Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (3078-IV-son)
04.04.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida ayrim davlat boshqaruvi organlarining qayta tashkil etilganligi, tugatilganligi va tashkiliy boʻysunuvi oʻzgartirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
2022-yil 1-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi QL-921-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 2603-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1068-modda);
2022-yil 1-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 2604-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1069-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi QL-921-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. TOJIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-aprel,
3078-IV-son
