Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlarini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (263-son)
26.06.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili va qoʻshimcha taʼtillar davomiyligi meʼyorlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 501-moddasida pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari sifatida pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtilining davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-iyun,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qaroriga ILOVA
Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi
MEʼYORLARI
T/rLavozimlar nomiYillik uzaytirilgan mehnat taʼtili(kalendar kunda)I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari1. Umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari1.Direktor422.Oʻqituvchi, oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog563.Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari, psixolog424.Jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, xoreograf, suzish boʻyicha yoʻriqchi, tarbiyachi yordamchisi272. Jismoniy yoki psixik va aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan hamda reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari1.Direktor562.Oʻqituvchi, oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog563.Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari, eshitish xonasi yoʻriqchisi564.Psixolog425.Jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, xoreograf, suzish boʻyicha yoʻriqchi, tarbiyachi yordamchisi27II. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari1. Boshlangʻich, umumiy oʻrta taʼlim maktablar va maktab-internatlar, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari1.Direktor, ijrochi direktor, uning oʻrinbosarlari (maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, xoʻjalik mudiridan tashqari), direktor maslahatchisi, maktab maslahatchisi562.Oʻqituvchi, oʻqituvchi-logoped, oʻqituvchi-defektolog, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tarbiyachisi va katta tarbiyachisi563.Katta tarbiyachi, tarbiyachi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, tungi tarbiyachi, navbatchi tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi, psixolog, ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchi, eshitish xonasi yoʻriqchisi, toʻgarak rahbari, musiqa rahbari, taʼlim ustasi422. Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, Respublika olimpiya zaxiralari maktabi, Sport turlariga tayyorlash markazlari, Sport turlari boʻyicha mahorat maktablari, Sport turlari boʻyicha akademiyalar1.Direktor, uning oʻrinbosarlari272.Oʻqituvchi, harbiy tayyorgarlik rahbari563.Trener, tarbiyachi, psixolog423. “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi1.Direktor, uning oʻrinbosarlari, tarbiyachi yordamchisi272.Umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish boʻyicha pedagog xodimlar, maktabgacha taʼlim va tarbiyani tashkil etish boʻyicha tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbari564. Mehribonlik uylari1.Direktor, uning oʻrinbosarlari562.Oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, musiqa rahbari, katta tarbiyachi, tarbiyachi, jismoniy tarbiya boʻyicha yoʻriqchi, trener-yoʻriqchi, mehnat boʻyicha yoʻriqchi, toʻgarak rahbari563.Psixolog424.Jismoniy tarbiya bilan davolovchi yoʻriqchi, suzish boʻyicha yoʻriqchi27III. Qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari1. “Kelajak” markazlari1.Direktor, uning oʻrinbosarlari272.Uslubchi, toʻgarak rahbarlari423.Tadbirlar tashkilotchisi272. Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, Bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktablari, Ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Sport maktablari1.Direktor, uning oʻrinbosarlari272.Trener (trener-oʻqituvchi)423.Psixolog424.Yoʻriqchi-uslubchi, xoreograf, musiqiy operator — akkompaniator, seleksiya boʻyicha trener273. Bolalar musiqa va sanʼat maktablari1.Direktor, uning oʻrinbosarlari562.Oʻqituvchi, konsertmeyster56IV. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari1.Direktor, ijrochi direktor, direktor oʻrinbosarlari, boʻlim boshligi, uslubchi272.Oʻqituvchi, chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tayyorgarlik rahbari, konsertmeyster563.Psixolog, tarbiyachi, toʻgarak rahbari42V. Professional taʼlim tashkilotlari1. Kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar1.Direktor, direktor oʻrinbosarlari, boʻlim boshligʻi, katta usta, ustaxona mudiri, uslubchi272.Oʻqituvchi, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, chaqiriluvgacha tayyorgarlik rahbari, jismoniy tayyorgarlik rahbari, konsertmeyster, trener-oʻqituvchi563.Psixolog, tarbiyachi, toʻgarak rahbari422. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari1.Direktor, uning oʻrinbosarlari, instruktor-metodist272.Oʻqituvchi, harbiy tayyorgarlik rahbari563.Trener, tarbiyachi, psixolog, sport psixologi42VI. Oliy taʼlim tashkilotlari1.Oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktor, ijrochi direktor), prorektorlari (oʻrinbosarlari), ilmiy kengashning ilmiy kotibi, oliy taʼlim muassasasi kengashi kotibi, oʻquv-uslubiy (boshqarma), ilmiy va maʼnaviyat boʻlimi rahbari, uning oʻrinbosarlari, fakultet dekani va uning oʻrinbosarlari, tyutor, uslubchi272.Professor-oʻqituvchilar563.Tarbiyachi-pedagog, psixolog42VII. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari1.Qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasasi rahbari va uning oʻrinbosarlari, fakultet dekani va uning oʻrinbosarlari, oʻquv, ilmiy va maʼnaviyat boʻlimi rahbari va uning oʻrinbosarlari, uslubchi, metodik xizmat koʻrsatish boʻlimlari fan metodistlari272.Professor-oʻqituvchilar563.Psixolog42
Izoh. Ushbu meʼyorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili uchun haq toʻlashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi.
