Avtoklavlarda ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (1913-1-son)
14.06.2023
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1913-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 2-fevraldagi 5/1-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1913, 2009-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Avtoklavlarda ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalarining 3-bandidagi “davlat standartlarining” degan soʻzlar “milliy standartlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-iyun,
23-2023/B-son
