“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun davlat boji stavkalari miqdorlarini maqbullashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1033-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun davlat boji stavkalari miqdorlarini maqbullashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”) (3196-IV-son)
16.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun davlat boji stavkalari miqdorlarini maqbullashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1033-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun davlat boji stavkalari miqdorlarini maqbullashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 16 maya,
3196-IV-son
