ShNQ 1.02.10-23 “Qurilish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari. Qoidalar toʻplami” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (107-son)
16.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 173]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 1.02.10-23 “Qurilish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari. Qoidalar toʻplami” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2013-yil 12-martdagi 25-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan ShNQ 1.02.10-12 “Qurilish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari. Qoidalar toʻplami” shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-may,
107-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri B. ISLOMOV
2023-yil 2-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 6-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirning birinchi oʻrinbosari O. QUDRATOV
2023-yil 2-may
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2023-yil 16-maydagi 107-son buyrugʻiga ILOVA
ShNQ 1.02.10-23 “Qurilish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari. Qoidalar toʻplami”
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar toʻplami deb yuritiladi) hududiy rivojlantirish dasturlari va aholi manzilgohlarining bosh rejalarini ishlab chiqishda, yirik va oʻrta tipdagi aholi dam olish va sogʻlomlashtirish markazlarini qurishda, sanoat korxonalarining barcha qurilish bosqichlarida, qurilish maydonlarini tanlash kabi asoslovchi loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarini amalga oshirishning texnik talablarini belgilaydi.
1-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur Qoidalar toʻplamida quyidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
QMQ 2.01.14-98 — Hisobiy gidrologik tavsiflarni aniqlash;
SP 482.1325800.2020 — Qurilish uchun muhandislik va gidrometeorologik izlanishlari. Qoidalar toʻplami (rasmiy manba: SP 482.1325800.2020 Injenerno-gidrometeorologicheskiye iziskaniya dlya stroitelstva. Svod pravil);
GOST 19179-73 — Quruqlik gidrologiyasi. Atamalar va izohlar. (rasmiy manba: GOST 19179-73 Gidrologiya sushi. Termini i opredeleniya);
EUROCODE 7 — Geotexnik loyihalash. (rasmiy manba: EUROCODE 7 Geotechnical design);
SSG-18 (Specific Safety Guide) — Yadro inshootlari uchun joyni baholashda meteorologik va gidrologik xavflar (rasmiy manba: SSG-18 (Specific Safety Guide) Meteorological and Nydrological Nazards in Site Evaluation for Nuclear Installations);
NS-R-3 (Site Evaluation for Nuclear Installations) — Yadro inshootlarini joylashtirish uchun maydonni baholash (rasmiy manba: NS-R-3 (Site Evaluation for Nuclear Installations) Site Evaluation for Nuclear Installations);
NS-G-3.5 — Qirgʻoq boʻyida joylashgan atom elektr stansiyalari uchun suv toshqini xavfini baholash (rasmiy manba: NS-G-3.5 Flood Nazard for Nuclear Power Plants on Coastal and River Sites);
USGS 01-4044 — Elektron usullardan foydalangan holda yer usti suvlari maʼlumotlarini tahlil qilish va qayta ishlash standartlari (rasmiy manba: USGS 01-4044 Standards for the Analysis and Processing of Surface Water Data and Information Using Electronic Methods);
ASCE/SEI 7-16 — Binolar va boshqa konstruksiylar uchun minimal hisobiy yuklar va tegishli mezonlar (rasmiy manba: ASCE/SEI 7-16 Minimum Design Loads and Associated Criteria for Buildings and Other Structures);
WMO-№ 8 — Meteorologik uskunalar va kuzatish usullari boʻyicha qoʻllanma (rasmiy manba: WMO-№ 8 Guide to Meteorological Instruments and Methods of Observation);
WMO-№ 16 — Gidrologik amaliyotlar boʻyicha qoʻllanma (rasmiy manba: WMO-№ 16 Guide to hydrological practices);
WMO-№ 100 Klimatologik amaliyotlar boʻyicha qoʻllanma (rasmiy manba: WMO-№ 100 Guide to Climatological Practices);
WMO-№ 1150 — Koʻp xavfli taʼsirga asoslangan prognoz va ogohlantirish xizmatlari boʻyicha Xalqaro meteorologiya tashkiloti (XMT) koʻrsatmalari (rasmiy manba: WMO-№ 1150 WMO Guidelines on Multi-Nazard Impact-based Forecast and Warning Services);
WMO-№ 1203 — Iqlim normalarini hisoblash boʻyicha Xalqaro meteorologiya tashkiloti (XMT) koʻrsatmalari (rasmiy manba: WMO-№ 1203 WMO Guidelines on the Calculation of Climate Normals).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu Qoidalar toʻplamida quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
gidrometeorologik kuzatuvlar — hech qanday oʻlchash ishlarisiz faqat koʻz bilan koʻrib bajariladigan kuzatuvlar, shuningdek gidrometeorologiya jarayoni va hodisalari koʻrsatkichlarini miqdoriy baholash bilan bogʻliq harakatlarni ham oʻz ichiga oluvchi ishlar kompleksi;
gidrometeorologik koʻrsatkichlar — kuzatuv maʼlumotlari boʻyicha ularni tahlil qilish va hisoblash orqali aniqlanadigan gidrometeorologik rejim elementlarini miqdoriy baholash;
gidrologik qiymatning hisobiy taʼminlanganligi — bino va inshootlarni loyihalashda qabul qilinadigan hamda koʻrilayotgan gidrologik qiymatning ortish ehtimolining (taʼmilanganlikning) normativ miqdori;
gidrometeorologik oʻrganilganlik darajasi — suv obyektlarining gidrologik rejimi va hudud iqlimi koʻrsatkichlarini, stvordagi gidrologik va meteorologik koʻrsatkichlarni aniqlash uchun hamda ilgari amalga oshirilgan kuzatish materiallaridan foydalanish ehtimolini xarakterlovchi sifat koʻrsatkichi;
muhandislik gidrometeorologiya izlanishlar — oʻzaro bogʻliq ishlar majmuasi boʻlib, uning asosiy maqsadi hududning gidrometeorologik sharoiti xususiyatlarini oʻrganish va qurilish yoki rekonstruksiya natijasida ularning oʻzgarishini bashorat qilishdir;
suv obyektining etalon uchastkasi (basseyni) — standart kuzatuvlar boʻlmagan taqdirda reprezentativ maʼlumotlar olish uchun gidrologik kuzatuvlar tashkil qilinadigan va olib boriladigan namunaviy (koʻrgazmali) gidrologik koʻrsatkichli (oqim rejimi, suvning yemirish (suv eroziyasi) faoliyati, morfometrik koʻrsatkichlar) hudud;
shamol bosimi — inshootlarning mustahkamligini hisoblashda hisobga olinishi kerak boʻlgan shamolning bosimi. Bunda, uzoq vaqt davomida oʻlchangan shamolning maksimal tezligi inshootlarning shakliga koʻra aniqlanadi;
yaxvonlik — erning yuzasi va predmetlarda (daraxtlar, simlar va shu kabi yuzalar) sovugan yomgʻir va shudring tomchilarining 0°C dan — 3°C gacha sovuqda muzlashi natijasida hosil boʻladigan muzning zich qatlami boʻlib, bunda yopishgan muz qobigʻining qalinligi bir necha santimetrlargacha yetishi mumkin.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Qurilish (yangi korxona, bino va inshootlarni loyihalash va qurish, mavjud korxona, bino va inshootlarni kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta jihozlash ishlari) uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari hudud (tuman, maydon, uchastka, trassa) qurilishining gidrometeorologik sharoitlarini kompleks oʻrganish va asosli loyiha yechimlarini qabul qilish uchun yetarli maʼlumotlarni olishni hamda istiqbolda ushbu sharoitlarning loyihalanayotgan obyekt bilan oʻzaro taʼsiri natijasida oʻzgarish ehtimolini oʻrganishni taʼminlashi kerak.
4. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari quyidagilarni ishlab chiqish uchun amalga oshiriladi:
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda;
qurilish loyihasini ishlab chiqishda;
qurilish ishchi hujjatlarini ishlab chiqishda (togʻ-kon sanoatida);
maʼmuriy birliklar va boshqa hududiy boʻlinmalarda hududiy rejalashtirishni amalga oshirishda.
5. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari materiallari loyihalashning tegishli bosqichlarida quyidagi vazifalar va ularning yechimini taʼminlashi kerak:
hududlarning bosh rejasini ishlab chiqish;
suvga boʻlgan talabni taʼminlash ehtimolini aniqlash va suv isteʼmoli va suvdan foydalanishning har xil turlarini tashkil qilish;
qurilish (trassa) maydonchasi joylashadigan joyni va uni salbiy gidrometeorologik taʼsirlardan muhandislik muhofaza yoʻllarini tanlash;
inshootlarning konstruksiyalarini tanlash, ularning asosiy parametrlarini aniqlash hamda qurilish, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborishni tashkil qilish, gidroenergetika, va suv transportining ehtiyojlarini qondirish;
inshootlardan foydalanish sharoitlarini aniqlash;
qurilish obyektlarining atrof-muhitga, gidrologik rejim va iqlimga salbiy (negativ) taʼsirini baholash va tabiatni muhofazalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
6. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarida quyidagilar oʻrganilishi kerak:
daryolar (shu jumladan vaqtinchalik suv yoʻllari), koʻllar, suv omborlari, botqoqlar, daryolarning quyilish qismlari va suv obyektlarining qirgʻoq zonalari;
iqlim sharoitlari va ayrim meteorologik koʻrsatkichlar;
xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar;
gidrologik va iqlim sharoitlarining yoki ularning ayrim koʻrsatkichlarini texnogen oʻzgarishlari.
7. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarida qonunchilik hujjatlari hamda tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining toʻliq bajarilishi taʼminlanishi lozim. Shuningdek, muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarida xorijiy normativ hujjatlardan ham foydalanilishi mumkin.
8. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari dasturi quyidagi maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtirgan boʻlishi kerak:
hududning gidrografik tarmoqlari haqidagi;
suv obyektlari rejimining asosiy xususiyatlari haqidagi;
daryolar basseynlaridagi suv resurslaridan foydalanish va u erdagi xoʻjalik faoliyati haqidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (bundan buyon matnda Gidrometeorologiya xizmati agentligi deb yuritiladi) va boshqa vazirlik va idoralarga tegishli kuzatuv postlari (stansiyalari) boʻyicha materiallar hamda avvalgi yillarda amalga oshirilgan gidrometeorologik izlanish materiallari mavjudligi va ulardan belgilangan vazifalarni yechishda foydalanish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi;
kuzatuv postlari va stvorlar joylashgan joylar toʻgʻrisidagi;
alohida olingan dala ishlari turlarining murakkablik darajasi toʻgʻrisidagi;
talab qilingan hisob koʻrsatkichlarini aniqlash usullari toʻgʻrisidagi.
Muhandislik izlanishlari dasturida izlanishlar tarkibi va hajmi tabiiy sharoitlar, ularning oʻrganilganligi va talab qilingan gidrometeorologik koʻrsatkichlar tarkibiga bogʻliq ravishda asoslab beriladi.
9. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari natijalari asosida muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari boʻyicha texnik hisobot tayyorlanishi lozim.
10. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari natijalari boʻyicha texnik hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) kirish:
obyektning nomi va joylashuvi;
maqsad va vazifalar, muhandislik izlanishlarini oʻtkazish muddatlari;
izlanishlarni oʻtkazish uchun asos;
shaharsozlik faoliyatining turi, muhandislik izlanishlarini oʻtkazish bosqichi;
obyekt haqidagi identifikatsiya maʼlumotlari, buyurtmachi, ijrochi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun litsenziyalar (agar bunday ishlarni bajarish izlanishlar tarkibiga kirsa);
izlanish olib borilgan maydonning (yoki trassaning) umumiy chizmasi (reja, xarita), muhandislik izlanishlarni olib borishning toʻliq tafsilotlari bilan;
suvdan foydalanish xususiyatlari haqida maʼlumot, chiziqli inshootlarning suv obyektlari orqali kesib oʻtadigan trassalari nazarda tutilgan usullari;
b) gidrometeorologik oʻrganilganlik darajasi:
ilgari bajarilgan muhandislik izlanishlari va tadqiqotlar, Gidrometeorologiya xizmati agentligining va boshqa vazirlik va idoralar postlari (stansiyalari) boʻyicha kuzatuv materiallari va ulardan belgilangan vazifalarni yechishda foydalanish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
hududning gidrologik va meteorologik oʻrganilganlik darajasini mavjud materiallarni hisobga olgan holda baholash;
d) qisqacha tabiiy-geografik tavsifi gidrografik tarmoq (daryolar basseynlari), geomorfologik tavsifi va suv obyektlaridan xoʻjalik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mavjud inshootlar holati, ularning keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan avariya va deformatsiya sabablarning mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi;
e) izlanish usullari va ishni bajarish texnologiyasi:
izlanishlar tarkibi, izlanish usullari turlari va hajmi;
amalda bajarilgan va dastur tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan ishlar hajmining qiyosiy jadvali;
dastur talablaridan chetlanishlarni asoslash;
bajarish muddati;
dala va kameral ishlarning tavsifi, shu jumladan gidrometeorologik hisobiy koʻrsatkichlarni hisoblash usullari;
asbob-uskunalar va dasturiy taʼminot, oʻlchov asboblari va uskunalarni metrologik tekshirish (kalibrlash) va (yoki) sertifikatlari (agarda foydalanilgan taqdirda ishni bajarishning nostandart usullari va uskunalari);
f) muhandislik gidrometeorologik ishlar natijalari:
tugallangan dala, kameral va laboratoriya ishlari, ularni tahlil qilish va baholash;
hisoblashlarni amalga oshirish uchun qabul qilingan birlamchi maʼlumotlar tahlili;
bajarilgan hisoblashlarning ishonchliligini aniqlash;
bajarilgan ishlar natijalarini hisobga olgan holda rejalashtirilgan qurilish hududining (suv maydonining) gidrometeorologiya sharoitlarini tavsiflash;
g) iqlim xususiyatlarini tavsiflash:
hududning iqlim sharoitini fond materiallari, normativ va texnik maʼlumotlari bilan baholash, shuningdek kuzatuv tarmogʻi stansiyalari va postlaridagi uzoq muddatli kuzatuv maʼlumotlari (shu jumladan, oxirgi yillardagi kuzatuv maʼlumotlari) hamda muhandislik tadqiqotlarini oʻtkazish jarayonida olingan kuzatuvlar natijalari (agar ular oʻtkazilgan boʻlsa) asosida tavsiflash;
asosiy meteorologik elementlarning ekstremal hamda oʻrtacha koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan havo harorati, shamol tezligi va yoʻnalishi, yogʻingarchilik miqdori, qor qoplamining qiymatlari, havoning nisbiy namligi va tuproq muzlash chuqurligining qiymatlari keltirilishi;
shaharsozlik faoliyatiga, loyihalanayotgan inshootning turiga bogʻliq ravishda yaxvonlik, yaxmalak muzlamalar, shamol bosimining taʼsir yukini, qor qoplamining ogʻirlik taʼsirini tegishli normativ va texnik hujjatlar asosida asoslanishi;
yirik akvatoriyalar iqlim sharoitini baholashda suvning eng baland sathi, suv (toʻlqinning) bostirib kelishi va qaytish sathining oʻzgarishi, muz rejimining tafsiloti keltirilishi;
h) suv obyektlarining gidrologik rejimi tavsifi:
suv obyektida suv sathining tebranib turishi, suvning koʻtarilishi va pasayishidagi sath koʻrsatkichlari, qirgʻoq boʻyining chegaralari;
toʻlqinlanish rejimi, shu jumladan toʻlqin balandligining ekstremal qiymatlari;
suvning harorat rejimi va kimyoviy tarkibi;
muzlash rejimi va muz harakati toʻgʻrisida maʼlumotlar;
oʻzan deformatsiyalari va suv ombori qirgʻoqlari yemirilishi haqida (turli yillarda amalga oshirilgan relyef syomkalarini taqqoslash asosida) oʻrganilayotgan uchastkadagi xususiyatlari, jadalligi (intensivligi), yoʻnalganligi va namoyon boʻlish shakllari;
i) ish sifatini nazorat qilish va qabul qilish tartibi:
ish sifatini ichki nazorat qilish, shu jumladan izlanishlar davomida bajarilgan ishning turi va usullari, dala, laboratoriya va kameral nazorat natijalari va ishni qabul qilish tartibi;
j) xulosa:
bajarilgan muhandislik gidrometeorologiya natijalarning qisqacha hisobi, oʻtkazilgan izlanishlarning toʻliqligi va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
loyihalashtirilgan obyektlarni joylashtirish va muhandislik muhofazasi choralarini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar, shuningdek, xavfli jarayonlar (hodisalar)ning k rivojlanishi boʻyicha xulosalar;
k) foydalanilgan hujjatlar va materiallar:
muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari talablarini belgilab beradigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxati;
oʻrganilayotgan hududda ilgari bajarilgan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari materiallari va boshqa ilmiy uslubiy materiallar;
l) muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari texnik hisoboti ilovalari matnli, jadvalli va grafik ilovalarni oʻz ichiga oladi;
m) matnli ilovalar quyidagilarning nusxalaridan iborat boʻladi:
muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarini amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar va dastur;
muhandislik gidrometeorologiya izlanishlariga ruxsat beruvchi hujjatlar;
oʻlchov asboblarini metrologik tekshirish (kalibrlash) sertifikatlari;
izlanishlar davrida olib borilgan kuzatuv natijalari yoki analog postda kuzatuv natijalarini qayd qilish jurnali;
koʻrsatkichlarni hisoblash uchun dastlabki maʼlumotlar;
suvdan va oʻzan tubi choʻkindilaridan namuna olish dalolatnomalari nusxalari;
laboratoriya tekshiruvlari dalolatnomalari;
n) grafik ilovalar qismi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
loyihalangan obyektning joylashuv sxemasi, gidrologik va meteorologik kuzatuvlarining statsionar punktlari va idoraviy kuzatuv tarmoqlari (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatilgan kartogramma;
bajarilgan dala muhandisligi gidrometeorologik izlanishlar sxemasi;
suv havzasi muhofaza qilish zonalari, suv bosish chegaralarining hisobiy sxemasi (suv obyektini kesib oʻtish rejasi bilan birga);
gidrometrik ishlar olib borilgan stvorning koʻndalang profillari;
oqim tezligi va suv sarfi hamda boshqa gidrologik taʼminlanganlikning hisobiy egri chiziqlari;
daryo oʻzanining rejasi, daryoning gidrografik parametrlari, oʻzan jarayonining va qirgʻoq tuzilishining grafik tasvirlari;
daryoning kam, oʻrta va koʻp suvli davrlari uchun tipik gidrograflar;
daryo oʻzanini kesib oʻtish qismida oʻzan yemirilishining koʻndalang kesim chizmasi;
suv omborlari, koʻllar va yirik daryolar uchun yuqoridagilarga qoʻshimcha ravishda kesib oʻtish joylari rejasi bilan shamol toʻlqinlarining hisobiy koʻrsatkichlari taqdim etiladi.
11. Texnik hisobotning har bir boʻlimi hamda tegishli ilovalari topshiriq talablarining aniq yechimlariga qaratilishi, bajarilgan ishning tarkibi va koʻlami shaharsozlik faoliyatining belgilangan bosqichlarida qoʻyiladigan vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim.
4-bob. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarining tarkibi. Umumiy texnik talablar
12. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari tarkibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
hududda avval bajarilgan gidrometeorologik, kartografik izlanishlar materiallarini yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish;
izlanish hududida (tuman, maydon, trassa) yoki akvatoriyada koʻzdan kechirish ishlarini oʻtkazish;
quruqlik, yuza suvlari uchun gidrometrik, gidromorfologik va morfometrik ishlarni oʻtkazish;
suv obyektlari gidrologik rejimi va iqlim koʻrsatkichlarini kuzatishlar hamda ularni oʻrganish boʻyicha epizodik ishlarni amalga oshirish;
hisobiy gidrologik va (yoki) meteorologik koʻrsatkichlarni aniqlash bilan birga materiallarni birlamchi qayta ishlash;
xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalarni oʻrganish;
vaqtincha va doimiy oqar suvlar (yoki daryolar)da oʻzandagi jarayonlar (kanal, ariq, kollektor zovurlarning) gidravlik rejim elementlarini aniqlash;
gidrokimyoviy tadqiqot ishlari;
texnik hisobot (xulosa)ni tayyorlash.
Zarur hollarda oʻzan deformatsiyasini oʻrganish va prognozlash maqsadida suvdan, oqimdagi muallaq zarrachalar va tub jinslardan namunalar olish ishlari bajariladi. Gidrodinamik halokatlar (avariya) modellari ishlab chiqiladi va toshqin xavfi simulatsiyalanadi.
13. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarini olib borishda reprezentativ (vakolatli) yoki analog meteorologik stansiyalarni tanlash quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshirish kerak:
stansiya joylashgan joy tabiiy-geografik sharoitlarining (relyef, ularning ostidagi sath, havo namligi, tuproq qoplamining turi) bir xilligi;
meteomaydonning muhofazalanganligi, atrofdagi (hududdagi) bino va inshootlarning xususiyati, meteomaydon ostida joylashgan sathning atrof landshaftiga mos kelishi;
u yoki bu meteorologik elementga nisbatan stansiyaning reprezentativlik (vakolatlilik) radiusi.
Reprezentativ (vakolatli) meteorologik stansiya qurilish maydonidan 100 km gacha radiusda boʻlishi kerak, togʻli mintaqalarda bu koʻrsatkich 25 km gacha boʻlishi lozim.
Togʻli tumanlarda joylashgan qurilish maydonchalari uchun reprezentativ meteorologik stansiyalarni tanlash dengiz sathidan balandligi va togʻ yonbagʻirlarining ekspozitsiyasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
14. Qurilish hududida oʻziga xos mikroiqlim aniqlangan taqdirda reprezentativ meteorologik stansiyalarni tanlash, izlanishlar davomida olib borilgan qisqa kuzatuv maʼlumotlarini Gidrometeorologiya xizmati agentligining eng yaqin joyda joylashgan meteorologik stansiyasi maʼlumotlari bilan qiyoslash asosida amalga oshirish mumkin.
Tanlangan analog meteorologik stansiya hududining miqroiqlim xususiyatini ifodalamaydi. Qisqa kuzatuv natijalari quyidagi chetlanishlardan oshmagan taqdirda analog meteorologik stansiyalar maʼlumotlari ishonchli deb topiladi, xususan:
shamol yoʻnalishi boʻyicha ogʻishlar 5 — 10 foizgacha (WMO-№ 1203 ga muvofiq);
oʻrtacha oylik shamol tezligi boʻyicha 1 m/s (WMO-№ 1203 ga muvofiq);
oʻrtacha havo harorati 2ºC gacha (SP 482.1325800.2020 ga muvofiq);
kunlik oʻrtacha yogʻin miqdori 10 foizgacha chetlanishlarda (SP 482.1325800.2020 ga muvofiq).
15. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarini olib borishda reprezentativ (vakolatli) yoki analog gidrologik postlarni tanlash quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak:
suv yigʻilishi shakllanish sharoiti (turdoshligi);
iqlim sharoitlarining oʻxshashligi;
daryoda tabiiy suv yigʻilishini oʻzgartiruvchi sunʼiy inshootlar yoki omillar (suv yigʻilishini boshqarish, suv oluvchi, suvni chetga chiqarib yuboruvchi)ni.
Bunday hollarda suv yigʻish maydonlarining bir-biridan farqi 10 metrdan ortmasligi, ularning oʻrtacha balandligi esa (togʻ daryolari uchun) 300 metrdan oshmasligi lozim. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda gidrologik elementlarni emperik hisoblash uslublarini qoʻllash orqali aniqlash mumkin. Bunda USGS 01-4044 talablariga muvofiq, gidropostning shartli joylashgan oʻrnidagi suv obyektining yuqori oqimi toʻliq real sharoitga yaqin modellashtirilishi lozim.
16. Yirik suv obyektlari, koʻllar va suv omborlari boʻylarida joylashgan gidrometeorologik stansiyalarning reprezentativligini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
qirgʻoqning dunyo tomonlariga va shamol koʻp esadigan yoʻnalishlarga nisbatan yoʻnalganligini;
qirgʻoq chizigʻining tilimlanganligi va oʻrganilayotgan suv havzasining quruqlikka kirib kelgan chuqurligini;
suv havzasi sohil boʻyi qismining gidrografik tavsifini;
suv obyektining akvatoriyasi va sohil boʻyi zonasida orollar yoki sunʼiy inshootlarning mavjudligini.
17. Chiziqli obyektlar uchun bajariladigan muhandislik izlanishlarining tarkibini aniqlashda qoʻshimcha ravishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
trassaning suv havzasi obyektiga nisbatan yoʻnalishini;
trassa kesib oʻtadigan suv obyektlari miqdorini;
suv obyektlaridan oʻtadigan joylarning murakkablik darajasi va ularning gidrologik hamda morfologik koʻrsatkichlarining oʻziga xosligini.
18. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarida, zarurat tugʻilganda va texnik topshiriqqa koʻra, quyidagilarni oʻrganishni taʼminlovchi maxsus ishlar va tadqiqotlar amalga oshiriladi:
mikroiqlim sharoitlarini;
zararli moddalarning tarqalish va atmosfera havosining ifloslanish sharoitlarini;
daryolar, suv omborlari va quyi bef uchastkalari gidravlik rejimining oʻziga xos xususiyatlarini;
daryolar, oʻzan va qayir deformatsiyalarini;
jarliklar tarmoqlarining suv-eroziya faoliyatining tavsifini;
suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilishini;
daryolar, koʻllar, suv omborlari, suv bosadigan hududlarning suv balansini;
daryolarning etalon basseynlari va uchastkalaridagi oqim shakllanish sharoitlarini;
suv havzalari va suv yoʻllarining muzlash sharoitlarini;
daryolar, koʻllar, suv omborlari kabilarning gidrobiologik va gidrokimyoviy rejimining oʻziga xosligini.
19. Gidrometeorologik va kartografik oʻrganish materiallarini yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirish ishlari texnik topshiriqqa koʻra amalga oshiriladi va dala ishlari davri davomida davom ettiriladi.
20. Muhandislik gidrometeorologik izlanishlarda quyidagilar yigʻilishi va tahlil qilinishi kerak:
gidrometeorologik kuzatuv materiallari va ular asosida olingan umumlashtirishlar hamda hisobiy koʻrsatkichlar;
avvalgi bajarilgan muhandislik izlanish materiallari;
gidrometeorologik koʻrsatkichlarning ekstremal miqdorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar mavjudligi va ularning namoyon boʻlish xarakteri toʻgʻrisida maʼlumotlar;
yirik masshtabli kartografik materiallar, turli yillarda amalga oshirilgan aerokosmik syomkalar va takroriy topografik syomkalarning materiallari;
loyihalanayotgan va amaldagi gidrotexnik inshootlardan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotlar;
gidrometeorologik sharoitlar va foydalanilayotgan inshootlarning oʻzaro bir-biriga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar;
kemalar qatnovi va kemalarning eng baland gabariti toʻgʻrisida maʼlumotlar.
21. Maʼlumotlarni yigʻishda quyidagilardan foydalanish kerak:
davlat suv kadastri maʼlumotlari, davriy nashrlar, iqlim boʻyicha ilmiy-amaliy maʼlumotnoma va avvalgi yillarda amalga oshirilgan muhandislik izlanishlar materiallaridan;
davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimining (DSK AIS) elektron axborot tashuvchisidan;
ekstremal gidrometeorologik hodisalar (yirik suv toshqinlari, kuchli shamollar, qum boʻronlari) toʻgʻrisida maʼlumotlari boʻlgan arxiv materiallari va ilmiy-texnik adabiyotdan;
yirik masshtabli kartografiya materiallari, topografik syomkalar hamda turli yillardagi aerokosmofotosyomka materiallari;
ekstremal koʻrsatkichlarga ega boʻlgan gidrometeorologik hodisalar sodir boʻlgani toʻgʻrisida mahalliy aholidan surishtirishlar natijasida olingan maʼlumotlar (mahalliy aholi orasidagi koʻpdan beri yashab kelayotgan vakillarning, ular tomonidan kuzatilgan ekstremal koʻrsatkichlarga ega boʻlgan gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari);
avvalgi yillarda boʻlib oʻtgan suv toshqinlari yoki boshqa ekstremal koʻrsatkichlarga ega boʻlgan gidrometeorologik hodisalarning joylarda hamda bino va inshootlarda qoldirib ketgan izlari yoki belgilari;
salbiy va noqulay gidrometeorologik sharoitlar bilan bogʻliq boʻlgan avariya vaziyatlari toʻgʻrisida inshootlardan foydalanuvchi tashkilotlarning maʼlumotlari;
turli tashkilotlarning suv va havo muhiti ifloslanishi toʻgʻrisidagi nashr qilingan va fond materiallari.
22. Yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirish natijasida olingan gidrometeorologik materiallar quyidagilar uchun foydalanilishi mumkin:
gidrologik va iqlim sharoitlarini dastlabki oʻrganish uchun;
koʻp yillik gidrometeorologik koʻrsatkichlarni aniqlash uchun tayanch sifatida foydalanish maqsadida, uzoq davr mobaynida kuzatuvlar olib borgan reprezentativ post (stansiya)ni tanlash uchun;
hududning gidrometeorologik oʻrganilganlik darajasini baholash uchun;
muhandislik izlanishlari dasturida ishlarning tarkibi va hajmini belgilash uchun;
zarur hisobiy koʻrsatkichlarni va reprezentativ stansiya (post) analogni dastlabki tanlash uchun;
gidrologik va meteorologik koʻrsatkichlarni hisoblash uchun.
23. Muhandislik izlanishlarini bajarish davomida gidrometeorologik koʻrsatkichlarning (daryolar, koʻllardagi suv sathi, suv sarfi, shamol parametrlari, yogʻingarchilik, yaxmalak, sel oqimlari, qor koʻchkilari) imkoni boricha uzoq davr mobaynida kuzatilgan ekstremal qiymatlarini topishga eʼtibor qaratilishi kerak.
24. Qurilish obyektidagi kuzatish punktlarining sonini quyidagilarni hisobga olgan holda belgilash lozim:
gidrologik rejim va iqlim shakllanishining xususiyatlarini;
oʻrganilayotgan rejim elementlarining makonda oʻzgaruvchanligi va oʻrganilayotgan uchastkaning uzunligini;
izlanishlar uchastkasi doirasidagi loyihalanayotgan inshootlarning joylashish sxemasini;
hisobiy koʻrsatkichlarning haqqoniyligiga boʻlgan talablarni.
25. Koʻzdan kechirish tarzidagi tekshirishlar muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari tarkibidagi dala ishlarining birinchi bosqichida bajariladi va hudud oʻrganilganlik darajasidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Muhandislik izlanishlari jarayonida olingan koʻzdan kechirish tarzidagi tekshirishlar natijalari quyidagi masalalarni yechish uchun foydalaniladi:
xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar sodir boʻlgan uchastkalarni aniqlash;
trassani gidrometeorologik sharoitlari boʻyicha dastlabki oʻrganish;
inshootlar qurilishi uchun gidrometeorologik sharoitlari eng qulay boʻlgan maydon (trassa yoʻnalishi)ni tanlash;
suvdan foydalanish uchun suv obyekti yoki uning uchastkalarini tanlash;
gidrologik va meteorologik kuzatuvlar uchun gidrometrik stvorlar va postlar (punktlar) joylashadigan joylarni tanlash;
avvalgi yillarda sodir boʻlgan suv toshqinlari izlari boʻyicha suvning maksimal sathini aniqlash;
daryo oʻzanlari va ularning qayir uchastkalarining gidravlik tavsifiga aniqlik kiritish uchun.
26. Koʻzdan kechirish tarzidagi (rekognossirovka) tekshirishlar kartografik materiallardan, shu jumladan aerokosmik syomka materiallaridan, yer tuzish xarita va rejalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Rekognossirovka tekshirishlarida, zarurat tugʻilganda, instrumental geodezik va gidrometrik ishlarning ayrim turlari bajariladi (suv sarfini oʻlchash, kimyoviy va bakteriologik tahlillar uchun namunalar olish, baland suv sathi belgilarini, suvning boʻylama nishabligini va daryo oʻzani koʻndalang profillarini va uning vodiysini oʻrganish).
27. Suv obyektlarining gidrologik rejimi koʻrsatkichlarini va meteorologik elementlari kuzatishlarini muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari tarkibida ularni gidrologik va (yoki) meteorologik jihatdan yetarli darajada oʻrganilmagan yoki umuman oʻrganilmagan hududlarda amalga oshirish kerak.
28. Etarli darajada gidrologik oʻrganilganlik sharoitlarida daryolar rejimini kuzatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
qurilish obyektini joylashtirish sharoitlarini belgilovchi murakkab gidrometeorologik jarayon va hodisalarni (oʻzan jarayonlari va sellar) oʻrganishda;
daryo uzunligi boʻylab koʻchirib boʻlmaydigan (muzlash sharoitlari, oqim tezligi) gidrologik rejim koʻrsatkichlarini mufassal oʻrganishda;
daryo oʻzanida joylashtirilishi aniq olingan stvorda yoki asosiy inshootlar uchastkasida gidrologik sharoitlarni mufassal baholashni talab qiluvchi masʼul gidrotexnik inshootlarni loyihalash uchun muhandislik izlanishlarida.
29. Kuzatishlar boshlanishidan avval izlanishlar obyektida ishlarni bajarishni taʼminlovchi kuzatish punktlari va jihozlaridan iborat gidrologik yoki meteorologik tarmoq tashkil qilinishi kerak.
30. Gidrometeorologiya xizmati agentligi postlari va stansiyalaridagi kuzatishlarning standart komplekslariga kirmaydigan maxsus ishlar bajarilganda WMO-№ 16 da belgilangan usullar qoʻllanilishi mumkin.
31. Gidrologik va meteorologik kuzatishlarning tarkibi muhandislik izlanishlari bajarilayotgan inshootlarning turiga, suv obyekti gidrologik rejimi va hudud iqlim sharoitlarining oʻrganilganlik darajasiga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
32. Gidrologik kuzatishlar bajarilishidagi ishlar tarkibi quyidagi oʻlchashlarni oʻz ichiga olishi kerak:
suv sathi va sarfini;
muallaq va tub choʻkindilar sarfini.
Baʼzi hollarda muhandislik izlanishlari tarkibiga qoʻshimcha tarzda quyidagilarning bajarilishi kiritiladi:
suv oqimi tezligi va yoʻnalishini oʻlchash;
oʻzan va qayirlarning notekislik (gʻadir-budurlik) koeffitsiyentini aniqlash;
gidrokimyoviy rejimni oʻrganish;
harorat rejimini oʻrganish;
muzlash rejimi va hodisasini oʻrganish;
oʻzan jarayonini oʻrganish;
toʻlqin rejimini oʻrganish.
33. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari tarkibida bajariladigan asosiy meteorologik kuzatuvlarga quyidagilar kirishi kerak:
atmosfera bosimini kuzatish;
havo harorati va namligini kuzatish;
shamol tezligi va yoʻnalishini kuzatish;
tuproq yuzasidagi harorat va tuproq yuzasining holatini kuzatish;
atmosfera yogʻinlarini kuzatish;
bulutlilikni kuzatish;
meteorologik koʻrish uzoqligini kuzatish;
atmosfera hodisalarini kuzatish;
qor qalinligini kuzatish.
34. Zarurat tugʻilganda meteorologik kuzatishlar tarkibiga quyidagi maxsus ishlar kiritiladi:
quyosh radiatsiyasini kuzatish;
suv yuzasidan bugʻlanishni kuzatish;
termik rejimni kuzatish (WMO-№ 100).
35. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari davrida kuzatishlar davomiyligi yetarli darajadagi ishonchlilikda, oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar bir davr mobaynida qurilish maydoni va tayanch post-analogda olinadigan maʼlumotlar oʻrtasidagi korrelatsion bogʻliqlikni oʻrnatish uchun kerak boʻlgan vaqt bilan aniqlanishi kerak.
36. Loyihalanayotgan inshootlar hududida xavfli gidrometirologik jarayon va hodisalar sodir boʻlish ehtimoli boʻlgan taqdirda muhandislik izlanishlari natijasida ushbu jarayon, hodisalarning koʻrsatkichlarini aniqlash va rivojlanishini bashorat qilish uchun loyiha bosqichlariga mos keladigan zarur va yetarli boʻlgan maʼlumotlar olinishi kerak.
37. Uzoq muddatli kontekstda ehtimoliy taqsimotga ega boʻlgan xavfli jarayonlar va hodisalarning hisobiy koʻrsatkichlarini aniqlash uchun foydalaniladigan birlamchi maʼlumotlar yillik qiymatlari qatorini va yaqqol ajralib turuvchi maksimumlar hisobga olinishi kerak.
38. Xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalarni oʻrganishda muhandislik izlanishlari maxsus dasturlar asosida muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari uchun nafaqat anʼanaviy-gidrometrik, gidromorfometrik, gidrologik, aerovizual usullardan foydalanib, balki laboratoriya sharoitlarida modellashtirish, real obyektlarda tajriba-eksperimental, kompyuter va matematik modellashtirish usullardan foydalanish yoʻllari bilan ham bajarilishi kerak. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari dasturida koʻriladigan ishlarning tarkibi, har bir aniq holda loyiha bosqichi, jarayon turi va tabiiy sharoitlarning murakkabligi bilan aniqlanadi.
39. Xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalarni loyihalashda gidrologik (5.1-jadval) va meteorologik (5.2-jadval) jarayon va hodisalar jadvalida keltirilgan koʻrsatkichlar chegaralaridan yuqori boʻlganlarini hisobga olish kerak.
5.1-jadval Xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar turi Jarayon va hodisalar namoyon boʻlishining miqdoriy koʻrsatkichlari Uyurmali quyun Diametri 500 metrgacha boʻlgan atmosfera gidrdobi yoki qumli girdob (shamol tezligi 18 — 32,5 m/s boʻlganda “Fujita” shkalasi boʻyicha boʻron tipli, maksimal tezligi 100 m/s). Shamol (shamol boʻroni) Tezligi 20 m/s dan ortiq (Bofort shkalasi boʻyicha 8 balli shamol boʻronlarining boshlanish chegarasi) va kuchaygan paytlarda 40 m/s dan ortiq (Bofort shkalasi boʻyicha 12 balli shamol dovulining boshlanish chegarasi)ni tashkil etadi. Yomgʻir Sel kelishi va jala quyish xavfi boʻlgan tumanlarda yogʻinlarning miqdori 12 va undan kam soatda 30 mm dan ortiqni tashkil etadi. Qolgan hududlarda: 12 va undan kam soatda 50 mm dan ortiq; 2 sutkada 100 mm va undan ortiq; 4 sutkada 150 mm va undan ortiq; 9 sutkada 250 mm va undan ortiq; 14 sutkada 400 mm va undan ortiq. Jala 1 soatda yogʻingarchilik miqdori 30 mm dan koʻp Yaxvonlik Havodagi simlarda devorining qalinligi 25 mm dan qalin muz qoplamining hosil boʻlishi Juda kuchli qor yogʻishi 1 soatda yogʻingarchilik miqdori 20 mm dan koʻp Juda katta doʻl yogʻishi Yogʻin paytida doʻlning kattaligi 20 mm dan katta Kuchli qum boʻronlari Qum boʻronlari paytida shamol tezligining oʻrtacha koʻrsatkichi 15 m/s va koʻrinish masofasi 500 m gacha Kuchli tuman Tuman vaqtida koʻrinish 50 m gacha Qor koʻchkisi Tik qiyaliklardan 0.01 mln/m3 qor yoki muzli qatlamning toʻsatdan tez harakatlanishi Sel oqimlari Qisqa vaqt ichida kuchli yomgʻir yogʻishidan hosil boʻladigan aholi va xalq xoʻjaligi obyektlariga xavf soluvchi oqimlar Yuqori haroratlar +40ºS dan yuqori Past haroratlar -10ºS dan past
5.2-jadval Jarayon va hodisalar turi Jarayon va hodisalar namoyon boʻlishining miqdoriy koʻrsatkichlari Toʻlin suv Yilning maʼlum davrlarida toʻyinish manbalaridan suv qoʻshilishining (qor va muzlar erishi natijasida) ortishi bilan suv sathining sutkasiga 1 m dan oshib borishi hamda 15 foiz maydon birligidan kam boʻlmagan joyni suv bosishi. Shovush Daryolarda muz parchalarining maʼlum bir qismlarida yigʻilib qolishi bilan suv sathining yuqori qismda koʻtarilishi va quyida pasayishi kuzatiladi. Koʻtarilish jarayoni sutkasiga 1 m dan ortgan holatlar. Muzlarning tiqilib qolishi (zator) Daryolarda muz parchalarining maʼlum bir qismlarida yigʻilib qolishi bilan suv sathining yuqori qismda koʻtarilishi va quyida pasayishi kuzatiladi. Koʻtarilish jarayoni sutkasiga 1 m dan ortgan holatlar. Toshqin Gidrologik rejimning fazasi boʻlib, daryo yoki koʻl suvi sathining koʻtarilishi natijasida quruqlikni suv bosishi. Toshqin daryo suvi, asosan, havo harorati keskin koʻtarilib, qor yoki muzliklar qisqa vaqtda koʻp miqdorda eriganda, qattiq jala quyganda sutkasiga suv sathining koʻtarilishi 1 m dan kam boʻlmagan holatda Kam suvlik (mejen) Suv sathining suv olish inshootining loyihaviy suv olish sathidan, oqava suv chiqarish joylari va kema qatnovi mumkin boʻlgan navigatsiya sathidan kamida 10 kungacha pasayishi. Oʻzan deformatsiyasi Daryo va boshqa suv obyektlarining qirgʻoq chizigʻini oʻzgartirishi 1 m/yildan katta boʻlishi Megatsunami Suv osti yoki qirgʻoq boʻylarida kuchli yer silkinishidan vujudga keladigan yopiq suv havzalaridagi shartli tsunami hodisasi. Hodisa paytida qirgʻoqqa uriladigan toʻlqin balandligi 2 m dan, toʻlqin energiyasi 20 km/h dan yuqori boʻlganda. Kuchli toʻlqinlanish Toʻlqinlanish qirgʻoq mintaqasida 4 m dan baland boʻlganda.
40. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarining yakuniy bosqichida olingan materiallar kameral qayta ishlanadi. Bu bosqichda qayta ishlash ishlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari davrida bajarilgan kuzatuv materiallarini uzil-kesil qayta ishlash (shundan, kuzatuv materiallarini joriy qayta ishlash dala sharoitlarida amalga oshiriladi);
loyiha yechimlarini asoslash uchun hisobiy gidrologik va (yoki) meteorologik koʻrsatkichlarni aniqlash;
qurilish (trassa) hududining gidrometeorologik sharoitlarini baholash.
41. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari davrida kuzatishlar davomiyligi yetarli darajadagi ishonchlilikda, qurilish maydonida oʻrganilayotgan koʻrsatkich turiga bogʻliq ravishda 5.3-jadvalda koʻrsatilgan qiymatlardan kam boʻlmasligi kerak.
5.3-jadval Gidrometeorologik oʻrganilganlik darajasi Hududning gidrologik va gidrometeorologik oʻrganilganlik darajasini belgilovchi sharoitlar Oʻrganilgan Quyidagi shartlarga javob beradigan reprezentativ post (stansiya)ning mavjudligi: kuzatuvlar obyekt loyihasini asoslash uchun zarur boʻlgan barcha gidrometeorologik koʻrsatkichlar boʻyicha olib boriladi; kuzatuvlarning sifati hisoblashlarda ishlatiladigan maʼlumotlarning ishonchliligini belgilaydi; agar kuzatuvlar davrining davomiyligi quyidagi miqdorlardan kam boʻlmasa, daryolar maksimal suv sarfi qatori hisobini aniqlash uchun yetarli deb qabul qilinishi mumkin: 25 yil — oʻrmon zonasi uchun; 30 yil — oʻrmon dasht zonasi uchun; 40 yil — dasht zonasi va togʻli tumanlar uchun; 50 yil — qurgʻoqchil dashtlar va yarim choʻl zonalari uchun; agar ularning davomiyligi quyidagi koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlsa, meteorologik kuzatuvlar qatori yetarli hisoblanadi: havo harorati — 30 — 50 yil boʻlsa; tuproq harorati — 10 yildan kam boʻlmasa; tuproqning maksimal muzlash chuqurligi — 25 — 30 yil; yaxvonlik devori hisobiy qalinligi — 25 — 30 yil boʻlsa; shamolning hisobiy bosimi — 20 yildan kam boʻlmasa. Etarli darajada oʻrganilmagan Mavjud postlar (stansiyalar) hududni oʻrganilgan deb xarakterlovchi sharoitlarning hech boʻlmaganda bittasiga ham javob bermaydi. Oʻrganilmagan Reprezentativ postlar (stansiyalar)ning mavjud emasligi. Shakllanishi faqat mahalliy omillar va sharoitlar (oʻzan jarayonlari, suv havzalari qirgʻoqlarining yemirilishi, qor koʻchkilari, daryolardagi muz tiqinlari) bilan aniqlanadigan gidrometeorologik jarayon va hodisalarni oʻrganishda.
5.4-jadval Gidrometeorologik sharoitlarning tafsiloti Kuzatuvlarning eng kam davomiyligi Quruqlikdagi suv obyektlarining gidrologik rejimi (oʻzan jarayoni, suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilishi rejimlarini qoʻshgan holda) Gidrologik rejimning barcha fazalarini oʻzida mujassamlashtirgan yillik davr. Meteorologik elementlarning rejimi Barcha iqlim mavsumlarini oʻzida mujassamlashtirgan yillik davr. Ekstremal va mavsumiy gidrologik va meteorologik koʻrsatkichlar (suvning maksimal va minimal sathi va suvning oqib tushishi, havo harorati va yogʻingarchilik, suv havzalarining qishki rejimi) Rejimning toʻliq fazalarini oʻzida mujassamlashtirgan yillik davr yoki unda sodir boʻladigan iqlim mavsumi. Xavfli tabiiy jarayonlar Yomgʻir yogʻadigan davr (yomgʻirlar mavsumi). Sellar, qor koʻchkilari Qor erishi bilan boshlanib, qor koʻchkilari tushishi tugashigacha boʻlgan davr.
42. Ehtimollik xarakteriga ega boʻlgan hodisa va jarayonlarning hisobiy koʻrsatkichlarni aniqlash har yillik taʼminlanish (oshib borish yoki pasayish) ehtimolligi asosida amalga oshiriladi. Xavfli gidrometeorologik jarayonlar uchun hisobiy koʻrsatkich sifatida bu jarayonlarning hisobiy davr oxiriga toʻgʻri keladigan rivojlanishi ehtimolligining bahosi olinadi. Hisobiy ehtimollik miqdori KMK 2.01.14-98 ga muvofiq inshootlarning masʼullik darajasiga koʻra ulardan foydalanishda ishonchliligi 90 foiz oraliqlarda boʻlgan holda aniqlanadi.
43. Xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar quyidagi usullar asosida aniqlanishi kerak:
ehtimolliklarni statistik usullari;
kelgusida rivojlanishni prognozlash usullari;
kombinatsion usullarda.
Bunda birinchi usul ehtimollik xarakteri nomoyon boʻladigan xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar uchun, ikkinchi usul esa doimiy, yuz berish ehtimoli yuqori boʻlgan xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar uchun hamda mukammal qarorlar qabul qilish maqsadida har ikki usul bir paytda (kombinatsion) qoʻllanilishi mumkin.
44. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari doirasida xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalarning hisobiy koʻrsatkichlarini aniqlash xalqaro qabul qilingan normativ hujjatlar talablari doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda kuzatuv maʼlumotlari va hisobiy koʻrsatkichlarning birlamchi hisobiy jadvali, qoʻllanilayotgan normativ hujjatga havola qilingan holda keltirilgan usulning qisqacha tavsifi berilishi lozim.
45. Qurilish obyekti noqulay gidrometeorologik sharoitli hududlarda joylashtirilishi koʻzda tutilgan holatlar boʻlishi mumkin, xususan:
sel oqimining yoʻlida;
qor koʻchish xavfi bor hududlarda;
daryo va boshqa suv obyektlarining qirgʻoq chizigʻini oʻzgartirishi 3 m/yildan katta boʻlgan joylar;
toʻlin suv yoki yogʻingarchilik davrida suv toshqiniga moyil boʻlgan hududlarda.
Bunday holatlarda muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari tarkibida mos ravishda xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalarning loyihalanayotgan obyektga boʻladigan taʼsirini baholash bilan birga muhandislik himoya tadbirlari majmuasini asoslash, zarur hollarda ogohlantirish tizimini ishlab chiqish boʻyicha loyihaviy koʻrsatkichlar keltiriladi.
46. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari natijalari boʻyicha ushbu qoidalar toʻplamining 10-bandi talablariga koʻra texnik hisobot yoki xulosa tuziladi. Xulosani mavjud boʻlgan materiallarni oʻrganish va rekognossirovka tekshirishlari materiallari asosida va cheklangan miqdorda dala ishlarini bajargan quyidagi hollarda tuzishga ruxsat beriladi:
loyihalanayotgan, masʼullik darajasi III sinf boʻlgan inshootlar uchun;
oʻrganilgan hududda joylashgan qurilish maydonlari uchun;
hududning gidrologik va iqlim sharoitlari deyarli taʼsir qilmaydigan inshootlar uchun.
47. Shaharsozlik hujjatlari uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari hududning kompleks gidrometeorologiya rejimini oʻrganishga qaratilib, rejalashtirilayotgan qurilish maqsadidan kelib chiqib quyidagi gidrometeorologiya tadqiqotlardan iborat yechimlarni taʼminlashi kerak:
suv obyektlarini suv bilan taʼminlash manbai sifatida, sanitar, texnik, transport, energetik, meliorativ, sport va madaniy-maishiy maqsadlar uchun foydalanish ehtimolini aniqlashni;
qurilish obyektlarini joylashtirish boʻyicha muhandislik va boshqa turdagi kommunikatsiyalar, bino inshootlarining joylashuvini, transport tarmoqlarini yoʻnalishlarini aniqlashda fundamental qarorlar qabul qilishni;
xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalarning ehtimoliy takrorlanishlarini aniqlash hamda ularning loyihalanayotgan obyektga taʼsirini prognozlash natijasida muhandislik muhofazalash inshootlarini loyihalash yoki tadbirlarini ishlab chiqish boʻyicha tizimli tavsiyalar ishlab chiqishni;
zarurat tugʻilganda xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalardan muhandislik himoya bosh rejasini ishlab chiqishni;
hududning gidrometeorologik rejimi va unga texnogen omillarni baholash, undan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida hududning gidrometeorologik rejimning oʻzgarishlarini prognoz qilishni;
texnogen omillarning istiqbolli prognozlarida rivojlanish yoʻnalishlarini, xususan oʻrmon yongʻinlari, turli tipdagi toshqinlar, sellar xavflilik darajasi boʻyicha mahalliy tumanlashtirish ishlarini taʼminlashni;
muhandislik muhofaza tadbirlari doirasida hududda yer usti suvlarining oqimini tashkil qilish va quritishga qaratilgan boshqa tadbirlarni asoslashni;
kelgusida tabiiy jarayonlarga boʻladigan muhandislik yuklamalarining ekotizm oʻzgarishlarga uchrashini hisobga olib, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishni.
5-bob. Shaharsozlik hujjatlari uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari
48. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari muhandis-geodeziyasi, muhandis-geologiyasi va muhandis-ekologiyasi izlanishlari kompleksida olib borilishi kerak.
49. Shaharsozlik hujjatlari uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarini olib borish hajmi va tarkibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
oʻrganilayotgan hudud toʻgʻrisida gidrometeorologik va kartografik materiallarni tahlil qilish;
rejalashtirilayotgan muhandislik kommunikatsiyalari, transport tarmoqlarining hududda joylashuvi boʻyicha gidrometeorologik xulosalash;
xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalarning kelgusida rivojlanishini prognozlash.
50. Shaharsozlik hujjatlari uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari hududda (gidrometeorologik oʻrganilganlik yetarli boʻlmagan taqdirda) rejalashtirilayotgan obyektlarning masʼullik darajasiga bogʻliq ravishda meteorologik elementlar va suv obyektlarining gidrologik rejim elementlarini kuzatish ishlari tashkil qilinadi va gidrometeorologik jarayonlar hamda hodisalar rivojlanishi statistik usullar yordamida (ekstropolatsiya) prognoz qilinadi.
Etarli darajada gidrometeorologik oʻrganilgan hududlarda ushbu tadqiqotlar faqatgina mavjud meteorologik stansiyalar va gidrologik postlar kuzatuv tizimining standart dasturiga kirmaydigan maxsus kuzatuv ishlarini olib borish bilan bogʻliq tadqiqotlarni talab qilgandagina koʻzda tutiladi.
51. Yangi shaharlar qurilishining muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari tarkibida mazkur hududdagi mavjud meteostansiya vakolatli boʻlmagan taqdirda meteorologik kuzatuvlar olib borish majburiydir.
52. Meteokuzatishlar eng kamida bir yillik davriy rejimni kuzatishdan iborat boʻlib, hududda doimiy faoliyat koʻrsatishi kerak. Bundan tashqari eng yaqin meteostansiya maʼlumotlari asosida hududning mikroiqlim xususiyatlari hamda yorugʻlik iqlimi, quyosh radiatsiyasi, atmosfera elektrlanishi tavsiflanadi.
53. Hudud mikroiqlimini tekshirish ishlarining tarkibi quyidagilardan iborat boʻladi:
erning energiya balansi tenglamasiga asoslangan mikroiqlimini tashkil qiluvchilar (albedo, quyosh energiyasining sarflanish va yutilish miqdorlari, yer yuzasining temperatura rejimi) boʻyicha tavsiflash;
atmosfera yogʻinlari, havo va yer yuzasi harorati, qor qalinligi, shamol tezligi va yoʻnalishini aniqlash;
atmosfera jarayonlari va hodisalarining yil davomida takrorlanishini aniqlash;
atmosferaning korroziyaviy faolligini aniqlash;
havoning gigiyenik xususiyatlarini aniqlash.
54. Hududda gidrologik tekshirish ishlarining tarkibi quyidagilardan iborat boʻladi:
suv obyektlaridan suv taʼminoti manbai sifatida foydalanish imkoniyatini belgilovchi asosiy gidrologik va gidrokimyoviy mezonlar boʻyicha aniqlash;
chiziqli obyektlarning suv obyektlaridan kesib oʻtish joylaridagi optimal yechimlarini aniqlash;
xavfli gidrologik jarayon va hodisalarning vaqt va makonda taqsimotini aniqlash.
55. Suv obyektlaridan suv taʼminoti manbai sifatida foydalanish imkoniyatini belgilovchi asosiy gidrologik va gidrokimyoviy mezonlar boʻyicha aniqlash ishlari quyidagi tarkibdan iborat boʻladi:
suvning kimyoviy tarkibi va loyqaligi;
suv havzasining yuqori oqimida tashlanayotgan sanoat va maishiy oqova suvlarning miqdori va kimyoviy tarkibi;
havzada qishloq xoʻjaligi maydonlarining joylashuvi, qoʻllaniladigan kimyoviy oʻgʻitlar va boshqa birikmalarning suv obyektiga tushish darajasi;
suv havzasining sanitar-gigiyenik holati va bakteriologik ifloslanish manbalari;
suv sarfi va sathining minimal darajasi, havzada yuza oqimning yoʻqolishi muddatlari;
rejalashtirilayotgan gidroinshootlarga suv olish joylarining noqulay gidrologik va gidrobiologik sharoitlarga (fitoplanktonlarning rivojlanish davri, baliq va boshqa suv jonivorlarining urugʻ qoʻyishi, koʻchishi, toʻplanishi) bogʻliq ravishda uzilishlar boʻlishini asoslash;
hududning mukammal suv balansini aniqlash;
insonning xoʻjalik faoliyati natijasida suv obyektlarining tabiiy rejimini buzilishi.
Suv obyektlaridan suv taʼminoti manbai sifatida foydalanish imkoniyatini oʻrganish gidrologik rejim elementlarining kamida bir yillik kuzatuv natijalariga tayanishi kerak.
56. Chiziqli obyektlarning suv obyektlaridan kesib oʻtish joylaridagi optimal yechimlarini aniqlash quyidagi koʻrsatkichlarga bogʻliq boʻladi:
chiziqli obyektlarning kesib oʻtish joylaridagi suv obyektning minimal va maksimal suv sarfi hamda sathi (kesib oʻtuvchi obyekt maksimal va minimal qiymatlardan 1.4 barobar oshirilgan ishonchli qiymatlarda);
kemalar harakatlanadigan suv obyektlarida kesib oʻtish balandligi kemalarning eng baland oʻlchamidan yuqori boʻlishi;
oʻzan jarayonlarining vertikal va gorizontal rivojlanish intensivligi, namoyon boʻlish shakliga koʻra rejalashtirilayotgan yoki loyihalanayotgan kesib oʻtuvchi obyektning ekspluatatsiya davridan kichik boʻlishi.
57. Xavfli gidrologik jarayon va hodisalarning vaqt va makonda boʻlishini baholash quyidagilardan iborat boʻladi:
xavfli gidrologik jarayon va hodisalarni stoxastik baholash;
xavfli gidrologik jarayon va hodisalarni deterministik baholash;
shartli ssenariylar ishlab chiqish orqali ekstrapolatsiyalangan miqdorlarning makonda oʻzgarishini prognozlash (bunda SSG-18 va WMO-№ 1150 ga muvofiq geofazoviy simulatsiyalash va modellashtirish tamoyillariga tayaniladi).
58. Sanoat va aholi yashash joylarining oʻzaro joylashishini baholash uchun troposfera qatlamida sanoat ifloslanishining taqsimlanishiga taʼsir qiluvchi meteorologik omillardan foydalaniladi. Bunda vertikal tuzilish boʻyicha sanoat zonasining, sanoat obyektining va alohida ifloslantiruvchi manbaning meteorologik omillar taʼsirida hududni ifloslantirishi oʻrganilib, quyidagi asosiy meteorologik holatlar va koʻrsatkichlar qamrab olinadi:
mahalliy masshtabdagi atmosfera sirkulatsiyasining davriyligi va xususiyatlari;
yilning iliq davrida tez-tez takrorlanadigan shamol yoʻnalishi;
berilgan miqdordan kam boʻlgan shamol tezligining takrorlanib turishi;
inversiyaning takrorlanib turishi va xususiyatlari;
tuman, atmosfera yogʻinlari (EUROCODE 7, NS-R-3, NS-G-3.5 ga muvofiq ularning kimyoviy tarkibi-ishqoriyligi yoki kislotaliligini baholash maqsadida).
59. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari tarkibiy qismi quyidagilardan iborat boʻlishi kerak:
a) iqlim koʻrsatkichlari:
havo harorati va namligi, atmosfera yogʻinlarining miqdori va intensivligi, shamol tezligining ekstremal va oʻrtacha qiymatlari;
qor qoplamining eng yuqori miqdori va tuproqning muzlash chuqurligi;
xavfli atmosfera hodisalari (minimal davriy oraliqlar 3, 6, 12, 24 soatda va 2, 5, 10, 20, 50, 100 va 500 yillik takrorlanish ehtimolliklarda) (ASCE/SEI 7 — 16).
b) daryolarning gidrologik rejimi:
suv va choʻkindilar sarfi rejimi (minimal va maksimal suv sarflari, davriy gidrograflari, suv sarfining taʼminlanganlik egri chiziqlari boʻyicha va mavsumiy yillik taqsimoti) yirik va muallaq zarrachalarning oqimga bogʻliq ravishda sarfi, sathiy rejimi (suvning eng baland sathi);
suv bosadigan yerlarning chegaralari;
muzlash rejimi;
oʻzan jarayonlari (oʻzan jarayonlarining turi, ularning shiddatliligi va rivojlanish darajasi, qirgʻoq deformatsiyasining tavsifi).
d) koʻllar, sunʼiy suv omborlar rejimi:
suv sathining maksimal va ekstremal miqdorlari, suv (toʻlqinining) bostirib kelishi va qaytishidagi sathining oʻzgarishi, seyshlar jarayonida suvning qirgʻoqqa bostirib kelishidagi sathi va jarayonning davriyligi, kuchli zilzilalar vaqtida akvatoriyadagi toʻlqinlanish jarayoni (megatsunamilar), limnologik jarayonlarning tavsifi, suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilish turi, yoʻnalganligi, intensivligi va rivojlanish darajasi.
e) sel oqimlarining tarqalish chegaralari, sel xavfi boʻlgan davrning davomiyligi, sel kelishining takroriyligi (kompleks asoslashga hududning geologik tuzilishi, kunlik va sutkalik maksimal yogʻin sharoitida sel oqimlarining sarfi bogʻliqligi fonida erishiladi).
f) qor koʻchkilari sodir boʻlishining takroriyligi, koʻchkilar tarqalishi va havo toʻlqini taʼsirining chegaralari, qor koʻchkilari sodir boʻlish davrining davomiyligi.
g) yuqoridagilardan tashqari qurilishning iqlim koʻrsatkichlarni kiritish lozim boʻlib, bularga:
hududda quyosh radiatsiya balansi maʼlumotlari;
harorat va shamol yoʻnalishiga bogʻliq ravishda atmosfera namligi koʻrsatkichlari;
shamol yoʻnalishiga bogʻliq ravishda shamol tezligi va harorat koʻrsatkichlari;
tuproq qatlamining haroratiga bogʻliq ravishda muzlash chuqurligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
6-bob. Inshootlar qurilishiga investitsiyalarni asoslash uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari
60. Inshootlar qurilishiga investitsiyalarni asoslash uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
qurilish uchastkalari (trassalar oʻtish joyi)ning barcha variantlarining gidrometeorologik sharoitlarini oʻrganish;
qurilish maydoniga (trassga) xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar taʼsiri ehtimolini aniqlash va ularning koʻrsatkichlarini baholash;
qurilish maydonining (trassaning) optimal variantini (gidrometeorologik sharoitlar boʻyicha) asoslash va muhandislik muhofazasi chora-tadbirlari va inshootlarini loyihalash uchun takliflar kiritish.
61. Qoʻyilgan vazifalarni yechish uchun qurilish maydonini tanlash boʻyicha muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari tarkibida, ularni joylashtirishning har bir varianti uchun:
izlanishlar tumanining gidrometeorologik va kartografik oʻrganilganligi toʻgʻrisidagi materiallarni yigʻish va tahlil qilish;
qurilish maydoni joylashtirilishi moʻljallangan tumandagi suv obyektlarini rekognossirovka qilish.
62. Chiziqli inshoot trassasining yoʻnalishini tanlash boʻyicha izlanishlar tarkibida qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻzda tutilishi kerak:
trassa oʻtkaziladigan variantlarini, eng katta va murakkab suv obyektlaridan oʻtish joylarini ajratib koʻrsatgan holda kameral trassalashtirish (belgilash). Ushbu oʻtish joylari mukammal koʻrikdan oʻtkaziladi;
har bir raqobatchi variantlar boʻyicha trassa oʻtkaziladigan yoʻlkada aerovizual yoki yer yuzida rekognossirovka tekshirishlari;
trassa suv obyektlari boʻylab oʻtkazilgan joylarda yer yuzida rekognossirovka tekshirishlari. Bunda ular rejimining chiziqli inshootlarga taʼsir qilish ehtimolini aniqlash kerak;
er yuzida gidromorfologik tekshirishlar va trassa muhandis-gidrologik sharoitlari murakkab boʻlgan katta suv obyektlaridan oʻtish joylarida raqobatga qodir boʻlgan variantlarini ishlab chiqish.
63. Oʻrganilganlik darajasi materiallarini yigʻish va tahlil qilish natijasida va ularni rekognossirovka tekshirishlari natijalari bilan toʻldirish natijasida, qurilish maydoni (trassa yoʻnalishi)ning har bir varianti boʻyicha quyidagilar olinishi kerak:
daryo basseyni, oʻzani va qayiri, koʻlning, suv omborining asosiy xarakteristikasi;
hudud (trassa yoʻli) iqlim sharoitlarining asosiy xarakteristikasi;
eng yaqin gidrologik postlar boʻyicha suv maksimal sathi va sarfining yillik miqdorlari;
muzlash rejimi va muz harakati sharoitlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
oʻzan deformatsiyalari va suv ombori qirgʻoqlari yemirilishi haqida (turli yillarda amalga oshirilgan relyef syomkalarini taqqoslash asosida oʻrganilayotgan uchastkadagi ularning xarakteri, jadalligi (intensivligi), yoʻnalganligi va namoyon boʻlish shakllari;
xavfli tabiiy jarayon va hodisalar (sellar, qor koʻchkilari, quyunlar, boʻronlar, toʻfonlar) sodir boʻlish ehtimoli haqida, ularning davomiyligi, takroriyligi va tarqalish chegaralari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
inshootlar maydoni (trassa oʻtish joyi)ning gidrologik rejimiga taʼsir qiluvchi, oʻzanda joylashgan gidrotexnik inshootlar va daryo basseynidagi xoʻjalik chora-tadbirlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Chiziqli inshootlar trassasi yoʻnalishini tanlashda gidrologik sharoitlarning asosiy koʻrsatkichlari oʻrta va katta daryolardan oʻtish uchastkalari uchun aniqlanadi.
64. Qurilish maydoni (trassasi)ni tanlashda muhandislik gidrometeorologiya sharoitlari asosiy (aniqlovchi) boʻlgan hollarda oʻrganilmagan yoki yetarli darajada oʻrganimagan hududlar sharoitlarida joylashadigan I va II sinf inshootlari uchun, muhandislik izlanishlari tarkibida suv obyektlarining meteorologik koʻrsatkichlari va gidrologik rejim elementlarini, hamda gidrometeorologik jarayon va hodisalarni kuzatishlar koʻzda tutilishi kerak.
65. Oʻrganilayotgan hudud salbiy (nobop) taʼsirlar ostida qolgan hollarda, gidrometeorologik sharoitlarni dastlabki baholash natijalariga koʻra qurilish maydoni (trassa yoʻnalishi)ning optimal variantini tanlash boʻyicha va inshoot muhandislik muhofazasi boʻyicha tavsiyalar beriladi hamda loyiha hujjatlari ishlab chiqish uchun muhandislik izlanishlari olib borish kerakligi asoslab berilishi kerak.
66. Qurilish maydoni (trassa yoʻnalishi)ni tanlashda aniqlanishi kerak boʻlgan gidrometeorologik koʻrsatkichlar roʻyxati 7.1-jadvalda keltirilgan.
7.1-jadval Gidrometeorologik sharoitlar Gidrometeorologik koʻrsatkichlar Iqlim Havo harorati, namligining ekstremal va oʻrtacha qiymatlari, atmosfera yogʻinlarining miqdori va intensivligi, shamol tezligi va yoʻnalishi, qor qatlami balandligi va tuproq qatlamining muzlash chuqurligi va atmosfera hodisalari Daryolarning gidrologik rejimi Sathlar rejimi (suvning eng baland sathi, suv bosadigan yerlarning chegaralari, muzlash rejimi, oʻzan jarayonlarining rejimi (oʻzan jarayonlarining turi, ularning shiddatliligi va rivojlanish darajasi, qirgʻoq deformatsiyasining tavsifi) Suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilishi Jarayonlar turi, ularning yoʻnalganligi, shiddatliligi va rivojlanish darajasi Sellar Sel oqimlarining tarqalish chegaralari, sel xavfi boʻlgan davrning davomiyligi, sel kelishining takroriyligi Qor koʻchkilari Koʻchkilar sodir boʻlishining takroriyligi, koʻchkilar tarqalishi va havo toʻlqini taʼsirining chegaralari, qor koʻchkilari sodir boʻlish davrining davomiyligi.
7-bob. Yangi, kengaytirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va qayta jihozlanayotgan inshootlarning qurilish loyihasini ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari
67. Yangi inshootlarni qurish loyihasini ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari natijalari quyidagi vazifalarni yechishni taʼminlashi kerak:
Tanlab olingan qurilish maydoni (trassa yoʻnalishi)ning muhandislik gidrometeorologiya sharoitlariga aniqlik kiritish va qurilishga investitsiyalar kiritishni asoslash bosqichini ishlab chiqishda aniqlangan suv obyektlarining gidrologik rejimi va tuman (hudud)ning iqlim sharoitlari koʻrsatkichlari ishonchliligini orttirish;
xavfli muhandislik gidrometeorologik jarayon va hodisalar taʼsiri ostida boʻlgan uchastkalarni qidirib topish va loyihalanayotgan obyektlarning muhandislik muhofazasi boʻyicha loyiha va qurilish chora-tadbirlarini asoslash uchun ularning, yaʼni xavfli muhandislik gidrometeorologik jarayon va hodisalarning koʻrsatkichlarini aniqlash;
inshootlar asosiy parametrlarini tanlashni asoslash va ulardan foydalanishning gidrometeorologik sharoitlarini taʼminlash.
68. Muhandislik izlanishlari tarkibida quyidagilar koʻzda tutilishi kerak:
qurilish hududi (trassa yoʻli) gidrometeorologik oʻrganilganligi boʻyicha qoʻshimcha materiallar yigʻish, shu jumladan oʻrganilayotgan suv obyekti gidrologik rejimi boʻyicha hamda korxonadan foydalanish davri uchun post-analoglar boʻyicha materiallar yigʻish;
ekstremal gidrometeorologik koʻrsatkichlar namoyon boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan amaldagi korxonadan foydalanish sharoitlari loyihasida koʻrsatilgan buzilishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish;
manfaatdor tashkilotlar (sanepidstansiya, Oʻzgidromet markazining tashkilotlari) rekonstruksiyalanayotgan korxonalardagi suv obyektlarining sifati va rejimiga, ularning flora va faunasiga hamda havo havzasiga salbiy (nobop) taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish;
inshoot qurilishiga investitsiyalar kiritishni asoslash bosqichida olingan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari materiallarini oʻrganish;
tanlab olingan qurilish maydonini (trassa oʻtish joyini) rekognossirovka yoʻli bilan tekshirish, bunda murakkab gidrologik sharoitli uchastkalar uchun maxsus ishlar va tadqiqotlar oʻtkazish zarurati belgilab olinadi;
chiziqli inshootlar trassasining suv obyektlaridan oʻtish uchastkalarida hamda gidrologik rejim taʼsiri doirasidan tashqarida joylashgan trassaning soylardagi uchastkalarida gidromorfologik ishlar olib borish;
gidrologik (meteorologik) postlarni joylashtirish uchun joy tanlash va gidrologik (meteorologik) rejim elementlarini kuzatishni tashkil qilish;
gidrologik (meteorologik) rejim elementlarini kuzatishni amalga oshirish.
69. Trassa sel keladigan daryo va quruq soylarni (ularning chiqish konuslarini) kesib oʻtganda yoki trassani qor koʻchkilari tushish va havo toʻlqini zarbi taʼsiri ehtimoli boʻlgan zonada oʻtkazilganda muhandislik izlanishlari tarkibida qoʻshimcha ravishda sel va qor koʻchkilari faoliyatini oʻrganishni, shuningdek, ularning koʻrsatkichlarini hamda loyihalanayotgan inshootlarga taʼsiri ehtimolini bashorat qilishni koʻzda tutish kerak.
70. Sellarning hisobiy koʻrsatkichlarini aniqlash uchun muhandislik izlanishlari jarayonida quyidagi maʼlumotlar va materiallar olinishi kerak:
suv yigʻish maydoni va ochiq suv oqimining hisobiy stvorgacha boʻlgan uzunligi;
ochiq suv oqimining oʻrtacha nishabligi;
hisobiy uchastka (stvor) doirasida ochiq suv oqimining oʻrtacha nishabligi;
suv yigʻgichning oʻrtacha nishabligi;
suv yigʻgichning dengiz sathidan oʻrtacha balandligi;
suv yigʻgichning oʻrmon bilan qoplanganligining nisbiy miqdori;
asosiy oʻzanga bevosita tushuvchi asosiy ochiq suv oqimining va barcha sel talveglarining boʻylama profillari;
sel oqimlari hamda koʻrilayotgan sel yoʻli quyiladigan asosiy daryolar koʻrsatkichlarini hisoblash kerak boʻlgan stvorlardagi koʻndalang profillar;
har bir koʻndalang profil boʻyicha oʻzan va qayirda yigʻilgan choʻkindilar granulometrik tarkibining egri chiziqlari.
Sellarning hisobiy koʻrsatkichlarini aniqlashda yana quyidagilardan foydalaniladi: uvaloq va kuchsiz sementlangan yotqiziqlar tarqalgan zonalar, surilmalar, qulamalar va toʻkilmalar uchastkalari ajratib koʻrsatilgan muhandis-geologik xaritasidan, eroziya zonalari ajratib koʻrsatilgan tuproq-eroziya xaritasi va oʻsimliklar xaritasidan.
71. Qor koʻchkilaridan muhofaza qilish inshootlarini loyihalash uchun qor koʻchkilari koʻrsatkichlarini hisoblashda qor yigʻiladigan maydon yuzasi, koʻchki frontining oʻrtacha balandligi, qor qatlamining oʻrtacha zichligi va balandligi, koʻchki bosib oʻtadigan masofa uzunligi, yonbagʻirlarning ogʻish burchagi toʻgʻrisida maʼlumotlar olinishi kerak.
72. Tanlab olingan qurilish maydoni suv obyektlarining salbiy (nobop) taʼsiriga tushadigan hududda joylashgan taqdirda muhandislik muhofazasi inshootlari va chora-tadbirlarini asoslash uchun oʻtkaziladigan kuzatishlar tarkibi taʼsirning turini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
73. Hududni suv bosgan taqdirda suv sathini kuzatib borish, epizodik ravishda suv sarfini oʻlchab turish, suvning betonga nisbatan agressivligini aniqlab, uning kimyoviy tarkibini oʻrganish kerak. Muzlarning tiqilib qolishi oqibatida suv sathining yuqori koʻtarilishi sodir boʻlgan hollarda muhandislik izlanishlari tarkibiga bahorgi muz yurishini, zarurat tugʻilganda kuzgi muz yurishini ham kuzatishlarni yoʻlga qoʻyish kerak.
74. Qurilish maydoni yonidagi oʻzan qirgʻoqlari, uning tagi va qayir yuzasi yemirilishi kuzatilganda muhandislik izlanishlari tarkibiga oʻzan jarayonlarini kuzatish ishlari qoʻshiladi. Ishlarning tarkibi va hajmi oʻrganilayotgan uchastkada oʻzan jarayonlarining turi va shaklidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Umumiy holda quyidagi ishlar kompleksi bajarilishi koʻzda tutilishi kerak:
koʻndalang profillar boʻylab daryo oʻzanidagi suv chuqurligini (zarurat tugʻilganda qayirdagi suv chuqurligini ham) oʻlchash;
oʻlchov stvorlari boʻylab oqim tezligi va yoʻnalishini oʻlchash;
oʻlchov stvorlari boʻylab oqimning loyqaligini va choʻkindilar sarfini oʻlchash;
tub yotqiziqlardan namunalar olish va ularning granulometrik tarkibini aniqlash.
75. Miqdoriy nuqtayi nazardan baholash faqat oʻzan jarayonini bashorat qilish yordamida amalga oshirish mumkin boʻlgan, qirgʻoqlarning deformatsiyalanish sharoitlari murakkab boʻlgan hollarda muhandislik izlanishlari tarkibida zarur boʻlgan holatlarda modellash usullaridan foydalanishni oʻz ichiga olgan maxsus dasturlar (programmalar) boʻyicha tadqiqotlarni koʻzda tutish kerak.
76. Ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga moʻljallangan qurilish obyektlari muhandislik muhofazasi chora-tadbirlari va inshootlarini asoslash uchun olib borilgan izlanishlar natijasida asosiy gidrometeorologik koʻrsatkichlar olinishi kerak (8.1 jadval).
77. Inshootlarning asosiy parametrlari va ulardan foydalanishning gidrometeorologik sharoitlarini tanlashni asoslash uchun zarur boʻlgan hisobiy koʻrsatkichlarning tarkibi inshootlar turlarini loyihalash boʻyicha ushbu Qoidalarning 10-bobi talablariga koʻra aniqlanadi.
8.1-jadval Gidrometeorologik sharoitlar Gidrometeorologik koʻrsatkichlar Iqlim Yer yuzasida va balandliklarda shamol tezligi, yoʻnalishining taqsimlanishi, yogʻingarchilikning hisobiy sutkalik maksimumi, yaxvonlik devorining maksimal qalinligi, iliq va sovuq davrlarning davomiyligi, qor qatlamining paydo boʻlish, saqlanib turish, yemirilish va erib ketish sanalari, havo oʻrtacha sutkalik haroratining berilgan koʻrsatkichlardan oʻtish sanalari, havo haroratining berilgan miqdorlaridan yuqori va past boʻlgan davrlarining davomiyligi. Daryolarning gidrologik rejimi Suvning hisobiy eng yuqori sathi va sarfi miqdorlari, hisobiy sathlarga toʻgʻri keladigan hududlarni suv bosish chegaralari, muz haraka�ining (yurishining) eng yuqori sathi, oqimlarning hisobiy tezliklari, bashorat qilinadigan davr oxiriga toʻgʻri keladigan oʻzan rejalangan siljishining oʻrtacha tezligi va qirgʻoq deformatsiya zonasining chegarasi. Koʻllar, suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilishi Bashorat qilinadigan davr oxiriga toʻgʻri keladigan qirgʻoq yemirilishi zonasi chegarasining holati va uning hisobiy profili Sellar Yogʻingarchilikning hisobiy sutkalik maksimumi, sel oqimining maksimal sarfi va hajmi, sel oqimi oʻtadigan zonaning kengligi, harakat tezligi, bir toshqin natijasida olib chiqilgan yotqiziqlarning maksimal hajmi. Qor koʻchkilari Qor koʻchkisining hajmi va harakat tezligi, qor koʻchkisi yotqiziqlarining zichligi va qalinligi, qor koʻchkisi va havo toʻlqinining zarb kuchi.
78. Amaldagi inshootlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashni loyihalashni ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
rekonstruksiyalanayotgan inshootlardan foydalanish jarayonida tarkib topgan suv obyektlarining gidrologik rejimi va iqlim sharoitlari toʻgʻrisida birlamchi maʼlumotlarni olish;
amaldagi inshootlarning qurilishi, ulardan foydalanish bilan bogʻliq suv obyektlarining gidrologik rejimi va iqlim sharoitlari oʻzgarishini baholash hamda ularni ilgari berilgan bashorat maʼlumotlari bilan taqqoslash;
rekonstruksiya loyihasini gidrometeorologik asoslash uchun hisobiy gidrologik va meteorologik koʻrsatkichlarini aniqlash;
atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
79. Rekonstruksiya (kengaytirish, texnik qayta jihozlash) obyekti tarkibida quyidagilar koʻzda tutilishi kerak:
avvalgi davrlarda amaldagi inshootlarni qurish loyihasini ishlab chiqish uchun bajarilgan muhandislik izlanishlari materiallarini yigʻish;
oʻrganilayotgan suv obyektining gidrologik rejimi boʻyicha, hamda inshootlardan foydalanish davrida post-analoglar boʻyicha materiallar yigʻish;
loyihada belgilangan ekstremal gidrometeorologik koʻrsatkichlar namoyon boʻlishi bilan bogʻliq amaldagi inshootlardan foydalanish sharoitlarining buzilishi toʻgʻrisida materiallar yigʻish;
amaldagi inshootlarning suv ekotizimi va atmosfera havosiga taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish.
80. Quyidagi hollarda muhandislik izlanishlari tarkibida suv obyektlari rejimini kuzatish, iqlim sharoitlari va gidrometeorologik jarayonlarni oʻrganish koʻzda tutilishi kerak:
dastlabki baholashda loyihani asoslash uchun qabul qilingan hisobiy gidrologik koʻrsatkichlar yoki iqlim sharoitlari real miqdorlaridan farq qilishi aniqlanganda;
rekonstruksiyalanayotgan korxonadan foydalanish davrida inshootlarga loyihada hisobga olinmagan salbiy gidrometeorologik taʼsirlar aniqlanganda;
rekonstruksiyalanadigan obyektning atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini olish uchun zarur boʻlgan inshootlarning muhandislik muhofazasi loyihasini asoslashni yoki chora-tadbirlari va inshootlar loyihasini asoslashni ishlab chiqish talab qilinganida;
inshootlarni rekonstruksiyalash loyihalari gidrometeorologik asoslashni koʻzda tutgan yangi hududni sanoat nuqtayi nazardan oʻzlashtirishni, amaldagi suv chiqarish manbalaridan suv tortib olishni koʻpaytirish yoki yangi suv chiqarish manbalaridan foydalanish, sanoat oqovalarini koʻpaytirish va boshqa xoʻjalik chora-tadbirlarini koʻzda tutganda.
8-bob. Inshootlar qurilishi va ulardan foydalanish davri uchun ishchi hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari olib borish
81. Ishchi hujjatlar ishlab chiqish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari quyidagilar uchun olib borilishi kerak:
Gidrometeorologik jarayonlar rivojlanishi yoki ishonchli baholanishi uzoq vaqt davomida kuzatishlarni talab qiladigan suv obyektlari rejimini nazorat qilish zarurat tugʻilganda;
hisobiy koʻrsatkichlarga aniqlik kiritish va avval bajarilgan gidrometeorologik kuzatishlar davomiy boʻlmagani uchun ularni baholash ishonchliligini oshirish uchun.
82. Inshootlar qurilishi va ulardan foydalanish davrida muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari quyidagilar uchun olib borilishi kerak:
Masʼul gidrotexnik inshootlar (daryolarda yirik gidrouzellar, neftkonlari inshootlari va b.) qurishda;
qurilish ishlarining xavfsizligiga taʼsir qiluvchi va inshootlarning normal ishlash rejimini buzuvchi gidrologik va meteorologik parametrlari toʻgʻrisida tezkor axborot olish zarurati tugʻilganda;
qurilish maydonining oʻta murakkab tabiiy sharoitlarda joylashishi va xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar rivojlanishini, ularning inshootlarga salbiy taʼsirining oldini olish maqsadida, nazorat qilish zarurati tugʻilganda;
ekologik jihatdan xavfli inshootlarning suv va havo muhitiga taʼsirini nazorat qilish zarurati tugʻilganda.
Kuzatishlar, qoidaga koʻra, oʻrganilayotgan uchastka rejimining fon koʻrsatkichlari boʻyicha reprezentativ boʻlgan bitta tayanch postida amalga oshirilishi kerak.
9-bob. Xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar mavjud boʻlgan hollarda muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari
83. Qurilish uchun xavfli deb hisoblangan va inshootlarni loyihalashda qayd qilinishi kerak boʻlgan gidrometeorologik jarayon va hodisalar 10.1-jadvalda keltirilgan.
84. Xavfli deb 5.1 va 5.2-jadvalda koʻrsatilgan miqdoriy koʻrsatkichlar chegaralaridan katta boʻlgan koʻrsatkichli gidrometeorologik jarayon va hodisalar hisoblanadi.
10.1-jadval Jarayonlar, hodisalar Jarayon va hodisaning taʼsir qilish turi va xarakteri Jarayon va hodisaning taʼsir qilishining tarqalish hududlari Toshqin (suv bosishi) Jarayon taʼsir qilish zonasida joylashgan bino va inshootlarni suv bosishi. Daryo vodiylarining tagi, suv omborlari, koʻllar va qirgʻoq zonalari. Nihoyatda kuchli shamollar, quyunlar Jarayon taʼsir qilish zonasida joylashgan bino va inshootlarga halokat keltiruvchi kuchga ega boʻlgan dinamik taʼsir. Jarayon harakati trayektoriyasi yoʻnalishi boʻylab choʻzilgan front boʻyicha chegaralangan yoʻlak. Qor koʻchkilari Qor massalarining yonbagʻir boʻylab harakatlanishi. Bu harakatlar bino va inshootlarning barcha turiga taʼsir qiluvchi qorning dinamik bosimi va zarbli havo toʻlqinlari bilan birga keladi. Qor koʻchkisi tushadigan yoʻnalishda. Qor bosishlar (uyumlari) Korxonalar, transportlarning normal ishlashini qiyinlashtiruvchi qor qatlamlarining katta-katta uyumlari. Meteorologik jarayon va hodisaning taʼsir zonasi. Yaxvonlik Inshootlar konstruksiyasining, ular muz va bulduruq bilan qoplanishi oqibatida ogʻirlashishi. Jarayonning har xil koʻrsatkichlari boʻlgan ayrim tabiiy zonalar. Sel oqimlari Sel oqimining inshootlarning barcha turlariga dinamik taʼsiri, oqimning sel transport qilinadigan zonada oʻzanning yemirilishi va materialning chiqish konusi doirasida yotqizilishi. Sel keladigan daryo vodiysining qiya qismlari va vaqtinchalik suv yoʻllari. Oʻzan arayoni Daryoning tagi, oʻzanning va qayirning qirgʻoqlariga akkumulyativ-erozion taʼsiri. Ushbu jarayon bu erda joylashtiriladigan inshootlarning mustahkamligini yoki undan normal foydalanish sharoitlarini buzadi. Daryo oʻzani, qayiri va ularga yondosh hududlarda. Daryolar, koʻllar, suv omborlari qirgʻoqlarining yemirilishi Qirgʻoqqa erozion taʼsir. Buning natijasida qirgʻoq orqaga chekinib, unda joylashgan inshootlarning buzilishi (vayron boʻlishi) yuz beradi. Daryolar, koʻllar, suv omborlari qirgʻoqlari boʻylari zonalarida.
85. Xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar sodir boʻlish ehtimoli bor zonalardagi muhandislik gidrometeorologiya izlanishlar quyidagi vazifalarni yechishi kerak:
qurilish maydonini joylashtirish uchun xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar taʼsiri zonasidan tashqarida (imkoniyat doirasida) joy tanlash. Bunday joyni, zarurat tugʻilganda, gidrometeorologik jarayon va hodisalarning yoʻnalishini va rivojlanishini hisobga olgan holda aniqlanadi;
inshootlar va (yoki) hududlarni muhandislik muhofazalash loyihalarini ishlab chiqishni asoslovchi gidrometeorologik jarayon va hodisalar koʻrsatkichlarini bevosita tadqiqotlar asosida aniqlash.
86. Xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalarning koʻrsatkichlari quyidagilar asosida aniqlanishi kerak:
baholashning statistik usullari asosida — sodir boʻlishi ehtimollik xarakteriga ega boʻlgan jarayon va hodisalar uchun;
ular rivojlanishining bashorati — muntazam ravishda bir tomonlama taʼsir etuvchi jarayonlar uchun.
87. Koʻp yillik qirqimda Ehtimollik xarakteriga ega boʻlgan xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalarning hisobiy koʻrsatkichlarini aniqlash uchun foydalaniladigan birlamchi axborot oʻzida koʻp yillar davomidagi ularning har yillik qiymatlari koʻrsatkichlariga ega boʻlishi kerak hamda mazkur Qoidalar toʻplamining 5-bob 2-bandida koʻrsatilgan axborot manbalaridan olingan eng koʻzga koʻringan maksimumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ham ega boʻlishi kerak.
10-bob. Inshootlarning turi va foydalanish maqsadiga bogʻliq ravishda izlanish ishlari tarkibiga va aniqlanadigan gidrometeorologik koʻrsatkichlarga boʻlgan talablar
88. Yer usti suvlari bazasida suv taʼminoti manbalari uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari quyidagilar uchun bajariladi:
suv bilan taʼminlash ehtimoli boʻlgan manbalarni talab qilinadigan suvning miqdori va sifatini hisobga olgan holda qidirib topish uchun;
suv tortib chiqarish qurilmalarini oʻrnatish va ularni hamda ularning inshootlarini joylashtirishning optimal varianti uchun istiqbolli uchastkalarni tanlash uchun;
suv tortib chiqarish qurilmalarining konstruksiyasi va parametrlarini tanlash uchun;
suv tortib olishning suv ekosistemasiga salbiy (negativ) oqibatlarini baholash uchun.
Suv obyektlaridan suv bilan taʼminlash manbai sifatida foydalanish ehtimolini aniqlashning asosiy mezonlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
suvning kimyoviy tarkibi va loyqaligi;
daryo oqimining yuqori qismida sanoat va xoʻjalik-maishiy oqovalar mavjudligi, ularning hajmi va kimyoviy tarkibi;
suv yigʻgich chegarasida joylashgan qishloq xoʻjalik yerlariga solinadigan kimyoviy oʻgʻitlar va zaharli moddalarning tarkibi;
suv obyektining va uning suv yigʻgichining sanitariya holati, suvning bakteriologik ifloslanishining asosiy sabablari;
suvning minimal sathi va sarfi daryo rejimida sirtqi oqim mavjud boʻlmagan davrlar;
amaldagi suv tortib chiqarish qurilmalarining ishida noqulay gidrologik va gidrobiologik sharoitlar (fitoplanktonning rivojlanishi, suv havzasini oʻt bosishi va b.) bilan bogʻliq boʻlgan uzilishlarning mavjudligi;
xoʻjalik faoliyati oqibatida suv obyekti tabiiy rejimining buzilishi.
89. Daryoning yoki boshqa suv obyektining suv bilan taʼminlash manbai sifatida, suv tortib chiqarish qurilmalarini joylashtirish va ulardan foydalanishni dastlabki aniqlashni hisobga olgan holda quyidagilar asosida aniqlanishi kerak:
oʻrganilayotgan tuman hududida avvalgi yillarda amalga oshirilgan izlanishlar materiallarini yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida;
rekognossirovka tekshirishlaridan olingan materiallar asosida;
dastlabki gidrologik hisoblar asosida.
90. Suv tortib chiqarish qurilmalarini oʻrnatish uchun istiqbolli boʻlgan uchastkalarni tashkil qilish uchun (yetarli darajada oʻrganilmagan va umuman oʻrganilmagan hududlarda) gidrologik rejimning asosiy elementlarini, qoidaga koʻra, kamida bir yillik davr mobaynida kuzatishni yoʻlga qoʻyish kerak.
Suv tortib chiqarish qurilmalarining loyihasini ishlab chiqish uchun muhandislik izlanishlari, uni joylashtirish uchun tanlab olingan uchastkalarda, qurilishga investitsiyalar kiritishni asoslash bosqichida aniqlangan muhandis-gidrologik sharoitlarni yanada detallashtirish va loyihalanayotgan inshootdan foydalanishga taʼsir qiluvchi suv obyekti gidrologik rejimi koʻrsatkichlariga aniqlik kiritish maqsadida amalga oshiriladi.
91. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
suv tortib chiqarish qurilmalarining inshootlarini joylashtirish stvori uchun suv sathi hisobiy koʻrsatkichlarini;
suv tortib chiqarish qurilmasining suvni qabul qiladigan qismini va qirgʻoqni muhofaza qilish inshootlarini joylashtirish joyi uchun oqimning yuza qismidagi tezligi va chuqurlik boʻyicha oqim tezligining taqsimlanishini oʻrganish;
qurilish moʻljallangan uchastkada daryo tubidagi choʻkindilar uyumlari parametrlarini oʻrganish;
suv tortib chiqarish qurilmalaridan foydalanish davrida hisobiy stvorda qirgʻoq deformatsiyasining bashorati va oʻzanning yuvilish (emirilish) chuqurligini baholash;
muzlash sharoitlarini oʻrganish va muzning hisobiy qalinligini aniqlash.
92. Yer ustidagi oqar suvlar bazasida suv bilan taʼminlash manbalarini muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari natijasida suv bilan taʼminlash manbai (shu jumladan, kerakli sifatli chuchuk suv zaxirasi yetarli ekanligi nuqtayi nazardan) va suv tortib chiqarish qurilmalaridan foydalanishning gidrologik sharoitlari batafsil baholanishi kerak hamda suvni tortib chiqarish oqibatlari suv ekotizimi va suv obyektlarining gidrologik rejimiga taʼsiri baholanishi kerak.
Aniqlanishi kerak boʻlgan gidrologik koʻrsatkichlarning roʻyxati mazkur Qoidalar toʻplamining 11.1-jadvalida keltirilgan.
93. Oqova suvlarni tushirish inshootlari qurilishi loyihasini ishlab chiqish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari quyidagilar uchun birlamchi maʼlumotlarni olishni koʻzda tutishi kerak:
suv obyektini, oqovalarni chiqarib yuborish stvori joylashgan joyni va, zarurat tugʻilganda,tozalash inshootlari joylashgan joyni tanlash;
oqova suvlarni suyultirish sharoitlariga optimal darajada javob beradigan va atrof-muhitni muhofazalash talablariga rioya qilgan holda oqova suvlarni chiqarib yuborish inshootlaridan foydalanishning muhandislik gidrologiya sharoitlariga javob beradigan konstruksiyasining turini tanlash;
11.1-jadval Gidrologik sharoitlarning koʻrsatkichlari Suv olish joylarini qurish loyihasini asoslash muammolarini hal qilishda hisobga olinadigan gidrologik xususiyatlar Suv tortib chiqarish qurilmalarini va suvlarni tushirish inshootlarini joylashtirish variantlarini tanlashda Tanlab olingan variantga qoʻshimcha Suv sathi Hisobiy minimal va maksimal qiymatlar. Suv harorati Minimal va maksimal qiymatlar. Suvning loyqaligi Har kunlik, maksimal, oʻrtacha oylik va yillik, yil orasida taqsimlanishi, muallaq holdagi zarralarning granulometrik tarkibi. Suv tortib chiqarish qurilmasi stvorining har xil chuqurliklarida. Muz rejimi Muzlash, ochilish, muz oqishining boshlanish va tugash sanalari, suv aro muzlarning, muz uyulib va tiqilib qolishining, suv orasidagi muzlar tiqilishining mavjudligi. Muzning hisobiy qalinligi, ayrim muz boʻlaklarining oʻlchamlari, muz boʻlaklari uyilgan va muzning qirgʻoqqa chiqib qolgan joylari, muz uyumlarining, tiqinlarining hosil boʻlishi. Oqim tezligi Yuzadagi va har xil chuqurliklarda. Suvning sifati Kimyoviy tarkibi va sanitariya holati, fitoplankton, zooplankton va suv oʻtlarining mavjudligi. Fitoplankton, zooplankton va suv oʻtlari turlarining tarkibi va miqdori. Oʻzan deformatsiyasi Jarayonning turi, u sodir boʻlishining (namoyon boʻlishining) xarakterli belgilari va yoʻnalishi. Qirgʻoqlar va oʻzan tubining deformatsiyasi, daryo tubidagi choʻkindilar uyumlarining parametrlari. Yirik va mayda daryolardagi toʻlqinlanishlar Izlanishlar davridagi toʻlqinlanishlar. “Xavfli yoʻnalishlar” uchun toʻlqinning hisobiy balandligi.
Eslatma. Oqova suvlarni chiqarib yuborish uchun izlanishlarda toʻlqinlanish, fitoplankton, zooplankton va suv oʻtlarining koʻrsatkichlari aniqlanmaydi.
suvlarni tushirish muhandislik muhofazasi chora-tadbirlari va inshootlarini ishlab chiqish (zarurat tugʻilganda);
oqova suvlarni tushirib yuborishning suv ekotizimiga taʼsirini baholash.
Suv obyektlarining oqova suvlarni qabul qilib oluvchi sifatida foydalanishga yaroqliligining eng asosiy mezonlari deb uning suvliligi va oqim jadalligini hamda suvning sifat koʻrsatkichlarini hisoblash kerak.
Suv obyektini tanlashda, oqova suvlarni, ular eng yuqori darajada tozalangan va hatto toza chuchuk suv bilan aralashtirilgan boʻlsa ham, suv havzalariga va oqar suvlarga tashlashda, amaldagi mavjud cheklovlarni (amaldagi normativ hujjatlar talablariga koʻra) hisobga olish zarur.
94. Suvlarni tushirib yuborish inshootlarini joylashtirish joylari quyidagilarni hisobga olgan holda tanlanadi:
oqim boʻyicha quyida, yer usti yoki yer osti suvlarini tortib olish inshootlarining mavjudligi;
daryoga quyiladigan sifatli tarkibli oqova suvlar tushishining mavjudligi;
daryoning baliqchilik nuqtayi nazardan ahamiyati, baliq urugʻ qoʻyadigan joylarning mavjudligi, mayda baliqchalar migratsiyasi uchun yoʻllarning va ular qishlaydigan chuqurchalar joylashgan joylarning mavjudligi;
qoʻriqxonaga aylantirilgan va alohida muhofaza zonalarining, sanitariya muhofazasi zonalarining, kurortlar va suv havzalarida choʻmilish uchun ajratilgan joylarning mavjudligi.
95. Suv obyekti va suvlarni tushirib yuborish inshootlarini joylashtirish joylarini tanlash boʻyicha masalalar quyidagi asoslarda yechiladi:
izlanishlar tumanining gidrologik va kartografik oʻrganilganlik materiallari asosida;
gidrometrik va geodezik ishlar kompleksi bilan birgalikda bajarilgan rekognossirovka tekshirishlari natijalari asosida;
gidrologik hisoblashlar, shu jumladan suv havzalari va oqar suvlarning oʻzini-oʻzi tozalash qobiliyatini hisobga olgan holda ularga oqava suvlarni aralashtirish hisoblashlari asosida.
Oqova suvlarni tushirib yuborish inshootlarining loyihasini ishlab chiqish uchun muhandislik izlanishlari daryoning tanlangan uchastkasida izlanishlarning avvalgi bosqichlarida olingan daryo gidrologik rejimining hisobiy koʻrsatkichlariga aniqlik kiritish maqsadida bajariladi. Bu holda suvlarni tushirib yuborish inshootlari joylashadigan stvor uchun oʻzan jarayonlari dinamikasiga ham aniqlik kiritiladi.
96. Muhandislik izlanishlari natijasida suvlarni tushirib yuborish inshootlarining loyihasini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan hisobiy gidrologik koʻrsatkichlar aniqlanishi kerak. Bunda 11.1-jadvalda keltirilgan roʻyxatga koʻra oqova suvlarini aralashtirish va suv havzasining oʻzini-oʻzi tozalash sharoitlari hisobga olishini kerak.
97. Avtomobil va temir yoʻllarni loyihalashda oʻtkaziladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari trassaning yoʻnalishini va inshootlardan foydalanishni taʼminlovchi ularning konstruktiv yechimlarini baholash uchun yetarli boʻlgan suv obyektining gidrologik rejimi va tumanning iqlimi toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni olish uchun bajariladi.
Aniq qoʻyilgan qurilish vazifalariga bogʻliq ravishda ularning gidrometeorologik asoslanishi quyidagilar uchun koʻzda tutiladi:
yirik va oʻrta koʻpriklar uchun;
kichik suv yoʻllari orqali oʻtadigan suv oʻtkazuvchi inshootlar uchun;
yoʻl tuproq poyi va uni daryo oqimi, yer usti suvlari va qor bosishlardan muhofaza qilish vositalari uchun.
Avtomobil va temir yoʻllar trassasi yoʻnalishini tanlash uchun muhandislik izlanishlari tarkibida quyidagi ishlar bajariladi:
oʻrganilayotgan tumanning va yoʻlning raqobatchi yoʻnalishlarini, gidrometeorologik va kartografik oʻrganilganlik materiallari asosida oʻrganish;
aerovizual gidromorfologik tekshirishlar;
aniq ajralib turmaydigan suv ayirgʻichlarni, sunʼiy sugʻorish tarmoqlarini, chiqarish konuslarini va boshqalarni aniqlash boʻyicha yer ustida rekognossirovka tekshirishlari;
trassa kesib oʻtadigan botqoqlangan hududlarni (suv bosadigan chegaralarni va suv sathi eng baland nuqtalarni belgilash maqsadida) va jarlik-soyliklar tarmogʻini (ularning erozion faoliyatini baholash maqsadida birlamchi materiallarni yigʻish bilan birga) tekshirish;
etalon va murakkab uchastkalarda kichik va oʻrta suv yigʻgichlarni yer ustida turib rekognossirovka qilish;
oʻta murakkab oʻrta va yirik suv yoʻllarini yer ustida turib rekognossirovka qilish;
gidrologik va gidravlik hisoblashlar.
98. Daryo vodiylari boʻylab quriladigan yoʻllar uchun bajariladigan ishlar tarkibiga daryo vodiysining eng tor eridagi etalon uchastkalarda daryo koʻndalang stvorlarining morfometrik tekshirishlari qoʻshiladi.
Izlanishlar hududida amaldagi suv oʻtkazuvchi inshootlar mavjud boʻlgan taqdirda izlanishlar ishlari tarkibiga loyihalanayotgan inshootlarning toʻgʻriroq oʻlchamlarini va hisoblashlarda ishlatiladigan gidrometeorologik koʻrsatkichlarni baholash uchun qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun ularni koʻzdan oʻtkazib tekshirishni kiritish kerak.
Gidrometeorologik oʻrganilganlik materiallarini yigʻishda alohida eʼtiborni quyidagi maʼlumotlarga qaratish kerak:
yogʻingarchiliklar, qor qatlami qalinligi, qor boʻronlari, qum bosishlari, muzlash qatlami qalinligi, shamol, havo harorati, tumanlar, momoqaldiroqlar toʻgʻrisida;
ekstremal gidrometeorologik hodisalar (suv toshqinlari, jalalar, muz tiqilishlari) toʻgʻrisida;
daryo oʻzanlarining deformatsiyalanish jarayonlari va suv eroziyasining boshqa turlari toʻgʻrisida;
daryolardagi loyihalanayotgan va mavjud gidrotexnik inshootlar va ularning gidrologik rejimga taʼsiri toʻgʻrisida;
kema qatnovlari va b. toʻgʻrisida.
99. Trassaning har bir varianti uchun gidrometeorologik va kartografik oʻrganilganlik materiallarini yigʻish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida dastlab quyidagilarni belgilab olinadi:
suv obyekti orqali kesib oʻtish joylarining miqdori va turi;
trassaning bir turli gidromorfologik sharoitli uchastkalari chegaralari;
yirik koʻpriklarning umumiy soni va joylashgan joyi, mazkur joylardagi stvorlarda daryolar kesimining shakli.
100. Aerovizual gidromorfologik tekshirishlar jarayonida yoʻlning barcha raqobatchi yoʻnalishlari boʻyicha bir turli gidromorfologik sharoitli uchastkalarning chegaralari belgilanadi, etalon uchastkalarning soni, joylashgan joyi va uzunligi aniqlanadi hamda trassa oʻrta va yirik suv yoʻllaridan oʻtish joylarining bayonnomasi tuziladi.
101. Mayda va oʻrta suv yigʻgichlarni yer ustidan turib rekognossirovka tekshirishlarini etalon uchastkalarda va oʻta murakkab oʻtish joylarida quvurlar va kichik koʻpriklar qurish ishlarining hajmini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Yirik va oʻta murakkab koʻpriklarni gidrometeorologik nuqtayi nazardan asoslashni mustaqil (alohida olingan) obyektlar uchun ham, va yangi yoʻnalishlardagi yoʻllarning tarkibiga kiruvchi obyektlar uchun ham bajariladi.
102. Oʻtish joyining oʻrganilganlik darajasi va murakkabligidan qatʼi nazar, dala ishlari tarkibida morfometrik tekshirishlarni koʻzda tutish kerak. Zarurat tugʻilganda muhandislik izlanishlari tarkibiga barcha birlamchi maʼlumotlarni amaldagi postlardan oʻtish joyining stvoriga bogʻlash va keyinchalik koʻchirib oʻtkazish uchun qisqa vaqtlarda bajariladigan gidrologik kuzatishlarni tashkil qilish va olib borish ishlari qoʻshiladi.
103. Avtomobil va temir yoʻllar qurilishiga investitsiyalarni asoslashni ishlab chiqish uchun bajariladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari natijasida har bir oʻrganilayotgan variant boʻyicha quyidagilar aniqlanishi kerak:
trassa oʻtkaziladigan tuman iqlim va gidrologik sharoitlarining umumiy xarakteristikasi;
trassaning xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar (sellar, qor koʻchkilari va b.) taʼsiriga tushib qolgan uchastkalarning chegaralari;
trassaning etalon uchastkalaridagi suvlarni chiqarib tashlaydigan va suvlarni oʻtkazib yuboradigan inshootlarning umumiy soni;
koʻpriklar va kichik daryolar etalon uchastkalari uchun dastlabki hisobiy gidrologik koʻrsatkichlar;
koʻpriklarning oʻtish uchastkalarida oʻzan jarayonlarining mavjudligi, ularning intensivligi va yoʻnalganligi;
katta daryolarning oʻtish uchastkalaridagi kesimlarning namunaviy konfiguratsiyasi va koʻpriklar ogʻzi hamda konstruksiyalari sxemasi, boshqaruv va mustahkamlovchi inshootlarga yondashish joylari toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlar;
katta va oʻta murakkab koʻpriklar tayanch ustunlarini oʻrnatish chuqurligi boʻyicha dastlabki maʼlumotlar.
104. Avtomobil (temir yoʻl) yoʻl trassasining tanlab olingan yoʻnalishida muhandislik-gidrometeorologik izlanishlarni uning inshootlari loyihasini gidrometeorologik nuqtayi nazardan asoslash uchun va muhandislik muhofazasi inshootlari hamda chora-tadbirlarini (agar trassaga xavfli gidrometeorologik jarayon va hodisalar taʼsir qilish ehtimoli boʻlsa) ishlab chiqish uchun birlamchi maʼlumotlar olish maqsadida bajariladi.
105. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun bajarilgan muhandislik izlanishlarining dastlabki bosqichida yoʻl qurilishiga investitsiyalarni asoslash bosqichida olingan gidrometeorologik asoslashning materiallari oʻrganiladi va qoʻshimcha birlamchi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish hamda umumlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
106. Muhandislik izlanishlari tarkibida gidrologik va (yoki) meteorologik kuzatuvlarni tashkil qilish va olib borish zarurati tugʻilganda quyidagi muhandislik izlanishlar turi koʻzda tutiladi:
sath va qiyalik postlarni tashkil qilish va ularda har kuni kuzatuvlar olib borish;
suvning oqish tezligi va sarfini oʻlchash;
muz qatlamining qalinligini oʻlchash va muz boʻlaklari va qatqalogʻining oʻlchamlarini belgilash;
shovush — muz koʻchishi balandligini, muz harakatini, eng yuqori shovushning oʻlchami va faolligini belgilash;
daryo tubidagi choʻkindilardan namunalar olish va ularning granulometrik tarkibini aniqlash;
oʻzan va qayir deformatsiyalarini oʻrganish.
107. Trassadan foydalanish sharoitlariga tubdan taʼsir qiluvchi suv oʻtkazuvchi inshootlarning murakkab gidrologik rejimi hamda oʻta murakkab tabiiy sharoitli tumanlarda (sellar, karst, qor koʻchkilari) va ular yetarli darajada oʻrganilmaganligi sababli gidrologik postda ishlar tarkibi ancha kengaytirilishi, hatto maxsus dasturlar boʻyicha bajariladigan tadqiqotlarni ham qoʻshish mumkin.
108. Trassaning etalon uchastkalaridagi muhandislik izlanishlari ishlarining tarkibini belgilashda, qoidaga koʻra, hududning toʻliq oʻrganilmaganligidan va kichik daryolarning maksimal oqish hajmining koʻrsatkichlarini hisoblash uchun analog-daryolarning amalda boʻlmasligidan kelib chiqish kerak. Ishlarning tarkibi va mazmuni maksimal oqish hajmining koʻrsatkichlarini baholash uchun qabul qilinadigan usulga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
109. Avtomobil va temir yoʻl trassalari uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari natijasida 11.2-jadvalda keltirilganga mos keladigan gidrometeorologik koʻrsatkichlar olinishi kerak.
11.2-jadval Tabiiy sharoitlarning koʻrsatkichlari Avtomobil va temir yoʻllari qurilishi loyihasi yechimida hisobga olinadigan gidrometeorologik koʻrsatkichlar Avtomobil va temir yoʻllari trassasi yoʻnalishini tanlashda Tanlab olingan trassa yoʻnalishida qoʻshimcha Iqlim Havo harorati va namligining, atmosfera yogʻinlarining, shamolning ekstremal va oʻrtacha miqdorlari; qor qoplamining eng yuqori balandligi va gruntning muzlash chuqurligi; atmosfera hodisalari. Havo haroratining 0o C dan oʻtadigan kunlari miqdori, momoqaldiroqning takroriyligi, shamolning takroriyligi va ustuvor yoʻnalishlari, tumanli va yaxli kunlar miqdori, qor qoplamining hisobiy qalinligi; qor qoplamining va yaxli davrning davomiyligi, qor boʻronli shamollarning ustuvor yoʻnalishlari, qorning bir erdan ikkinchi erga koʻchish tafsiloti, ekstremal meteorologik hodisalar (jala, shamol va b.) toʻgʻrisida maʼlumotlar. Kichik daryolar havzasidan tushadigan maksimal suv miqdori Jala oqimi va bahor toshqinlari oqimlarining shakllanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar. Maksimal suv sarfi va suv sathining hisobiy qiymatlari; yogʻingarchilik va bahor toshqinlarining gidrograflari; yogʻingarchilikning sutkalik maksimumi va ularning har xil vaqt oraligʻidagi intensivligi. Oʻrta va katta daryolar havzasidan tushadigan maksimal suv miqdori Suvning maksimal sarfi va sathi, muz sharoitlari toʻgʻrisida maʼlumotlar. Suvning maksimal hisobiy sarfi hamda uning oʻzan va qayir orasida taqsimlanishi; suvning maksimal hisobiy sathi; suvning eng baland, past va boshqa xarakterli sathlarining (bahorgi muz koʻchishlarida, muzning harakati va tiqilishida va b.), tafsiloti; muzning hisobiy qalinligi va muz boʻlaklarining muz koʻchishidagi oʻlchamlari; oʻzan va qayir uchun oqimning oʻrtacha hisobiy tezligi; suv osti choʻkindilarining granulometrik (mexanik) tarkibi va oʻrtacha diametri; toʻlqinlarning hisobiy balandligi. Qor koʻchkilari Qor koʻchkilarining asosiy parametrlari toʻgʻrisida maʼlumotlar. Qor qoplamining qalinligi va rejimi hamda qor boʻronlari haqida, qor koʻchkilarining paydo boʻlish haqida, qor koʻchkilarini yigʻgichlar va qor boʻronlari vositasida koʻchiriladigan yondosh uchastkalarning morfometriyasi haqida, qor koʻchkisi uziladigan chiziqning eng baland holati, qor koʻchkisi oqimining zichligi haqida maʼlumotlar.
110. Yuqori kuchlanishli (35 KV va undan yuqori kuchlanishli) havo elektr uzatgichlari qurilishiga investitsiyalarni asoslashni ishlab chiqish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari. Bu izlanishlar trassa yoʻnalishi va suv obyektlaridan oʻtish stvorlarini gidrometeorologik nuqtayi nazardan asoslash uchun bajariladi.
111. Havo liniyasi trassasining optimal yoʻnalishini va podstansiyaning joylashish joyini tanlash trassa oʻtkaziladigan tumanning gidrologik, meteorologik va kartografik oʻrganilganlik materiallari asosida amalga oshirilishi kerak.
112. Trassa har bir variantining oʻrganilganlik materiallarini tahlil qilish natijasida quyidagilar belgilanishi kerak:
tumanning iqlim parametrlari (regional xaritalar va maʼlumotnoma — uslubiy materiallar boʻyicha aniqlanadi);
trassa kesib oʻtadigan suv obyektlarining umumiy soni va ularning oʻrganilganlik holati;
havo liniyasi trassasi II va III murakkablik guruhiga mansub suv obyektlaridan oʻtadigan joylarining joyi;
trassaning suv obyektlari hamda sellar va qor koʻchkilari sodir boʻlish ehtimoli bor zonalar boʻylab oʻtkaziladigan uchastkalari.
113. Havo liniyasi trassasi suv obyektlaridan oʻtish joyining murakkablik guruhiga mansubligi 11.3-jadvalda keltirilgan sharoitlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
114. Muhandis-gidrologik ishlarning tarkibi trassani kesib oʻtadigan suv obyektlarining kengligiga va suv akvatoriyasi doirasida yoki qayirda maxsus tayanch ustunlari oʻrnatilishi zaruriyatiga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
I murakkablik darajali suv obyektlari guruhiga kiruvchi (kichik) oʻtish joylari uchun, ularning soni va havo liniyalarining tayanch ustunlarini oʻrnatishda hisobga olinadigan vodiyning gidrologik-morfologik xarakteristikasini aniqlash kerak.
II va III murakkablik darajali suv obyektlari guruhiga kiruvchi (oʻrta va yirik) oʻtish joylari uchun muhandislik izlanishlari tarkibida quyidagilarni koʻzda tutish kerak:
oʻtish joylari uchastkalarining mufassal gidrologik-morfologik izlanishlar;
eng baland suvlarning tarixiy sathini, qayirni suv bosish takroriyligi (chastotasi), davomiyligi va davrini, muz oqishi paytidagi eng past va eng baland suv sathini aniqlash;
muzlash rejimining xususiyatlarini oʻrganish va qayirda muz oqishining koʻrsatkichlarini (oʻzan va eski oʻzan muzi) aniqlash;
gidrologik rejim koʻrsatkichlarini oʻrganilganlik materiallari yoki bevosita usullar asosida hisoblash;
oʻzan va qayir deformatsiyalarining dastlabki bashorati va b.
115. Havo liniyasi trassasining optimal yoʻnalishini tanlashda birinchi navbatda quyidagi holatlarni hisobga olish kerak:
trassaning suv obyekti bilan kesishgan oʻtish oraligʻi va ushbu chiziqli inshootning hisobiy oʻtish oraligʻiga nisbati;
qayirni suv bosgandagi eng keng va eng chuqur miqdori, unda muz oqishining mavjudligi;
oʻtish joylarida muzlar tiqilib qolish ehtimolining mavjudligi;
kemalar qatnovining mavjudligi va kemalarning eng baland oʻlchamlari.
116. Havo liniyalari trassasi yoʻnalishini (podstansiya joylashgan joyni) tanlash uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarida aniqlanadigan gidrologik va meteorologik koʻrsatkichlar roʻyxati mazkur Qoidalar toʻplamining 11.3 va 11.4-jadvallarda keltirilgan.
117. Havo liniyasining tanlangan yoʻnalishida oʻtkaziladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari trassaning suv obyektlaridan oʻtish joylaridagi muhandis-gidrologik sharoitlarni mufassal yoritish (bu maʼlumotlar qurilishga investitsiyalarni kiritish bosqichida olingan) hamda chiziqli inshootlar loyihasini asoslash uchun talab qilingan hisobiy gidrologik va meteorologik koʻrsatkichlarni olish uchun bajariladi.
I murakkablik darajali suv obyektlari guruhiga kiruvchi suv obyektlari uchun loyiha hujjatlarini asoslash uchun bajariladigan muhandislik izlanishlari tarkibida oʻtish joylari uchastkalarini rekognossirovka tekshirishlari oʻtkazishni rejalashtirish kerak. Bu holda oʻtish joylari stvorining holatiga aniqlik kiritish, daryo oʻzani va qayirining morfometrik koʻrsatkichlarini, suv sathining oʻzgarish amplitudalari va oʻtish joylarida daryo oʻzani, shuningdek, qayirining yemirilishga (yuvilishga) bardoshliligini aniqlash koʻzda tutilishi kerak.
II va III murakkablik darajali suv obyektlari guruhi uchun muhandislik izlanishlari tarkibida oʻtish joylari uchastkalarini mufassal tekshirish va gidrologik rejimni kuzatishlarni (yetarli darajada oʻrganilmagan taqdirda) koʻzda tutish kerak.
118. Gidrologik rejimni kuzatishlarni daryolarning koʻpriklar uchastkalaridagi gidrologik rejimini oʻrganish uchun tavsiya qilingan tarkibda (oqim yuzasidagi tezsik va yoʻnalishlarni oʻrganish boʻyicha olib borilgan ishlar bilan toʻldirilgan holda) olib borish kerak (11.3-jadvalga qarang).
11.3-jadval Oʻtish joyining murakkablik guruhi Havo liniyasi trassasining suv obyektidan oʻtish sharoitlari I Suv obyekti qayir bilan birgalikda aniq havo liniyasini loyihalash uchun qabul qilingan tayanch ustunlaridagi (chiziqli) bitta hisobiy oraliq bilan kesishadi. II Suv obyekti oʻzanining va qayirining eni yoki qirgʻoqlar yemirilish (yuvilish) zonasi hisobiy oraliqdan katta. Bu holda, asosan, taglikli chiziqli tayanch ustunlar qoʻllash yoki poydevorlarni maxsus muhofazalash talab qilinadi. III Kema qatnovi boʻlgan daryo yoki kanal balandligi 50 m dan ortiq maxsus tayanch ustunlari qoʻllash yordamida kesib oʻtiladi. Bundan tashqari, masofasi 700 m dan ortiq boʻlgan oraliq bilan kesib oʻtiladigan har qanday suv obyekti (tayanch ustunlarining balandligidan qatʼi nazar).
Eslatma. Ushbu joyda havo liniyalarini loyihalash uchun qoʻllaniladigan chiziqli tayanch ustunlari oraligʻining qiymati loyihachi tomonidan texnik topshiriqda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
119. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun olib borilgan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari natijasida butun trassa boʻylab iqlim koʻrsatkichlari, suv obyektlari rejimining hisobiy koʻrsatkichlari olinishi kerak. Shu bilan bir qatorda, havo liniyasining trassasi oʻtish uchastkasida oʻtish tayanch ustunlarini oʻrnatishni, ularning konstruksiyasini tanlashni va, zarurat tugʻilganda, muhandislik muhofazasi chora-tadbirlari hamda inshootlari ishlab chiqishni asoslash uchun zarur tarkibdagi gidrologik sharoitlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olinishi kerak (11.4 va 11.5-jadvallar).
11.4-jadval Havo liniyalari va podstansiyalarga investitsiyalarni hamda qurilish loyihalarini asoslashda hisobga olinadigan gidrologik koʻrsatkichlar va maʼlumotlar Havo liniyasi trassasi va podstansiya maydonchasi joyini tanlashda Tanlab olingan va kelishilgan havo liniyasi trassasida (podstansiya maydonchasida) III va II murakkablik guruhiga mansub suv obyektlaridan oʻtish joylari Oʻtish joylarining soni Suv eng yuqori koʻtarilishining R foizli takrorlanishdagi hisobiy sathi, suv bosish zonasining eni, chuqurligi (oʻrta va eng katta), hisobiy sathlarda oqimning tezligi oʻrtacha (oʻtish joyi profilining uchastkalari boʻyicha). Oʻzanning yoki oʻzan va qayir deformatsiyasining bashorat qilinadigan zonalari; oʻtish joyidagi oraliqning tavsiya qilinadigan uzunligi; Suv eng yuqori koʻtarilishining eng baland sathi, yoki maʼlum boʻlganlar ichida eng yuqorisi, u sodir boʻlgan yil va analog boʻyicha taxminiy taʼminlanganligi; bahorgi toshqinlarning (toshqin davrining) boshlanish va tugash sanalari, kuzatilgan eng baland sath; baland sathlar turishining davomiyligi; suv koʻtarilishi va pasayishining jadalligi; yoz chillasining oʻrtasi va oxiridagi suv sathi. Qirgʻoqning balandligi va yemirilishga bardoshliligi; qayirning kengligi, uning suv bosish chuqurligi, yemirilishga bardoshliligi; Berilgan taʼminlanganlikdagi suvning maksimal sarflari (baland suvlar sathini (BSS) R foizli takrorlanishda gidravlik-morfometrik usulda hisoblash zarurat tugʻilganda). Qayirda muz oqishining mavjudligi, uning xarakteri, muz boʻlaklari va muz oqish zonasining oʻlchamlari; kema harakatining mavjudligi, kemalarning suv sathidan balandligi (kelajakda oʻsishini hisobga olgan holda) Muz sharoitlari — Muz rejimi asosiy fazalarining kirish muddatlari; bahorgi muz oqishining oʻrtacha va chekka boshlanish hamda tugash sanalari, bahorgi muz oqishida kuzatilgan suvning eng baland sathi, berilgan taʼminlanganlikda baland suv turishining hisobiy sat�i; qayirdagi muz oqish zonalarining kelib chiqishi, oʻzan va eski oʻzanda hosil boʻlgan muz boʻlaklarining eng katta oʻlchamlari, muz boʻlaklarining harakatlanish yoʻnalishining sxemasi, ularning qayirdagi tayanch ustunlari oʻrnatilgan joylarda trassaga yaqinlashish burchagi; muzning kuzatilgan va muz oqishidan oldingi eng katta qalinligi; muz uyumlari hosil boʻlgan joylar, ularning balandligi, eni, uzunligi; muz tiqinlari hosil boʻladigan joylarning mavjudligi, ularning oʻtish joylarida daryo rejimiga taʼsiri; muz ustidan oʻtish ehtimoli davrining boshlanishi. Oʻzan jarayonining turi, uning yoʻnalganligi, faolligi, oʻzan va irmoq qirgʻoqlarining deformatsiyalanish tezligi; qirgʻoqlarda suv oqizib kelib yotqizgan uchastkalarining joylashgan joyi; inshootlar xizmat qiladigan muddatlar bashorat qilinadigan deformatsiyalar zonasining kengligi, oʻzan va irmoqlarning eng katta yemirilish chuqurligi va bashorat qilinadigan holati (profili). Qayirning, irmoqlarning, oʻzanning, uning qirgʻoqlari gidromorfologik koʻrsatkichlarining kompleksi: oʻsimliklari, relyefi, gruntlari, yuqori (baland) suv bosish va ularning pasayish sharoitlari, oqim yoʻnalishlari, tezliklari, qiyaliklari, baland suvlar qoldirgan izlar va bahoriy muz oqishlarining izlari, yotqiziqlar, yigʻilgan va yemirilgan uchastkalar, oʻzan yotqiziqlari, ularning qirgʻoq deformatsiyasiga taʼsiri (oʻzan jarayoni va qayir deformatsiyasini hisobga olgan holda), qayir massivining turi, daryoda kechuv joylarining mavjudligi, ular cheklangan davrlar va b. Vodiyning gidromorfologik tafsiloti, uning kengligi, yonbagʻirlarning balandligi, profili; deformatsiya jarayonlari. Suv obyektlarining I guruh murakkablikdagi oʻtish joylari Oʻtish joylarining soni Vodiyning gidromorfologik tafsiloti (yonbagʻirlarning kengligi, balandligi, profili, jarlanganligi, serildizligi, mustahkamligi, oʻzan va qayirning kengligi va oʻnqir-choʻnqirligi, oʻzan qirgʻoqlarining balandligi, profili, mustahkamligi, deformatsiya jarayonlari). Suv obyektlarining I , II va III guruh murakkablikdagi oʻtish joylari Kemalar harakatining mavjudligi, suv obyektlarining kema harakatlanish sharoitlari boʻyicha turlari, sinfi, kemalar suv usti gabaritlarining suv sathidan balandligi (kemalar harakatlarining kelajakda rivojlanishini hisobga olgan holda). Amaldagi va loyihalanayotgan gidrotexnik inshootlar va ularning oʻtish joylari uchastkalarida gidrologik rejimga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Eslatma: I guruh suv obyektlaridan oʻtish joylari muhandis-gidrologik izlanishlarining tarkibi va hajmi quyidagi sharoitlarda II guruh tarkibi va hajmiga mos keladi: havo liniyasi tayanch ustunining undan foydalanish davrida suv oqimi taʼsir qilish zonasida joylashish ehtimoli boʻlganda; havo liniyasi trassasini (mahalliy hokimiyat idoralari bilan kelishgan holda) oʻzan boʻylab, uning taʼsir zonasida oʻrnatilganda.
11.5 jadval Havo liniyalari va podstansiyalarga investitsiyalar kiritishni va qurilish loyihasini asoslashni ishlab chiqishda hisobga olinadigan meteorologik koʻrsatkichlar Havo liniyalari trassasi va podstansiya joylashadigan joyni tanlashda Tanlab olingan va kelishilgan havo liniyalari trassasi va podstansiya maydonchasida Atmosferaning tabiiy manbalar (shoʻrxoklar, shoʻr koʻllar va b.) va sanoat korxonalari chiqindilari bilan ifloslanish sharoitlarini xarakterlovchi koʻrsatkichlar Havo harorati: oʻrtacha oylik va oʻrtacha yillik; absolyut minimum va maksimum, absolyut minimumlardan oʻrtachasi; eng sovuq besh kunlik va yaxvonlikning hisobiylari; iliq va sovuq davrlarning davomiyligi; Shamol: sakkiz rumb boʻyicha yoʻnalishlarning takroriyligi va shtillarning oylik va yillik takroriyligi; oʻrtacha oylik va oʻrtacha yillik tezligi, berilgan takroriylikdagi kuzatilgan maksimal va hisobiy maksimal tezliklar; kuchli shamollar kuzatilgan oʻrtacha va eng koʻp kunlar; Iqlim parametrlari — shamol boʻlgan paytda va shamolsiz maksimal yaxvonlik rejimlarida hamda yaxvonlik paytidagi maksimal shamol bosimida: yaxvonlik devorining ekvivalent qalinligi, yaxvonlik paytida shamol bosimi; Asosiy iqlim parametrlari (regional xaritalar va maʼlumot — uslubiy materiallar boʻyicha) Oylik va yillik momoqaldiroqli kunlar soni, momoqaldiroqlarning oʻrtacha yillik davomiyligi — soatlarda, togʻli tumanlarda bulutlar orasidagi chaqmoqlar erga bergan razryadlarining soni; Oylik va yillik qor boʻronli va qum boʻronli kunlar soni; Oylik va yillik tumanli va shudrngli kunlarning oʻrtacha va eng koʻp soni; Oylik va yillik atmosfera yogʻinlarining iliq va sovuq davrlar boʻyicha va yil boʻyi oʻrtacha yigʻindisi, qattiq, aralash va suyuq yogʻinlarning oylik va yillik miqdori (umumiy miqdoridan foiz hisobida); Qor qatlamining oʻn kunlikdagi oʻrtacha qalinligi, eng qalin qatlamga nisbatan (doimiy reyka boʻyicha) yillik oʻrtacha, maksimal va minimal qalinligi, qor qatlamining zichligi, uning paydo boʻlish va yoʻq boʻlish sanasi, hisobiy qor bosimi. Oylik oʻrta muzlash chuqurligi, eng katta va eng kichik chuqurliklarning oʻrtachasi.
120. Magistral quvuroʻtkazgichlar trassasini loyihalashni asoslash uchun oʻtkaziladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari asosan quvuroʻtkazgichlar trassasi kesib oʻtadigan suv obyektlarining gidrologik sharoitlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
121. Magistral quvuroʻtkazgichlar trassasi qurilishiga investitsiyalarni asoslash bosqichida trassa yoʻnalishini tanlashda, hududning gidrometeorologik va kartografik oʻrganilganlik materiallari asosida dastlab quyidagilar belgilab olinadi:
tumanning iqlim sharoitlari;
kichik oʻtish joylarining joylashgan joyi va soni;
katta va oʻrta oʻtish joylarining gidrologik sharoitlari.
Trassa oʻtish joylarini u yoki bu murakkablik darajali guruhiga oʻtkazishni suv obyektlarining kengligi va chuqurligaga bogʻliq ravishda 11.6-jadvalga koʻra amalga oshirish kerak.
11.6-jadval Oʻtish joylarining murakkablik daraja guruhi Magistral quvuroʻtkazgich trassasi kesib oʻtadigan suv obyekti oʻtish joyining sharoitlari I Yoz chillasida trassa bilan kesishuvchi stvor uchun suv sathining kengligi 30 metrgacha (oʻrtacha chuqurligi 1,5 m). II Xuddi yuqoridagiday, 1,5 m oʻrtacha chuqurlikda 31 dan 75 m gacha III Xuddi yuqoridagiday, 75 m dan kam, ammo 90 foiz taʼminlanganlikda suv �athi turishining 20 kunligida suv bosish zonasi 500 m dan ortiqni tashkil qiladi.
122. Oʻrganilganlik yetarli boʻlmagan hollarda muhandislik izlanishlari tarkibida katta va oʻrta oʻtish joylarida rekognossirovka tekshirishlari koʻzda tutilishi kerak. Kichik oʻtish joylarini tekshirish trassaning jarliklar-soyliklar rivojlangan uchastkalarida amalga oshirish mumkin.
123. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun oʻtkaziladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlar trassaning tanlab olingan yoʻnalishida amalga oshiriladi. Bu izlanishlarning maqsadi gidrologik sharoitlarga aniqlik kiritish va mufassal oʻrganish, shuningdek, trassaning quvuroʻtkazgich bilan kesishish sharoitlariga koʻra katta va oʻrta suv obyektlariga oʻtkazilgan suv obyektlari hisobiy gidrologik koʻrsatkichlarini olishdan iborat.
124. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari tarkibini quvuroʻtkazgichni yotqizish usulini va uning suv obyektidan oʻtish joyining murakkablik darajasi guruhini hisobga olgan holda belgilash kerak.
125. Quvuroʻtkazgichni yer ustidan oʻtkazish usulida, kesib oʻtiladigan suv obyektlarini tekshirishda asosiy eʼtiborni maksimal sathini, deformatsion jarayonlarning jadalligi va yoʻnalganligiga qaratish kerak, jarliklarni kesib oʻtganda esa suvning erozion faoliyati va uning jadalligiga qaratish kerak.
126. Quvuroʻtkazgichni suv oʻtkazuvchi teshigi boʻlgan tuproqli kashakda (quvurning ikki qismini tutashtiruvchi vosita — ulagich) oʻtkazilganda, tekshirishlar jarayonida daryo basseynida suv xoʻjalik faoliyati sharoitlarini hamda oʻzan va qayirning gidravlik koʻrsatkichlarini aniqlash kerak.
127. Quvuroʻtkazgichni yer ostidan oʻtkazish usuli daraja suvning erozion faoliyati jadalligini, uning oʻzini namoyon qilish shaklini va yoʻnalishini hamda oʻzan tagi va qirgʻoqlarining yemirilishiga (yuvilishiga) mustahkamligini mukammal baholash zaruratini aniqlab beradi.
128. Kichik suv oʻtkazgichlar gidrologik sharoitlarini baholash morfometrik ishlar kompleksi bilan birgalikda oʻtkazilgan rekognossirovka tekshirishlari natijalari bilan toʻldirilgan gidrologik oʻrganilganlik materiallari boʻyicha amalga oshiriladi.
129. Trassani jarlik va soyliklar rivojlangan tumanlarda oʻtkazilganda, etalon uchastkalarni ajratib koʻrsatish (oqim va suv eroziya faoliyati boʻyicha koʻrgazmali) va ular uchun suv eroziya faoliyatini oʻrganish ishlari kompleksida bajariladigan kichik daryolar oqimini kuzatishni koʻzda tutish kerak.
130. Katta va oʻrta oʻtish joylari tekshirilganda, magistral quvuroʻtkazgich trassasi qurilishiga investitsiya kiritishni asoslash bosqichida olingan maʼlumotlarga qoʻshimcha quyidagilar aniqlanishi kerak:
daryoning baliq xoʻjaligi jihatidan ahamiyati hamda qishlash chuqurchalari va baliq urchiydigan joylar;
quvuroʻtkazgich oʻtish joylari stvoridan quyida yer usti va yer osti infiltratsion suv tortib olgichlar, plyajlar, dam olish va turizm joylari mavjudligi;
oʻtish joylari yaqinida kemalar toʻxtash joylarining mavjudligi va ular joylashgan joylar;
oʻzan tubini chuqurlashtirish ishlari olib boriladigan joylarning mavjudligi;
amaldagi quvuroʻtkazgich yoki kabel liniyalari oʻtish joylarining mavjudligi va ulardan foydalanish tajribasi.
131. Gidrologik jihatdan oʻrganilmagan va yetarli darajada oʻrganilmagan trassaning oʻrta va katta oʻtish joylarining gidrologik sharoitlarini baholash uchun muhandislik izlanishlari tarkibida gidrologik rejim koʻrsatkichlarini kuzatish va oʻtish joylarining uchastkalarini mufassal tekshirishni tashkil etishni koʻzda tutish kerak.
132. Yangidan tuziladigan postlarda gidrologik kuzatishlar tarkibiga suvning harorati, sathi va sarfi, oʻtish joylari uchastkasidagi muzlash rejimini oʻrganish, suv tagi choʻkindilaridan namunalar olish, oʻtish joylari uchastkasining stvori va planida ularning taqsimlanishini tavsiflash uchun oqim tezliklarini mufassal oʻlchash, oʻzan qirgʻoqlari va tagining deformatsiyasini oʻrganish kiritiladi.
133. Katta oʻtish joylari uchun kuzatishlar tarkibiga qoʻshimcha loyqalanish, suv olib kelib yotqizayotgan choʻkindilar oqimi rejimini, qum uyumlarining parametrlarini oʻrganish kiritiladi.
134. Muhandislik izlanishlari natijasida quvuroʻtkazgich oʻtkaziladigan tumanning muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari mufassal baholanishi va ularning loyihasini asoslash uchun zarur boʻlgan hisobiy meteorologik va gidrologik koʻrsatkichlar 11.7-jadvalga muvofiq olinishi kerak.
11.7-jadval Tabiiy sharoitlar tafsiloti Magistral quvuroʻtkazgichlar qurilishini loyihalashni asoslashni ishlab chiqish uchun oʻtkaziladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarida aniqlanadigan gidrometeorologik koʻrsatkichlar Trassa yoʻnalishini tanlashda Trassaning tanlab olingan yoʻnalishida qoʻshimcha Magistral quvuroʻtkazgichlar trassalari uchun Iqlim Havo harorati va namligining, atmosfera yogʻinlarining, shamolning ekstremal va oʻrtacha miqdorlari; qor qoplamining eng yuqori balandligi va gruntning muzlash chuqurligi; atmosfera hodisalari. Gruntlarning oʻrtacha va eng chuqur muzlash chuqurligi hamda muzlash davrining oʻrtacha davomiyligi; tuproq yuzasining oylik va yillik oʻrtacha harorati va ularning chuqurlik boʻyicha taqsimlanishi; yaxvonlik — sovuq-nam havo yotqiziqlarining ogʻirligi. Kichik oʻtish joylari uchun Daryolarning gidrologik rejimi Trassaning xarakterli uchastkalari boʻyicha taxminan baholangan oʻtish joylarining soni. Suvning hisobiy eng baland sathi*, suvning hisobiy maksimal sarfi **, oʻzan tubining yemirilishi (yuvilishi) mumkin boʻlgan eng katta chuqurlik; inshootlar xizmat qilishining oxirida yuvilishi mumkin boʻlgan chuqurlikning bashorati. Katta va oʻrta oʻtish joylari uchun Daryolarning gidrologik rejimi Suvning eng baland hisobiy sathi; bahorgi muz yurishining eng baland va eng past sathi; oqimning suv yuzasi va suv tagidagi oʻrtacha hamda maksimal tezligi; suv haroratining 12o S daraja oʻrtacha va chekka sanalari ***, suvning muzdan holi boʻlgan davrdagi loyqaligi ***, choʻkindilar oqib kelishi va suv tubidagi uyumlarning parametrlari ***. Oʻzan va qayir deformatsiyasi Oʻzan tubi yemirilishining eng katta chuqurligi; oʻzan tubi yemirilishining bashorat qilingan profili; berilgan davr holatiga oʻzan va qayirning bashorat qilingan deformatsiyasi.
* Quvuroʻtkazgichni yer ustida yotqizish usulida.
** Quvuroʻtkazgichni tuproq kashak tanasida yotqizib.
*** Qurilishni tashkil qilish loyihasini ishlab chiqish uchun.
135. Daryo transporti obyektlari uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari yechilishi kerak boʻlgan masalalarga bogʻliq ravishda inshootlarni qurish loyihasi va investitsiyalarni hamda daryo uchastkasining kema harakatlari sharoitlarini yaxshilash boʻyicha koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni asoslash uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni olishni taʼminlashi kerak.
Muhandislik izlanishlarini bajarish jarayonida suv sathlarini oʻlchash postlarining tarmoqlarini tashkil qilish, suv yuzasining qiyaligini (suv sathlarining kunlik bogʻlamalarini), oʻzan irmoqlari boʻylab oqim taqsimlanishini va yoyiqlarda (daryo yoyilib oqadigan sayoz joylarda) oqim tezligini kuzatishlarni tashkil qilish kerak.
136. Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun muhandislik izlanishlari tarkibida daryoning gidrokimyoviy rejimini va choʻkindilarning rejimini oʻrganishni koʻzda tutish kerak.
137. Daryoning oʻzan faoliyati, suv va muzlash-termik rejimi murakkab uchastkalarida joylashgan I va II sinf masʼuliyatli bino va inshootlarni qurish uchun izlanishlarda maxsus ishlar va tadqiqotlar olib borishga ruxsat beriladi.
Aniqlanishi kerak boʻlgan gidrologik koʻrsatkichlar roʻyxati 11.8-jadvalda keltirilgan.
11.8-jadval Tabiiy sharoitlar tafsiloti Daryo transporti obyektlarini loyihalash uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarida aniqlanishi kerak boʻlgan gidrologik koʻrsatkichlar Suvning sathlari Gidrologik rejim va xarakterli sathlar fazalari kirib keladigan oʻrtacha va chekka sanalar; xarakterli hisobiy va kunlik har xil ehtimollikda taʼminlangan sathlarning turish davomiyligi va taʼminlanish ehtimolligi. Suv va choʻkindilarning sarfi Suvning hisobiy maksimal va minimal sarfi; suv sarfining sath, loyqalik, choʻkindilar sarfi bilan bogʻliqlik grafiklari; daryo suvining uning irmoqlari boʻyicha taqsimlanish foizlarining egri chiziqlari. Suv yuzasining nishabligi Suv sathi yuzasining boʻylama profili, nishabliklarning va suv pasayishi (tushishi) bilan bogʻliqligi. Oqim tezligi Oqimning eng katta va oʻrtacha tezligi, shu jumladan, sayozliklarda sathlar oʻzgargandagi oqimlar tezliklari. Muzlash sharoitlari Ochilishdan oldin bahorgi muz yurishi davrida muzning mustahkamligi, muz boʻlaklarining oʻlchami, ularning harakat tezligi va qirgʻoqqa yaqinlashish burchagi, muz uyumlari hosil boʻladigan joylar, ularning balandligi, eni va uzugligi, muz tiqinlarining mavjudligi va takroriyligi, muz fazalarining paydo boʻlish muddatlari. Toʻlqinlanish Hisobiy sathlarda turli miqdorlarda taʼminlangan toʻlqinlanish koʻrsatkichlari va ularning takrorlanib turishi, toʻlqinlanish davri (oqimni hisobga olgan holda daryolarda). Oʻzan jarayonlari Jarayonning turi, rivojlanish darajasi, deformatsiyaning tafsiloti, yuvilishning (emirilishning) eng katta chuqurligi, choʻkindi bosish miqdori va oʻzan hodisalarining bashorat qilingan joyi. Suvning kimyoviy tarkibi Kimyoviy tarkib normallashtirilgan asosiy ingridiyentlarining tarkibi.
138. Dengiz transporti obyektlarini loyihalash uchun bajariladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarining tarkibini loyihalanayotgan inshoot turi va uning qirgʻoqqa nisbatan joylashishini hisobga olgan holda aniqlash kerak.
139. Orol dengizi qirgʻoqlari boʻyida joylashtirilishi moʻljallangan obyektlar uchun muhandislik izlanishlari tarkibida dengiz qirgʻogʻi dinamikasi toʻgʻrisida (dengiz qirgʻogʻi va tubining yemirilishi, choʻkindilarning qirgʻoq boʻylab bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi, akkumulyativ shakllar hosil boʻlishi) va muz sharoitlari (yopishgan muzlar maydoning kengligi, muz tiqinlarining hosil boʻlishi) toʻgʻrisida maʼlumotlar olish koʻzda tutiladi.
140. Akvatoriya doirasida joylashtiriladigan inshootlar uchun toʻlqinlanish, muz dreyfi, oqim va shamol tomonidan koʻrsatiladigan bosim va taʼsirlar asosiy hisoblanadi. Bundan tashqari, tub yotqiziqlari va choʻkindilarining tarkibi va bir joydan ikkinchi joyga koʻchish xarakteri oʻrganilishi kerak.
141. Muhandislik izlanishlari tarkibidan mavjud gidrotexnik inshootlarga gidrometeorologik jarayon va hodisalarning taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻishni koʻzda tutish kerak.
142. Daryolarda yirik gidrouzellarni loyihalash uchun oʻtkaziladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlarini sohaviy normativ hujjatlar talablariga koʻra bajarish kerak. Muhandislik izlanishlari tarkibida GES qurilishi va ulardan foydalanishning atrof muhitga taʼsirini baholash va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari uchun birlamchi maʼlumotlar olishni koʻzda tutish kerak.
143. Koʻllar hududlarida joylashtiriladigan neft konlari gidrotexnik inshootlarini qurish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari, odatda, boshqa muhandislik izlanishlariga nisbatan ilgariroq olib boriladi hamda neft va gaz uchun istiqbolli maydonlarda burgʻulash ishlarini tashkil qilish uchun tayyorgarlik koʻrish bosqichida boshlanadi.
144. Fond materiallarini yigʻish va tahlil qilish asosida muhandislik izlanishlari tumanining gidrometeorologik va litodinamik sharoitlari oʻrganilganligi aniqlanadi hamda mavjud materiallarning toʻliqligi va ishonchliligi, shuningdek, ulardan gidrotexnik inshootlarni loyihalash uchun foydalanish ehtimolligi aniqlanadi.
145. Muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari kuzatuvlarning yetarli darajadagi vaqt qatorini taʼminlashi kerak. Oʻrganilmagan hududlar uchun loyiha ishlab chiqilayotgan vaqtga qadar kuzatuvlarning davomiyligi besh yildan kam boʻlmasligi kerak.
146. Qidiruv-razvedka burgʻulash ishlarini taʼminlash uchun shamol, toʻlqinlanish va oqimlarning parametrlarini oʻlchash hamda muz rejimini kuzatish ishlari olib boriladi.
147. Koʻllar va suv omborlari koʻrsatkichlari rejimi hamda asosiy meteorologik koʻrsatkichlarini kuzatish uchun bir turidagi avtonom rejimda ishlovchi yoki burgʻulash platformalarida oʻrnatilgan oʻlchash vositalari ishlatiladi.
148. Qurilish maydonchalari va kommunikatsiya trassalarida olib boriladigan muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari quyidagilar uchun zarur materiallarni olishni taʼminlashi kerak:
inshootlar kompleki va kommunikatsiyalar trassalarini joylashtirishning optimal variantini tanlash uchun;
quriladigan inshootlarning konstruksiyasi boʻyicha asosiy qurilish yechimini qabul qilish uchun;
qurilish va ishlarni olib borish loyihasini tuzish uchun.
149. Kuzatuvlar tarkibi va hajmi gidrometeorologik rejimning u yoki bu elementlarini oʻrganilganlik darajasiga va tanlab olingan gidrotexnik inshootlar turi va muhandislik kommunikatsiyasining konstruktiv tuzilishiga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
150. Gidrologik kuzatuvlar tarkibiga suv sathi, toʻlqinlanish, oqimlar, suv haroratini oʻlchashib suvning kimyoviy tarkibi va muzlash sharoitlarini oʻrganish kiritiladi.
151. Meteorologik kuzatuvlar tarkibiga quyidagi kuzatuvlarni kiritish zarur:
havo harorati va namligi;
shamol yoʻnalishi va tezligi;
yogʻingarchilik;
gorizontal yoʻnalish boʻyicha koʻrish uzoqligi;
atmosfera bosimi;
atmosfera hodisalari, muzlash.
152. Gidrologik kuzatuvlar kompleksida zarurat tugʻilganda quyidagilar uchun birlamchi maʼlumotlar olishni taʼminlovchi litodinamik ishlar olib boriladi:
muhandislik izlanishlari uchastkalarida litodinamik jarayonlarni umumiy baholash uchun;
plyajlar va daryo tubi choʻkindilari boʻylamasiga va chuqurlik boʻyicha yuvilib ketadigan va yigʻiladigan zonalarni ajratish;
muhandislik kommunikatsiyalari va gidrotexnik inshootlar yonida sodir boʻladigan yuvilish va akkumulatsiya faolligining bashorat qilingan baholanishi;
koʻl va suv omborlari tubidagi ochiq togʻ kovlamalarini choʻkindilar bosib toʻldirishini baholash;
muhandislik kommunikatsiyalarining qirgʻoqqa yopishadigan joyining muhandis-geologik razvedkasi davrida oʻrganiladigan maydonchalar oʻlchami va oʻrganish chuqurligini asoslash;
qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan daryo tubidagi gruntlarni kovlab olishni cheklovchi omillarni topish.
153. Tabiiy sharoitlari oʻta murakkab boʻlgan tumanlarda muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari olib borilganda, ularning tarkibida maxsus dasturlar boʻyicha bajariladigan eksperimental tadqiqotlar koʻzda tutilishi kerak.
154. Mazkur Qoidalar toʻplamini ishlab chiquvchilar roʻyxati ilovaga muvofiq belgilanadi.
ShNQ 1.02.10-23 “Qurilish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari. Qoidalar toʻplami”ga ILOVA
ShNQ 1.02.10-23 “Qurilish uchun muhandislik gidrometeorologiya izlanishlari. Qoidalar toʻplami”ga ishlab chiquvchilar
ROʻYXATI
Y.D. Magrupov — Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti (OʻZGAShKLITI) bosh direktori;
Sh.N. Yusupov — Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti (OʻZGAShKLITI) boʻlim boshligʻi.
