Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3440-son)
05.06.2023
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3440]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Vazir A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-iyun,
14-son
Kelishildi:
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri L. KUDRATOV
2023-yil 2-iyun
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2023-yil 15-may
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 15-may
Oʻzbekiston Resruplikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 2-iyundagi 14-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar
ROʻYXATI
I-bob. Dori vositalari roʻyxati T/r Dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi Dori shakli 1. Aflibersept (Aflibercept) Tomir ichiga kiritish uchun eritma/Koʻz ichiga kiritish uchun eritma 2. Sapropterin (Sapropterin) Tabletka 100 mg 3. Burosumab (Burosumab) Inyeksiya uchun eritma 30 mg/ml 4. Deflazakort (Deflazacorte) Tabletka 30 mg 5. Miglustat (Miglustat) Kapsula 100 mg 6. Perampanel (Perampanel) Tabletka 2 mg, 4 mg, 8 mg, 10 mg 7. Vigabatrin (Vigabatrin) Tabletka 500 mg; Kukun 500 mg 8. Modafinil (Modafinil) Tabletka 5 mg 9. Tetrakozaktid (Tetracosactide) Mushak ichiga kiritish uchun suspenziya 1 mg/1 ml 10. Mitomitsin (Mitomycin) Inyeksiya eritmasi tayorlash uchun kukun 10 mg, 20 mg 11. Pleriksafor (Rlerixafor) Teri ostiga kiritish uchun eritma 24 mg/1.2 ml. 12. Pegfligrastim (Pegfilgrastim) Teri ostiga kiritish uchun eritma, 0,6 ml shprits toʻplamda ignasi bilan, 6 mg/0,6 ml 13. Deksrazoksan (Dexrazoxane) Infuziya eritmasi tayorlash uchun liofillangan kukun, 250 mg 14. Yodlangan yogʻ kislotalarining etil efiri Endolimfatik inyeksiya uchun eritma 480 mg yod /1 ml 15. Dimerkaptopropansulfonat natriy (sodium dimercaptopropane sulfonate) Teri osti va mushak ichiga kiritish uchun eritma 50 mg/ml, 5 ml 16. Veritsiguat (Vericiguat) Tabletka 5 mg 17. Riotsiguat (Riociguat) Tabletka 1 mg 18. Dabigatrana eteksilat (Dabigatrani etexilas) Tabletka 110 mg 19. Tirofiban (Tirofiban) Tomir ichiga infuziya uchun eritma fl. 5 mg/100 ml 20. Kangrelor (Cangrelor) Inyeksiya uchun eritma 50 mg 21. Glyukagon (Glucagonum) Inyeksion eritma tayorlash uchun liofillangan kukun, toʻplamda erituvchi bilan (1 shprits) 1 mg 22. Cemaglutid (Semaglutide) Teri ostiga kiritish uchun eritma, shprits-ruchkada katridj 1,34 mg/1 ml 23. Piridostigmina bromid (Ryridostigmine bromide) Tabletka 60 mg 25. Omalizumab (Omalizumab) Teri ostiga kiritish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 150 mg 26. Ikatibant (Icatibant) Teri ostiga kiritish uchun eritma 10 mg/ml 3 ml 27. Busulfan (Busulfanum) Plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 2 mg; vena ichiga kiritish uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat 6 mg/ml 28. Fludarabin (Fludarabin) Vena ichiga kiritish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 25 mg/ml, 50 mg 29. DC Bead Kollateral tomirlarning embolizatsiyasi uchun 30. Amilnitrit (Amylnitrite) Ingalyatsiya uchun suyuqlik 0,5 ml 31. Klonazepam (Clonazepam) Tabletka 32. Klobazam (Clobazam) Tabletka II-bob. Tibbiy buyumlar roʻyxati T/r Tibbiy buyumlar nomi Amaliyotda qoʻllanilishi 1. Intraokulyar linza SWIF modeli- bir martalik sarf vositasi Asoratli katarakta jarrohlik amaliyoti vaqtida intraoperatsion asoratlarda ishlatiladi 2. Intraokulyar linza RSP-3 modeli Asoratli katarakta jarrohlik amaliyoti vaqtida intraoperatsion asoratlarda ishlatiladi 3. Intraokulyar linza T-26 modeli Asoratli katarakta jarrohlik amaliyoti vaqtida intraoperatsion asoratlarda ishlatiladi 4. Iris retraktor bir-martalik sarf vositasi Asoratli katarakta jarrohlik amaliyoti vaqtida intraoperatsion asoratlarda ishlatiladi 5. Iridokopsulyar retkraktor-bir martalik sarf vositasi Asoratli katarakta jarrohlik amaliyoti vaqtida intraoperatsion asoratlarda ishlatiladi 6. Konyuktiva uchun alloplant-sarf vositasi Koʻz olmasi shilliq qavatlari turli sabablarga koʻra chandiqlanish holatlarida ishlatiladi 7. Sklera uchun alloplant-sarf vositasi Koʻz olmasi shilliq qavatlari turli sabablarga koʻra chandiqlanish holatlarida ishlatiladi 8. Ventral churralar (grija) plastikasi uchun biomaterial (“yamoq”) Jarrohlik amaliyotida ishlatiladi 9. Silicone ventral wall defect silo bag Gastroshizis holatida qoʻllaniladigan qopcha 10. Laparoscopic surgery retrieval pouch Laproskopiya va torakoskopiyada estraksiya uchun qoʻllaniladigan qopcha 11. 3 M Iodan Antimicrobial Incise Drape Mikroblarga qarshi lenta 12. Colorado Micro Dissection Needle Mikrokoagulyatsiya uchun qoʻllaniladi 13. Pfm medical mepro Lê VSD Qorinchalararo toʻsiq nuqsonini davolashda ishlatiladi 14. Pfm medical mepro PDA Ochiq arterial naychani davolashda ishlatiladi 15. Pfm medical mepro PFO Ochiq arterial naychani davolashda ishlatiladi 16. Amplatzer vascular plug Tomirlar okklyuziyasida ishlatiladi 17. Transcatheter Pulmonary Valve System Oʻpka arteriyasi klapani transkateter protezlashda ishlatiladi 18. Neyrodiagnostik kontakt pastasi EEG tekshiruvini oʻtkazish uchun ishlatiladi 19. Glaukomatoz klapan Ahmed FP 7 Antiglaukomatoz jarrohligida ishlatiladi 20. Luer Lock tirqishli toʻgʻri aortal kanyulya, metall mustahkamlagich bilan birga Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 21. DLP toʻgʻri aortal kanyulya Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 22. DLP metall mustahkamlagichlik egilgan venoz kanyulya Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 23. Toʻgʻri venoz kanyulya mustahkamlagichi bilan birga Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 24. Koronar arteriya uchun kanyulya Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 25. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar, bolalar va kattalar uchun soʻrgʻichlik kardioplegik kanyulya Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 26. Chap qorincha kanyulyasi Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 27. Gegara bujlari 10 mm dan 36 mm gacha oʻlchamlarda Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 28. Tomir bujlari (kengaytirgichlar) 2 mmdan 20 mm gacha Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 29. PTFE quvursimon protez turli xil oʻlchamlarida Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 30. PTFE perikardial membrana Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 31. Ftorlavsan nuqsoni uchun yamoqlar Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 32. Ksenoperikard Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 33. Iplar PTFE, ikki marta teshuvchi igna Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 34. Iplar PTFE, ikki marta teshuvchi igna Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 35. Iplar PTFE, ikki marta teshuvchi igna Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 36. Coseal Bio Glue Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 37. Floseal BioGlue Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 38. Ekstrakorporal membaranali oksigenatsiya (ECMO) uchun arterial konyulya Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 39. Ekstrakorporal membaranali oksigenatsiya (ECMO) uchun venoz konyulya Bolalar yurak jarrohligida ishlatiladi 40. Qiziloʻngach varikoz tomirlarini bogʻlash uchun endoligator Portal gipertenziya, qiziloʻngach varikoz kengayishida ishlatiladi 41. Qiziloʻngachning ballon dilatatori, kattalar va bolalar uchun. Qiziloʻngachning chandiqli stenozi va strikturalarida ishlatiladi 42. Qiziloʻngachning endoskopik buj toʻplami (komplekt) Qiziloʻngachning chandiqli stenozi va strikturalarida ishlatiladi 43. Biodegradatsiyalanuvchi qiziloʻngach stenti Qiziloʻngachning chandiqli stenozida ishlatiladi 44. Mikrokateter QuickQross 0.035/150 sm Surunkali arterial oyoq yetishmovchiligi (diabetik toʻpiq), ballon angioplastika/stentlash amaliyotida ishlatiladi 45. AngioSeal tikuv qurilmasi Surunkali arterial oyoq yetishmovchiligi (diabetik toʻpiq), ballon angioplastika/stentlash amaliyotida ishlatiladi 46. Proglide tikuv qurilmasi Surunkali arterial oyoq yetishmovchiligi (diabetik toʻpiq), ballon angioplastika/stentlash amaliyotida ishlatiladi 47. Kateter, bachadon arteriya embolizatsiyasi uchun Bachadon arteriyasi embolizatsiya/mioma va adenomalari uchun ishlatiladi 48. Tromboekstraktor Surunkali arterial oyoq yetishmovchiligi (diabetik toʻpiq), ballon angioplastika/stentlash amaliyotida ishlatiladi 49. Qon tomirlar qisqichlari (doimiy va vaqtinchalik) Bosh miya qon-tomirlari anevrizmlari va arterio-venoz malformatsiyalarida ishlatiladi 50. Oqimni yoʻnaltiruvchi stent Bosh miya qon-tomirlari anevrizmlarida ishlatiladi 51. Jarrohlikdan soʻng plevraning faol aspiratsiyasi uchun sozlanuvchan bosimli uskuna Yuqori darajali yoʻqotilgan qon xajmini yigʻish va nazorat qilish uchun qoʻllaniladi 52. Kontegra (oʻpka allograftlari); Oʻpka klapani va qon tomirlarini almashtirish uchun ishlatiladi 53. Traxeya boʻshligʻi plastikasi uchun T-simon silikon stent Traxeyada jarrohlik amaliyotidan soʻng ishlatiladi 54. VTS jarrohligi uchun silikon jaroxat kengaytirgich Aortakoronar shuntlash jarrohlik amaliyotida ishlatiladi 55. Tomirlar retraksiyasi uchun silikon jgut Aortakoronar shuntlash jarrohlik amaliyotida ishlatiladi 56. Yurak toʻsiqlari transseptal punksiyasi uchun toʻplam Endovaskulyar amaliyotlar uchun qoʻllaniladi 57. Oʻtaqattiqoʻtkazgich: Extra stiff wire guide Lunderquist Endovaskulyar amaliyotlar uchun qoʻllaniladi 58. Gidrofil oʻtkazgichlar Endovaskulyar amaliyotlar uchun qoʻllaniladi 59. Periferik nitinol oʻtkazgich Endovaskulyar amaliyotlar uchun qoʻllaniladi 60. Gayduzaytirgich Guide Extension Catheter Guidezilla TM II Endovaskulyar amaliyotlar uchun qoʻllaniladi 61. Mikrokateter Corsair Endovaskulyar amaliyotlar uchun qoʻllaniladi 62. Periferik tomirlarni embolizatsiyasi uchun tolali spiral Endovaskulyar amaliyotlar uchun qoʻllaniladi 63. Koronar arteriyalar uchun tromboaspirator Endovaskulyar amaliyotlar uchun qoʻllaniladi 64. IVL uskunalari uchun oqim datchiki Endovaskulyar amaliyotlar uchun qoʻllaniladi 65. Arterial qon bosimini ulchash uchun invaziv datchik DP-ED-20 Respirator terapiyada ishlatiladi 66. LUMINEX 200 komplekti va reaktivlari bilan Immun holatni aniqlash uchun qoʻllaniladi 67. Operatsion maydon uchun ishlatiladigan tibbiyot jarrohlik plyonkasi Travmatologiyada ochiq usulda operativ muolajalarida qoʻllaniladi 68. Gel 7% (Collost gel 7%) — I tipdagi soʻrilib ketuvchi bioplastik kollagen material. Chuqur kuygan yaralarini plastik yopishda sunʼiy oʻstirilgan teri xujayralarini tashuvchi vosita 69. Gistoekvivalent-bioplastik material Katta maydonli yuza va chuqur kuygan yaralarini davolash uchun qoʻllaniladi 70. Koʻtariluvchi aortaning protezi Koʻtariluvchi aortani protezlashda ishlatiladi 71. Aorta ravogʻining 3 shoxli protezi Aorta ravogʻini protezlashda ishlatiladi 72. Teflon prokladka Yurak qon-tomir operatsiyalarida ishlatiladi 73. Metall sim (steel) Yurak qon-tomir amaliyotidan soʻng koʻkrak qafasini yopish uchun qoʻllaniladi 74. Koronar rezinka Koronar shuntlash amaliyotida qon ketishini nazorat qilish uchun qoʻllaniladi 75. Oshqozon-ichak traktining qon ketayotgan tomirlari uchun qisqichlar Oshqozon ichak traktidan qon ketish holatlarida ishlatiladi 76. Turli xil oʻlchov va shakldagi titanli anevrezmatik qisqichlar (standart va mini variantlar) Bosh miya qon-tomir jarrohlik amaliyolarida (anevrizmlar, malformatsiyalar) ishlatiladi 77. Blekmor zondi turli xil oʻlchamlari Bolalarda qiziloʻngachning varikoz vena tomirlaridan kon ketishni toʻxtatish uchun qoʻllaniladi 78. Kiziloʻngach kengaygan vena tomirlariga endoskopisk ligatorlar Qiziloʻngach kengaygan vena tomirlardan qon ketganda ishlatiladi 79. Krioablatsiya uchun ballon Yurak aritmiyalarida radiochastotali ablyatsiyasi uchun qoʻllaniladi 80. Krioablatsiya uchun kateter Yurak aritmiyalarida radiochastotali ablyatsiyasi uchun qoʻllaniladi 81. Venalarni yopishtirish tizimi Yurak aritmiyalarida radiochastotali ablyatsiyasi uchun qoʻllaniladi 82. Langarli ushlab turuvchi (fiksator) Paylar va boylamlar fiksatsiyasi uchun qoʻllaniladi 83. Menisk tikish uchun asbob (All inside va inside-outside usuli boʻyicha meniskni tuzatish) Travmatologik jarohatlarda ishlatiladi 84. Turniket (manjetli jgut) Qoʻl va oyoq ortopedik hamda travmatologik amaliyotlarda ishlatiladi 85. Vertebroplastikalar uchun ignalar Umurtqa pogʻonasi jarrohlik amaliyotlari uchun qoʻllaniladi 86. Bosh miya qattiq pardasining oʻrnini bosuvchi vosita (implant) Bosh miya jarrohlik amaliyotlari uchun qoʻllaniladi 87. Orqa miya sintetik yopishtiruvchi (kley) Muhrlanish va yopishqoqlikka qarshi tizim. Neyroxirurgiya jarrohlik amaliyotida orqa miya qattiq parda vositasiga standart usullariga qoʻshimcha sifatida foydalanish uchun koʻrsatilgan 88. Karotid shunti Karotid endarterektomiya jarrohlik amaliyoti uchun qoʻllaniladi 89. Transpedikulyator fiksatorlar sistemasi (6 vintlik) Umurtqa pogʻonasi jarrohlik amaliyotlari uchun qoʻllaniladi 90. Z-plate plastina Umurtqa pogʻonasi jarrohlik amaliyotlari uchun qoʻllaniladi
