Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida (619-I-son)
01.05.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining ushbu Qonunga zid boʻlmagan qonun hujjatlari qoʻllanilaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddat ichida yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq diniy tashkilotlar qayta roʻyxatdan oʻtishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-may,
619-I-son
