Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0048-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida (9-son)
24.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 26-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 181]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0048-23-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2007-yil 24-martda tasdiqlangan Mehribonlik uylari, yordamchi va sanatoriy maktab-internatlarda oziq-ovqat isteʼmol qilishning kunlik oʻrtacha ratsional normalari va ovqatlanish uchun gigiyenik talablar (0219-07-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. YUSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-may,
9-son
Kelishildi:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2023-yil 18-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 24-maydagi 9-son qaroriga ILOVA
Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0048-23-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) mehribonlik uylari, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (bundan buyon matnda muassasalar deb yuritiladi) tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
mehribonlik uylari — yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan davlat tarbiya muassasalari;
jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari — jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalarning taʼlim tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan, shuningdek alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan davlat muassasalari.
2. Muassasalarda ratsional taomnoma shakllantirilishida kunlik ratsionda tarbiyalanuvchilarning asosiy oziq-ovqat moddalariga ehtiyoji va yoshiga mos energiya quvvati bilan toʻliq taʼminlanishi, sogʻligʻi, shuningdek ovqatlanishning iqlim va milliy xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
3. Baʼzi mahsulotlar boʻlmaganda ularni boshqa mahsulot bilan almashtirish mumkin. Bunda almashtiriluvchi mahsulotlar tarkibidagi asosiy oziq-ovqat moddalari, oqsil, uglevod va yogʻlarning miqdori ularning oʻrnini bosuvchi mahsulot tarkibidagi oqsil, uglevod va yogʻning miqdoriga teng boʻlishi lozim.
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini ularni oʻrnini bosuvchi boshqa mahsulotlarga almashtirishda mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasida keltirilgan meʼyorlarga qatʼiy rioya qilinishi lozim.
4. Muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar uchun tayyorlanadigan kundalik oziq-ovqat mahsulotlari mazkur sanitariya qoidalarining 1 va 2-ilovalarida keltirilgan normalarga muvofiq boʻlishi lozim.
41. Muassasalarda mazkur sanitariya qoidalarining 31-ilovasi 1-jadvalida keltirilgan 14 kunlik namunaviy mavsumiy taomnomalar asosida taomlar tayyorlanishi lozim.
42. Bir oy davomida sarflangan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha miqdori belgilangan kunlik meʼyorlarga mos boʻlishi kerak.
Bunda, tibbiyot xodimi tomonidan mahsulotlarning kunlik oʻrtacha sarfi va ularning energetik qiymati har 14 kunda hisoblab borilishi lozim.
43. Muassasalarda ovqatlantirish 4-5 mahalni tashkil etishi lozim.
Taomlarning umumiy hajmi mazkur sanitariya qoidalarining 31-ilovasi 2-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
44. Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (yordamchi) maktablarda 2 mahal ovqatlantirishni tashkil etish zarur.
Bunda, tushlik va ikkinchi tushlikni inobatga olgan holda kunlik belgilangan normaning 50 % (tushlik — 35%, ikkinchi tushlik — 15%) taʼminlanishi kerak.
45. Har bir tarbiyalanuvchining yoshiga qarab taomlar hajmi mazkur sanitariya qoidalarining 31-ilovasi 3-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
2-bob. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tayyorlash hamda yetkazib berish sharoitlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
5. Muassasalar oshxonalari quyidagi gigiyenik talablarga mos boʻlishi kerak:
oshxona anjomlari va sirtqi yuzalar (stollar, kesish taxtalari) oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uchun mos boʻlishi;
oshxona ishchi yuzalari tekis va boʻgʻinlarsiz boʻlishi, shuningdek oziq-ovqat qoldiqlarining toʻplanishiga va kir yigʻilib qolishiga yoʻl qoʻymasligi;
ishlab chiqarish joylari issiq va sovuq suv bilan taʼminlanishi;
oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash zonasida yuz-qoʻl yuvgichlar, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, bir marta ishlatiladigan qurituvchi vositalar boʻlishi;
oshxonada oshxona sochiqlarini ishlatish mumkin emas, bir marta ishlatiladigan sochiqlar bundan mustasno;
barcha derazalar va ventilyatsiya tizimi hasharotlar yoki kemiruvchilarning kirib kelishini bartaraf qilish uchun yopilgan boʻlishi;
chiqindi idishlari toʻlgandan keyin chiqindilarni darhol olib chiqib ketadigan tizim boʻlishi;
oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar turiga qarab, muzlatgichli kameralar, sovutish uskunalari va isitish uskunalari (bugʻ qozonlari, issiq stollar, infraqizil lampalar) oʻrnatilishi;
oshxonaning maxsus yigʻishtirib tozalash rejasi boʻlishi.
6. Yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar barcha xodimlarning eʼtiboriga yetkazilishi (oʻziga xos ishlash rejimini hisobga olgan holda) kerak.
7. Yuvish va dezinfeksiyalash vositalari toza, quruq va yaxshi havo aylanadigan joyda saqlanishi kerak. Eritmalar qora shisha idishlarda yaxshi oʻrnatilgan tiqin bilan, yorugʻlik va namlik taʼsiridan holi joyda besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda saqlanishi lozim.
8. Oshxona idishlarini yuvish uchun ikkitadan kam boʻlmagan, issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan metall vannalardan (zanglamaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi) foydalanilishi kerak.
9. Ovqat pishirish qozonlari oziq-ovqat qoldiqlaridan tozalangandan soʻng, yuvish vositalari qoʻshilgan holda yuqori haroratli issiq suv bilan yuvilishi va quritilishi lozim.
Toza oshxona idishlari poldan kamida 0,5 m balandlikda tokchalarda saqlanishi lozim.
10. Kesish taxtalari va kichik yogʻoch idishlar, aralashtirgichlar va boshqalar birinchi yuvish vannasida yuvish vositalari qoʻshilgan holda yuqori haroratli issiq suvda yuvilishi va quritilishi kerak.
11. Isteʼmol idishlari va boshqa barcha oziq-ovqat mahsulotlari uchun foydalaniladigan buyumlarning butunligi saqlanishi hamda zanglamaydigan materialdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
12. Ishlatilgan barcha buyumlar birinchi vannada yuqori haroratda yuvilishi va ikkinchi vannada chayilib quritilishi lozim.
13. Yuvilgan barcha idishlar quritilgandan soʻng javonlarda vertikal holatda saqlanishi kerak.
14. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uchun moʻljallangan stollar dumaloq burchakli, usti zanglamaydigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
15. Xom va tayyor mahsulotlarni kesish uchun moʻljallangan alohida kesish stollari yuzasining butunligi saqlanishi, shuningdek oson yuviladigan va dezinfeksiyalanadigan yogʻochdan yasalgan boʻlishi kerak.
16. Pishgan ovqatni tayyorlash va saqlash uchun zanglamaydigan materiallardan yasalgan idishlardan foydalanilishi kerak. Sharbatlar zanglamaydigan materiallardan yasalgan idishlarda tayyorlanadi. Sutni qaynatish uchun alohida idishlar ajratilgan boʻlishi kerak.
17. Oshxona toʻplamlari miqdori bolalarning soniga muvofiq holda taʼminlangan boʻlishi kerak.
18. Oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus transportlarda tashib keltirishda ularning butligi saqlangan holda hamda zararlanmaydigan sharoitda amalga oshirilishi lozim.
19. Tez buziladigan mahsulotlarni tashish yopiq idishlarda, muzlatgichda yoki izotermik transportda (1 soat muzsiz holatda va 3 soat muz bilan birga) tashilishi lozim. Transport vositalarining kuzovi tozalashga oson boʻlgan (yuvish va dezinfeksiyaga chidamli) gigiyenik qoplamaga ega boʻlishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda foydalaniladigan transport vositalaridan boshqa yuklarni tashishda foydalanilishi mumkin emas.
20. Mahsulotlar olib kelingan idishlar yorliqlangan boʻlishi va qatʼiy belgilangan maqsadlarda ishlatilishi kerak. Qutilar va boshqa qoplar ishlatilgandan keyin tozalanishi, zararsizlantirilishi va quritilishi kerak.
Idishlar ifloslanmagan toza joylarda saqlanishi, ularni qayta ishlash maxsus ajratilgan xonada amalga oshirilishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun oshxona jihozlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. Muassasalarga olib kelinayotgan barcha xom ashyo va mahsulotlarning sifati hamda xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlishi kerak.
211. Muassasalarga olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarga (0054-23-son SanQvaN) (hisob raqami 181, 2023-yil 26-iyun) muvofiq saqlanishi lozim.
22. Mahsulotlarning sifati omborxonachi va tibbiyot xodimi tomonidan tekshirilishi va maʼlumotlar brakeraj jurnaliga qayd etilishi lozim. Yaroqlilik muddati oʻtgan va buzilish belgilari boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
221. Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish boʻyicha brakeraj jurnali mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasi 3-jadvaliga, tayyor taomlar sifatini tekshirish boʻyicha brakeraj jurnali esa 4-jadvaliga muvofiq yuritilishi lozim.
23. Tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari sovutish kameralarida yoki muzlatgichlarda +2 — +6 °C haroratda saqlanishi hamda sovutish kameralari yoki muzlatgichlarda haroratni nazorat qilish uchun termometrlar oʻrnatilishi kerak. Agar faqat bitta sovutgich yoki muzlatgich mavjud boʻlsa goʻsht, baliq va sut mahsulotlarini saqlash joylari qatʼiy belgilangan boʻlishi lozim.
24. Muzlatilgan parranda va baliq mahsulotlari yetkazib beruvchining idishida yoki qutilarda saqlanishi kerak.
25. Sut qabul qilingandan soʻng shisha idishlarda saqlanishi kerak.
26. Yogʻ oʻzining maxsus ishlab chiqarilgan idishlarida javonlarda saqlanishi kerak. Katta boʻlakli pishloqlar toza tokchalarda (pishloqlarni bir-birining ustiga qoʻyganda, ular orasida karton boʻlishi kerak), kichik boʻlakli pishloqlar esa isteʼmol oʻramida javonlarda saqlanadi.
27. Smetana va tvorog qopqoqli idishda saqlanadi. Smetana va tvorog solingan idishda qoshiqlar va pichoqlarni qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tuxumlar quruq va salqin xonalarda yuvilgan holda saqlanishi lozim.
28. Yorma, un va makaron mahsulotlari quruq xonada yelim xaltalar, karton qutilarda maxsus tagliklarda yoki poldan kamida 15 sm balandlikda saqlanishi, devor va mahsulotlar orasidagi masofa esa kamida 20 sm boʻlishi kerak.
29. Non stellaj va shkaflarda pastki qavati poldan 35 sm dan kam boʻlmagan holda saqlanadi. Shkaflarning eshiklarida havo oʻtishi uchun teshiklar boʻlishi kerak. Non saqlash joylari tozalanganda non uvoqlari maxsus choʻtkalar bilan supurilib, tokchalar 1 foizli sirka bilan namlangan matoda artiladi.
30. Kartoshka va ildizli sabzavotlar quruq va qorongʻu xonalarda saqlanadi. Karam omborxona rastalarida, koʻkat va mevalar esa saqlash idishlarida salqin joylarda harorati +12 ºC dan yuqori boʻlmagan holatda saqlanadi.
31. Noxush hidi boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari oʻziga hid tortuvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan (sariyogʻ, shakar, tuz, tuxum, choy va pishloq) alohida saqlanadi.
32. Sutni qabul qilingandan keyin darhol ishlatishning iloji boʻlmasa, u muzlatgichda +4 — +6 °S haroratda saqlanishi lozim.
33. Taom tayyorlash jarayonida quyidagilarga amal qilinishi lozim:
kotletlar, qiyma yoki baliq goʻshti, baliq boʻlaklari qizdirilgan yogʻda ikki tomondan kamida 5 daqiqa davomida qovurilishi, shundan soʻng ular pechda yuqori haroratda tayyor holga keltirilishi;
ikkinchi taomlar qaynatilgan goʻsht (tovuqlar), shuningdek birinchi taomga qoʻshilgan toʻgʻralgan goʻsht ikkilamchi qayta termik ishlov berishdan oʻtkazilishi;
qaynatilgan goʻsht (parranda)dan tayyorlangan ikkinchi taomlar, shuningdek birinchi taomlarga qoʻshib beriladigan maydalangan goʻshtni 5 — 7 daqiqa bulonda qaynatib ikkinchi termik ishlov berilishi hamda 75 ºC haroratda bulon tarqatilgunga qadar koʻpi bilan 1 soat saqlanishi;
omletlar 2,5 — 3 sm qalinlikda 8 — 10 daqiqa davomida pechda 180 — 200 °C haroratda pishirilishi, tuxum 10 daqiqa davomida qaynatilishi, har qanday idishlarda ishlatishdan oldin tuxum oldindan toʻliq yuvilishi, umumiy ovqatlanish boʻlimining ishlab chiqarish sexlarida tuxumni yetkazib beruvchining idishlarida saqlashga yoʻl qoʻyilmasligi;
suyuq ovqatlarni tayyorlash uchun makaron va guruch katta hajmdagi suvda (kamida 1:6 nisbatda) qaynatilishi;
sabzavotlarni pishirishda vitaminlarni saqlab qolish uchun ularni pishirishdan oldin yupqa qatlam bilan tozalash kerakligi hamda iyersinioz va psevdotuberkulyozning oldini olish uchun profilaktika maqsadida sabzavotlarni oldindan hoʻllashga yoʻl qoʻyilmasligi;
xom sabzavotlardan salatlar tayyorlashda oʻtgan yilgi ekin sabzavotlaridan foydalanishga faqat mart oyigacha ruxsat berilishi;
salatlar tayyorlash uchun moʻljallangan sabzavotlar qobigʻi bilan birgalikda qaynatilib, sovutilishi, shuningdek pishirish uchun bir kun oldin sabzavotlarni qaynatishga yoʻl qoʻyilmasligi.
34. Taomlarni tayyorlashda faqat yodlangan osh tuzi ishlatilishi kerak.
35. Ovqatdan zaharlanishning paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish uchun:
bir kun oldin tayyorlangan taomning qoldiq mahsulotlaridan foydalanish taqiqlanadi;
tvorogli sut va pasterizatsiya qilinmagan sutdan olingan qaymoqli qandolat mahsulotlari, kremlar, mevali ichimliklar tayyorlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
36. Tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etishda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
markirovkasiz, ishlab chiqaruvchisi koʻrsatilmagan, amal qilish muddati oʻtgan va (yoki) sifatsizlik alomatlariga ega mahsulotlar;
veterinariya nazoratidan oʻtmagan qishloq xoʻjaligi hayvonlari va parrandalar goʻshti, baliq;
kalla-pocha mahsulotlari (buyrak, yurak, jigar, oʻpka, yelin, kalla goʻshtidan tayyorlangan rulet, goʻshtning bezli qismlari, diafragma);
barcha yovvoyi hayvonlarning goʻshti;
ichi tozalanmagan parranda goʻshti;
2 va 3-toifaga kiruvchi goʻsht, parranda;
xolodes;
dudlangan gastronomik mahsulotlar va kolbasa, sosiska, sardelka;
charvi yogʻi, dumba yogʻi, margarin va boshqa gidrogenizatsiyalangan yogʻlar;
yogʻlilik darajasi 82,5% dan kam boʻlgan sariyogʻ (sigir sutidan tayyorlangan);
oʻsimlik yogʻiga sut qoʻshilgan mahsulotlar (spred);
tvorog mahsulotiga smetana, shokolad, murabbo yoki oʻsimlik moyi qoʻshilib tayyorlangan muzqaymoq;
qimiz, etanol miqdori 0,5% dan yuqori boʻlgan sutli ichimliklar;
pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan tvorog, termik ishlov berilmagan tvorog va smetana;
yogʻ miqdori 2,5% dan kam yoki 3,5% dan yuqori boʻlgan sterilizatsiyalangan sut va sutli ichimliklar, qatiq mahsulotlari;
oshxona va uy sharoitida tayyorlangan sut va sut mahsulotlari;
suvda suzuvchi parrandalarning goʻshti va tuxumlari (salmonellyoz xavfi sababli);
poʻstlogʻi ifloslangan, yorilgan yoki salmonellyoz aniqlangan xoʻjaliklardan keltirilgan tuxumlar;
uy sharoitida tayyorlangan barcha turdagi konservalar;
germetikligi buzilgan, idishi ezilgan, shishgan (bombaj), qopqogʻi zanglagan yoki yorligʻi boʻlmagan konservalangan mahsulotlar;
ombor zararkunandalari yoki mayda chiqindilar bilan zararlangan yormalar, dukkaklilar, un, makaron mahsulotlari, quruq mevalar;
pestitsid, nitrat miqdori va ogʻir metallar laboratoriyada tekshirilmagan, mogʻorlagan yoki buzilgan meva hamda sabzavotlar;
uyda tayyorlangan yoki ota-onalar va homiylar tomonidan keltirilgan, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan mahsulotlar (bayram va tugʻilgan kunlar uchun);
kremli qandolat mahsulotlari (pirojniy va tortlar), kremlar;
har qanday qoʻziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
gazli ichimliklar, sunʼiy rang, lazzat yoki hid beruvchi moddalari boʻlgan taom va ichimliklar;
yogʻda qovurilgan mahsulotlar (chips, fri);
mayonez, murch, xantal, xren, sirka, qahva;
quruq konsentrat asosida tayyorlangan birinchi va ikkinchi taomlar, garnirlar;
bir kun oldingi yoki qoldiq ovqatlar;
sovuq suyuq taomlar;
boʻlinmagan yoki maydalangan tuxum bilan tayyorlangan makaron;
yogʻda qovurilgan tuxum;
tuxum barak.
37. Tayyor ovqatni berishga tibbiyot xodimi tomonidan tayyor ovqatlardan namuna olinganidan keyingina ruxsat etiladi.
Tayyor ovqatdan kunlik sinama namunasi qoldirilishi kerak. Noqulay epidemiologik vaziyatda mikrobiologik tadqiqot oʻtkazish uchun kunlik sinama namuna toʻliq yoki kamida 100 g boʻlgan miqdorda olinadi. Namuna qopqoqli steril shisha idishga olinadi va 24 soat davomida maxsus muzlatgichda saqlanadi.
38. Sovuq va issiq taʼsirida ishlov berish vaqtida mahsulot va taomlarning ogʻirlik yoʻqotilish normalari mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasi 1-jadvaliga, kartoshka, sabzi, lavlagiga ishlov berilganda ogʻirlik yoʻqotilish normalari 2-jadvaliga muvofiq boʻlishi lozim.
39. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 5-ilovada keltirilgan.
Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 1-ILOVA
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun kundalik oziq-ovqat mahsulotlari
NORMALARI
T/rMahsulotlar nomiYosh guruhlari3 yoshdan 7 yoshgacha7 yoshdan 11 yoshgacha12 yosh va undan kattagoqsilyogʻlaruglevodlarkkal.goqsilyogʻlaruglevodlarkkalgoqsilyogʻlaruglevodlarkkal.1.Bugʻdoy noni 1 nav15011,64,574,7393,030023,19,0149,4786,045034,713,5224,11179,02.Bugʻdoy uni 1 nav303,20,420,399,3505,30,733,9165,5606,40,840,6198,63.Kartoshka uni30,00,02,49,830,00,02,49,830,00,02,49,84.Guruch151,10,210,749,5251,80,317,982,5402,80,428,6132,05.Yorma151,90,59,350,3202,50,712,467,0253,20,815,583,86.Dukkakli mahsulotlar102,10,25,331,0153,20,27,946,5214,40,311,165,17.Makaron mahsulotlari101,10,26,833,3202,20,313,766,6202,20,313,766,68.Shakar350,00,034,9135,5500,00,049,9193,5550,00,054,9208,59.Qandolat mahsulotlari200,10,013,855,6200,10,013,855,6200,10,013,855,610.Sigir sutidan tayyorlangan sariyogʻ (yogʻliligi 82,5 %)300,224,80,2224,4450,237,10,4336,6550,345,40,4411,411.Oʻsimlik moyi100,010,00,089,8200,020,00,0179,6250,025,00,0224,512.Sut, nordon sut (yogʻliligi 2,5 — 3,2%)55015,417,625,9319,050014,016,023,5290,050014,016,023,5290,013.Smetana (yogʻliligi 15 — 20%)150,42,30,524,3250,73,80,940,5300,84,51,148,614.Tvorog (yogʻliligi 5 — 9%)408,42,01,263,65010,52,51,579,56012,63,01,884,615.Pishloq102,52,50,033,2256,36,30,082,9307,57,50,099,516.Goʻsht, parranda goʻshti12517,114,70,0200,615020,517,70,0240,722030,125,90,0353,217.Kolbasa101,32,20,225,7202,54,50,351,4202,54,50,351,418.Baliq405,20,30,022,78010,40,50,045,310013,00,60,056,619.Tuxum (dona)16,15,60,376,016,15,60,376,016,15,60,376,020.Kartoshka2503,30,728,1130,03504,91,042,4196,04506,31,354,5252,021.Sabzavotlar, shu jumladan tomat pastasi3004,10,210,660,84005,80,315,086,45507,40,419,4111,422.Mevalar, rezavorlar, sharbatlar3501,01,024,0115,24501,31,330,9148,15501,51,537,7181,023.Quruq mevalar, naʼmatak150,30,08,334,1250,50,013,856,8250,50,013,856,824.Choy0,50,20,10,01,410,20,10,01,410,20,10,01,425.Kakao10,20,20,33,810,20,20,33,810,20,20,33,826.Yodlangan tuz50,00,00,00,070,00,00,00,080,00,00,00,027.Xamirturush10,40,10,43,910,40,10,43,910,40,10,43,9 JAMI 86,989,9278,22285,4 122,6127,9430,83391,8 157,2157,7558,14304,8
Izoh. Mahsulotlarning kimyoviy tarkibi (oqsil, yogʻ, uglevod va kkal) chiqitsiz hajmiga nisbatan hisoblanishi lozim. Taomnoma tuzilganida kaloriya hisobi ±10% ga farq qilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 2-ILOVA
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun kundalik oziq-ovqat mahsulotlari
NORMALARI
T/rMahsulotlar nomiYosh guruhlari7 yoshdan 11 yoshgacha12 yosh va undan kattagoqsilyogʻlaruglevodlarkkal.goqsilyogʻlaruglevodlarkkal.1.Bugʻdoy noni 1 nav30023,19,0149,4786,045034,713,5224,11179,02.Bugʻdoy uni 1 nav505,30,733,9165,5606,40,840,6198,63.Kartoshka uni30,00,02,49,830,00,02,49,84.Guruch251,80,317,982,5402,80,428,6132,05.Yorma202,50,712,467,0253,20,815,583,86.Dukkakli mahsulotlar153,20,27,946,5214,40,311,165,17.Makaron mahsulotlari202,20,313,766,6202,20,313,766,68.Shakar500,00,049,9193,5550,00,054,9208,59.Qandolat mahsulotlari200,10,013,855,6200,10,013,855,610.Sigir sutidan tayyorlangan sariyogʻ (yogʻliligi 82,5 foiz)450,237,10,4336,6550,345,40,4411,411.Oʻsimlik moyi200,020,00,0179,6250,025,00,0224,512.Sut, nordon sut (yogʻliligi 2,5 — 3,2%)50014,016,023,5290,050014,016,023,5290,013.Smetana (yogʻliligi 15 — 20%)250,73,80,940,5300,84,51,148,614.Tvorog (yogʻliligi 5 — 9%)5010,52,51,579,56012,63,01,884,615.Pishloq256,36,30,082,9307,57,50,099,516.Goʻsht, parranda goʻshti15020,517,70,0240,722030,125,90,0353,217.Kolbasa202,54,50,351,4202,54,50,351,418.Baliq8010,40,50,045,310013,00,60,056,619.Tuxum (dona)16,15,60,376,016,15,60,376,020.Kartoshka3504,91,042,4196,04506,31,354,5252,021.Sabzavotlar, shu jumladan tomat pastasi4005,80,315,086,45507,40,419,4111,422.Mevalar, rezavorlar, sharbatlar4501,31,330,9148,15501,51,537,7181,023.Quruq mevalar, naʼmatak250,50,013,856,8250,50,013,856,824.Choy10,20,10,01,410,20,10,01,425.Kakao10,20,20,33,810,20,20,33,826.Yodlangan tuz70,00,00,00,080,00,00,00,027.Xamirturush10,40,10,43,910,40,10,43,9 JAMI 122,6127,9430,83391,8 157,2157,7558,14304,8
Izoh. Mahsulotlarning kimyoviy tarkibi (oqsil, yogʻ, uglevod va kkal) chiqitsiz hajmiga nisbatan hisoblanadi. Taomnoma tuzilganida kaloriya hisobi ±10% ga farq qilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 3-ILOVA
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrnini bosuvchi mahsulot
MEʼYORLARI
Mahsulot Ogʻirligi (g) Oʻrnini bosuvchi mahsulot Ogʻirligi (g) 1-navli bugʻdoy unidan tayyorlangan oq non oʻrniga: 100 1-nav bugʻdoy unidan non boʻlaklari 65 1-navli bugʻdoy uni 75 Goʻsht 100 mol goʻshti jigari 116 1-toifali tovuqlar 110 Baliq 125 Tvorog 120 Yangi sogʻilgan sut 100 havo oʻtkazmaydigan qadoqdagi toʻliq sut kukuni 11 yogʻsizlangan sut kukuni 7,5 shakar bilan quyultirilgan sut 40 Tvorog 17 1-toifali goʻsht 14 Baliq 17,5 Pishloq 12,5 tovuq tuxumi 22 Tvorog 100 goʻsht (mol goʻshti) 83 Baliq 105 Tovuq tuxumi (1 dona) 41 Tvorog 31 goʻsht (mol goʻshti) 26 Baliq 30 toʻliq sut 186 Pishloq 20 tuxum kukuni 11,5 Baliq 100 goʻsht (mol goʻshti) 87 Tvorog 105 Kartoshka 100 oq karam 111 Gulkaram 80 Sabzi 154 Lavlagi 118 fasol (loviya) 33 yashil noʻxat 409 yashil noʻxat (konservalangan) 64 baqlajon (kabachki) 300 Yangi olma 100 Qovoq 200 konservalangan olma 90 olma sharbati 133 olxoʻri sharbati 133 quritilgan mevalar Olmalar 12 olxoʻri 17 quritilgan oʻrik 8 Mayiz 22
Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 31-ILOVA
Muassasalar uchun 14 kunlik namunaviy mavsumiy taomnomalar
1-jadval1-kunNonushtaTushlikIkkinchi tushlik*Kechki ovqatKechki tamaddiManniy yormasidan boʻtqaSariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniChoyMavsumiy mevaRediska va bodringli salatSabzavotli shoʻrva (tovuq goʻshti)Tovuq goʻshtidan pishloqli dumaloq sharchalarGarnir qaynatilgan guruchBugʻdoy noniNaʼmatak kompotiKakaoli pirogKefirVinegret salatiMol goʻshtidan vermishel shoʻrva smetana bilanBugʻdoy noniLimon choyMavsumiy meva2-kunTariq yormasidan boʻtqaPishloq (porsiyali)Sariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniSutli choyMavsumiy mevaSabzili salat oʻsimlik yogʻi qoʻshilganPerlovka shoʻrvaMol goʻshtidan gulyashDimlangan kartoshkaBugʻdoy noniMevalardan kompotYongʻoq va mayizli rogalikRyajenkaKaram va bodringli salatMol goʻshtidan bitochkiGarnir: sabzavotli raguBugʻdoy noni ChoyMeva sharbati3-kunPishloqli omletSariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniSutli kakaoMavsumiy mevaPomidor va bodringli salatBorshPalovBugʻdoy noni Quruq meva kompotiGoʻshtli v a piyozli rastigay (pechda pishirilgan)Limon choySabzi va olmali salatFrikadelki shoʻrva smetana bilanBugʻdoy noni Meva sharbatiRyajenka4-kunSuli yormasidan boʻtqaPishloq (porsiyali)Sariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniChoyMavsumiy mevaLavlagi va karamdan salatGorox shoʻrvaGoʻshtli qaylaQaynatilgan makaronBugʻdoy noni Mavsumiy mevalardan kompotTvorogli bulochka (konvert)KefirBodring porsiyaliKartoshka va tovuq goʻshtidan qoʻlbola dimlamaBugʻdoy noniChoyMeva sharbati5-kunGrechka yormasidan boʻtqaSariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniSutli choyPomidor va bodringli salatMastavaBaliq goʻshtidan shnitselKartoshka pyureBugʻdoy noniMavsumiy meva kompotiKunjutli bulochkaKefirSabzavotli ikraMol goʻshtidan ugra shoʻrvaBugʻdoy noni ChoyMavsumiy meva6-kunKlassik omletSariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniSutli kakaoMavsumiy mevaPomidor va piyozli salatLoviya shoʻrvaMol goʻshtidan zapekankaGarnir dimlangan karamBugʻdoy noni Quruq mevalardan kompot (shakarsiz)Suli yormasidan pechenyeChoyRediska va bodringli salatShavlaBugʻdoy noniChoyKefir7-kunSutli suyuq vermishelliSariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniLimon choyMavsumiy sabzavotli salatPishloqli shoʻrvaLoʻli kabob (tovuq goʻshti)Garnir qaynatilgan grechka yormasiBugʻdoy noni Mavsumiy meva kompotiSabzili pirogKefirKaram va sabzili salatMol goʻshtidan sabzavotli raguBugʻdoy noniChoyMavsumiy meva8-kunGuruchli boʻtqaPishloq (porsiyali)Sariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniChoyMavsumiy mevaPomidor va bodringli salatLoviya (fasol) shoʻrva Mol goʻshtidan doʻlma dimlangan sabzavotlar bilanBugʻdoy noni Naʼmatak kompotiTvorogli sufleChoyMavsumiy sabzavotli salatMamparBugʻdoy noni Limon choyPecheneKefir9-kunTvorogli omlet (skrambl)Sariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniSutli kakaoSabzili salat oʻsimlik yogʻi qoʻshilganQovoqlik shoʻrva (tovuq goʻshti)Tovuq goʻshtidan sufleGarnir qaynatilgan perlovka yormasiBugʻdoy noni Meva kompotiSabzavotli somsaChoyPomidor va bodringli salatMol goʻshtidan tefteliDimlangan karamBugʻdoy noni ChoyMavsumiy meva10-kunManniy yormasidan boʻtqa olma bilanSariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniChoyLavlagi salatTariq yormasidan shoʻrvaDimlangan mol goʻshtidan befstroganKartoshka pyuresiBugʻdoy noni Quruq mevalardan kompot (shakarsiz)Makli bulochkaKefirPomidor porsiyaliUgra oshiBugʻdoy noni ChoyMeva sharbati11-kunSuli yormasidan boʻtqaSariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniSutli choyMavsumiy mevaKaram va bodringli salatKoʻk sabzavotli shoʻrvaPalovBugʻdoy noniNaʼmatak kompotiKartoshka goʻshtli somsaChoySabzavotli ikraTovuq goʻshtidan bitochkiDimlangan karamBugʻdoy noniChoyKefir12-kunTariq yormasidan boʻtqaPishloq (porsiyali)Sariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniChoyBodring porsiyaliMol goʻshtidan sabzavotli shoʻrvaBaliq goʻshtidan kotletQaynatilgan makaronBugʻdoy noniNaʼmatak kompotiMayizli keksKefirSabzi va olmalik salatYasmiqli (chechevitsa) shoʻrva goʻshtli suyak qaynatmasidaBugʻdoy noniChoyMavsumiy meva 13-kunManniy yormasidan boʻtqaSariyogʻ (porsiyali)Bugʻdoy noniChoyMavsumiy mevaKaramdan salatGrechka yormasidan shoʻrvaTovuq goʻshti smetana qoʻshib dimlanganDimlangan sabzavotlarBugʻdoy noni Mavsumiy mevalardan kompotTvorogli sirnikChoyQovoqchadan (kabachki) ikraGolubsiBugʻdoy noni Limon choyRyajenka14-kunOmletSariyogʻ (porsiyali)Pishloq (porsiyali)Bugʻdoy noniSutli kakaoRediska va bodringli salatQaynatma shoʻrvaMoshkichiriQuruq mevalardan kompot (shakarsiz)Bugʻdoy noniOlmali pirog (sharlotka)KefirPomidor porsiyaliSuli yormasidan shoʻrvaLimon choyBugʻdoy noniMavsumiy meva
Izoh: *Muassasalarning kun tartibidan kelib chiqib, ovqatlanish turi belgilanadi. Jumladan, zarurat tugʻilgan hollarda “ikkinchi tushlik” oʻrniga “ikkinchi nonushta” tashkil etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Taomlarning umumiy minimal hajmi (grammda)
2-jadvalKoʻrsatkichlar3 yoshdan 7 yoshgacha7 — 11 yoshgacha12 yosh va undan kattaNonushta400500550Tushlik600700800Ikkinchi tushlik250300350Kechki ovqat450500600Kechki tamaddi150200200
Har bir tarbiyalanuvchilar yoshiga qarab taomlar hajmi (grammda)
3-jadvalTaomPorsiya ogʻirligi, gr3 — 7 yosh7 — 11 yoshgacha12 yosh va undan kattaBoʻtqa, yoki sabzavotli, yoki tuxumli, yoki tvorogli, yoki goʻshtli taom (turli xil nonushta taomlarining tartibga solinishiga ruxsat beriladi, bunda nonushta taomlarining umumiy massasiga rioya qilish sharti bilan har bir taomning chiqishi kamaytirilishi mumkin)150 — 200150 — 200200 — 250Gazak (sovuq taom) (salat, sabzavot)50 — 6060 — 100100 — 150Birinchi taom (shoʻrva, bulyon)180 — 200200 — 250250 — 300Ikkinchi taom (quyuq taomlar)200 — 250250 — 280280 — 350jumladan goʻshtli, baliqli, parranda goʻshtidan tayyorlangan taom70 — 8090 — 120100 — 120Garnir130 — 150150 — 200180 — 230Uchinchi taom (kompot, kisel, choy, sut, kefir, kakao ichimligi, naʼmatak ichimligi, sharbat)180 — 200200200Mevalar100150200
Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 4-ILOVA
Sovuq va issiq taʼsirida ishlov berilganda mahsulot va taomlarning ogʻirlik yoʻqotilish
NORMALARI
1-jadvalMahsulotlarSovuq taʼsirida ishlov berilganda, qayta ishlashda mahsulotlarning vazn yoʻqotishi(%)TaomlarIssiqlik taʼsirida va qayta ishlashda taomning ogʻirlik yoʻqotishi(%)Goʻsht va goʻsht mahsulotlari1-toifali mol goʻshti26,4*Qaynatish38Toblab pishirilgan kotlet (bitochka, shnitsel)12Qovurish shkafida pishirilgan kotlet (bitochka, shnitsel)19Qaylali frikadelka15Tovlab pishirilgan goʻsht boʻlaklari (befstroganov, gulyash)401-toifali qoʻy goʻshti28,5*Qaynatish36Tovlab pishirilgan goʻsht boʻlaklari (befstroganov, gulyash)20Tovlab pishirilgan goʻsht boʻlaklari37Qovurish shkafida pishirilgan kotlet (bitochka, shnitsel)19Qaylali frikadelka15Qaynatilgan goʻshtli frikadelka151-toifali tozalangan tovuq goʻshti11,1*Qaynatish30Qovurish shkafida pishirilgan kotlet (bitochka, shnitsel)21Parranda ragusi21Qaylali frikadelka15Mol goʻshtidan sosiska, sardelka2,5Qaynatilganda0Qovurilganda10Mol goʻshtidan kolbasa3Qaynatilganda 0Qovurilganda10Baliq***Mintay, sazan (zogʻora baliq), doʻngpeshona (tolstolobik), sudak tozalangan, boshsiz, muzlatilgan5 — 7Qovurish shkafida pishirilgan kotlet (bitochka, shnitsel)13Qovurish shkafida pishirilgan shnitsel20Teftel dimlangan15Frikadelka dimlangan15Kotlet va bitochka dimlangan16Sut va sut mahsulotlariSut (qaynatish va quyish)5qaynatilgan sut5Kefir (mayda sigʻimli 1-litr gacha idishga quyilganda)3,5 Ryajenka (mayda sigʻimli 1-litr gacha idishga quyilganda)3 Smetana (mayda sigʻimli 1-litr gacha idishga quyilganda)1 Tvorog (ishlov berish)2Tvorogli pishiriq10Tuxum Pishirilgan omlet12SabzavotlarKartoshkali taomlarKartoshka20 — 40**Kartoshkali ragu: dimlangan17Qovurish shkafida pishirilgan kartoshka20Sutli sousda qovurish shkafida pishirilgan kartoshka10Kartoshkali pyure: qaynatilgan3ezilgan3 — 5Kartoshkali kotlet: Qaynatilgan3Ezilgan3 — 5Karamli taomlarKaram20Oq boshli karamning yirik boʻlaklarini qaynatilishi8Farsh uchun qovurilgan karam25Dimlangan karam21Qaynatilib, sutli sousda qovurish shkafida pishirilgan: Qaynatish8Qovurish shkafida pishirish15Gulkaram48Qaynatilganda10Qovurish shkafida pishirilganda16Sabzi20 — 25**Qaynatilgan sabzi0,5Dimlangan sabzi8Qovurish shkafida pishirilgan sabzi32Sabzili pishiriq16Lavlagi20 — 25**Lavlagi20 — 25**
Izohlar:
* Taom tayyorlash jarayonida lahm (file) goʻsht ishlatilganida 2 ustunidagi xomashyoga ishlov berishdagi yoʻqotish foizi qoʻllanilmaydi.
** Kartoshka, sabzi, lavlagi ishlov berishdagi yoʻqotilish ushbu ilovaning 2-jadvaliga asosan hisoblanadi.
*** Barcha turdagi baliq mahsulotlarini (shu jumladan muzlatilgan) berish faqat sentabr oyidan aprel oyining oxirigacha amalga oshirilishi lozim.
May, iyun, iyul va avgust oylarida baliq berilishi taqiqlanadi.
Kartoshka, sabzi, lavlagiga ishlov berilganda ogʻirlik yoʻqotilish
NORMALARI
2-jadvalMahsulotlarMahsulot holati(davr oraligʻida)Xom ashyoga ishlov berishdagi yoʻqotilish %Kartoshkayangi hosildan 1-sentabrgacha201-sentabrdan 31-oktabrgacha251-noyabrdan 31-dekabrgacha301-yanvardan 28-fevralgacha351-martdan yangi hosilgacha40Sabziyangi hosildan 1-yanvargacha201-yanvardan yangi hosilgacha25Lavlagiyangi hosildan 1-yanvargacha201-yanvardan yangi hosilgacha25
Tayyor taomlarni nazorat qilish brakeraj jurnali
3-jadvalTayyor taom nomiSana va vaqtiSinama olingan vaqtOrganoleptik baholash natijalariTaomni tarqatishga ruxsatBrakeraj komissiyasi aʼzolarining imzolariDonali taomlar hajmiIzoh
Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini nazoratga olish brakeraj jurnali
4-jadvalMahsulot nomiMahsulotni qabul qilingan vaqtiQadoq shakliIshlab chiqarish sanasiIshlab chiqaruvchiYetkazib beruvchiKeltirilgan mahsulot hajmi (kg, litr, dona)Mahsulot sifatini organoleptik usulda baholashOxirgi ishlatish muddatiMasʼul shaxs imzosi
Mehribonlik uylari hamda davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0048-23-son SanQvaN) 5-ILOVA
Ishlab chiquvchilar roʻyxati:R.T. Kamilova—Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari, t.f.d., professor;A.S. Xudayberganov—Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, “Ovqatlanish gigiyenasi” laboratoriyasi mudiri, t.f.d., professor;G.I. Shayxova—Toshkent tibbiyot akademiyasi, “Bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi” kafedrasi professori, t.f.d., professor;F.I. Salomova—Toshkent tibbiyot akademiyasi, “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;F.L. Azizova—Toshkent tibbiyot akademiyasi, Ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, t.f.d., dotsent;L.I. Isakova—Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, “Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, PhD, k.i.x.;G.Y. Muxamedova—Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi;G.Sh. Abrorova—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Sifatli ovqatlanishni tashkil etish va “Imkon” taʼlim tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish” boʻlimi bosh mutaxassisi;H.B. Shoyusupova—Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi;X.E. Maxamatqulov—Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi.Taqrizchilar roʻyxati:M.A. Xamrakulova—Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.b., t.f.d., professor;G.M. Israilova—Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, “Gigiyena” kafedrasi dotsenti, t.f.n.;N.J. Ermatov—Toshkent tibbiyot akademiyasi, “Bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor.
