Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish haqida (367-son)
25.08.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aloqa va axborotlashtirish sohasida ustuvorliklarni roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat xarajatlarini qisqartirish hamda Axborot-komunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi yuqorida koʻrsatilgan binolarni belgilangan tartibda qabul qilsinlar va topshirsinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorining 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 25-avgust,
367-son
