25-modda. Davlat hisobidan yuridik yordamni moliyalashtirish asoslari
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida (O‘RQ-848-son) · Sana: 16.06.2023 · Amalda
Davlat hisobidan yuridik yordamni moliyalashtirish uchun davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki davlat hisobidan yuridik yordam olish rad etilganligi haqidagi bayonnoma asos boʻladi.
Ish yuritish toʻxtatib turilguniga qadar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxsga amalda koʻrsatilgan yuridik yordam ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoki vakolatli davlat organining (mansabdor shaxsning) qaroriga yoxud sudning ajrimiga asosan davlat hisobidan moliyalashtiriladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining advokatdan voz kechishi bilan bogʻliq boʻlgan protsessual harakatda advokat ishtirok etgan hollarda advokatdan voz kechish toʻgʻrisidagi bayonnoma davlat hisobidan koʻrsatilgan yuridik yordamni moliyalashtirish uchun asos boʻladi.
