Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2147-3-son)
31.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2147-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 6-oktabrdagi 14-son qarori (roʻyxat raqami 2147, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 357-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. ShARAXMETOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-may,
04/05-05/01-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
2023-yil 18-may.
