6-modda. Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-850-son) · Sana: 03.07.2023 · Amalda
Raqobat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligini inobatga olgan holda raqobatni himoya qilish, raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish va ularni toʻxtatish;
jamiyatda raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish;
raqobat muhitini rivojlantirish hamda tovar va moliya bozorlarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining iqtisodiy faoliyati erkinligini hamda tovarlarning erkin harakatlanishini taʼminlash;
tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatni amalga oshiradigan sohalarda raqobat muhitini shakllantirish;
tovar va moliya bozorlarining ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni belgilash hamda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish;
raqobat muhitini yaxshilash va rivojlantirish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining javobgarligini oshirish.
