4-modda. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi asosiy prinsiplar
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida (O‘RQ-848-son) · Sana: 16.06.2023 · Amalda
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
shaffoflik;
xolislik, kasbiy mahorat va bilimga egalik;
kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;
Advokatning kasb etikasi qoidalariga va advokat qasamyodiga qatʼiy rioya etish;
advokatlik siriga rioya etish;
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik.
