Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (3186-IV-son)
16.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1016-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ijara va lizing munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1008-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
3. “Maʼmuriy jarimalarni ijro etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1022-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
4. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston — Qozogʻiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1030-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
5. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun davlat boji stavkalari miqdorlarini maqbullashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1033-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
6. “Ichki ishlar organlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. Bobojonovning javobi haqida.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida.
8. “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
9. “Probatsiya toʻgʻrisida”gi QL-911-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
10. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-946-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
11. “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga volontyorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-937-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
12. QL-874 va QL-937-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
13. “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
14. QL-1014 va QL-1033-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
15. “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-may,
3186-IV-son
