Toshkent shahri Chilonzor tumanining sanoat salohiyati va investitsiya jozibadorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-201-son)
03.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi mavjud zaxiralardan toʻliq va samarali foydalanish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini jadal rivojlantirish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qoʻshimcha sanoat maydonlarini tashkil qilish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash orqali investorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda aholining turmush darajasini yanada oshirish maqsadida:
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Toshkent shahri hokimligining Chilonzor tumani “Beshqoʻrgʻon” va “Tirsakobod” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida joylashgan 320 gektar maydonda 30 yil muddatga kichik sanoat zonasi maqomidagi “Industrial hudud” tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Industrial hudud”ni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
hududning sanoat salohiyatini oshirish, shuningdek, yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investorlar oʻrtasida mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish orqali yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish;
xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini taʼminlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish;
“Industrial hudud”ning transport, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish orqali tadbirkorlik subyektlari loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
korxonalarda “amaliy monomarkazlar”ni tashkil qilish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.
3. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev):
“Industrial hudud” faoliyatini muvofiqlashtirsin, shuningdek, unda joylashgan tadbirkorlik subyektlarini zarur infratuzilma bilan taʼminlash masalalari tezkorlik bilan hal etib borilishini taʼminlasin;
bir oy muddatda “Industrial hudud”da amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlasin.
4. Toshkent shahri hokimligi:
a) bir oy muddatda:
“Industrial hudud” tarkibiga kiruvchi hududlarning chegaralari oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishi;
“Industrial hudud”da joylashgan tadbirkorlik subyektlariga “Industrial hudud” kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomi berilishini taʼminlasin;
b) Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 31-dekabrga qadar “Industrial hudud”ning master rejasi va rivojlantirish strategiyasi xorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
v) 2024-yil 1-fevralga qadar “Industrial hudud”ning tasdiqlangan master rejasi va rivojlantirish strategiyasiga asosan “Industrial hudud”ni muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha loyihalar roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. “Industrial hudud” faoliyatini tezkor boshqarish, shuningdek, unda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari uchun zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish, hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshirish uchun Chilonzor tumani hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Industrial hudud”ni boshqarish direksiyasi tashkil etilsin.
6. Belgilansinki:
“Industrial hudud”ning master rejasi va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
“Industrial hudud”ni muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi va mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
8. Toshkent shahri hokimligining 2023 — 2025-yillarda Chilonzor tumani, Kichik halqa yoʻli va Bunyodkor shoh koʻchasi hamda Choʻponota va Chilonzor koʻchalari oraligʻida joylashgan “Bunyodkor” stadioni avtoturargohining jami 5,5 gektar yer uchastkasida qiymati kamida 200 million AQSH dollari boʻlgan mehmonxona, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, koʻp kvartirali uylar va koʻp qavatli avtoturargohni oʻz ichiga olgan zamonaviy ishbilarmonlik markazini qurish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar zamonaviy ishbilarmonlik markazini qurish loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkalari loyiha tashabbuskorlariga oʻrnatilgan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
9. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Toshkent shahri hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent shahri, Chilonzor tumani Diyor mahallasidagi Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji binosining boʻsh turgan maydonlarida yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish maqsadida “amaliy monomarkaz” tashkil qilish uchun ijara stavkasining minimal miqdori boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga tanlov asosida ijaraga berilishini taʼminlasin.
10. Quyidagilar:
2023 — 2025-yillarda Toshkent shahri Chilonzor tumanining sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
2024-2025-yillarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) mazkur qarorga 1 va 2-ilovalardagi chora-tadbirlar va loyihalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatsin va har oyda komissiya yigʻilishlarida muhokama qilib borsin.
11. Toshkent shahri hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
b) 3-ilovaga muvofiq markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining 2024-2025-yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olsin.
Bunda, mazkur obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar 2023-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida moliyalashtirilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-iyul,
PQ-201-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-201-son qaroriga 2-ILOVA
2023 — 2025-yillarda Toshkent shahri Chilonzor tumanining sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Tashabbuskor nomi Loyiha nomi Yillik ishlab chiqarish quvvati Loyiha qiymati (mln soʻm) moliyalashtirish manbai Ish oʻrinlari (nafar) Ishga tushirish muddati oʻz mablagʻi (mln. soʻm) xorijiy investitsiya va kredit (mln AQSH doll.) oʻlchov birligi natural qiymatda ishlab chiqarish hajmi (mln soʻm) Jami (51 loyiha) 1 278 530 4 492 049 1 872 026 220,2 4 869 I. Sanoat loyihalari 139 500 287 103 215 703 6,0 617 1. “East-West Invest” MCHJ Chips ishlab chiqarishni tashkil etish tonna 5 20 000 71 400 6,0 150 20.08.2024 2. “Sirdaryo Montaj Qurilish” MCHJ Polipropilendan qop mahsulotlarini ishlab chiqarish mln dona 50 15 000 45 000 45 000 200 30.12.2023 3. “Tarleplast” MCHJ Temir trubalar ishlab chiqarishni kengaytirish tonna 150 37 500 45 000 45 000 50 25.12.2023 4. “Alfa Standart Tashkent” MCHJ Metaldan metal profillar ishlab chiqarish tonna 50 5 700 22 600 22 600 15 30.07.2023 5. “Toshkent Rizq Baraka” MCHJ Yogʻ va non mahsulotlarini ishlab chiqarish tonna 20 20 000 20 000 20 000 25 30.12.2023 6. “Smart Truks” MCHJ Polietilen va polipropilen shpagat ip va arqonlari ishlab chiqarishni tashkil etish ming tonna 15 14 500 18 000 18 000 35 30.08.2023 7. “Tovuz Frans” MCHJ Omborxona tashkil etish tonna 300 5 000 16 703 16 703 40 30.07.2023 8. “Komprador” MCHJ QK Kanselyariya mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, ofis binosi va omborxona tashkil etish tonna 683 9 800 15 000 15 000 42 30.12.2023 9. “Wind-Ventilation Systems” MCHJ Ventilyatsion sistemalarni ishlab chiqarish dona 300 4 000 14 000 14 000 20 30.07.2023 10. “Vital Max Company” MCHJ Oʻymakorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish tonna 4 5 000 12 800 12 800 20 30.07.2023 11. “Comfort Table” XK Ofis mebellarini ishlab chiqarish dona 600 3 000 6 600 6 600 20 30.07.2023 II. Xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalar 1 139 030 4 204 946 1 656 323 214,2 4 252 1. “World Miral” MCHJ “Smart siti” loyihasini (savdo markazi, mehmonxona, biznes markazi, IT markazi, zamonaviy koʻp qavatli avtoturargoh, turar joy majmuasi) amalga oshirish qatnov 10 000 800 000 2 304 000 400 000 160,0 2 000 30.12.2025 2. “Future Growth” MCHJ Zamonaviy turar-joy tashkil etish xonadon 288 380 000 380 000 150 30.12.2023 3. “Greens Residences” MCHJ Koʻp qavatli turar joy majmuasini qurish xonadon 130 238 000 20,0 50 01.12.2024 4. “Eriell Service” SHK Biznes markaz tashkil etish mln soʻm 8 500 202 300 17,0 100 01.12.2024 5. “NRG Park” MCHJ Koʻp qavatli turar joy majmuasini qurish xonadon 300 119 000 47 600 6,0 200 01.12.2024 6. “Kinorica” MCHJ Zamonaviy mehmonxona tashkil etish oʻrin 100 45 000 107 100 107 100 200 31.12.2023 7. Jismoniy shaxs Joʻrayev Nabijon Xususiy klinika tashkil etish oʻrin 50 35 000 70 000 70 000 50 30.09.2023 8. “Long-Lived Buildings” MCHJ Zamonaviy koʻp qavatli turar joy qurish xonadon 130 60 000 60 000 20 30.09.2023 9. “Eastern construction group” MCHJ Pastki qavatlari noturar boʻlgan zamonaviy koʻp qavatli turar joylarni qurish xonadon 250 59 500 5,0 10 31.12.2024 10. “Shaxtaquruvchi” MCHJ Koʻp qavatli turar joy qurish xonadon 44 50 000 50 000 15 10.12.2024 11. “Ast Lider” MCHJ Tantanalar uyi, kinoteatr majmuasi hamda non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlarini rekonstruksiya qilish xonadon 54 50 000 50 000 10 30.03.2024 12. “WENCAF” MCHJ Wendy's restoranlarining faoliyatini ishga tushirish oʻrin 50 35 000 49 623 4,2 75 30.09.2023 13. “Optima Altima Plyus” MCHJ Biznes markazini tashkil etish mlrd soʻm 28 000 40 000 40 000 70 30.12.2023 14. “Woodlands” MCHJ Zamonaviy umumovqatlanish majmuasini tashkil etish qatnov 1 500 25 000 40 000 40 000 50 30.12.2023 15. “Seyyam International General Trading” MCHJ Biznes markazini tashkil etish mln soʻm 2 800 33 963 33 963 50 20.12.2023 16. “Katta Savob” MCHJ Mehmonxona xizmatini tashkil etish oʻrin 50 9 000 30 000 30 000 50 30.12.2023 17. “Salomat Nayot Info” MCHJ Zamonaviy turar joy binosini qurish xonadon 54 30 000 30 000 30 30.12.2023 18. “Maxbub Stroy” MCHJ Zamonaviy turar-joylar va savdo kompleksini tashkil etish xonadon 100 30 000 30 000 50 30.12.2023 19. “Xasanov Murodjan Xoltaevich 777” MCHJ Biznes markazini tashkil etish mlrd soʻm 25 000 30 000 30 000 50 30.04.2024 20. “Oq Tepa Osiyo Stroy” MCHJ Zamonaviy turar joylarni qurish xonadon 40 25 200 25 200 50 30.12.2023 21. “Azia City Center” MCHJ Coworking markazini tashkil etish qatnov 5 000 5 200 25 000 25 000 150 30.10.2023 22. “Ozun Tashkent Construction” MCHJ Biznes markazi, savdo-koʻngilochar markazlar tashkil qilish mln soʻm 50 000 23 800 2,0 200 31.12.2023 23. “Match Trade” MCHJ Mehmonxona xizmatini tashkil etish oʻrin 50 8 500 20 160 20 160 20 30.12.2023 24. “Tosh Kuch Favvora” MCHJ Mehmonxona faoliyatini tashkil etish oʻrin 60 4 500 20 000 20 000 50 30.12.2023 25. Jismoniy shaxs Qosimova Mupura Koʻp tarmoqli xususiy klinika faoliyatini tashkil etish qatnov 800 12 000 20 000 20 000 40 01.12.2023 26. “Elshodbek Baraka” MCHJ Bolalar uchun sport majmuasini tashkil etish qatnov 4 000 4 000 20 000 20 000 10 30.12.2023 27. “Notel Biznes” MCHJ Mehmonxona xizmatini tashkil etish oʻrin 120 5 000 20 000 20 000 50 30.12.2023 28. “Magnat Rizq Baraka” MCHJ Mehmonxona, sogʻlomlashtirish maskani va maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish oʻrin 35 5 750 19 300 19 300 47 30.12.2023 29. Jismoniy shaxs Muxammedov Jamshid Biznes markaz tashkil etish mln soʻm 7 000 15 000 15 000 30 30.12.2023 30. “Uniteks Group” MCHJ Mehmonxona faoliyatini kengaytirish oʻrin 80 3 500 10 000 10 000 15 30.12.2023 31. Jismoniy shaxs Xojimatov Abdulla Maishiy xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etish mln soʻm 3 500 10 000 10 000 90 30.12.2023 32. “Madina Plus” MCHJ Savdo va maishiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish mln soʻm 4 200 8 000 8 000 15 10.12.2023 33. “Gold Trade CN-17” MCHJ Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish oʻrin 30 4 500 8 000 8 000 40 30.12.2023 34. “Easy Consent Nolding” MCHJ QK Ofis binosi va oʻquv markazi tashkil etish oʻrin 25 2 000 7 000 7 000 15 30.12.2023 35. “Tosh Kuch Favvora” MCHJ Maishiy xizmat koʻrsatish majmuasini tashkil etish mln soʻm 1 500 7 000 7 000 60 30.12.2023 36. “Beryozoviy Les” MCHJ Mehmonxona tashkil etish oʻrin 45 1 200 5 000 5 000 23 30.08.2023 37. “Tezkor ta'lim” NTM Oʻquv markazi faoliyatini tashkil etish oʻrin 120 1 580 5 000 5 000 30 30.12.2023 38. Jismoniy shaxs Yuldashev Diyor Biznes markazi binosini qurish mln soʻm 1 800 5 000 5 000 70 30.12.2023 39. “Kamron Building” MCHJ Koʻp qavatli turar joy majmuasini qurish xonadon 60 4 500 4 500 2 30.12.2023 40. “Komgul” MCHJ Zamonaviy turar joylar qurish xonadon 35 3 500 3 500 15 30.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-201-son qaroriga 3-ILOVA
2024-2025-yillarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlari
ROʻYXATI
T/r Tadbirlar nomi Oʻlchov birligi Quvvati Loyiha qiymati (mln soʻm) Moliyalashtirish manbai Jami 147 000 I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, jami 2 190 51 000 Yangi qurilish 360 15 000 1. “Beshqoʻrgʻon” MFY hududida 360 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish oʻrin 360 15 000 Respublika budjeti Mukammal taʼmirlash 1 830 36 000 2. “Katta Chilonzor-1” MFYdagi 200-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 150 3 000 Respublika budjeti 3. “Beshchinor” MFYdagi 364-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 360 8 000 Respublika budjeti 4. “Kichik Xirmontepa” 400-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 360 5 000 Respublika budjeti 5. “Botirma” MFYdagi 406-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 360 6 000 Respublika budjeti 6. “Mevazor” MFYdagi 496-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 240 6 000 Respublika budjeti 7. “Yakkatut” MFYdagi 526-son maktabgacha taʼlim tashkilotini mukammal taʼmirlash oʻrin 360 8 000 Respublika budjeti II. Umumtaʼlim maktablari, jami 7 074 61 000 Rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash 7 074 61 000 8. “Mevazor” MFYdagi 114-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash oʻrin 1 500 11 000 Respublika budjeti 9. “Qozirobod” MFYdagi 138-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash, suv havzasi va oshxona binosini qurish va jihozlash oʻrin 960 11 000 Respublika budjeti 10. “Xalqlar doʻstligi” MFYdagi 178-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash oʻrin 1 604 14 000 Respublika budjeti 11. “Tirsakobod” MFYdagi 201-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash oʻrin 1 050 9 000 Respublika budjeti 12. “Yakkatut” MFYdagi 202-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash oʻrin 1 050 8 000 Respublika budjeti 13. “Beshqoʻrgʻon” MFYdagi 270-son maktabning mavjud binosini mukammal taʼmirlash oʻrin 910 8 000 Respublika budjeti III. Sogʻliqni saqlash, jami 250 35 000 Yangi qurilish 250 35 000 14. “Bektoʻpi” MFYdagi 38-son oilaviy poliklinikaga yangi bino qurish hamda zarur mebel va texnikalar bilan jihozlash qatnov 250 35 000 Respublika budjeti
