlantirishva himoya qilish boʻyicha maxsus maʼruzachisining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari yuzasidan tavsiyalarini amalga oshirish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
BMT Inson huquqlari kengashining Terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ragʻbatlantirishva himoya qilish boʻyicha maxsus maʼruzachisining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari yuzasidan tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
BMT Inson huquqlari kengashining Terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ragʻbatlantirish va himoya qilish boʻyicha maxsus maʼruzachisining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari yuzasidan tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasining “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi BMT Inson huquqlari kengashining Terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ragʻbatlantirish va himoya qilish boʻyicha maxsus maʼruzachisining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari yuzasidan tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi “Yoʻl xaritasi”ning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.
3. Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi boʻyicha Parlament komissiyasi BMT Inson huquqlari kengashining Terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ragʻbatlantirish va himoya qilish boʻyicha maxsus maʼruzachisining Oʻzbekistonga tashrifi yakunlari yuzasidan tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi “Yoʻl xaritasi”ning bajarilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
4. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-iyun,
3266-IV-son;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 6-iyun,
KQ-517-IV-son
