Tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini oʻzaro qoʻllash toʻgʻrisida
02.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataladi,
2009-yil 20-noyabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash Qoidalari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqida 2013-yil 20-noyabrdagi Bayonnoma va 1993-yil 24-sentabrdagi Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash Qoidalarini (keyingi oʻrinlarda — 1993-yil 24-sentabrdagi Qoidalar) inobatga olib,
Tomonlar davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan hamkorlik darajasini oshirishga intilib,
tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini oʻzaro qoʻllash bojxona nazorati samaradorligini oshirish, bojxona jarayonlarini (bojxona rasmiylashtiruvi) tezlashtirish, oʻzaro savdoni yengillashtirish hamda bojxona bojlari, soliqlar va boshqa toʻlovlarni toʻgʻri hisoblash imkonini berishini eʼtirof etib,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda Taʼriflar
Mazkur Bitimning maqsadlari uchun quyidagi tushunchalar qoʻllanadi:
a) “bojxona organi”:
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Rossiya Federatsiyasida — Federal bojxona xizmati;
b) “markaziy vakolatli organ (tashkilot)”:
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
Rossiya Federatsiyasida — Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi;
v) “vakolatli organ (tashkilot)”:
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
Rossiya Federatsiyasida — “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni beruvchi savdo-sanoat palatalari;
g) “tekshiruv” — Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari (tashkilotlari) tomonidan “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlar berilganligi faktini va undagi maʼlumotlarning ishonchliligini aniqlash;
d) “tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimi” — Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari (tashkilotlari) tomonidan berilgan “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlarning elektron shakllari axborot maʼlumotlar bazalarini oʻzida mujassamlashtirgan, markaziy vakolatli organning (tashkilotning) axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — sertifikatlashning elektron tizimlari).
2-modda Umumiy qoidalar
Sertifikatlashtirishning elektron tizimlari import qiluvchi mamlakat bojxona organi tomonidan “ST-1” shakldagi tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning berilganlik faktini va koʻrsatilgan sertifikatning qogʻozdagi asl nusxasini taqdim etish zaruratisiz uning toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishni taʼminlash maqsadida yaratiladi.
3-modda Mazkur Bitimning predmeti va amal qilish sohasi
1. Markaziy vakolatli organ (tashkilot) oʻzi tomonidan yaratilgan va tartibga solinadigan sertifikatlashtirishning elektron tizimiga berilgan “ST-1” shaklidagi tovarning kelib chiqish sertifikatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtiradi.
2. Tovarlarni eksport qiluvchi mamlakatning Markaziy vakolatli organi (tashkiloti) sertifikatlashtirishning elektron tizimini qoʻllash doirasida tovarlar olib kiriladigan mamlakat bojxona organining soʻroviga koʻra, “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning elektron shaklida qayd etilgan maʼlumotlarni taqdim etadi.
3. Bojxona organlari sertifikatlashtirishning elektron tizmi doirasida olingan maʼlumotlardan “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning berilganlik faktini va toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish uchun foydalanib, bu haqidagi maʼlumotlar Tomonlarning davlatlari hududidan kelib chiqadigan tovarlarni bojxona deklaratsiyasidan oʻtkazishda tovarlarni import qiluvchi mamlakatning bojxona organlariga taqdim etiladi.
4-modda Sertifikatlashtirishning elektron tizimini yaratish va qoʻllashning asosiy tamoyillari
Sertifikatlashtirishning elektron tizimini yaratish va qoʻllashning asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
a) vakolatli organlar (tashkilotlar) tomonidan berilgan “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni markazlashtirish;
b) sertifikatlashtirishning elektron tizimida berilgan “ST-1” shaklidagi tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlar boʻyicha maʼlumotlarning dolzarbligi va ishonchliligi;
v) sertifikatlashtirishning elektron tizimidagi maʼlumotlarni ruxsatsiz buzib talqin qilish yoki yoʻq qilish ehtimolini istisno etish;
g) “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlarning ular berilgan sanadan boshlab kamida 3 yil davomida sertifikatlashtirishning elektron tizimida saqlanishini taʼminlash.
5-modda Axborot almashinuviga qoʻyiladigan talablar
1. Sertifikatlashtirishning elektron tizimiga kiritilgan elektron “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisida sertifikatidagi maʼlumotlar tarkibi, arizachi beruvchiga berilgan “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning qogʻoz koʻrinishidagi asl nusxasida qayd etilgan maʼlumotlar tarkibi bilan bir xil boʻlishi va 1993-yil 24-sentabrdagi Qoidalarda bayon etilgan, “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning asl nusxasida qoʻyilgan imzo va muhrlarni istisno etgan holda, “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni toʻldirish talablari va tartibiga muvofiq boʻlishi lozim.
2. “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning elektron shakli, 1993-yil 24-sentabrdagi Qoidalarda koʻzda tutilgan tartibda, markaziy vakolatli organ (tashkilot) yoki vakolatli organ (tashkilot) tomonidan “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning qogʻoz shaklidagi asl nusxasi tasdiqlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay sertifikatlashtirishning elektron tizimiga kiritiladi.
3. Bojxona organlari va markaziy vakolatli organlar (tashkilotlar), “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning elektron shaklidagi maʼlumotlar almashinuvini amalga oshirish maqsadida, ushbu Bitim imzolangan sanadan eʼtiboran 6 oy davomida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Federal bojxona xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida oʻzaro axborot almashinuvining texnik shartlarini kelishadilar va tasdiqlaydilar.
Sertifikatlashtirishning elektron tizimi doirasida elektron axborot almashinuvini amalga oshirishda uzatiladigan, “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatdan olingan maʼlumotlar tarkibi ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblangan ilovasida keltirilgan.
Axborot almashinuvining texnik shartlari elektron shaklda uzatiladigan axborotlarning formati va tuzilishini, axborotni muhofaza qilish talablarini, markaziy vakolatli organlar (tashkilotlar) va bojxona organlari oʻrtasidagi oʻzaro axborot almashinuvini tashkillashtirish sxemasini, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va test sinovlarini oʻtkazish tartibini hamda boshqa zarur axborotni mujassamlashtirishi lozim.
6-modda Sertifikatlashtirishning elektron tizimini ishlashi
1. Markaziy vakolatli organ (tashkilot) quyidagilarni taʼminlaydi:
a) sertifikatlashtirishning elektron tizimidagi, vakolatli organ (tashkilot) tomonidan berilgan, “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat haqidagi maʼlumotlarning toʻlaqonligi, dolzarbligi va ishonchliligini;
b) sertifikatlashtirishning elektron tizimidagi axborotdan ruxsatsiz foydalanish, uni yoʻq qilish, modifikatsiyalash, blokirovkalash va boshqa noqonuniy harakatlardan himoyalash;
v) sertifikatlashtirishning elektron tizimi lozim darajada uzluksiz ishlashi.
2. Sertifikatlashtirishning elektron tizimi lozim darajada ishlamagan taqdirda, 1993-yil 24-sentabrdagi Qoidalarning tovarlar kelib chiqish mamlakatini hujjat bilan tasdiqlash toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllaniladi. Bunda “sertifikatlashtirishning elektron tizimi lozim darajada ishlamasligi” tushunchasi axborot almashinuvining texnik shartlarida koʻrsatiladi.
7-modda Tekshirish tartibi
1. Tovarlarni bojxona deklaratsiyasida eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli organi (tashkiloti) tomonidan berilgan “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlari haqida taqdim etilgan maʼlumotlar sertifikatlashtirishning elektron tizimida mavjud emasligi yoki tovarlarni bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan maʼlumotlar sertifikatlashtirishning elektron tizimidagi maʼlumotlarga mos emasligi aniqlangan taqdirda, tovarlarni olib kiruvchi mamlakat bojxona organlari tomonidan 1993-yil 24-sentabrdagi Qoidalarda belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkaziladi.
2. Agar Tomonlar davlatlarining bojxona organlaridan biri tomonidan tovar kelib chiqqan mamlakat toʻgʻrisida qayd etilgan maʼlumotlarning ishonchli emasligi yoki lozim darajada tasdiqlanmaganligini koʻrsatuvchi alomatlar aniqlansa, tovar import qilinadigan mamlakat bojxona organining talabiga koʻra, “ST-1” shaklidagi tovar kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning qogʻoz shaklidagi asl nusxasi taqdim etilishi lozim.
8-modda Test sinovlari
1. Markaziy vakolatli organlar (tashkilotlar) va bojxona organlari axborot almashinuvining texnik shartlari imzolangandan soʻng axborot almashinuvi texnologiyasini ishlab chiqish uchun test sinovlarini oʻtkazadilar va bu davr mobaynida Tomonlar davlatlarining bojxona organlari Tomonlar davlatlarining hududidan kelib chiqqan tovarlarga nisbatan erkin savdo rejimini taqdim etish maqsadida, 1993-yil 24-sentabrdagi Qoidalar nizomlariga muvofiq tovarlar kelib chiqishini hujjat bilan tasdiqlashni talab qiladilar.
Test sinovlarini amalga oshirish muddati 3 oyni tashkil etadi. Mazkur muddat zarur hollarda markaziy vakolatli organlar (tashkilotlar) va bojxona organlari oʻrtasidagi kelishuv asosida uzaytirilishi mumkin.
2. Test sinovlari yakunlangandan soʻng markaziy vakolatli organlar (tashkilotlar) va bojxona organlari oʻrtasida muntazam ravishda axborot almashinuvini boshlash sanasini kelishadilar.
Muntazam ravishda axborot almashinuvi boshlangan sanadan 15 kun oʻtgandan soʻng, Tomonlar erkin savdo rejimini taqdim etish maqsadida, ushbu Bitimning 6-moddasi 2-bandi va 7-moddasida koʻrsatilgan holatlarni istisno etgan holda, tovarlarni olib kiruvchi davlatning bojxona organi ushbu davlat hududidan tovar kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishini talab qilmasliklari lozim.
9-modda Bitimni qoʻllash
Mazkur Bitim, Tomonlar davlatlari bojxona organlarining tovarlarni deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini, 1993-yil 24-sentabrdagi Qoidalarda va tovarlarni import qiluvchi mamlakatning bojxona qonunchiligida koʻzda tutilgan tartibda, tovarlar kelib chiqqan mamlakatini aniqlash va ulardagi maʼlumotlarning ishonchligini aniqlash maqsadida tekshirish boʻyicha vakolatlarini cheklay olmaydi.
10-modda Nizolar va kelishmovchiliklarni hal qilish
Mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash yoki talqin qilish bilan bogʻliq boʻlgan Tomonlar oʻrtasidagi nizolar va kelishmovchiliklar ular oʻrtasidagi maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
11-modda Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Mazkur Bitimga Tomonlar kelishuviga asosan, uning ajralmas qismi hisoblanadigan, alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
12-modda Yakuniy qoidalar
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonning mazkur Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisida tegishli yozma xabarnomani olgan kundan boshlab uch oy oʻtgandan soʻng tugatiladi.
Samarqand shahrida 2022-yil 2-dekabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda har ikki matn ham bir xil kuchga ega.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini oʻzaro qoʻllash toʻgʻrisida Bitimga ILOVA
Sertifikatlashtirishning elektron tizimi doirasida elektron axborot almashinuvini amalga oshirishda uzatiladigan, “ST-1” shakldagi tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatdan olingan maʼlumotlar
TARKIBI
“Izoh” ustunidagi 1 — 6 jadvallarda uzatiladigan maʼlumotlarning majburiy toʻldirilishi va mumkin boʻlgan takrorlanish sonini koʻrsatish uchun quyidagi belgilar qoʻllaniladi:
1 — Maʼlumotlarni toʻldirish majburiy, takrorlashga yoʻl qoʻyilmaydi;
1..* — Maʼlumotlarni toʻldirish majburiy, cheklovlarsiz takrorlanishi mumkin;
0 — Maʼlumotlar ixtiyoriy, takrorlanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
0..* — Maʼlumotlar ixtiyoriy, cheklovlarsiz takrorlanishi mumkin.
1-jadval
T/r Maʼlumot nomi Tavsifi Izoh 1. Tovar kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikati shaklining kod belgisi “ST-1” kodi koʻrsatiladi 1 2. “ST-1” shaklidagi tovarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maʼlumotlar ushb� ilovaning 2-jadvalida keltirilgan roʻyxatga muvofiq koʻrsatiladi 1 3. “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni bergan mamlakat haqidagi maʼlumotlar “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni bergan mamlakatning nomi va kodi koʻrsatiladi 0 4. “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni qabul qiluvchi mamlakat haqidagi maʼlumotlar “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni qabul qiluvchi mamlakatning nomi va kodi koʻrsatiladi 0 5. “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat bekor qilingan sana Zarur hollarda “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat bekor qilingan (chaqirib olingan) sana koʻrsatiladi 0 6. Kelib chiqish mamlakati toʻgʻrisida maʼlumotlar Tovarning kelib chiqish mamlakatining (MDH ishtirokchi davlatining) nomi va kodi koʻrsatiladi 1 7. Vakolatli organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish sertifikatini bergan vakolatli organ (tashkilot), jumladan vakolatli organning (tashkilotning) nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi 1 8. “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni guvohlantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vakolatli organning (tashkilotning) mansabdor shaxsi va “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni tasdiqlash joyi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi 1 9. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar Ariza beruvchi va ariza berish joyi va sanasi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi 1 10. Tovar turkumi haqidagi maʼlumotlar maʼlumotlar ushbu ilovaning 3-jadvalida keltirilgan roʻyxatga muvofiq koʻrsatiladi 1 11. Maʼlumotlar bazasida maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazish sanasi va vaqti “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olingan sanasi va vaqti 1
2-jadval Hujjat haqidagi maʼlumotlar roʻyxati
T/r Maʼlumot nomi Tavsifi Izoh 1. “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni roʻyxatga olish raqami “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi 1 2. “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni berilgan sanasi “ST-1” shaklidagi tovarlarning kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni berilgan sanasi koʻrsatiladi 1 3. Xizmat koʻrsatish belgilari haqidagi maʼlumotlar Zaruriy hollarda xizmat belgilari koʻrsatiladi 0..*
3-jadval Tovar partiyasi haqidagi maʼlumotlar roʻyxati
T/r Maʼlumot nomi Tavsifi Izoh 1. Yuk joʻnatuvchi/eksportyor (nomi va manzili) Yuk joʻnatuvchi/eksportyor haqidagi maʼlumotlar uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq koʻrsatiladi. Yuk joʻnatuvchi va eksportyor har xil yuridik shaxs boʻlgan hollarda, yuk joʻnatuvchi (nomi va manzili) eksportyor (nomi va manzili) “koʻrsatmasi boʻyicha” harakat qilayotgani koʻrsatiladi. 1 2. Yuk qabul qiluvchi/importyor (nomi va manzili) Yuk qabul qiluvchi/importyor haqidagi maʼlumotlar uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq koʻrsatiladi. Yuk qabul qiluvchi va importyor har xil yuridik shaxs boʻlgan hollarda, yuk qabul qiluvchi (nomi va manzili) importyor (nomi va manzili) “koʻrsatmasi boʻyicha” harakat qilayotgani koʻrsatiladi. 1 3. transportda tashish vositalari va harakatlanish marshruti (qay darajada aniqligidan kelib chiqib) transportda tashish vositalari va harakatlanish marshruti (qay darajada aniqligidan kelib chiqib) koʻrsatiladi 0..* 4. Tovar haqida maʼlumotlar ushbu ilovaning 4-jadvalida keltirilgan roʻyxatga muvofiq maʼlumotlar koʻrsatiladi. 1..*
4-jadval Tovar haqidagi maʼlumotlar roʻyxati
T/r Maʼlumot nomi Tavsifi Izoh 1. Tartib raqami Tovarning tartib raqami koʻrsatiladi 1 2. Tovarni qadoqlash haqidagi maʼlumotlar Tovarlarning qadoqlash turi va ularning nomi haqidagi maʼlumotlar, shuningdek joylar soni koʻrsatiladi 1..* 3. Tovarlar tavsifi Tovarlarni bir xilda identifikatsiya qilish imkonini beruvchi tijoriy nomi va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi. 1 4. Tovarning kelib chiqish mezoni haqidagi maʼlumotlar Tovar kelib chiqish mezonining kodi quyidagi roʻyxatga muvofiq koʻrsatiladi: “II” — Kelishuv ishtirokchi davlatida “batamom ishlab chiqarilgan” tovar, “D1905” — tayyor mahsulotning TIF TN boʻyicha tovar dastlabki toʻrtta raqami koʻrsatilgan holda yetarli darajada qayta ishlangan tovar, masalan — 1905; “K” — Kumulatsiya tamoyili asosida kelib chiqishi aniqlangan tovar. 0..* 5. Tovarlar soni Tovarlarning brutto va netto ogʻirligi shuningdek (mavjud boʻlgan holda) va TIF TNga muvofiq oʻlchov birliklarida tovarlarning boshqa miqdoriy xususiyatlari koʻrsatiladi 1..* 6. Hisob-faktura haqidagi maʼlumotlar Hujjatning raqami va sanasi koʻrsatiladi. 1..*
