Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (269-son)
30.06.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Gazlangan va gazlanmagan suvlar hamda ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish uchun zarur texnik imkoniyatlar toʻliq yaratilishini taʼminlash hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga gazlangan va gazlanmagan suvlar hamda ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlarini 2024-yil 1-martga qadar uzaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-iyun,
269-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-iyundagi 269-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2021-2022-yillarda” soʻzlari “2021 — 2024-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2021 — 2024-yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar
ROʻYXATI
T/r Mahsulotning nomi TIF TN kodi Majburiy raqamli markirovkalash boshlanadigan sana* 1. Sigaretlar 2402 20 900 0 2021-yil 1-yanvar 1.1 Boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar. 2402 10 000 0 2402 20 100 0 2402 90 000 0 2403 11 000 0 2403 19 100 0 2403 19 900 0 2403 91 000 0 2403 99 100 0 2403 99 900 2 2403 99 900 8 2404 11 000 1 2404 11 000 9 2404 12 000 0 2404 19 000 1 2404 19 000 9 2404 91 000 2 2404 91 000 9 2022-yil 1-oktabr 2. Alkogol mahsulotlari (pivo mahsulotlaridan tashqari) 2204, 2205, 2206, 2207, 2208 2021-yil 1-yanvar 3. Pivo mahsulotlari 2203 2021-yil 1-aprel 4. Maishiy texnika 7321, 8403, 8414, 8415, 8418, 8422, 8423, 8450, 8508, 8509, 8510, 8516, 8518, 8519, 8521, 8525, 8527, 8528, 8539, 8540, 9405 2022-yil 15-aprel 5. Dori vositalari va tibbiy buyumlar 3003, 3004 2022-yil 1-sentabr 6. Suv va salqin ichimliklar 2009, 2201, 2202 2024-yil 1-mart
* Majburiy raqamli markirovkalash boʻyicha talab 6 oydan kam boʻlmagan muddat mobaynida amalga oshiriladigan tajriba loyihasi yakunlari asosida joriy etiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-maydagi 322-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar
ROʻYXATI
T/r Mahsulotning nomi Tajriba loyihasi boshlanadigan sana Tajriba loyihasi tugatiladigan sanasi Majburiy raqamli markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadigan sana* TIF TN kodi 1. Dori vositalari 2021-yil 1-iyun 2022-yil 31-yanvar 2022-yil 1-sentabr 3003, 3004 2. Tibbiy buyumlar 2024-yil 1-fevral 2025-yil 31-yanvar 2025-yil 1-fevral 3005, 3006 3. Suv va salqin ichimliklar 2021-yil 15-iyun 2022-yil 28-fevral 2024-yil 1-mart 2009, 2201, 2202 4. Maishiy texnika 2021-yil 1-iyul 2021-yil 31-noyabr 2022-yil 15-aprel 7321, 8403, 8414, 8415, 8418, 8422, 8423, 8450, 8508, 8509, 8510, 8516, 8518, 8519, 8521, 8525, 8527, 8528, 8539, 8540
* TIF TN kodlarda keltirilgan mahsulotlar turlari boʻyicha majburiy markirovkalashni joriy etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda “Asl belgisi” MAT Operatori tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilanadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining suv va salqin ichimliklarni muddatlari boʻyicha guruhlarga boʻlishni nazarda tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2024-yil davomida bosqichma-bosqich joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Bunda majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari hamda mahsulotlar turlari quyidagicha belgilansin:
birinchi guruh — achitilmagan va tarkibiga spirt qoʻshilmagan, shakar yoki boshqa shirinlik qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan meva sharbatlari (uzum shirasi mustasno) va sabzavot sharbatlari, shuningdek gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklar — 2024-yil 1-martdan boshlab;
ikkinchi guruh — metall, shu jumladan, alyumin idishdagi suv va salqin ichimliklar — 2024-yil 1-avgustdan boshlab”;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
operator tomonidan majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash uchun markirovka kodlari mazkur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga va import qiluvchilarga tegishli buyurtma asosida taqdim etiladi;
suv va salqin ichimliklarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartibi 2024-yil davomida bosqichma-bosqich joriy qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasida PET qadoqlarida yarim (0,5) litr va undan oshmagan holda ishlab chiqarilgan (tarkibida shakar va boshqa qoʻshimchalar mavjud boʻlmagan) gazlanmagan suvlarni majburiy raqamli markirovkalashda identifikatsiya vositalarini shakllantirish maqsadida raqamli markirovka kodlari operator tomonidan bepul taqdim etiladi;
suv va salqin ichimliklarning tegishli guruhini majburiy raqamli markirovkalash tartibini joriy qilish kuniga qadar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar operatorga markirovka kodlarini buyurtma berishga hamda ushbu mahsulotlarni ularning qadoqlariga identifikatsiyalash vositalarini qoʻllagan holda ishlab chiqarishga haqli;
2024-yil 1-martdan boshlab tegishli guruhdagi suv va salqin ichimliklarni import qiluvchilar zimmasiga bojxona yuk deklaratsiyasida import qilinadigan mahsulotlar boʻyicha agregatsiyalangan import kodini aks ettirish majburiyati yuklanadi”;
v) 6-banddagi “2023-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari “2024-yil 1-martga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish
GRAFIGI
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish muddati birinchi guruh ikkinchi guruh 1-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalash tizimiga oʻtish yuzasidan tayyorgarlik ishlarni amalga oshirish 1.1 “Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash. 2023-yil 1-avgustga qadar 2024-yil 1-martga qadar 1.2 Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan masʼul xodimlarni oʻrgatish. 2023-yil 1-dekabrga qadar 2024-yil 15-martga qadar 1.3 “Markirovkalangan mahsulotlar katalogi” tizimiga barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish. 2023-yil 31-dekabrga qadar 2024-yil 25-iyulga qadar 1.4 Raqamli markirovalanmagan mahsulotlar qoldigʻi hajmini aniqlash maqsad�da korxonada tegishli xatlovni amalga oshirish hamda maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga hamda “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini taʼminlash. 2024-yil 1-martga qadar 2024-yil 1-avgustga qadar 2-bosqich. Mahsulotning isteʼmol qadogʻiga maxsus joy ajratish. Zarur uskunalarni sotib olish va oʻrnatish 2.1 Ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan oʻz mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va logistika tizimlarini joriy qilinadigan raqamli markirovka tizimiga mosligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazish. 2023-yil 1-noyabrga qadar 2024-yil 1-aprelga qadar 2.2. Ta�ablarga muvofiq mahsulotning isteʼmol qadogʻiga identifikatsiya vositasini yelimlash uchun maxsus joy ajratilishini taʼminlash. 2023-yil 1-dekabrga qadar 2024-yil 1-mayga qadar 2.3 Zarur uskunalarni va dasturiy mahsulotlarni sotib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish. 2023-yil 1-dekabrga qadar 2024-yil 1-mayga qadar 2.4 Zarur uskunalarni va dasturiy mahsulotlarni olib kelish. 2023-yil 31-dekabrga qadar 2024-yil 1-iyul�a qadar 2.5 Ishlab chiqarish liniyalarida zarur uskunalarni va dasturiy mahsulotlarni oʻrnatish. 2024-yil 25-fevralga qadar 2024-yil 25-iyulga qadar 3-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish 3.1 Majburiy raqamli markirovkalangan suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish. 2024-yil 1-martdan boshlab 2024-yil 1-avgustdan boshlab 3.2 Mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini talab qilish. 2024-yil 10-martdan boshlab 2024-yil 10-avgustdan boshlab 4-bosqich. Agregatsiyalash tizimini joriy qilish 4.1 Agregatsiyalash tizimining tartib va qoidalarini oʻrganish. 2024-yil 1-iyulga qadar 2025-yil 5-yanvarga qadar 4.2 Tizimni joriy qilish uchun talab qilinadigan uskuna va dasturiy mahsulotlarni sotib olish boʻyicha shartnomalarni tuzish. 2024-yil 1-avgustga qadar 2025-yil 1-fevralga qadar 4.3 Uskuna va dasturiy mahsulotlar oʻrnatilishini taʼminlash. 2024-yil 15-oktabrga qadar 2025-yil 15-aprelga qadar 4.4 Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yoʻlga qoʻyish. 2024-yil 1-noyabrdan boshlab 2025-yil 1-maydan boshlab 5-bosqich. Markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish, mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish 5.1 Markirovkalanmagan suv va salqin ichimliklar qoldiqlarining sotilishini va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarilishini taʼminlash. 2024-yil 1-sentabrga qadar 2025-yil 1-fevralga qadar 5.2 Raqamli markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron hisob-varaq fakturalarga biriktirilishini taʼminlash. 2024-yil 1-noyabrdan boshlab 2025-yil 1-maydan boshlab 5.3 Suv va salqin ichimliklarni savdo subyektlariga sotish toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish. 2024-yil 10-noyabrdan boshlab 2025-yil 10-maydan boshlab 5.4 Mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish. 2025-yil 1-martdan boshlab 2025-yil 1-avgustdan boshlab ”;
d) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv va salqin ichimliklarni import qiluvchi tashkilotlar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish
GRAFIGI
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish muddati birinchi guruh ikkinchi guruh 1-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalash tizimiga oʻtish yuzasidan tayyorgarlik ishlarni amalga oshirish 1.1 “Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash. 2023-yil 1-avgustga qadar 2024-yil 5-martga qadar 1.2 Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi yuzasidan masʼul xodimlarni oʻrgatish. 2023-yil 1-dekabrga qadar 2024-yil 20-martga qadar 1.3 “Markirovkalangan mahsulotlar katalogi” tizimiga barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish. 2023-yil 31-dekabrga qadar 2024-yil 25-iyulga qadar 1.4 “Asl belgisi” MAT Operatoriga raqamli markirovka kodlarini buyurtma berishni yoʻlga qoʻyish. 2024-yil 15-fevraldan boshlab 2024-yil 15-iyuldan boshlab 1.5 Raqamli markirovkalanmagan mahsulotlar qoldigʻi hajmini aniqlash maqsadida korxonada tegishli xatlovni amalga oshirish hamda maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga va “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini taʼminlash. 2024-yil 1-martga qadar 2024-yil 1-avgustga qadar 1.6 Raqamli markirovkalanmagan suv va salqin ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish. 2024-yil 1-martga qadar 2024-yil 1-avgustga qadar 2-bosqich. Majburiy raqamli markirovkalashni joriy etish 2.1 Majburiy raqamli markirovkalangan suv va salqin ichimliklarni import qilinishini yoʻlga qoʻyish. 2024-yil 1-martdan boshlab 2024-yil 1-avgustdan boshlab 2.2 Mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini talab qilish. 2024-yil 10-martdan boshlab 2024-yil 10-avgustdan boshlab 2.3 Import qilinadigan mahsulotlar partiyasi boʻyicha agregatsiyalangan import kodi bojxona yuk deklaratsiyasida aks ettirilishini hamda import toʻgʻrisidagi tegishli xabarnoma “Asl belgisi” MAT operatoriga taqdim etilishini yoʻlga quyish. 2024-yil 1-martdan boshlab 2024-yil 1-avgustdan boshlab 3-bosqich. Agregatsiyalash tizimini joriy qilish 3.1 Agregatsiyalash tizimining tartib va qoidalarini oʻrganish. 2024-yil 1-iyulga qadar 2025-yil 5-yanvarga qadar 3.2 Tizimni joriy qilish uchun talab qilinadigan uskuna va dasturiy mahsulotlarni sotib olish boʻyicha shartnomalarni tuzish. 2024-yil 1-avgustga qadar 2025-yil 1-fevralga qadar 3.3 Uskuna va dasturiy mahsulotlar oʻrnatilishini taʼminlash. 2024-yil 15-oktabrga qadar 2025-yil 15-aprelga qadar 3.4 Tayyor mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini yoʻlga qoʻyish. 2024-yil 1 noyab�dan boshlab 2025-yil 1 maydan boshlab 4-bosqich. Markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish, mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish 4.1 Markirovkalanmagan suv va salqin ichimliklar qoldiqlarining sotilishini va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarilishini taʼminlash. 2024-yil 1-sentabrga qadar 2025-yil 1-fevralga qadar 4.2 Raqamli markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini taʼminlash. 2024-yil 1-noyabrdan boshlab 2025-yil 1-maydan boshlab 4.3 Suv va salqin ichimliklarni savdo subyektlariga sotish toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish. 2024-yil 10-noyabrdan boshlab 2025-yil 10-maydan boshlab 4.4 Mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish. 2025-yil 1-martdan boshlab 2025-yil 1-avgustdan boshlab ”;
e) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suv va salqin ichimliklarni ulgurji va chakana savdo tashkilotlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish
GRAFIGI
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish muddati Birinchi guruh Ikkinchi guruh Ulgurji savdo Chakana savdo Ulgurji savdo Chakana savdo 1. “Asl belgisi” MATda roʻyxatdan oʻtish va tegishli shartnomani imzolash. 2024-yil 1-mayga qadar 2024-yil 1-sentabrga qadar 2024-yil 1-noyabrga qadar 2025-yil 1-martga qadar 2. Raqamli markirovka qoidalari va “Asl belgisi” MATda ishlash tartibi boʻyicha masʼul xodimlarni oʻrgatish. 2024-yil 15-mayga qadar 2024-yil 15-sentabrga qadar 2024-yil 15-noyabrga qadar 2025-yil 15-martga qadar 3. Markirovkalangan suv va salqin ichimliklarni qabul qilish boʻyicha zarur uskuna va dasturiy mahsulotlar oʻrnatilishini taʼminlash. 2024-yil 15avgustga qadar 2024-yil 15-dekabrga qadar 2025-yil 15-yanvarga qadar 2025-yil 15-iyulga qadar 4. Raqamli markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron hisobvaraq-fakturalarga biriktirilishini taʼminlash. 2024-yil 1-noyabrdan boshlab 2025-yil 1-martdan boshlab 2025-yil 1-maydan boshlab 2025-yil 1-avgustdan boshlab 5. Markirovkalangan suv va salqin ichimliklarning bevosita ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilardan, shu jumladan, ulgurji savdo korxonalaridan sotib olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etilishini taʼminlash. 2024-yil 10-noyabrdan boshlab 2025-yil 10-martdan boshlab 2025-yil 10-maydan boshlab 2025-yil 10-avgustdan boshlab 6. Markirovkalanmagan suv va salqin ichimliklar qoldiqlarining sotilishi va (yoki) uchinchi shaxslarga sotilishi bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarilishini taʼminlash. 2024-yil 1-noyabrga qadar 2025-yil 1-martga qadar 2025-yil 1-mayga qadar 2025-yil 1-avgustga qadar 7. Suv va salqin ichimliklarning yakuniy isteʼmolchiga sotilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga taqdim etish. 2025-yil 20-fevraldan boshlab 2025-yil 1-martdan boshlab 2025-yil 20-iyuldan boshlab 2025-yil 1-avgustdan boshlab 8. Mahsulotlar aylanmasi boʻyicha barcha harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Asl belgisi” MATga kiritish. 2025-yil 1-martdan boshlab 2025-yil 1-martdan boshlab 2025-yil 1-avgustdan boshlab 2025-yil 1-avgustdan boshlab ”;
j) 5-ilovada:
4-banddagi “2023-yil” soʻzlari “2022-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. 2024-yil 1-martgacha “Asl belgisi” MAT operatori tomonidan taqdim etilgan markirovka kodlari asosida raqamli markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarilsa, mazkur mahsulotlar 2024-yil 1-mart holatiga koʻra raqamli markirovkalangan deb hisoblanadi”;
6-banddagi “2023-yil 1-iyulgacha” soʻzlari “2024-yil 1-martgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) stikerda mazkur Nizom talablariga javob beradigan identifikatsiya vositasi boʻlishi kerak”.
