19-modda. Diniy adabiyot va diniy maqsadlarga moʻljallangan buyumlar
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (618-I-son) · Sana: 01.05.1998 · Amalda
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari diniy maqsadlarga moʻljallangan buyumlar, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import qilishga hamda tarqatishga haqlidir.
Chet elda nashr etilgan diniy adabiyotlarni olib kelish va tarqatish, ularning mazmuni qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari tegishli litsenziya olgandan soʻng diniy ibodat buyumlarini ishlab chiqarish va tarqatish huquqiga faqat ular ega boʻladilar.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan matbaa nashrlarini, kino, foto, audio, video mahsulotlarini va shu kabi boshqa mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi.
