Pillachilik sohasida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-85-son)
01.06.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Mamlakatimizda ipak qurtini parvarish qilishda kasanachilikni yanada rivojlantirish, yangi tutzorlarni barpo etish orqali pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi klasterlar va fermer xoʻjaliklari hamda pilla yetishtirishga ixtisoslashgan uy xoʻjaliklari tashkil etish, shuningdek, pilla xom ashyosi yetishtirishning ozuqa bazasini yanada kengaytirish maqsadida:
1. 2023-yil iyun oyidan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan hududlarda:
ipak qurtini parvarishlash, yetishtirilgan pilla xom ashyosini xarid qilish, qayta ishlash, qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, tayyor mahsulotni ichki bozorga yoʻnaltirish va eksport qilish bilan shugʻullanadigan yangi pillachilik klasterlari;
tut koʻchatlarini yetishtirish, tutzorlarni barpo qilish, ipak qurtini parvarishlash, pilla xom ashyosini tayyorlash bilan shugʻullanadigan pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi yangi fermer xoʻjaliklari tashkil etilsin.
2. Pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan yangi tutzorlar barpo qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 1-ilovaga muvofiq yer maydonlarini ularning konturlarini aniq belgilagan holda “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtirsin, hududiy “Agropilla” MCHJlar va pillani qayta ishlash korxonalariga qarashli rekonstruksiya qilinadigan tutzorlar bundan mustasno.
3. Belgilansinki, yangi tutzorlar barpo qilish uchun yer uchastkalari 10 gektardan kam boʻlmagan oʻlchamda pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqi asosida ajratiladi.
4. 2024 — 2027-yillarda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo qilishning prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoʻmita va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining takliflariga asosan, hududiy “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli boʻlgan va aholiga oilaviy pudrat shartnomasi asosida biriktiriladigan tutzorlar maydoni 0,5 gektardan 2 gektargacha etib belgilansin. Bunda:
Qoʻmita va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi eskirgan tutzorlarni ularni rekonstruksiya qilish sharti bilan pillachilik uy xoʻjaliklariga biriktiradi;
tutzorlarni mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan oʻlchamlarda pillachilik uy xoʻjaliklariga biriktirish aholi bilan oldin tuzilgan oilaviy pudrat shartnomalari muddatlari tugagandan soʻng amalga oshiriladi;
pillachilik uy xoʻjaliklarining faoliyati pillachilik klasterlari bilan kooperatsiya asosida yoʻlga qoʻyiladi;
pillachilik uy xoʻjaliklariga biriktirilgan yer maydonining tut qatorlari orasiga sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni ekishga ruxsat beriladi;
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari oilaviy pudrat shartnomasi shartlari asosida pillachilik uy xoʻjaliklari faoliyatini yoʻlga qoʻyib, aholi bandligini taʼminlashga shaxsan masʼul hisoblanadi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2023-yil 1-iyundan boshlab:
a) kasanachilar, pillachilik uy xoʻjaliklari hamda fermer xoʻjaliklariga ipak qurti urugʻi va uni parvarish bilan bogʻliq resurslar, jumladan toʻshama qogʻoz, termometr, polietilen plyonka, psixirometr (inkubatoriyalar uchun) va boshqa zaruriy resurslar pillachilik klasterlari tomonidan bepul beriladi;
b) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya ajratiladi;
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoʻmita 2023-2024-yillarda Osiyo taraqqiyot bankidan 10 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini tut yetishtirish, pillani qabul qilish, saralash, saqlash va qayta ishlash kompleksini qurishga jalb etish choralarini koʻradi.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-225-son qaroriga asosan:
pillachilik uy xoʻjaliklari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari va pillachilik klasterlariga — tut yetishtirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan urugʻlik va koʻchat yetkazib berish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish uchun;
qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga, shu jumladan pillachilik klasterlariga — tayyorlangan (yetishtirilgan) pilla xom ashyosini xarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun yillik 14 foiz stavkada qarz mablagʻlarini ajratish choralarini koʻrsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-son qarori doirasida xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan kasanachilarga yashash joylarida ipak qurti urugʻini parvarish qilish uchun qurtxona qurish, shuningdek, qayta ishlovchi, saqlovchi, eksport qiluvchilar va pillachilik klasterlariga tayyorlangan (yetishtirilgan) pilla xom ashyosini saqlash, saralash, qayta ishlash sexlarini qurishga 10 yil muddatga, yillik 14 foiz stavkada mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoʻmita bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar mazkur Farmonga muvofiq ajratib berilgan yer maydonlaridan foydalanish holatini Qishloq xoʻjaligi vazirligining Geoaxborot tizimi orqali muntazam monitoring qilib borish tizimini joriy etsin.
Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD)ni Qishloq xoʻjaligi vazirligining Geoaxborot tizimiga integratsiya qilishni taʼminlasin.
9. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining hududlarda ipak qurti urugʻini tayyorlovchi yangi urugʻchilik korxonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoʻmita:
2023-yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligiga jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) huzuridagi genetik tadqiqot laboratoriyasini ipak qurtining super elita urugʻini yaratish va undan elita urugʻliklarini olish uchun kerakli uskunalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin;
Institut bilan birgalikda 2023 — 2025-yillar davomida Xitoy va Vyetnam davlatlaridan olib kelinadigan ipak qurti toza zotlarining boshlangʻich tuxum qoʻymalari va super elita urugʻi asosida mahalliy sharoitga mos yangi sermahsul zotlarning super elita urugʻini yaratish va undan elita urugʻliklarini olish ishlarini amalga oshirsin;
2023-yil yakuniga qadar Institut huzurida xususiy sektorni jalb etgan holda ipakchilik sohasi olimlari tomonidan yaratilib, davlat reyestriga kiritilgan ipak qurtining mahalliy zotlardan olingan elita urugʻini tayyorlash naslli urugʻchilik stansiyasini tashkil qilsin hamda faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
Institutga xususiy sektor ishtirokida naslli urugʻchilik xoʻjaliklarini biriktirish va sanoatlashgan urugʻni tijoratlashtirishni yoʻlga qoʻysin;
ikki oy muddatda ipak qurtining yangi zot va duragaylarini yaratgan mualliflarni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, yaratilgan elita urugʻini pilla xom ashyosi yetishtiruvchilarga tarqatishdan ulush olish nazarda tutiladi.
11. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir oy muddatda ipak qurtining mahalliy toza zotlari super elita urugʻini yaratish va undan elita urugʻliklarini olish hamda tutning yangi navlarini yaratish boʻyicha amaliy, fundamental va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qilsin.
12. Qoʻmita Institutning Toshkent shahridagi bino-inshootlari va yer maydonlarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan:
Institut talabnomasiga muvofiq ipak qurtining mahalliy sharoitga mos super elita urugʻini yaratish va undan elita urugʻliklarini olish uchun kerakli uskunalar bilan jihozlash, mahalliy zotlardan olingan sanoat urugʻini tayyorlash maqsadida naslli urugʻchilik stansiyasini tashkil qilish uchun talab etiladigan mablagʻlarning bir qismini qoplasin;
Institut bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish va seleksiya ishlarini olib borishni taʼminlash maqsadida ipak qurtlarini parvarishlash uchun maxsus bino-inshootlarni barpo etish, ularni tabiiy gaz, muqobil energiya tejovchi vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Institut huzurida ipakchilik sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish doimiy ravishda olib borilishini yoʻlga qoʻyish uchun oʻquv markazini tashkil etsin hamda uni koʻrgazmali va oʻquv materiallari bilan jihozlasin.
13. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Andijon viloyati hokimligi Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Guliston” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 1-A uy manzilida joylashgan Marhamat agrotexnologiyalar texnikumining bino-inshootlari va yer maydonlarini operativ boshqaruv huquqi asosida Institutga oʻtkazib berishni taʼminlasin.
Andijon viloyati hokimligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Marhamat agrotexnologiyalar texnikumida tahsil olayotgan talabalar oʻqishining 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Andijon veterinariya meditsinasi texnikumiga koʻchirilishini taʼminlasin.
14. Andijon viloyati hokimligi bir oy muddatda onalik tutzorlar va tajriba-sinov xoʻjaligini tashkil etish uchun Marhamat tumanida 14 gektar yer maydonini Institutga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratsin.
15. Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) bir oy muddatda Hindiston bilan pilla mahsulotlari import bojini kamaytirish boʻyicha hukumatlararo muzokara oʻtkazish yuzasidan taklif kiritsin.
16. Transport vazirligi (I. Mahkamov), Madaniyat va turizm vazirligi (O. Nazarbekov) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan Vyetnamga qoʻshimcha aviareyslarni qoʻyish yuzasidan taklif kiritsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni hamda tutchilikka va pillachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaligi maqomini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-iyun,
PF-85-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmoniga 1-ILOVA
Pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan yangi tutzorlar barpo qilish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun joylashtiriladigan, shuningdek, mavjud yer maydonlarining koʻrsatkichlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmoniga 2-ILOVA
2024 — 2027-yillarda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo qilishning
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
T/r Tumanlar nomi Barpo qilinadigan yangi tutzorlar maydoni (gektar) Shundan (gektar) 2024-yil 2025-yil 2026-yil 2027-yil Respublika boʻyicha jami: 105 000 27 140 21 202 24 760 31 898 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Toʻrtkoʻl tumani 200 60 40 50 50 2. Beruniy tumani 200 60 40 50 50 3. Ellikqalʼa tumani 200 60 40 50 50 4. Amudaryo tumani 200 60 40 50 50 5. Xoʻjayli tumani 500 160 120 110 110 6. Taxiatosh tumani 50 30 20 7. Shumanay tumani 500 160 120 110 110 8. Qonlikoʻl tumani 500 160 120 110 110 9. Qoʻngʻirot tumani 500 160 120 110 110 10. Nukus tumani 120 30 30 30 30 11. Kegeyli tumani 350 110 80 80 80 12. Boʻzatov tumani 100 30 20 20 30 13. Chimboy tumani 500 160 120 110 110 14. Qoraoʻzak tumani 500 160 110 120 110 15. Taxtakoʻpir tumani 500 160 120 110 110 16. Moʻynoq tumani 80 40 20 20 Jami 5 000 1600 1160 1130 1110 Andijon viloyati 1. Andijon tumani 1 409 480 280 320 329 2. Izboskan tumani 32 20 12 3. Marhamat tumani 720 250 150 160 160 4. Paxtaobod tumani 57 20 10 10 17 5. Baliqchi tumani 40 20 10 10 6. Boʻston tumani 30 10 10 10 7. Ulugʻnor tumani 145 40 30 30 45 8. Asaka tumani 590 220 120 120 130 9. Oltinkoʻl tumani 23 10 13 10. Xoʻjaobod tumani 739 270 150 160 159 11. Shahrixon tumani 27 10 17 12. Jalaquduq tumani 1 035 370 200 220 245 13. Qoʻrgʻontepa tumani 153 50 30 30 43 Jami 5 000 1770 1 032 1 070 1 128 Buxoro viloyati 1. Jondor tumani 1 200 350 240 260 350 2. Romitan tumani 1 200 350 240 260 350 3. Kogon tumani 1 000 290 200 220 290 4. Buxoro tumani 1 000 290 200 220 290 5. Peshku tumani 1 200 350 240 260 350 6. Shofirkon tumani 1 200 360 240 250 350 7. Gʻijduvon tumani 1 200 360 240 250 350 8. Olot tumani 1 000 290 200 220 290 9. Qorakoʻl tumani 1 000 290 200 220 290 Jami 10 000 2930 2 000 2 160 2 910 Jizzax viloyati 1. Forish tumani 1 400 350 350 350 350 2. Baxmal tumani 1 300 350 300 300 350 3. Zomin tumani 1 400 350 350 350 350 4. Yangiobod tumani 1 400 350 350 350 350 5. Arnasoy tumani 1 000 500 200 150 150 6. Mirzachoʻl tumani 1 000 400 200 200 200 7. Gʻallaorol tumani 1 300 430 290 290 290 8. Sh. Rashidov tumani 1 200 340 300 300 260 Jami 10 000 3070 2 340 2 290 2 300 Qashqadaryo viloyati 1. Qarshi tumani 1 000 120 200 250 430 2. Koson tumani 1 000 160 200 250 390 3. Qamashi tumani 1 000 230 200 250 320 4. Kitob tumani 1 650 300 330 410 610 5. Muborak tumani 1 000 90 200 250 460 6. Chiroqchi tumani 1 000 240 200 250 310 7. Koʻkdala tumani 700 90 140 180 290 8. Shahrisabz tumani 1 650 370 330 420 530 9. Yakkabogʻ tumani 1 000 280 200 250 270 Jami 10 000 1880 2 000 2 510 3 610 Navoiy viloyati 1. Qiziltepa tumani 1 100 350 250 250 250 2. Konimex tumani 100 30 20 20 30 3. Navbahor tumani 1 100 350 250 250 250 4. Nurota tumani 800 240 180 190 190 5. Karmana tumani 700 220 160 160 160 6. Xatirchi tumani 1 200 370 270 280 280 Jami 5 000 1560 1 130 1 150 1 160 Namangan viloyati 1. Mingbuloq tumani 500 150 100 100 150 2. Kosonsoy tumani 600 160 100 150 190 3. Chust tumani 650 170 100 150 230 4. Uychi tumani 250 60 50 60 80 5. Yangiqoʻrgʻon tumani 650 170 100 150 230 6. Norin tumani 250 40 60 70 80 7. Uchqoʻrgʻon tumani 250 60 50 60 80 8. Namangan tumani 250 60 50 60 80 9. Toʻraqoʻrgʻon tumani 300 100 60 70 70 10. Chortoq tumani 650 170 100 150 230 11. Pop tumani 650 150 100 150 250 Jami 5 000 1290 870 1 170 1 670 Samarqand viloyati 1. Pastdargʻom tumani 1 000 200 200 250 350 2. Nurobod tumani 1 000 200 200 250 350 3. Ishtixon tumani 1 500 320 320 350 510 4. Jomboy tumani 500 140 100 130 130 5. Qoʻshrabot tumani 1 000 200 200 250 350 6. Kattaqoʻrgʻon tumani 1 000 200 200 250 350 7. Narpay tumani 500 140 100 130 130 8. Paxtachi tumani 500 130 110 130 130 9. Bulungʻur tumani 2 000 480 420 480 620 10. Payariq tumani 1 000 200 200 250 350 Jami 10 000 2210 2 050 2 470 3 270 Surxondaryo viloyati 1. Angor tumani 1 000 200 200 300 300 2. Bandixon tumani 500 100 100 150 150 3. Boysun tumani 200 40 40 60 60 4. Qiziriq tumani 1 000 200 200 300 300 5. Muzrabot tumani 1 000 200 200 300 300 6. Sherobod tumani 1 000 200 200 300 300 7. Jarqoʻrgʻon tumani 1 000 200 200 300 300 8. Termiz tumani 800 160 160 240 240 9. Oltinsoy tumani 500 100 100 150 150 10. Shoʻrchi tumani 1 000 200 200 300 300 11. Qumqoʻrgʻon tumani 1 000 200 200 300 300 12. Denov tumani 1 000 200 200 300 300 Jami 10 000 2000 2 000 3 000 3 000 Sirdaryo viloyati 1. Boyovut tumani 877 220 180 170 307 2. Guliston tumani 642 150 140 150 202 3. Mirzaobod tumani 1255 130 200 320 605 4. Oqoltin tumani 331 80 60 80 111 5. Sardoba tumani 871 190 190 210 281 6. Sayxunobod tumani 135 20 20 40 55 7. Sirdaryo tumani 148 20 20 40 68 8. Xovos tumani 741 170 130 140 301 Jami 5 000 980 940 1 150 1 930 Toshkent viloyati 1. Oqqoʻrgʻon tumani 732 250 140 160 182 2. Ohangaron tumani 5 288 1500 1 050 1 100 1 638 3. Bekobod tumani 1 183 260 240 260 423 4. Boʻka tumani 1 142 330 220 220 372 5. Quyi Chirchiq tumani 1 242 340 250 260 392 6. Yuqori Chirchiq tumani 350 120 70 70 90 7. Qibray tumani 371 140 70 70 91 8. Parkent tumani 2 500 820 470 550 660 9. Piskent tumani 861 310 170 180 201 10. Oʻrta Chirchiq tumani 761 200 150 150 261 11. Chinoz tumani 230 60 50 50 70 12. Yangiyoʻl tumani 340 110 70 80 80 Jami 15 000 4440 2 950 3 150 4 460 Fargʻona viloyati 1. Quvasoy tumani 350 110 70 80 90 2. Beshariq tumani 450 90 50 100 210 3. Bagʻdod tumani 72 20 10 20 22 4. Buvayda tumani 90 30 20 20 20 5. Dangʻara tumani 464 130 80 120 134 6. Yozyovon tumani 110 30 20 20 40 7. Quva tumani 600 150 90 110 250 8. Oltiariq tumani 260 70 40 50 100 9. Qoʻshtepa tumani 87 20 10 20 37 10. Rishton tumani 150 30 20 40 60 11. Soʻx tumani 150 30 20 40 60 12. Toshloq tumani 52 20 10 10 12 13. Oʻzbekiston tumani 103 20 20 20 43 14. Uchkoʻprik tumani 50 20 10 10 10 15. Fargʻona tumani 2 013 360 290 290 1 073 Jami 5 000 1130 760 950 2 160 Xorazm viloyati 1. Bogʻot tumani 650 190 110 160 190 2. Gurlan tumani 500 190 100 120 90 3. Qoʻshkoʻpir tumani 2 000 330 400 500 770 4. Urganch tumani 600 180 100 120 200 5. Hazorasp tumani 1 000 190 220 280 310 6. Xonqa tumani 300 60 40 100 100 7. Xiva tumani 700 190 150 180 180 8. Shovot tumani 1 000 250 200 250 300 9. Yangiariq tumani 1 500 240 300 380 580 10. Yangibozor tumani 800 220 160 210 210 11. Tuproqqalʼa tumani 950 240 190 260 260 Jami 10 000 2280 1 970 2 560 3 190
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmoniga 3-ILOVA
Hududlarda tashkil etiladigan ipak qurti urugʻini tayyorlovchi yangi urugʻchilik korxonalari roʻyxati
T/r Hudud nomi Yangi tashkil etiladigan urugʻchilik korxonalari soni 1. Buxoro viloyati 1 2. Jizzax viloyati 1 3. Namangan viloyati 1 4. Samarqand viloyati 1 5. Sirdaryo viloyati 1 6. Toshkent viloyati 1 7. Fargʻona viloyati 1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-24-son Farmoniga 1-ilovaning 10-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar 10. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) va Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) xodimlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, Uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini joylashtirish, shuningdek, qorakoʻlchilik va kavrakchilik mahsulotlari shourumini tashkil etish. 1. Uyushmaning xoʻjalik yurituvida boʻlgan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon koʻchasi 1b-uy manzilidagi binoni Qoʻmitaga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. Bir oy muddatda Qoʻmita, Uyushma, Toshkent shahar hokimligi 2. Qoʻmitaga, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon koʻchasi 1b-uy manzilidagi bino oʻrnida yangi zamonaviy turar va noturar binolar (keyingi oʻrinlarda — obyekt) qurish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzishga ruxsat berish. Bir oy muddatda Qoʻmita, xususiy sherik 3. Xususiy sherikni jalb qilgan holda Toshkent shahar hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qurilish ishlarini oʻrnatilgan tartibda boshlash. Shartnoma asosida Qoʻmita, Uyushma 4. Qurilishi tugallangan obyekt foydalanish uchun davlat sherigiga topshirilgandan soʻng, obyektning bir qismini xususiy sherikka mulk huquqi asosida oʻtkazish. Bunda, qurilishi tugallangan obyektdan keyinchalik foydalanish tartibini davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim bilan belgilash. Shartnoma asosida Qoʻmita, xususiy sherik, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 5. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilgan binoda Uyushmaning ijro etuvchi apparati xodimlarini joylashtirish hamda qorakoʻlchilik va kavrakchilik mahsulotlari shourumini tashkil etish. Qurilish tugallangandan keyin Qoʻmita, Uyushma ”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4567-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya taqdim etiladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevraldagi “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qarorida:
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “, Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-banddan “hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-martdagi “Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 128-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
b) ilovadagi 4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 10 gektar uchun har bir metriga 600 ming soʻmdan 120 million soʻmgacha subsidiya beriladi”.
