36-modda. Patentni bekor qilish
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (395-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Quyidagi hollarda:
seleksiya yutugʻi bundan buyon turdoshlik va barqarorlik mezonlariga muvofiq kelmay qolsa;
patent egasi ixtisoslashgan tashkilotlar yoki Davlat muassasasining soʻroviga binoan oʻn ikki oy ichida urugʻliklarni, koʻchat, nasl materiallarini, hujjatlar va axborotni seleksiya yutugʻi oʻz kuchini saqlab qolganligini tekshirish uchun taqdim etmagan yoki shu maqsadlarda seleksiya yutugʻi joyning oʻzida tekshirib koʻrilishi uchun imkoniyat yaratib bermagan boʻlsa;
seleksiya yutugʻining nomi bekor qilinayotgan, patent egasi esa boshqa munosib nomni taklif etmagan boʻlsa, patent bekor qilinadi.
Patentning bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
