19-modda. Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni taqiqlash
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-850-son) · Sana: 03.07.2023 · Amalda
Tovar yoki moliya bozorida ikki va undan ortiq tarafning raqobatni cheklashga yoki isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan yoxud olib kelishi mumkin boʻlgan, bitta yoki bir nechta hujjatda aks ettirilgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek ogʻzaki shakldagi shartlashuvi raqobatga qarshi kelishuvdir.
Raqobatlashayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar oʻrtasidagi raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan hamda quyidagilarga qaratilgan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlar taqiqlanadi hamda oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb topiladi:
narxlarni (tariflarni), chegirmalarni, ustamalarni, qoʻshimcha toʻlovlarni yoki ustama narxlarni sunʼiy ravishda belgilash yoki saqlab turish, erkin bozor narxlarining qaror topishiga toʻsqinlik qilish;
taklif hajmini sunʼiy ravishda oʻzgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olish, tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirish va (yoki) tugatish yoxud texnologiyalar va investitsiyalarni cheklashni kelishib olish;
eng yaxshi takliflarni tanlashda, tenderlarda, auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda (bundan buyon matnda savdolar deb yuritiladi) narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turish;
tovar yoki moliya bozorini hududiy prinsip boʻyicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi boʻyicha, tovarlarning xillari boʻyicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi boʻyicha boʻlib olish yoxud mahsulot sotiladigan bozorlar ustidan nazorat oʻrnatish;
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muayyan tovarlarni sotuvchilar yoki sotib oluvchilar, buyurtmachilar sifatida tovar yoki moliya bozoriga kirishini cheklash yoki ularni bozordan chetlashtirish yoxud xoʻjalik yurituvchi subyektlarni muayyan bozorga kiritmaslik;
ayrim sotuvchilar yoki sotib oluvchilar bilan shartnomalar tuzishda shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish yoʻli bilan shartnomalar tuzish.
Raqobatlashmayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuridik shaxslar birlashmasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan raqobatga qarshi kelishuvlariga hamda muvofiqlashtirilgan harakatlariga, agar bunday kelishuvlar va harakatlar pirovard natijada ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi, shu jumladan quyidagi kelishuvlari va harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi:
