Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida (PF-77-son)
24.05.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Soʻnggi yillarda yurtimizda yoqilgʻi-energiya resurslaridan samarali foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish orqali bozor mexanizmlarini joriy etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazoratini taʼminlash borasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Jumladan, yoqilgʻi-energiya taʼminoti tizimida vertikal boshqaruv va qatʼiy idoraviy nazoratning susayib ketganligi energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oshib ketishiga sabab boʻlmoqda.
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarishdan boshlab isteʼmolchiga yetkazib berilgunga qadar boʻlgan jarayonlarni nazorat qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari toʻliq tatbiq etilmaganligi inson omilining yuqori darajada saqlanib qolishiga olib kelmoqda.
Ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi korxonalar va nazorat idoralari oʻrtasida tizimli axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilmaganligi, ularning axborot resurslari oʻzaro integratsiya qilinmaganligi yoqilgʻi-energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini bermayapti.
Yoqilgʻi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlik uchun ragʻbatlantirish tizimining yoʻqligi ushbu yoʻnalishda jamoatchilik nazorati yetarlicha olib borilmasligiga sabab boʻlmoqda.
Foydalanilgan yoqilgʻi-energetika resurslari uchun qatʼiy toʻlov intizomining yoʻlga qoʻyilmaganligi, undiruvning zamonaviy usullari joriy etilmaganligi sohada qarzdorlikning oshishiga, bu esa taʼminot korxonalari tomonidan tarmoq va qurilmalarning oʻz vaqtida modernizatsiya qilinmasligiga olib kelmoqda.
Shu bilan birga, yoqilgʻi-energetika sohasida toʻplanib qolgan tizimli muammolar mamlakatimizda anomal sovuq davrida tabiiy gaz va elektr energiyasi taqchilligi yuzaga kelishiga, oqibatda aholining jiddiy va haqli eʼtirozlariga sabab boʻldi.
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining yangi mexanizmlarini joriy etish, sohada raqamlashtirishni yanada keng qoʻllash maqsadida:
1. Quyidagilar yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, ularni talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berish, bu borada davlat nazoratini kuchaytirish orqali qonun talablarini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash;
yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash (qazib olish), uzatish (tashish), saqlash, taqsimlash va isteʼmol qilish, ularni miqdor jihatidan saqlash jarayoniga “raqamli energonazorat” tizimini toʻliq joriy etish;
yoqilgʻi-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini taʼminlash, sohada huquqni qoʻllashning yagona amaliyotini shakllantirish;
yoqilgʻi-energiya resurslarining sarflanishini, sifatini doimiy oʻrganib borish, qurilmalarning yaroqlilik holatini tekshirish;
yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan talablariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish.
2. Bosh prokuratura, Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini toʻliq joriy etish, yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda:
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablar 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda;
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablari 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tasdiqlansin.
Quyidagilar Respublika shtabi (Sh.A. Aminov), hududiy va tuman (shahar) shtablarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berish choralarini koʻrish;
yoqilgʻi-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini muntazam nazorat qilish;
shtablar faoliyati natijalarini muntazam ravishda tanqidiy muhokama qilib borish va ularning ishini takomillashtirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
isteʼmol qilingan yoqilgʻi-energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarini majburiy ijro etish yuzasidan kunlik nazorat oʻrnatish;
yoqilgʻi-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uygʻunligini, ulardagi korrupsiyaviy omillarni muntazam ravishda tahlil qilish asosida ushbu sohani “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
3. Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish, ushbu sohada huquqbuzarliklarning oldini olish va javobgarlik muqarrarligini taʼminlashning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida 2023-yil 1-sentabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
aholi tomonidan Energetika vazirligining Internet tarmogʻidagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;
huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida yuborilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari soʻroviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Belgilansinki, huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
qonun buzilishi holati sodir etilayotganligi yoki fuqarolarning huquq va erkinliklariga, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilayotganligi aniqlanganda, prokuratura organlari tomonidan davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish toʻgʻrisida talabnoma kiritiladi;.
kuzatuvlar, soʻrovlar oʻtkazish, prokuror nazorati obyektini koʻzdan kechirish, statistik axborotlarni va boshqa maʼlumotlarni oʻzaro taqqoslash orqali qonunlar ijrosini tizimli ravishda oʻrganish orqali prokuror monitoringi amalga oshiriladi;
muayyan sohada (tarmoqda) qonuniylikni taʼminlash va jinoyatchilik holati haqidagi statistik va boshqa axborotlar, davlat organlari va nazorat qiluvchi idoralarning maʼlumotlarini oʻrganish orqali axborot-tahlil faoliyati olib boriladi.
Bosh prokuratura uch oy muddatda ushbu band asosida Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kiritsin.
Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzenergoinspeksiya) tomonidan yoqilgʻi-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va isteʼmol qilish faoliyati bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida oʻtkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi. Bunda ushbu tekshiruvlarga masʼul boʻlgan xodimlar tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini tekshiruv yakuniga yetishi bilan toʻldirishi shart.
7. Bosh prokuratura 2023-yil 1-sentabrga qadar qonunlar, shu jumladan yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati tadbirlari hamda ularning natijasi boʻyicha qoʻllanilgan prokuror nazorati hujjatlarining yagona bazasi yuritiladigan “Prokuror nazorati” axborot tizimini joriy etsin.
8. Energetika vazirligi:
2023-yil 1-sentabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik holatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, bu boradagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan Internetdagi maxsus axborot tizimini yaratish hamda har bir xabar berilgan holat boʻyicha tezkor choralar koʻrish tizimining joriy qilinishini taʼminlasin;
2023-yil 1-noyabrga qadar yoqilgʻi-energetika sohasini rivojlantirishning uzoq yillarga moʻljallangan konsepsiyasini va yoqilgʻi-energetika tarmogʻini raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
har olti oyda elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik boʻyicha aniqlangan holatlar, koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka eʼlon qilish hamda oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirib borilishini taʼminlasin.
9. Energetika vazirligi, Bosh prokuratura va Raqamli texnologiyalar vazirligining Oʻzenergoinspeksiya faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Energonazorat” platformasi hamda uning mobil ilovasining sinov versiyasini 2024-yil 1-martga qadar tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida, 2024-yil 1-oktabrga qadar toʻliq versiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
“Energonazorat” platformasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar nazarda tutilsin:
energiya resurslari isteʼmolini masofaviy nazorat qilish jarayonini raqamlashtirish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan (aholidan tashqari) yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish, ularning miqdor jihatidan saqlanishi ustidan monitoringni yuritish;
elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-taroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlari haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilish;
bevosita isteʼmolchilar tomonidan foydalanilgan hamda tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga yetkazib berilgan yoqilgʻi-energiya resurslari hajmi oʻrtasidagi tafovutlarni aniqlash;
yoqilgʻi-energiya resurslari isteʼmolchilarining debitorlik va kreditorlik qarzlarini nazorat qilish.
10. Majburiy ijro byurosi (M.E. Egamberdiyev) isteʼmol qilingan energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarining majburiy ijro etilishini taʼminlash maqsadida tizimdagi har bir xodimining masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin.
11. Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti elektr, gaz uzatish va taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, yoqilgʻi-energiya resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish choralarini kuchaytirsin.
12. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oʻzenergoinspeksiya bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari hamda energiya samarador va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish maqsadida ajratilgan budjet tizimi budjetlari va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlarining maqsadli sarflanishini oʻrganib borsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Energetika vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrga qadar yoqilgʻi-energetika sohasini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
15. Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev va uning oʻrinbosari Sh.A. Aminov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-may,
PF-77-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga 1-ILOVA
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabining
TARKIBI
Lavozimi boʻyicha—Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbariJ. Mirzamahmudov—energetika vaziri, Respublika shtabi rahbari oʻrinbosariS. Mirzayev—Hisob palatasi raisining oʻrinbosariJ. Abruyev—Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining oʻrinbosariN. Saydullayev—Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosariL. Kudratov—investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriSh. Xidoyatov—qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziriA. Rahmatullayev—ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosariB. Mamatkarimov—energetika vazirining birinchi oʻrinbosariSh. Daliyev—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosariLavozimi boʻyicha—Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosariM. Mirzayev—Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariSh. Alirizayev—Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrinbosariX. Mustafayev—iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosariF. Tashpulatov—sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosariT. Komilov—maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosariYu. Usmonov—madaniyat vaziri oʻrinbosariM. Ismailov—sport vaziri oʻrinbosariX. Sotiyev—favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosariX. Eshqoʻziyev—Oʻzenergoinspeksiya boshligʻiM. Egamberdiyev—Majburiy ijro byurosi direktoriA. Tashpulatov—Bosh prokuratura boshqarma boshligʻiA. Jumanazarov—Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriK. Kuranbayev—Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisiD. Vahobov—Savdo-sanoat palatasi raisiA. Askarov—“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchiM. Xodjayev—“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisiD. Isakulov—“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisiA. Isakov—“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisiA. Agzamov—“UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisiA. Sanginov—“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisiB. Jurayev—“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisiB. Sidiqov—“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisiE. Yakubov—“Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosari
Izoh: Respublika shtabi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga 2-ILOVA
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablarning
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimi boʻyicha—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, Hududiy shtab rahbariLavozimi boʻyicha—Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlariLavozimi boʻyicha—Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlariLavozimi boʻyicha—Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosariLavozimi boʻyicha—Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosariLavozimi boʻyicha—Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosariLavozimi boʻyicha—Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosariLavozimi boʻyicha—Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosariLavozimi boʻyicha—Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosariLavozimi boʻyicha—Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Sport vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari boʻlim boshliqlariLavozimi boʻyicha—Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Oʻzenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻiLavozimi boʻyicha—“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari rahbarlariLavozimi boʻyicha—“Hududgaztaʼminot” AJning hududiy filiallari rahbarlariLavozimi boʻyicha—“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning hududiy tashkilotlari rahbarlariLavozimi boʻyicha—“Oʻztransgaz” AJning hududiy boshqarmasi boshligʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga 3-ILOVA
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablarining
NAMUNAVIY TARKIBI
lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) prokurorlari, tuman (shahar) shtabi rahbari lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) prokurorining yordamchisi — shtab kotibi lavozimi boʻyicha — Davlat xavfsizlik xizmati tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi lavozimi boʻyicha — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi lavozimi boʻyicha — Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi lavozimi boʻyicha — Oʻzenergoinspeksiya hududiy boshqarmasining tuman (shahar)larga biriktirilgan xodimlari lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga 4-ILOVA
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish, ushbu sohada huquqbuzarliklarning oldini olish va jazo muqarrarligini taʼminlashning kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5019-son Farmonida:
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “4 195 nafar (Harbiy prokuraturadan tashqari)” soʻzlari “4 886 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI
Bosh prokuror Bosh prokuror yordamchisi Bosh prokuror birinchi oʻrinbosari Bosh prokuror oʻrinbosari Bosh prokuror oʻrinbosari Bosh prokuror oʻrinbosari Bosh prokuror oʻrinbosari Bosh prokuror oʻrinbosari Tashkiliy-nazorat va tahlilot boshqarmasi 10 Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi 12 Yoqilgʻi-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 10 Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi 14 Ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 20 Qurolli Kuchlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 7 Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 12 Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻlimi 3 Kadrlar boshqarmasi 10 Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi 6 Navbatchi qism 3 Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 6 Tabiiy koʻllarda baliqchilikni rivojlantirish va suv resurslaridan foydalanishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 7 Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi 9 Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi 4 Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 16 Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 10 Fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi 8 Qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi 14 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi 16 Axborot-tahlil boʻlimi 3 Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 7 Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi 6 Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 18 Birinchi boʻlim 2 Oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi 10 Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi 12 Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi 4 Tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 6 Xalqaro-huquqiy boshqarma 12 Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi 8 Majburiy ijro byurosi Ishlar boshqarmasi 11 “Huquq” gazetasi Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Sport, madaniyat, madaniy meros va turizm sohalaridagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 7 Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi 10 Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi 8
Jami prokuror-tergov xodimlari — 316 shtat birligi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoni 2-ilovasining 17-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-son qarorining 5-bandi “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “boʻlimini” soʻzi “boshqarmasini” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-146-son qarori 8-bandining birinchi xatboshisida “20” raqami va “boshqarmasi” soʻzi tegishincha “18” raqami va “boʻlimi” soʻzi bilan almashtirilsin.
