Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-211-son)
05.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ilgʻor xorijiy texnologiyalarni faol joriy etish, fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) 2023-yil 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — XTU) hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — XTTB) oʻrtasida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) boʻyicha:
XTUning 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 150 million AQSh dollari miqdoridagi qarzi;
XTTBning 24,5 yil muddatga, shu jumladan 4,5 yillik imtiyozli davr bilan 90 million AQSh dollari miqdoridagi krediti ajratilishi toʻgʻrisida bitimlar imzolanganligi;
b) Loyihaning umumiy qiymati 323,78 million AQSh dollariga teng ekanligi, ulardan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi — 83,78 million AQSh dollarini, shu jumladan:
40 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar — Loyiha ishtirokchilari (benefitsiarlar)ning ulushi;
43,78 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar, shu jumladan soliq va bojxona toʻlovlari shaklida — 28,63 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni toʻlash shaklida — 15,15 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Loyihaning investitsion davridagi moliyaviy xarajatlarni qoplashdagi ulushini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Loyihani amalga oshirish doirasida hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari hisobidan toʻlanadi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uning muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi, shuningdek, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
kredit liniyasini boshqarish, jalb qilinayotgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, subloyihalarni amalga oshirish boʻyicha monitoring va hisobotni yuritish funksiyalari Loyihada ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga yuklanadi;
Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2023 — 2028-yillar) tashkil etadi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga belgilangan tartibda Qoʻmita huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan XTU hamda XTTB ishtirokida “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish guruhini tashkil etishga ruxsat beriladi;
Loyihani amalga oshirish davrida Loyihani amalga oshirish guruhining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali har yili Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga kreditlar oʻzbek soʻmida va AQSh dollarida taqdim etiladi;
AQSh dollariga nisbatan oʻzbek soʻmining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar (keyingi oʻrinlarda — valyuta xatari) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
Loyiha doirasida Loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga milliy valyutada ajratiladigan kreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.
4. Quyidagilar:
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki krediti hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarzidan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarzidan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish prognoz grafigi 3-ilovaga muvofiq;
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining kreditidan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish prognoz grafigi 3a-ilovaga muvofiq;
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, XTU va XTTB hamda milliy qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tegishli hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi va taqdim etilishini taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan XTU va XTTB tomonidan ajratiladigan qarz va kreditlarni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan kelishilgan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda “Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki krediti hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarzidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin. Bunda berilayotgan qarz va kreditni qayta moliyalashtirishning aniq tartibi, muddatlari va shartlari, subloyihalarni tanlash mezonlari va ularning baholari belgilab qoʻyilsin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Loyiha doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hududlar kesimida “yoʻl xarita”larini tasdiqlasin.
9. Hisob palatasi Loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
10. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflikni taʼminlash boʻyicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqsin va joriy qilsin;
Loyihani amalga oshirishda ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Loyiha doirasida moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari hamda Loyiha boʻyicha oʻzlashtirilgan mablagʻlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan har yarim yil yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot kiritib borsin hamda oʻzining rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib borsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-iyul,
PQ-211-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-211-son qaroriga 1-ILOVA
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
T/r Koʻrsatkich nomlanishi Oʻlchov birligi Jami* Shu jumladan quyidagilar hisobidan: XTU qarzi XTTB krediti Oʻzbekiston Respublikasi Benefitsiarlarning oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. 323 778,49 150 000 90 000 43 778,49 40 000 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami ming AQSh doll. 308 628,68 150 000 90 000 28 628,68 40 000 shu jumladan: 2.1. 1-komponent. “Chorvachilik sohasida davlat xizmatlarini kuchaytirish” ming AQSh doll. 38 673,77 34 500 4 173,77 2.2. 2-komponent. “Bozor va qoʻshilgan qiymat infratuzilmasini mustahkamlash, savdoni osonlashtirish” ming AQSh doll. 44 871,21 40 000 4 871,21 2.3. 3-komponent. “Yashil va iqlimga chidamli chorvachilik qiymat zanjirlari” ming AQSh doll. 179 760 70 500 90 000 19 260 40 000 2.4. 4-komponent. “Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish” ming AQSh doll. 4 070,08 3 880,70 189,38 2.5. Taqsimlanmagan mablagʻ ming AQSh doll. 1 253,62 1 119,30 134,32 3. Investitsiya davridagi moliyaviy sarf-xarajatlar ming AQSh doll. 15 149,81 15 149,81
* Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish boʻyicha yakuniy qiymat koʻrsatkichlari mukammal loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi natijalari boʻyicha oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolariga koʻra belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-211-son qaroriga 2-ILOVA
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki krediti hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarzidan foydalanish
SXEMASI
T/r Komponent va kichik komponentlar Jami XTU qarzi summasi XTTB kredit summasi Qarz va kreditning qaytarilishi Davlat budjetidan Loyiha ishtirokchilari tomonidan 1. 1-komponent. “Chorvachilik sohasida davlat xizmatlarini kuchaytirish” (34,5 mln doll.) 1.1. 1.1-kichik komponent. “Qulay muhitni yaxshilash” 500 500 500 100% 1.2. 1.2-kichik komponent. “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasini qoʻllab-quvvatlash” 13 000 13 000 13 000 100% 1.3. 1.3-kichik komponent. “Chorvachilik sohasida davlat maslahat xizmatlarini kuchaytirish” 6 000 6 000 6 000 100% 1.4. 1.4-kichik komponent. “Chorvachilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash” 15 000 15 000 15 000 100% 2. 2-komponent. “Bozor va qoʻshilgan qiymat infratuzilmasini mustahkamlash, savdoni osonlashtirish” (40 mln doll.) 2.1. 2.1-kichik komponent. “Chorvachilik bozori va qoʻshilgan qiymat infratuzilmasini mustahkamlash” 2 000 2 000 2 000 100% 2.2. 2.2-kichik komponent. “Chegara xavfsizligi va karantin choralarini kuchaytirish” 5 000 5 000 5 000 100% 2.3. 2.3-kichik komponent. “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini joriy etish” 33 000 33 000 33 000 100% 3. 3-komponent. “Yashil va iqlimga chidamli chorvachilik qiymat zanjirlari” (160,5 mln doll.) 3.1. 3.1-kichik komponent. “Chorvachilik tarmogʻidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun kredit liniyalari” 159 775 70 000 89 775 159 775 100% 3.1.1. XTTB krediti boʻyicha bir martalik toʻlov komissiyasi 225 225 225 100% 3.2. 3.2-kichik komponent. “Ishtirok etuvchi moliyaviy korxonalarning salohiyatini oshirish” 500 500 500 100% 4. 4-komponent. “Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish” 3 880,70 3 880,70 3 880,70 100% 5. Taqsimlanmagan mablagʻ 1 119,30 1 119,30 1 119,30 100% Jami 240 000 150 000 90 000 79 500 33,1% 160 500 66,9%
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-211-son qaroriga 3-ILOVA
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarzidan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish
PROGNOZ GRAFIGI*
Kredit miqdori — 150 000 000 AQSh dollari Kredit muddati — 30 yil Imtiyozli davr — 5 yil Foiz stavkasi — 1,25 foiz + toʻgʻrilash stavkasi (hisob-kitob boʻyicha 1,38 foiz) Xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov — 0,75 foiz + toʻgʻrilash stavkasi (hisob-kitob boʻyicha 1,32 foiz) Zaxiraga qoʻyish uchun komissiya toʻlovi — oʻzlashtirilmagan summadan 0,50 foiz AQSh dollari Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Foiz summasi Xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlovlar summasi Zaxiraga qoʻyish uchun komissiya Jami toʻlanadigan summa 15.09.2023 0 0 375 000 375 000 15.03.2024 86 350 90 270 342 290 518 910 15.09.2024 201 290 210 440 298 750 710 480 15.03.2025 316 230 330 610 255 220 902 060 15.09.2025 526 610 550 550 175 530 1 252 690 15.03.2026 737 000 770 500 95 840 1 603 340 15.09.2026 842 820 881 130 55 750 1 779 700 15.03.2027 948 650 991 770 15 660 1 956 080 15.09.2027 990 000 1 035 000 2 025 000 15.03.2028 990 000 1 035 000 2 025 000 15.09.2028 2 475 000 990 000 1 035 000 4 500 000 15.03.2029 2 475 000 973 670 1 017 920 4 466 590 15.09.2029 2 475 000 957 330 1 000 850 4 433 180 15.03.2030 2 475 000 941 000 983 770 4 399 770 15.09.2030 2 475 000 924 660 966 690 4 366 350 15.03.2031 2 475 000 908 330 949 610 4 332 940 15.09.2031 2 475 000 891 990 932 540 4 299 530 15.03.2032 2 475 000 875 660 915 460 4 266 120 15.09.2032 2 475 000 859 320 898 380 4 232 700 15.03.2033 2 475 000 842 990 881 300 4 199 290 15.09.2033 2 475 000 826 650 864 230 4 165 880 15.03.2034 2 475 000 810 320 847 150 4 132 470 15.09.2034 2 475 000 793 980 830 070 4 099 050 15.03.2035 2 475 000 777 650 812 990 4 065 640 15.09.2035 2 475 000 761 310 795 920 4 032 230 15.03.2036 2 475 000 744 980 778 840 3 998 820 15.09.2036 2 475 000 728 640 761 760 3 965 400 15.03.2037 2 475 000 712 310 744 680 3 931 990 15.09.2037 2 475 000 695 970 727 610 3 898 580 15.03.2038 2 475 000 679 640 710 530 3 865 170 15.09.2038 2 475 000 663 300 693 450 3 831 750 15.03.2039 2 475 000 646 970 676 370 3 798 340 15.09.2039 2 475 000 630 630 659 300 3 764 930 15.03.2040 2 475 000 614 300 642 220 3 731 520 15.09.2040 2 475 000 597 960 625 140 3 698 100 15.03.2041 2 475 000 581 630 608 060 3 664 690 15.09.2041 2 475 000 565 290 590 990 3 631 280 15.03.2042 2 475 000 548 960 573 910 3 597 870 15.09.2042 2 475 000 532 620 556 830 3 564 450 15.03.2043 2 475 000 516 290 539 750 3 531 040 15.09.2043 2 475 000 499 950 522 680 3 497 630 15.03.2044 2 475 000 483 620 505 600 3 464 220 15.09.2044 2 475 000 467 280 488 520 3 430 800 15.03.2045 2 475 000 450 950 471 440 3 397 390 15.09.2045 2 475 000 434 610 454 370 3 363 980 15.03.2046 2 475 000 418 280 437 290 3 330 570 15.09.2046 2 475 000 401 940 420 210 3 297 150 15.03.2047 2 475 000 385 610 403 130 3 263 740 15.09.2047 2 475 000 369 270 386 060 3 230 330 15.03.2048 2 475 000 352 940 368 980 3 196 920 15.09.2048 5 100 000 336 600 351 900 5 788 500 15.03.2049 5 100 000 302 940 316 710 5 719 650 15.09.2049 5 100 000 269 280 281 520 5 650 800 15.03.2050 5 100 000 235 620 246 330 5 581 950 15.09.2050 5 100 000 201 960 211 140 5 513 100 15.03.2051 5 100 000 168 300 175 950 5 444 250 15.09.2051 5 100 000 134 640 140 760 5 375 400 15.03.2052 5 100 000 100 980 105 570 5 306 550 15.09.2052 5 100 000 67 320 70 380 5 237 700 15.03.2053 5 100 000 33 660 35 190 5 168 850 Jami 150 000 000 34 349 050 35 910 320 1 614 040 221 873 410
* Toʻlov summalari XTU qarz mablagʻlarining amaldagi oʻzlashtirilishiga qarab aniqlashtirib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-211-son qaroriga 3a-ILOVA
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining kreditidan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish
PROGNOZ GRAFIGI*
Qarz miqdori — 90 000 000 AQSh dollari Qarz muddati — 24,5 yil Imtiyozli davr — 4,5 yil Foiz stavkasi — SOFR + oʻzgaruvchan spred stavkasi (hisob-kitob boʻyicha 6,22 foiz) Zaxiraga qoʻyish uchun komissiya toʻlovi — oʻzlashtirilmagan summadan 0,25 foiz Bir martalik boshlangʻich toʻlov** — qarz summasidan 0,25 foiz AQSh dollari Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Foiz summasi Zaxiraga qoʻyish uchun komissiya toʻlovi Bir martalik boshlangʻich toʻlov Jami toʻlanadigan summa 15.09.2023 - 112 500 225 000 112 500 15.03.2024 332 010 99 110 431 120 15.09.2024 680 760 85 050 765 810 15.03.2025 1 029 510 70 990 1 100 500 15.09.2025 1 517 760 51 300 1 569 060 15.03.2026 2 006 010 31 610 2 037 620 15.09.2026 2 398 010 15 810 2 413 820 15.03.2027 2 790 000 2 790 000 15.09.2027 2 790 000 2 790 000 15.03.2028 2 250 000 2 790 000 5 040 000 15.09.2028 2 250 000 2 720 250 4 970 250 15.03.2029 2 250 000 2 650 500 4 900 500 15.09.2029 2 250 000 2 580 750 4 830 750 15.03.2030 2 250 000 2 511 000 4 761 000 15.09.2030 2 250 000 2 441 250 4 691 250 15.03.2031 2 250 000 2 371 500 4 621 500 15.09.2031 2 250 000 2 301 750 4 551 750 15.03.2032 2 250 000 2 232 000 4 482 000 15.09.2032 2 250 000 2 162 250 4 412 250 15.03.2033 2 250 000 2 092 500 4 342 500 15.09.2033 2 250 000 2 022 750 4 272 750 15.03.2034 2 250 000 1 953 000 4 203 000 15.09.2034 2 250 000 1 883 250 4 133 250 15.03.2035 2 250 000 1 813 500 4 063 500 15.09.2035 2 250 000 1 743 750 3 993 750 15.03.2036 2 250 000 1 674 000 3 924 000 15.09.2036 2 250 000 1 604 250 3 854 250 15.03.2037 2 250 000 1 534 500 3 784 500 15.09.2037 2 250 000 1 464 750 3 714 750 15.03.2038 2 250 000 1 395 000 3 645 000 15.09.2038 2 250 000 1 325 250 3 575 250 15.03.2039 2 250 000 1 255 500 3 505 500 15.09.2039 2 250 000 1 185 750 3 435 750 15.03.2040 2 250 000 1 116 000 3 366 000 15.09.2040 2 250 000 1 046 250 3 296 250 15.03.2041 2 250 000 976 500 3 226 500 15.09.2041 2 250 000 906 750 3 156 750 15.03.2042 2 250 000 837 000 3 087 000 15.09.2042 2 250 000 767 250 3 017 250 15.03.2043 2 250 000 697 500 2 947 500 15.09.2043 2 250 000 627 750 2 877 750 15.03.2044 2 250 000 558 000 2 808 000 15.09.2044 2 250 000 488 250 2 738 250 15.03.2045 2 250 000 418 500 2 668 500 15.09.2045 2 250 000 348 750 2 598 750 15.03.2046 2 250 000 279 000 2 529 000 15.09.2046 2 250 000 209 250 2 459 250 15.03.2047 2 250 000 139 500 2 389 500 15.09.2047 2 250 000 69 750 2 319 750 Jami 90 000 000 70 739 060 466 370 225 000 161 205 430
* Toʻlov summalari XTTB kredit mablagʻlarining amaldagi oʻzlashtirilishiga qarab aniqlashtirib boriladi.
** Kredit hisobidan toʻlanadi va asosiy qarzga kapitalizatsiya qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-211-son qaroriga 4-ILOVA
“Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbir nomi Kredit summasi (ming doll.) Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar I. Chorvachilik sohasida davlat xizmatlarini kuchaytirish (Masʼullar: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov) 1. Veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilmiy tadqiqot institutlari faoliyatini tubdan isloh etish. Bunda, 5 ta taʼlim va 5 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi taʼmirlanib, laboratoriyalar bilan taʼminlanadi: 1. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti; 2. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali; 3. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali; 4. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti; 5. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti; 6. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti; 7. Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti; 8. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron filiali; 9. Marhamat veterinariya texnikumi; 10. Samarqand veterinariya texnikumi. 15 000 1. Qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun: binoning dizayni va loyihalash ishlarini amalga oshirish; zaruriy infratuzilma, xususan gaz, elektr energiyasi, suv bilan taʼminlash hamda internet uchun optik liniyali aloqa kanallariga ulanish; qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini amalga oshirish. 2. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 2023 — 2025-yillar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Veterinariya xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamla�. Bunda: 1. 500 ta veterinariya uchastkasi uchun konteyner tipidagi ofis oʻrnatish va laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash; 2. Veterinariya dori vositalari va vaksina saqlash uchun “Sovuq zanjir” tizimini yaxshilash: 14 dona 5 tonnalik sovitkich; 190 ta 1 tonnalik sovitkich; 696 dona maishiy sovitkichlar xarid qilib oʻrnatish; 3. Viloyat va tuman hayvonlar sogʻligini muhofaza qilish boʻlimlarini: 180 dona maxsus avtotransport vositasi; 209 komplekt kompyuter va orgtexnika jihozlari bilan taʼminlash; 4. 6 ta hududiy diagnostika laboratoriyalariga kimyoviy moddalar, dori vositalari va ogʻir metall tuzlari qoldigʻini aniqlaydigan laboratoriya uskunasini oʻrnatish (gazoxromatograf); 5. Fargʻona vodiysida hamda Toshkent, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida hayvonlar ozuqasini tahlil qiluvchi laboratoriya tashkil etish. 13 000 1. Veterinariya uchastkalarini oʻrnatish uchun: uchastkaning dizayni va loyihalash ishlarini amalga oshirish; zarur infratuzilma bilan taʼminlash; qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini amalga oshirish. 2. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 3. Zaruriy jihozlarni sotib olish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish. 2023 — 2025-yillar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 3. Chorvachilikda maslahat xizmatlarini kuchaytirish. Xususan: har bir viloyatda fermer xoʻjaliklari va aholi uchun chorvachilik maslahat markazlari tashkil etish; 5 yil davomi�a aholi va fermer xoʻjaliklar uchun chorvachilik komplekslarida, Qishloq xoʻjaligida agroxizmatlar markazida, Veterinariya boʻlinma va ilmiy-tadqiqot institutlarda xalqaro konsultantlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish. 6 000 1. Xalqaro konsultantlarni jalb etish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 2. Har bir viloyat, tuman va qishloqlarda chorvachilik va veterinariya boʻyicha ilmiy-amaliy oʻquv seminarlarni amalga oshirish grafigini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2023 — 2028-yillar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 4. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda vet�rinariya sohasidagi normativ hujjatlarni Jahon savdo tashkilotining (JST) talablariga hamda Jahon hayvonlar sogʻligʻi tashkiloti (JHST) meʼyorlariga muvofiqlashtirish. 500 1. Xalqaro konsultantlarni jalb etish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 2. Amaldagi qonun hujjatlarini (shu jumladan koʻrsatmalar va qoidalarni) toʻliq ekspertizadan oʻtkazish. 3. JHST majburiyatlari boʻyicha huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish/qayta koʻrib chiqish. 4. Hayvonlar salomatligi qoidalarini ishlab chiqish (Yagona salomatlik strategiyasidan foydalangan holda). 2023 — 2025-yillar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), manfaatdor vazirlik va idoralar II. Bozor va qoʻshilgan qiymat infratuzilmasini mustahkamlash, savdoni osonlashtirish (Masʼullar: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (B. Norqobilov) 5. Chorva hayvonlari identifikatsiya tizimini joriy etish. Jumladan: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi qoshida hayvonlarni identifikatsiya qilish markazini tashkil etish; identifikatsiya qilingan chorva mollari (aholi uchun bepul qilinadi) roʻyxatini oʻz ichiga olgan elektron platforma yaratish; unga kushxona va mol bozorlarini integratsiya qilish. 35 000 1. Identifikatsiya dasturiy taʼminotini yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 2. Chorva hayvonlarini birkalash va roʻyxatga olish boʻyicha zaruriy jihozlar (quloq birkalari, taqish uskunasi, planshetlar va boshqalar) uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 3. Mavjud mol bozorlar va kushxonalar roʻyxatini shakllantirib, identifikatsiya platformasiga integratsi� qilish. 2023 — 2026-yillar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar 6. Chegara xavfsizligi va karantin choralarini kuchaytirish. Xususan: 5 ta bojxona terminalini zamonaviy laboratoriya jihozlari va uskunalari, kompyuter va orgtexnika bilan taʼminlash; Chetdan import qilinadigan chorva hayvonlarini karantinda saqlash uchun 500 boshga moʻljallangan 4 ta karantin fermasini tashkil etish; 8 ta respublika hududidagi viloyatlararo chegara postlaridagi “Karantin nazorat maskani”larini chorva hayvonlarini kuzatish va nazorat qilish uchun zarur asbob-uskuna bilan taʼminlash. 5 000 1. Karantin fermalar tashkil etish uchun: fermaning dizayni va loyihalash ishlarini amalga oshirish; zaruriy infratuzilma bilan taʼminlash; qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini amalga oshirish. 2. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish. 3. Zaruriy jihozlarni sotib olish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish. 2023 — 2025-yillar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar III. Yashil va iqlimga chidamli chorvachilik qiymat zanjirlarini yaratish (Kredit liniyasi) (Masʼullar: Markaziy bank (B. Xamrayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (S. Xamidov) 7. Yirik chorvachilik (ishlab chiqarish va qayta ishlash) korxonalari, yem ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun 3 mln dollargacha kreditlar ajratish; dehqon xoʻjaliklari uchun 50 ming dollargacha kreditlar ajratish. 160 500 1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki krediti (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) qarzidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2023-yil oktyabr Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (Norqobilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari 2. XTTB va XTU tomonidan ajratiladigan kredit va qarzlarni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarini imzolash. 3. Jahon banki talablariga asosan tashabbuskorlarning subloyiha hujjatlarini ishlab chiqish. 2023-yil noyabr 4. Tijorat banklari tomonidan maʼqullangan subloyihalar hujjatlarini Qoʻmitaga taqdim etish. 5. Jahon banki talablariga asosan subloyiha hujjatlarini koʻrib chiqish va moliyalashtirish. Loyihani amalga oshirish davrida 6. Loyihaning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish. Doimiy
