Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (2693-11-son)
17.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2693-11]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son qarori (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-iyun,
14/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 6-iyundagi 14/7-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
2023-yil 1-sentabrga qadar yuz milliard soʻmni;
2023-yil 1-sentabrdan eʼtiboran ikki yuz milliard soʻmni;
2024-yil 1-apreldan eʼtiboran uch yuz ellik milliard soʻmni;
2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran besh yuz milliard soʻmni tashkil etishi kerak.”.
2. 181-banddagi “1 — 3-ilovalarida” degan soʻzlar “1 — 4-ilovalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 1-ilovaning 17-pozitsiyasidagi “2 va 3-ilovalarida” degan soʻzlar “2 — 4-ilovalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda 4-ilova bilan toʻldirilsin.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga ILOVA
“Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
2023-yil 20-avgustdan boshlab jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*
Tavsifi Kredit summasini garov summasiga nisbati (KGN)** KGN ≤ 75% 75% 100% ≤ KGN Tavakkalchilik darajasi 100% 150% 200%
* Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul):
1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi;
mazkur ilova hamda yillik foiz stavkasidan kelib chiqqan holda tavakkalchilik darajalariga tortilganda, chiqqan natijaning eng yuqorisi hisobga olinadi.
** Jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning garovga nisbati koeffitsiyenti kredit summasining garov qiymatiga nisbati orqali hisob-kitob qilinadi, bunda:
kredit summasi — jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning soʻndirilmagan qoldigʻini oʻz ichiga oladi;
avtomobil garov qiymati — garov shartnomasida kelishilgan narx.”.
