Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Oʻ.Sh. Islamovga “Mehnatkash deputat” maqomini berish toʻgʻrisida (3310-IV-son)
20.06.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yildagi faoliyati yakunlariga koʻra deputatlik vakolatlaridan toʻliq foydalanganligi, jamoatchilik tadbirlarida hamda davlat dasturlarini amalga oshirishda faol ishtirok etganligi, oʻz faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali doimiy yoritib borganligini inobatga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasiga muvofiq hamda Qonunchilik palatasining Kengashi kiritgan taklifga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Oʻktam Shukurullayevich Islamovga “Mehnatkash deputat” maqomi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Oʻ.Sh. Islamovga “Mehnatkash deputat” guvohnomasi hamda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti berilsin.
3. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga Oʻ.Sh. Islamovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga boʻlib oʻtadigan keyingi saylovlarda deputatlikka nomzod sifatida koʻrsatish tavsiya etilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-iyun,
3310-IV-son
