Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (3435-son)
30.05.2023
Oʻzbekiston respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3435]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 26-noyabrdagi 75-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 19-noyabrdagi 2021-49-son “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3339, 2021-yil 1-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 10/21/3339/1121-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq 2023-yil 1-iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-may,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 20-maydagi 14-son buyrugʻiga ILOVA
Alkogol mahsulotlari* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
Sotilayotgan tovarning nomi Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi Eng kam chakana narx Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 14 400 16 400 Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 57 400 66 000 Aroq va boshqa alkogol mahsulotlari, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida 37 000 43 000
*Pivodan tashqari
