5-modda. Seleksiya yutugʻining muallifi
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (395-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Ijodiy mehnati bilan oʻsimliklarning yangi navi yoki hayvonlarning yangi zotini yaratgan (chiqargan yoki aniqlagan) jismoniy shaxs seleksiya yutugʻining muallifi deb eʼtirof etiladi.
Agar seleksiya yutugʻini yaratishda bir nechta jismoniy shaxs ishtirok etgan boʻlsa, ularning hammasi hammualliflar deb eʼtirof etiladi. Hammualliflarga tegishli boʻlgan huquqlardan foydalanish tartibi qonunchilikda hamda ular oʻrtasidagi kelishuvda belgilanadi.
Mualliflik huquqi boshqaga oʻtkazilmaydigan shaxsiy huquq boʻlib, muddatsiz himoya qilinadi.
Muallif (hammualliflar) oʻz nomi (nomlari) patent berish haqidagi talabnomada, patentda va seleksiya yutugʻi xususida eʼlon qilinadigan barcha materiallarda koʻrsatilishi huquqiga ega.
