Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2773-9-son)
14.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2773-9]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son qarori (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-iyun,
31-son
Kelishildi:
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2023-yil 10-iyun
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 16-may
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-iyundagi 31-son buyrugʻiga ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Quyidagilar bitta BYuDda deklaratsiyalanishi mumkin:
1) bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmasdan bitta joʻnatuvchining manzilidan bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bilan (bundan bir nechta temir yoʻl va avtotransport vositasida olib oʻtilayotgan (olib oʻtilgan) tovarlar mustasno) olib oʻtilayotgan (olib oʻtilgan) va bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar;
2) temir yoʻl va avtotransport vositasida bir nechta transport hujjati bilan olib oʻtilayotganda (olib oʻtilganda):
temir yoʻl transportida olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha — bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmagan holda bitta joʻnatuvchidan bitta qabul qiluvchi manziliga bitta temir yoʻl transportida bir vaqtda joʻnatiladigan va bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar;
temir yoʻl transportida olib kirilayotgan tovarlar boʻyicha — bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmagan holda bitta joʻnatuvchidan bitta qabul qiluvchi manziliga bitta temir yoʻl transporti tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bir vaqtda olib kirilgan va bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar;
avtotransport vositasida olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha — bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmasdan bitta joʻnatuvchining manzilidan bitta oluvchining manziliga bitta chegara bojxona posti orqali olib chiqiladigan va bir vaqtda bitta bojxona postiga taqdim etgan holda bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan bir nom, tur, markadagi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga (bundan boʻyon matnda TIF TN deb yuritiladi) asosan bitta oʻn raqamli kod bilan tasniflanuvchi tovarlar;
avtotransport vositasida olib kirilgan (olib kirilayotgan) tovarlar boʻyicha — bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmasdan bitta joʻnatuvchining manzilidan bitta oluvchining manziliga bitta chegara bojxona posti orqali bir kunda olib kirilgan (olib kiriladigan) va bitta bojxona postiga taqdim etgan holda bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan bir nom, tur, markadagi, TIF TNga asosan bitta oʻn raqamli kod bilan tasniflanuvchi tovarlar;
TIF TNni talqin etishning 2a asosiy qoidasiga muvofiq yigʻilmagan yoki ajratilgan tovarning tarkibiy qismlari deb hisoblanadigan va TIF TNning yigʻilgan yoki tugallangan tovarga mos keluvchi pozitsiyasida tasniflanadigan tovarlar, agar bunday tovarlar bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmagan holda bitta joʻnatuvchidan bitta qabul qiluvchi manziliga bir turdagi transport vositasida olib kirilgan va bojxona hududiga kirib kelish joyida ayni bitta bojxona organiga taqdim etilgan boʻlsa. Bunda, tovarlar olib kirilib avval boshqa bojxona rejimiga joylashtirilmagan boʻlsa, BYuD Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida koʻzda tutilgan muddatlar doirasida taqdim etilishi lozim;
3) bitta pochta yuk xati bilan olib oʻtilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan jismoniy shaxsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi.
Agar tovarlar turli bojxona rejimlariga joylashtirilayotgan boʻlsa, u holda toʻldiriladigan BYuDlar soni bojxona rejimlari soniga muvofiq boʻlishi lozim.”.
2. 22-bandda:
a) 14-kichik bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Agar tovarlarning tashuvchisi yoki avtotransport vositasining xaydovchisi STIR yoki JShShIRga ega boʻlmagan norezident boʻlsa, u holda shaxsning STIR yoki JShShIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi koʻrsatiladi.”;
b) 25-kichik band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Elektron BYuDda alohida maydonchada tovar turgan joyning yuridik manzili boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq tuman (shahar) kodi koʻrsatiladi.”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 25-bandda:
a) 2-kichik band quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tovarlar soddalashtirilgan yoʻlak boʻyicha xalqaro bitimlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda deklarantning xohishiga koʻra grafaning pastki qismida “№” belgisidan soʻng yukni joʻnatuvchining STIRi koʻrsatiladi.”;
oʻn sakkizinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 25-kichik band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Elektron BYuDda alohida maydonchada tovar turgan joyning yuridik manzili boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq tuman (shahar) kodi koʻrsatiladi.”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 39-kichik bandning oʻttiz beshinchi xatboshisi “bojxona qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida bayonnoma” degan soʻzlardan keyin “, xorijiy mamlakatning eksport bojxona deklaratsiyasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 79-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“79. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan soʻng Oʻzbekiston tovari (Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovar) maqomiga ega boʻlgan qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqib ketish eksport bojxona rejimiga muvofiq, boshqa hollarda qayta ishlash mahsulotlarini, bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovar, tovarning chiqindilari va qoldiqlarini qaytarib olib chiqib ketish reeksport bojxona rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.”.
5. 92-bandning birinchi xatboshisida “Davlat bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 4-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
7. 12-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Bojxona postlari
TASNIFLAGIChI
T/r Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari postlarining nomi Post kodi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi 1. “Nukus aeroporti” chegara bojxona posti 35001 2. “Nukus” TIF bojxona posti 35002 3. “Xoʻjayli” chegara bojxona posti 35003 4. “Dovut-ota” chegara bojxona posti 35004 5. “Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl chegara bojxona posti 35010 6. “Qoʻngʻirot” TIF bojxona posti 35012 Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi 7. “Doʻstlik” chegara bojxona posti 03002 8. “Andijon aeroporti” chegara bojxona posti 03003 9. “Bobur” TIF bojxona posti 03004 10. “Madaniyat” chegara bojxona posti 03009 11. “Andijon” TIF bojxona posti 03011 12. “Savay” temir yoʻl chegara bojxona posti 03014 13. “Asaka” TIF bojxona posti 03015 Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi 14. “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti 06001 15. “Kogon” TIF bojxona posti 06002 16. “Buxoro” TIF bojxona posti 06006 17. “Qorovulbozor” TIF bojxona posti 06007 18. “Gʻijduvon” TIF bojxona posti 06008 19. “Qorakoʻl” TIF bojxona posti 06009 20. “Olot” chegara bojxona posti 06010 21. “Xoʻjadavlat” temir yoʻl chegara bojxona posti 06011 Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi 22. “Uchtoʻrgʻon” chegara bojxona posti 08003 23. “Jizzax” TIF bojxona posti 08004 24. “Qoʻshkent” chegara bojxona posti 08007 Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi 25. “Nasaf” TIF bojxona posti 10002 26. “Qamashi-Gʻuzor” TIF bojxona posti 10007 27. “Qarshi-Kerki” chegara bojxona posti 10008 28. “Talimarjon” TIF bojxona posti 10011 29. “Qarshi aeroporti” chegara bojxona posti 10012 Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi 30. “Tinchlik” TIF bojxona posti 12001 31. “Navoiy aeroporti” chegara bojxona posti 12002 32. “Navoiy” TIF bojxona posti 12003 33. “Zarafshon” TIF bojxona posti 12008 34. “Navoiy industrial” TIF bojxona posti 12012 Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi 35. “Namangan aeroporti” chegara bojxona posti 14002 36. “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti 14003 37. “Kosonsoy” chegara bojxona posti 14004 38. “Pop” chegara bojxona posti 14005 39. “Namangan” TIF bojxona posti 14010 40. “Chust” TIF bojxona posti 14014 Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi 41. “Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti 18001 42. “Jartepa” chegara bojxona posti 18002 43. “Samarqand” TIF bojxona posti 18005 44. “Ulugʻbek” TIF bojxona posti 18007 Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi 45. “Termiz aeroporti” chegara bojxona posti 22002 46. “Sariosiyo” chegara bojxona posti 22003 47. “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona posti 22004 48. “Termiz” TIF bojxona posti 22005 49. “Denov” TIF bojxona posti 22006 50. “Gulbahor” chegara bojxona posti 22007 51. “Daryo porti” TIF bojxona posti 22011 52. “Jarqoʻrgʻon” TIF bojxona posti 22013 53. “Boldir” temir yoʻl chegara bojxona posti 22015 54. “Ayritom” chegara bojxona posti 22017 Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi 55. “Xovosobod” chegara bojxona posti 24002 56. “Xovos” TIF bojxona posti 24003 57. “Sirdaryo” chegara bojxona posti 24004 58. “Guliston” TIF bojxona posti 24009 59. “Sayxun” TIF bojxona posti 24010 Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi 60. “Yallama” chegara bojxona posti 27001 61. “Navoiy” chegara bojxona posti 27008 62. “S.Najimov” chegara bojxona posti 27009 63. “Oybek” chegara bojxona posti 27011 64. “Bekobod avto” chegara bojxona posti 27013 65. “Chirchiq” TIF bojxona posti 27014 66. “Olmaliq” TIF bojxona posti 27015 67. “Yangiyoʻl” TIF bojxona posti 27016 68. “Nazarbek” TIF bojxona posti 27019 69. “Keles” TIF bojxona posti 27020 70. “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti 27021 71. “Farhod” chegara bojxona posti 27023 72. “Bekobod” temir yoʻl chegara bojxona posti 27024 73. “Angren” TIF bojxona posti 27028 74. “Oʻzbekiston” temir yoʻl chegara bojxona posti 27029 Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi 75. “Fargʻona aeroporti” chegara bojxona posti 30001 76. “Qoʻqon” TIF bojxona posti 30002 77. “Quvasoy” TIF bojxona posti 30003 78. “Fargʻona” chegara bojxona posti 30004 79. “Andarxon” chegara bojxona posti 30005 80. “Rishton” chegara bojxona posti 30006 81. “Rovot” chegara bojxona posti 30008 82. “Vodiy” TIF bojxona posti 30009 83. “Oʻzbekiston” chegara bojxona posti 30010 84. “Soʻx” chegara bojxona posti 30012 85. “Qirguli” TIF bojxona posti 30015 86. “Margʻilon” TIF bojxona posti 30017 Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi 87. “Shovot” chegara bojxona posti 33001 88. “Doʻstlik” chegara bojxona posti 33004 89. “Hazorasp EIZ” TIF bojxona posti 33005 90. “Urganch” TIF bojxona posti 33007 91. “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti 33011 Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi 92. “Toshkent-tovar” TIF bojxona posti 26002 93. “Ark buloq” TIF bojxona posti 26003 94. “Chuqursoy” TIF bojxona posti 26004 95. “Keles” temir yoʻl chegara bojxona posti 26009 96. “Sirgʻali” TIF bojxona posti 26010 97. “Chuqursoy texnik idora” temir yoʻl chegara bojxona posti 26013 “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi 98. “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti 00101 99. “Avia yuklar” TIF bojxona posti 00102 100. “Bosh pochtamt” TIF bojxona posti 00107 ”;
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 12-ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari
TASNIFLAGIChI
T/r Hujjat nomi 44-grafa tartib raqami Hujjat kodi 1. Litsenziya 101 LITSENZIYA 2. Kargo manifest 201 KRG 3. CMR 202 SMR 4. Konosament 203 KNSM 5. TIR-karnet 204 TIR 6. Avia-yuk xati 205 AVIA 7. Pochta yuk xati 206 NKPChT 8. SMGS shaklidagi temir yoʻl yuk xati 207 SMGS 9. Tovar-transport yuk xati 208 TTN 10. Texnik vosita pasporti 209 PTS 11. Shartnoma tuzuvchi shaxsning invoysi (hisob, hisob-faktura) 220 INV 12. Shartnoma tuzuvchi shaxsning proforma-invoysi, hisob-proformasi 221 INVPRF 13. Oʻrov varagʻi 222 UPLIST 14. Joʻnatuvchi yoki boshqa aloqador shaxsning invoysi (hisob, hisob-faktura, muqobil hujjat) 223 INV_OT 15. Kontrakt (shartnoma, kelishuv) 301 KNT 16. Kontraktga (shartnomaga, kelishuvga) qoʻshimcha kelishuv 302 DOP 17. Tovarlarni vaqtincha olib kirishda yoki vaqtinchalik olib chiqishda ijara bitimi 303 DGARND 18. Hisob-kitoblar toʻgʻrisida maʼlumotnoma (eksportda) 304 SPRRS 19. Norezident tashuvchining transport xizmatidan foydalanish boʻyicha tuzilgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) 305 KNT_TR 20. Norezident tashuvchining transport xizmatidan foydalanish boʻyicha tuzilgan kontrakt (shartnoma, kelishuv)ning Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami 306 IDN_TR 21. Ekspertiza dalolatnomasi 402 AKTEKSP 22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining portlovchi moddalar va portlatish vositalarini olib kirishga ruxsatnomasi 403 VZRM 23. Veterinariya sertifikati (guvoxnomasi) 404 VTRS 24. Yuqori chastotali vositalarni olib kirishga ruxsatnoma 405 VChR 25. Sanitariya-epidemiologiya xulosasi 406 SEZ 26. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining yovvoyi oʻsimliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnomasi (CITES ruxsatnomasi bundan mustasno) 407 GKE_RST 27. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligining yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologik kolleksiyalar, oʻljalar va tulumlarni olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnomasi (CITES ruxsatnomasi bundan mustasno) 408 GKE_JVT 28. Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish toʻgʻrisidagi konvensiya I, II va III ilovalariga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlari namunalarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma (CITES) 409 CITES 29. Karantin ruxsatnomasi 410 KRNR 30. Olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek komponentlar, xomashyo va materiallarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan toifaga kiritish haqida xulosa 411 UZEKSP _PL 31. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari sertifikati 412 SSPN 32. Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish huquqini beruvchi ruxsatnoma 413 ORV 33. Yukning gumanitar xarakterdaligi tasdiqnomasi 414 PGX 34. Sogʻliqni saqlash vazirligining dori vositalarini olib kirishga ruxsatnomasi 415 PRF 35. Psixotrop va narkotik vositalar, prekursorlarni olib kirishga ruxsatnoma 416 PSR 36. Muvofiqlik sertifikati 417 SST 37. Sertifikatlashtirish organlarining texnologik uskunalar toʻliq yigʻilib, sozlanganidan va sinovdan oʻtkazilganidan soʻng sertifikatlashtirish ishlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xati 418 UZST 38. Fitosanitariya sertifikati 419 FTSS 39. Ekologiya sertifikati 420 EKO 40. Toʻqimachilik asbob-uskunalarining asosiy turlarini yetkazib berishga shartnomalar (kontraktlar)ning zamonaviy texnologik talablarga va jahon narxlari darajasiga muvofiqligi yuzasidan xulosa 421 ZK_TKST 41. Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) muvofiqlik sertifikati yoki sinov bayonnomasi 422 ILAK 42. Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) muvofiqlik sertifikati yoki sinov bayonnomasi 423 IAF 43. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga aʼzo davlatlarning akkreditatsiyadan oʻtgan organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati 424 OESR 44. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, saqlash, olib yurish, tashish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma 425 KUR 45. Veterinariya ruxsatnomasi 426 VTRR 46. Eksport nazorati obyektlarini eksport qilish uchun ruxsatnoma 427 ENO 47. Madaniy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish huquqi toʻgʻrisidagi sertifikat 428 MBR 48. Qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulk, shuningdek harbiy tarkiblarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga ruxsatnoma 429 XXYu 49. Texnik koʻmakka tegishliligi toʻgʻrisida xulosa 430 TKR 50. Yangi maxsus kiritiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirishga ruxsatnoma 431 BAD 51. Yangi oziq-ovqat qoʻshimchalarini olib kirishga ruxsatnoma 432 NPP 52. Yangi kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallar, polimer va plastik massalar, parfyumeriya-kosmetika vositalarini olib kirishga ruxsatnoma 433 XBPP 53. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yopiq turdagi bojxona omboriga joylashtirish huquqiga ruxsatnoma 434 NPPS 54. Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olganlik toʻgʻrisida guvohnoma 435 KURG 55. Axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari uchun ruxsatnom� 436 KIZ 56. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklarni tranzit ravishda olib oʻtishga ruxsatnoma 437 SGT 57. Yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlar tomonidan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyo, oʻlchov vositalari, kimyoviy reagentlar, koʻtarish moslamalari va transport vositalariga berilgan sertifikat va deklaratsiya 438 YuSM 58. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining yoʻq qilishni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi, uni amalga oshirishning usuli va joyi koʻrsatilgan xulosasi 439 EXKX 59. Karantin koʻrigi dalolatnomasi 440 AKD 60. Yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma 502 SvIPBYuL 61. Kontrakt Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma yoki xulosa 503 RegSMEP 62. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 6XX* 63. Tovarlarning kelib chiqish sertifikati (importda) 701 SPTIM 64. Tovarlarning kelib chiqish sertifikati (eksportda) 702 SPTEK 65. Faktura qiymati 5000 AQSh dollarigacha boʻlgan tovarlarni kelib chiqishini tovarlarni kuzatuv hujjatlarida tasdiqlash 703 UPT 66. Bank kafolati 801 BGRN 67. Sugʻurta polisi 802 STRXPL 68. Kafilning bojxona toʻlovlari va foizlarning toʻlanishini taʼminlash niyati toʻgʻrisida yozma majburiyati 803 OBZPRCh 69. Eksport BYuDsi** 804 EkGTD 70. Import BYuDsi 805 ImGTD 71. Kafolat xati (olib kirilayotgan tovar oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchunligi haqida) 806 GrnSN 72. Garov bitimi 807 DZLG 73. Yuk tashish boʻyicha bitim (faqat tranzit uchun) 808 DPR 74. Tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs va bojxona ombori egasi oʻrtasidagi bitim 809 DXR 75. Tovarlarni erkin omborga joylashtirayotgan shaxs va erkin ombor egasi oʻrtasidagi bitim 810 DSVSK 76. Boshqa bitimlar 811 DOG 77. Olib kirilayotgan tovarning qiymati tasdiqlangan va (yoki) tasdiqlanmaganligi hisob-kitobining tekshiruvi 812 PST 78. Ekspert xulosasi 813 EKSPZK 79. Defekt dalolatnomasi 814 DEFAKT 80. Sifat sertifikati 815 SSK 81. Tovarlarni bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonlarga joylashtirish toʻgʻrisida vakolatli shaxsning arizasi 816 ZAYAV74 82. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish dalolatnomasi 817 AKT75 83. Tovarlarni yoʻq qilish dalolatnomasi 818 AKT76 84. Tovar oʻzi tomonidan ishlab chiqarilganligini tasdiqlash haqida ariza-maʼlumotnoma 819 ZAYAVSP 85. Joʻnatishdan oldin nazoratdan oʻtkazish dalolatnomasi 820 API 86. Boj�ona organining tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnomasi 834 RAZ51 87. Bojxona organining tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga ruxsatnomasi 835 RAZ61 88. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma 850 NTZ 89. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiyligi tatbiq etilmasligini tasdiqlovchi hujjat*** 851 BSST 90. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan oʻlchash vositalariga ikki oy davomida sertifikat olishi haqidagi kafolat xati 852 GPDS 91. Veterinariya sertifikatisiz bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishga asos boʻlgan hujjat*** 854 BVS 92. Sanitariya-epidemiologiya xulosasisiz (gigiyena sertifikati) bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishga asos boʻlgan hujjat *** 855 BGS 93. Ekologiya sertifikatisiz bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishga asos boʻlgan hujjat *** 856 BES 94. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyxatining kompleks ekspertizasi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi raqami va sanasi, deklaratsiyalanayotgan tovarning xulosadagi tartib raqami hamda tovarning miqdori va oʻlchov birligi**** 857 ZMEP 95. Tovarlar investitsiya dasturi doirasida olib kirilayotganligini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining raqami va sanasi***** 858 RP 96. Tovarlar investitsiya dasturi doirasida olib kirilayotganligini tasdiqlovchi Hukumat yoki viloyat hokimlari qarorining raqami va sanasi****** 859 RPX 97. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash yuzasidan bojxona organining qarori boʻyicha taqdim etilgan hujjat raqami va sanasi 860 PUGTK 98. Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importi uchun buyurtmanoma raqami va sanasi 861 ZAM 99. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror 862 DK 100. Cheklangan narxlar reyestrida import dori vositalari uchun berilgan tartib raqam (ID raqami)******* 863 REF 101. Paxta chigitini va boshoqli don ekinlarining urugʻliklarini olib chiqish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligining qarori 864 PUK 102. Sertifikatlashtirish organining importyor arizasi boʻyicha (sement mahsulotlari uchun) qabul qilgan qarori 865 PSO 103. Texnologik asbob-uskunaning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlovchi texnik pasporti yoki ishlab chiqaruvchining hujjati 867 TPOD 104. Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) davlat xaridlari asosida import qilishga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat 868 DXIR 105. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qaror 869 PRTP 106. Deklarantning tovarlarni koʻzdan kechiruvi boʻyicha elektron murojaatnomasining bojxona organlaridagi roʻyxat raqami 870 ZOSM 107. Mahsulotlarning karantin nazorati ostidagi mahsulotlar roʻyxatiga kirmasligi boʻyicha karantin xizmatining elektron tasdigʻining raqami*** 871 KXET 108. Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinganligini tasdqilovchi hujjat raqami va uning amal qilish muddati 872 DIPK 109. Boshqa hujjatlar 899 DRGDOK 110. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi 901 ATD 111. Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qoʻllash boʻyicha xulosasi 902 Z1M 112. Bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining tovarlarni bozor narxlari boʻyicha xulosasi 903 ZRS 113. Bojxona qiymatini aniqlash usuli 904 METOD 114. Tovarlarning vaqtinchalik saqlash va bojxona ombori rejimlari ostida saqlanish sabablari 905 PXS 115. Baholanayotgan to�arni yetkazib berilishiga aloqador boʻlgan uchinchi shaxslar bilan kontraktlar 906 KNTP 116. Baholanayotgan tovar Oʻzbekiston Respublikasiga reeksport qilinayotgan hollarda, erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi 907 GTDO
* “XX” — Bojxona toʻlovlari turlari tasniflagichiga muvofiq bojxona toʻlovi turining ikki raqamli kodi.
** Xorijiy mamlakatlarning eksport bojxona deklaratsiyasi BYuDning format va tuzilishida qayd etilgan formatda belgilangan tartibda koʻrsatilishi shart, bundan BYuDning format va tuzilishida qayd etilmagan xorijiy mamlakatlarning eksport bojxona deklaratsiyasi mustasno.
*** Normativ-huquqiy hujjatlarda bojxona organiga taqdim etilishi belgilangan hujjatlarning olinishi talab etilmasligi belgilangan holatlarda toʻldiriladi.
**** tovarning miqdorini koʻrsatishda xulosadagi tovarning BYuD bilan rasmiylashtirilayotgan miqdori, oʻlchov birligini koʻrsatishda xulosada koʻrsatilgan oʻlchov birligi qayd etiladi. Oʻlchov birligi xulosada qayd etilgandek koʻrsatilishi lozim.
Masalan: “kg”; “sht”; “m2” va boshqalar.
***** Tovarlar mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandining 26-kichik bandi yigirma uchinchi — yigirma beshinchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotganda toʻldiriladi.
****** Tovarlar mazkur Yoʻriqnomaning 25-bandining 26-kichik bandi yigirma oltinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihalari doirasida olib kirilayotganda toʻldiriladi.
******* Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3242, 2020-yil 10-iyun) asosida joriy etilgan cheklangan narxlar reyestrida deklaratsiyalanayotgan dori vositasi uchun berilgan tartib raqam (ID raqami) koʻrsatiladi.”.
