“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-990-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (3250-IV-son)
05.06.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 15-martda ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish davomida maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasiga qaytarilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-990-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqishga doir Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-iyun,
3250-IV-son
