27-modda. Patent berish
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (395-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Patentni Vazirlik yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda, elektron shaklda rasmiylashtirilgan tarzda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan beradi.
Seleksiya yutugʻi roʻyxatga olinganda patent talabnoma beruvchiga avtomatik tarzda elektron tizim orqali yuboriladi.
Patent bir nechta shaxs nomiga soʻralganda ularga bitta patent beriladi.
Patentning shakli va unda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Berilgan patentdagi koʻzga yaqqol tashlanib turgan va texnik xatolar patent egasining talabiga koʻra Vazirlik tomonidan tuzatiladi.
Patent egasi patentni olganidan keyin muhofaza qilinayotgan seleksiya yutugʻiga taalluqli zarur materialni saqlash uchun yuboradi.
