“28-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-856-son) · Sana: 17.07.2023 · Amalda
Hisob palatasi oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijrosi ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazoratni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi va ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish toʻgʻrisidagi takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosalar kiritadi”;
9) 30-modda:
oʻn yettinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijro etilishi jarayoni toʻgʻrisidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari ijro etilmaganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari toʻliq hamda oʻz vaqtida ijro etilmaganligi, shu jumladan ularning ijro etilishi jarayoni toʻgʻrisidagi axborot qonunchilikda belgilangan tartibda “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshisi “intizomini” degan soʻzdan keyin “budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
